Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
DAVLAT BOSHQARUVI FAOLIYAT SHAKLI SIFATIDA ENG YUQORI SIYOSIY JARAYON - FENOMEN EKANLIGI
Rustamaliyev Mirjalol Hayrullo o'g'li
Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi email : mirj alolrustamaliyev@gmail .com ORCID ID 0009-0001-2990-5650
ANNOTATSIYA
Ma'lumki, jamiyat bir joyda qotib turmaydi u rivojlanishda, yangilanishda. Maqolada, boshqaruvlar iyerarxiyasi, davlat boshqaruvi, xalqaro boshqaruv tajribasi, boshqaruvning ijtimoiy-siyosiy ehtiyoj ekanligi, boshqaruv bilan bog'liq ijtimoiy konfliktlar, suveren davlatlarning boshqaruv salohiyati hamda fuqarolik jamiyatining shakllari o'rganib chiqilgan.
Kalit so'zlar: militarlashuv, liberal demokratiya, etnosentrizm, antroposyentrizm, "ideal tip" konsepsiya, immanent, millenium, boshqaruvlar iyerarxiyasi, korporativ manfaat, globallashuv, gumanitar harakat, demilitarizatsiya, denasifikatsiya, neonasizm.
ABSTRACT
It is known that society does not freeze in one place, it is developing and renewing. In the article, the hierarchy of administrations, state administration, experience of international administration, the fact that administration is a sociopolitical need, social conflicts related to administration, the administrative potential of sovereign states and the forms of civil society are studied.
Key words: militarization, liberal democracy, ethnocentrism, anthropocentrism, "ideal type" concept, immanent, millennium, hierarchy of administrations, corporate interest, globalization, humanitarian movement, demilitarization, denazification, neoNazism.
KIRISH
Davlat va jamiyatni boshqarishda doimiy o'zgarishlarning dinamikasini hisobga olish va mamlakatning rivojlanish ehtiyojlariga mos yechimlarini taklif qilish, shuningdek, boshqaruv jarayonini takomillashtirish uchun har qanday qulay imkoniyatlardan foydalanish kerak. Boshqaruv tizimlariga talablarning tobora ortib borishi davlatni kompleks tuzilgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida kollegial boshqarish shakllarini o'rganish zarurligini keltirib chiqaradi.
Bir qarashda boshqaruv, boshqarilish tushunchasiga kundalik hayotda har doim murojaat qilinadi. Natijada bu murakkab tushunchaning yuzadagi xossalari inobatga
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
olinib, uning jiddiy, shuning bilan birgalikda murakkab ichki mexanizmi, uning strategik maqsadlarga borib taqalishi bilan bog'liq jihatlari tafakkurimizdan yiroqda qolib boraveradi. Misol uchun, "oilani boshqarish", "kundalik yumushlarni boshqarish", "o'z-o'zini boshqarish", u yoki bu ijtimoiy yumushlarni boshqarish, "kichik bir jamoani boshqarish" va boshqalar. Bu unchalik katta salohiyat, intellektni talab etmaydi. Zero, funksional jihatdan ularning ta'sir doirasi, buguni va ertasi aniq. Qolaversa, bajaruvchilar, mas'ullar aniq va ular o'rtasida mavjud ko'rsatma bo'yicha faoliyat yo'nalishi taqsimlanib qo'yilgan. Ularni umumlashtirib "kundalik boshqaruv" tushunchasi bilan ifodalasa bo'ladi.
Ma'lumki, jamiyat bir joyda qotib turmaydi u rivojlanishda, yangilanishda. Bu esa o'z navbatida boshqaruvning eskirgan qolip va strukturasining barham topishi va yangilari yaratilishini taqozo etadi. Ayrim makonlarda an'anaviy zamonaviy tuzilma-yu uslublar bir muddat parallel ravishda bir-birini to'ldirish holatida bo'lishi mumkin. Bu odatiy hol.
