Научная статья на тему 'DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA PULKREDIT SIYOSATINING AHAMIYATI'

DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA PULKREDIT SIYOSATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat moliyasi / pul-kredit siyosati / pul muomalasi / Markaziy bank / pul bozori / kredit sohasi / banklar / operatsion maqsad. / state finance / monetary and credit policy / money circulation / Central Bank / money market / credit sector / banks / operational purpose.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Baqoyev S.B.

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘lida hamda davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda pul-kredit sohasining ahamiyatini tahlil qiladi va ularni takomllashtirish yo‘llarini o‘rganadi. Iqtisodiy o‘zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o‘zgartirganligi va taraqqiy etayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorligi yuksalganligi haqida o‘quvchiga ma’lum darajada ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF CREDIT POLICY IN ENSURING THE STABILITY OF PUBLIC FINANCES

This article analyzes the importance of the monetary and credit sector in achieving economic development and ensuring the stability of public finances in the Republic of Uzbekistan, and explores ways to improve them. The period of economic changes significantly changes the perception of the role of financial and currency instruments in the development of the economy and gives the reader some information about the rise of their priority in the system of state regulation of the developing market economy.

Текст научной работы на тему «DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA PULKREDIT SIYOSATINING AHAMIYATI»

Baqoyev S.B.

PROFIUNIVERSITETI Pedagogika va Aniq fanlar kafedrasi assistenti

DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA PULKREDIT SIYOSATINING AHAMIYATI

Annotatsiya. Mazkur maqola O 'zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishga erishish yo'lida hamda davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit sohasining ahamiyatini tahlil qiladi va ularni takomllashtirish yo 'llarini o 'rganadi. Iqtisodiy o 'zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o 'zgartirganligi va taraqqiy etayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorligi yuksalganligi haqida o 'quvchiga ma 'lum darajada ma 'lumot beradi.

Kalit so 'zlar: davlat moliyasi, pul-kredit siyosati, pul muomalasi, Markaziy bank, pul bozori, kredit sohasi, banklar, operatsion maqsad.

Bagayev S.B.

PROFI UNIVERSITY Assistant Professor of Pedagogy and Exact Sciences

THE IMPORTANCE OF CREDIT POLICY IN ENSURING THE STABILITY OF PUBLIC FINANCES

Abstract. This article analyzes the importance of the monetary and credit sector in achieving economic development and ensuring the stability ofpublic finances in the Republic of Uzbekistan, and explores ways to improve them. The period of economic changes significantly changes the perception of the role offinancial and currency instruments in the development of the economy and gives the reader some information about the rise of their priority in the system of state regulation of the developing market economy.

Keywords: state finance, monetary and credit policy, money circulation, Central Bank, money market, credit sector, banks, operational purpose.

KIRISH

Bugungi kunda iqtisodiy o'zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli, ahamiyati to'g'risidagi tasavvurni sezilarli darajada o'zgartirganligi va tobora rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorlikka erishganligi isbotini topgan. Hozirgi paytda davlat iqtisodiy siyosati, moliyasi jahon bozorlari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini, shuningdek, jahon raqobati qoidalarini hisobga olishi kerak.

Shu sababli ham davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatini yuksaltirish o'rinlidir. Bu boradagi ishlar haqida so'z boshlashdan oldin davlat moliyasi va pulkredit siyosati haqida aniq va to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ayrim nazariyalarni keltirib o'tish joizdir:

Davlat moliyasi bu — davlat ixtiyorida pul jamg'armalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi munoasabatlardir. Davlat moliyasidagi mavjud bo'lgan mablag'lar dastavval umummilliy manfaatlar yo'liga safarbar qilinadi. Davlatning funksiyalarini bajarishda ham davlat moliyasining xizmati mavjuddir. Davlat moliyasi pul jamg'armalari, moliya mexanizmi, davlatning moliya institut (idora)lari va moliya siyosatini o'zida mujassam qilgan. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Davlat moliyasining tarkibiy qismiga nazar soladigan bo'lsak, unda davlat byudjeti, mahalliy, ya'ni munitsipal byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamg'armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarz beradigan vositalari) singari turlarga duch kelamiz.

Barcha soha va yo'nalishlarning o'z tarixi bo'lgani kabi davlat moliyasi ham o'z tarixiga egadir. Tarix shuni ko'rsatadiki, dastlabki marotaba «davlat moliyasi» tushunchasi XVI asrda Fransiya davlatida amalda qo'llanilgan. U vaqtlarda davlat moliyasi turfa soliqlar sifatida iqtisodiyot maydonida ko'rina boshlangan.

Katta-katta davlarning paydo bo'lishi bilan ularning sarf-xarajatlari ham yiriklashib borgan. Bu esa davlatlarning naqd pulga bo'lgan ehtiyoj darajasini oshishiga sabab bo'la boshlaydi. Shuning natijasida xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig'ib olinish yo'liga o'tadi. Majburiy zayomlar va zayomlar ham davlat zayomlariga o'rnini bo'shatib beradi. Bu davlat moliyasining murakkab tizimining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi

Hozirgi vaqtga kelib davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat moliyasining ahamiyati yanada yuksaldi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta'minlash, xalqning moddiy va ma'naviy jihatdan farovon turmush tarziga ega bo'lishi uchun zarur shartsharoitlar barpo qilish, davlat organlarini mablag' tomonlama ta'minotini qoplash, davlatni idora qilish singari sohalarda yetakchi vosita sifatida o'rin egalladi.

Monetar siyosat tushunchasi inglizcha sanaladi aslida. Bizda esa pul-kredit siyosati deb talqin qilinadi. Pul-kredit siyosati — pul-kredit organlarining makroiqtisodiy siyosati, pul bozori shart-sharoitlari (qisqa muddatli foiz stavkasi, nominal valyuta kursi yoki joriy likvidlik darajasi) orqali yalpi talabni boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bank sektorining yakuniy kombinatsiyasiga erishish, jumladan, narxlar barqarorligi, barqaror ayriboshlash kursini saqlab qolish, moliyaviy jihatdan ham barqarorlik va muvozanatli iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish hamdir.

• Hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo'li, mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini, uning samarali faoliyatini ta'minlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar pulkredit siyosati deb yuritiladi. Pul-kredit siyosati — davlat iqtisodiy siyosatining

tarkibiy qismi sanaladi va odatiy hollarda uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartirilishiga erishiladi yoki ko'paytiriladi. Inflyatsiyani pasaytirish chora-tadbirlari ko'riladi. Markaziy bank pul-krediti siyosatini olib borishda pul bozoriga to'g'ridan-to'g'ri — o'zining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali ta'sir o'tkazishi mumkin. Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi: 1)

Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to'g'ridan to'g'ri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko'rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmini ham nazoratda tutadi.

Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zahira talablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta'sir etadi.

Bulardan tashqari, Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining o'sishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim bo'lganda foiz stavkalarini oshirishga yoki aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zahiralarning bo'lishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati pul-krediti siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi

Pul-kredit siyosati haqida gapirganda, albatta uning ob'yektlari va sub'yektlarini qatordan tushirib qolmaslik lozim. Negaki, pul-kredit siyosatining ob'yekt va sub'yektlari qaysidir ma'noda uning «tana a'zolari» hisoblanadi. Shu boisdan quyida pul-kredit siyosatining ob'yeklari hamda sub'yektlariga alohida urg'u berib o'tamiz:

Pul-kredit siyosatining ob'yektlari:

pul-kredit organlari; banklar; nobank tashkilotlarining harakatlari natijasida o'zgaruvchan pul bozoridagi talab va taklif.

Pul-kredit siyosatining sub'yektlari:

Markaziy bank; Markaziy bank o'zaro aloqada bo'lgan iqtisodiy agentlar; moliya tizimi faoliyatida ishtirok etuvchi banklar va boshqa moliya institutlari.