Fikr bir muddat ilgariroq aytilsa-da, Yer kurrasi, insoniyat, jahon hamjamiyatining hozirgi ma'naviy-ruhiy holatini yaxshi ifoda eta olgan. Xalqaro hamjamiyatni tabiiy o'zanga tushirish, ya'ni boshqarishning, ayrim o'ziga yetarli poltiyalar bundan mustasno, yaroqli tizimi joriy etilishi u yoqda tursin, hali yaratilganicha yo'q. Birlashgan Millatlar Tashkiloti maxsus instrumentlaridan to milliy qonuniy me'yorlargacha individ / fuqarolar bosh tortishmoqda. Jahon hamjamiyati samara kutgan ko'plab global tendensiyalar / qurilmalar - globallashuv, gumanitar harakatlar, u yoki bu muhim xalqaro intilishlarga yo'l berish, insoniyatni tashvishga solib turgan ba'zi mintaqaviy inqirozlarning zaiflashuvi, gumanitar ayriboshlashuvlar bugun kutilgan natija bermayotir.
Bunday nisbatan osoyishtalik bugun barham topdi. Bashariyat o'z rivoji maromida murakkablikka, "qizil chiziq"qa keldi. Barcha ijtimoiy ishlanmalar, tartibot ustunlari yaroqsiz, yangilanishga muhtojlik sezmoqda. "Endi dunyoni qayta ta'mirlashning foydasi yo'q. Uning zamiridagi qadriyatlar , intilishlaru mo'ljallar va manfaatlar, obraz va oriyentirlariyu maqsadlari va boshqalar faoliyatining tabiiy sikli umrini o'tab bo'ldi, chilparchin holatda botin sari yuzlangan. Uning o'rnida benihoya katta kuchga ega yangi ma'nolar, yangi qadriyatlar quvvati ko'zga tashlanmoqda. Yashashning yangi gorizonti kengaymoqda"[1; c. 27.], - deb metaforik tarzda tavsiflaydi taniqli olim E.Kochetov.
Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil. Yuqoridagi "umidbaxsh" xalqaro jarayonlardan ayrimlari ijtimoiy-ma'naviy intilishlar uchun hatto to'siqqa aylanmoqda. Jumladan, globallashuv jarayoni dastlabki bashoratlarga ko'ra, davlatlarni, xalqlarni, umuman olganda yaqinlashtirish, planetar garmoniyaga turtki
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bo'lmog'i nazarda tutilgan edi. Ammo kutganday bo'lmadi, bashariyatga kutilgan samara keltirmadi. Katta olimlarning tahlili va taxminiga qaraydigan bo'lsak, globallashuv keyingi paytlarda Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi dunyolarning o'zaro yiroqlashish, ijtimoiy-madaniy rivojlanish nuqtai nazaridan ular o'rtasida "jarlik", ya'ni tengsizlikni kuchaytirdi[2; c. 9-10]. Nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlarda qayd etilayotganidek, ushbu negativ holat jarayonlarni izdan chiqarib, boshqaruvdan davlatning siqib chiqarilishiga sababchi bo'lmoqda[3; c. 182].
Muammo tahlili davomida o'z-o'zidan sosiumni boshqaruv, ayniqsa, davlat boshqaruvi, davlat hokimiyati tomonidan boshqarilish nima, uning strukturasi nimalardan iborat, qabilidagi turli savollar yuzaga qalqib chiqadiki, demakki unga u yoki bu darajada aniqlik kiritilishi zarur bo'ladi. Yana boshqa tomoni shundaki, bu amaliyot tadqiqotimiz predmetini kengroq, sodda va tushunarli yoritishga asqotadi, degan fikrdamiz.
Mazkur maqolada boshqaruvlar iyerarxiyasi pillapoyasining eng yuqori va shuning bilan birga kundalik boshqaruvni ham, u yerdagi mas'uliyat yukini ham qamrab oluvchi, aniqrog'i, odamzotni, jamiyatni, hamjamiyatni hayot va faoliyatning ko'p hollarda tasavvur qilish behad murakkab, har biri alohida, biroq o'zaro organzimik bog'liqlik jihati, pog'onasi haqida so'z yuritiladi.
Ko'rinib turganidek, boshqaruvning bu jihati jarayonning fokusi, quvvati nuqtai nazaridan ijtimoiylikning barcha katta va kichik "maydonlari"ga bevosita ta'sir kuchiga ega imperativ. Agarki biz boshqaruvning bu keng qamrovli yo'nalishini insoniyat bardavomliginng o'rnini almashtirib bo'lmaydigan "o'q tomiri" bilan qiyoslasak mubolag'a bo'lmasa kerak. Bu omil shundayki, usiz sosium ham, davlat va jamiyat ham, qolaversa, insoniyat ham tom ma'noda maqsadsiz bir jonzot. Xullas, so'z davlat tomonidan jamiyatning boshqarilishi, ya'ni davlat boshqaruvi xususida yuritilmoqda. Demak, u qanday mexanizm, u azaliy va abadiymi, ne sababdan bu fundamental muammo bugunga kelib intellektual va siyosiy elita diqqat markazidan joy oldi.
Ilmiy manbalarga asoslangan holda, qolaversa, umuman boshqaruvga nisbatan mavjud ta'rifu umumlashmalarni bir-biri bilan taqqoslash orqali ushbu fundamental politologik tushunchalar yoki kategoriyaga oid quyida o'z shaxsiy fikrimizni quyida havola qilsak. Ilmiy jamoatchilik doirasida: "davlat - bu hokimiyat tashkil etilishi va taqsimlanishiga doir turli turli xil institutlar, qoida-yu ko'rsatmalar va amaliy faoliyatlarning ma'lum bir kombinatsiyasi"[4; c. 8], degan qisqa ta'rif bo'yicha umumiy qandaydir kelishuv mavjud. Davlat, boshqaruv xususida ta'rifu tavsiflar son-sanoqsiz. Tarixchilar o'z fikrini bersa, huquqshunoslar va politologlar ham ulardan qolishmaydi. Har bir ta'rif, yondashuvda fan tarmoqlari metodologiyasi, yo'nalishi,
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
funksiyasi; tadqiqot diskursi va qolaversa, muallifning milliy-madaniy ustuvorligi hamda motivatsiyasi, hatto tadqiqotga buyurtma bergan muassasaning mo'ljallari yaqqol sezilib turadi. Ta'rif va yondashuvlarning turli-tumanligi, ba'zida biri biriga monand emasligi va oxir-oqibat noaniqliklar soni oshib borayotganligining tub sababi, turtkilari aynan shu reallikda, deb bilamiz. Shu boiski, davlatning jamiyat boshqaruviga doir faoliyati, demakki, boshqaruv bo'yicha ham vaziyat shunga monand.
Bizning o'ylashimizga ko'ra, avvalambor davlat muloqotning aynan o'zi va shundan kelib chiqqan. Ya'ni davlat zimmasidagi vazifa - jamiyatni boshqarishi uchun boshqariluvchilar bilan muloqot sari borishi kerak. Bu muloqot shunchaki oddiy umr, vaqtni o'tkazish emas, jamiyat a'zolarini strategik maqsad sari jamul-jam qilish. XVI - XVII asrlar orasida yashagan. J. - J.Russo nazdida individlarning yolg'iz yashashi deyarli ilojsizligidan boshqalar bilan yaqinlashishga tabiiy (demak, imperativ) majburligiga borib taqaladi. Bu yerda e'tiborga loyiq bir jihat ko'zga tashlanadi. Shu muloqot ham davlat shakllanishi va ham davlat tomonidan boshqarilishdek ikki muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning bir paytda sinxron boshlanganligini anglash zarur [5; c. 93-94]. Dastlabki xulosa shuki, bir tomondan -davalat va boshqa tomondan, ijtimoiy-siyosiy boshqaruv bir-birini immanent taqozo etadi.
O'z-o'zidan stixiy tarzda sosium (jamiyat, davlat, hamjamiyat)ni boshqarish muammosi davlatning zimmasiga tushmoqda. U uchun bundanda mas'uliyatli vazifa (u barcha jabhada mas'ul) bo'lmasa kerak. Ammo davlat tomonidan ijtimoiy-siyosiy boshqarish uchun zarur moddiy-madaniy, ma'naviy shart-sharoit ham bo'lmog'i kerak. Zero, hozirgi palada bu borada barcha imkoniyatlar mavjud deb bo'lmaydi va bu yerda, jumladan, davlat hokimiyati e'tiborini talab qiladigan jihatlar ham yo'q emas. Bu narscha infratuzilmadan to fuqarolar ongi va tafakkurigacha bo'lgan makonda ko'zga tashlanadi. Demak, davlat hokimiyati fuqarolar, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ish olib borishi kerak ekan. Ilmiy jamoatchilikda muhim bir fikr shakllangan. Gap shu haqdaki, "milliy davlat hududida fuqarolar o'rtasida nechog'lik "nosiyosiy", ya'ni davlat aralashmagan (u yerda ba'zi cheklovlar bo'lishi tabiiy) "bordi-keldi", samarali muloqot, kelishuvlar yo'lga qo'yilgan bo'lsa, shu davlatning kuch-qudrati, boshqaruv salohiyati, bilimi, imkoniyati shuncha keng bo'lar ekan".