Davlat moliyasi va barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining o'rni va ahamiyati haqida ko'pgina iqtisodchi olimlar turfa muzokaralar olib borganlar. Mazkur masala yuzasidan turli millat vakillari ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar, maqolalar va monografiyalarni chop ettirganlar. Biroq Shunday bo'lsa-da bugungi kunda ham ushbu mavzu yana bir qator iqtisodchi va amaliyotchilar tomonidan keng muhokamaga sabab bo'lmoqda va muhokamaning markazida turib kelmoqda.

Davlat barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining ahamiyati xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida ham o'z aksini topgan. Bunga misol

tariqasida dastavval, Departamentning maxsus xodimasi Madina Gayfulinaning 2021-yilda chop qilingan «Оценка эффэктивности операционного механизма денежно-кредитной политики» mavzusidagi maqolasini aytishimiz mumkin. Madina Gayfulina ushbu maqolasida bugungi kunda davlat moliyasi barqarorligida pul-kredit tizimi va siyosati qay darajada ekaniga, uning enh ahamiyatli tomonlariga alohida e'tibor qaratgan hamda baho berib o'tgan.

Shuningdek, Tojikistonlik bir qator olimlar va iqtisod sohasining munosib izlanuvchilari: Mirazizov A., Radjabova I., Rasulov N., Faizulloyev M., Mamatkulov A., Davlatzoda D., Azimov H., Dzuhrayev G., Ahmadov B singarilar ham xalqaro miqyosida «Tojikistonning taraqqiy etishida pul va moliyaviy vositalari» nomi bilan e'lon qilingan ilmiy ishlarida Tojikiston avlati timsolida pulkredit siyosati haqida ma'lumotlar va takliflar beradilar.

Yana Mayexl N. ham o'zining «Monetar siyosatni qo'llash: Rivojlanayotgan monetary rejimlarga ega mamlakatlardagi operatsion masalalar» mavzusidagi ilmiy maqolasi orqali pulkredit siyosati borasida o'z fikrlarini namoyon qilgan. Shuning bilan bir qatorda bu ishi bilan Mayexl N. Davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining ahamiyatiga ham e'tibor berganini ko'rishimiz mumkindir.

Davlatimizga qarashli «O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi»da ham ushbu soha rivojiga taalluqli so'zlar yozilganini aytib o'tish darkor. Milliy ensiklopediyamizda ham davlatimiz rivoji uchun ushbu sohaga doir takliflar ham berib o'tilgan.

Bulardan tashqari bir necha saytlarda ham turli mualliflar tomonidan har xil nomlar ostida davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul -kredit siyosatining

ahamiyati borasida maqolalar, ilmiy izlanmalar e'lon qilingan.

REFERENCES

1. Мадина Гайфулина. Специалист департамента. Оценка эффэктивности операционного механизма денежно-кредитной политики. Тошкент. 2021

2. Mirazizov A., Radjabova I., Rasulov N., Faizulloyev M., Mamatkulov A., Davlatzoda D., Azimov H., Dzuhrayev G., Ahmadov B./ The effektivnenes of financial and monetary instruments of sustainable devolopement in Tadjikistan's./ Economy and ways of improving them./ Journal of internet Banking &Commerce.2016. Vol.21 Issue 3, p1-13./ 13p.

3. Mayexl N., Monetar siyosatni qo'llash:Rivojlanayotgan monetary rejimlarga ega mamlakatlardagi operatsion masalalar(XVF).

4. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild./2000-yil.

5. O'zbekiston Respublikasi Farmoni,01.08.1997-yildagi PF-1827-son.

6. https://www.ebsco.com.(EBSCO Information Services).

7. https://uz.wikipedia.org./wiki/Davlat moliyasi/

8. https://uz.wikipedia.org./wiki/Pul-kredit siyosati/

9. https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/

10. https://banki.ru/wikibank/deneino-kreditnaya politika/

11. https://sbk03.ru/uz/rol-flnansov-v-denezhnyh-otnosheniYah-flnansY-fínansovaya-sistemaraspelitelnaya-funkciya-fínansov/

12. https://lex.uz/docs/264548

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.