Ushbu fenomen ayniqsa Kovid-19 pandemiyasi tufayli davlatlarning o'z suveren huquqidan foydalanib ayrim joylarda davlat chegaralarining yopilishi (ayrim davlatlarda viloyatlar, shaharlarni vaqtinchalik izolyasiyaga tushirish) bilan bog'liq siyosiy cheklov paytida yaqqol ko'zga tashlandi [6; c. 34-42]. Har kungi aloqalar ancha zaiflashdi. Bunday negativ vaziyat hozirgi paytda Rossiyaning Ukrainani
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
demilitarizatsiya va denasifikatsiya qilish, uni neonasizm va militarlashuvdan qutqarishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyasi sharoitida ham yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Rosiyada bu jihat mintaqalararo bordi-keldiga sezilarli ta'sir qilayotgan bo'lsa, Ukraina hududida undan-da jiddiy. Xullas, davlat boshqaruvi, markazlashgan boshqaruv, umuman, barcha qit'alarda murakkablashib qoldi, bu har bir politiya, qolaversa, jahon hamjamiyati kayfiyatida o'z aksini topmoqdaki, bu sayyoramiz uchun o'ta muhim siyosiy strategiya bo'lgan davlat boshqaruvida inqirozni keltirib chiqardi.
Davlat boshqaruvi, ya'ni sosiumning davlat hokimiyati tomonidan boshqarilishi tizim sifatida insoniyat taraqqiyotidan orqada qolgan ko'rinadi. Buning zamirida asosan ikki sabab / jarayon: a) boshqaruv tizimining nomukammalligi, jiddiy ilmiy asosga ega emasligi va b) davlatning boshqaruv salohiyatidan shubhalanish, ya'ni unga nisbatan aksariyat odamlarda pessimizm / ishonchni yo'qotish kayfiyati, "siyosiy ongda negativizmning kuchayishi"[7; c. 185] yotadi deyish joiz.
Shubhasiz bu jabhada XX asrning oxirgi choragiga kelib, turli sabablar (birinchi navbatda kommunistik tartibotning obro'sizlanishi)ga ko'ra, biror bir uslub o'rniga o'rin bo'lishi ilojsiz davlat boshqaruviga siyosiy liberalizmning salbiy ta'siri o'z kuchini ko'rsatdi. F.Fukuyamaning fikricha, liberal demokratiyaning g'alabasi bilan insoniyat tarixi yakunini topdi. Tarixi esa qayoqdan kelayotganimiz, ayniqsa ham qayoqqa ketayotganligimizni aytishga ojiz, deb olimlar bejiz ta'kidlashmagan[8; c. 549]. Etatizm o'rnini anarxizm, haddan ziyod egalitarizm davri ham bo'lib o'tdi. Ustiga ustak, sosium degan super umumlashmaning birikmasining tarix davomida dahshatli tabiat kuchlari qarshisida ob'yektiv ojizligi (to'g'ri, tahdidlarga nisbatan uning bardosh berish qobiliyati tarixan ortib boradi) har doim o'zini ko'rsatib kelgan[9; c. 36].
Jahon hamjamiyati, milliy davlatlar, umuman, jamiki bashariyat boshboshdoqsizlik oqibatida shunday holatdaki, uni olimlar navbatdagi "geologik era"ga qiyos qilishmoqda. Ma'no shuki, "geologik era" ijtimoiy tadrijiylikka nisbatan uchrab turadigan "bosqich", "davr"dan farqli o'laroq yashash sharoitining radikal o'zgarishi (muzlik o'rnida quruqlikning paydo bo'lishi, gullab-yashnagan bog'u rog'lar o'rnini sahro egallashi va h.k.)ni anglatadi. Agarki, umrguzaronlikka nisbatan bunday tahdidlar (davlat boshqaruviga nisbatan e'tiborsizlik va hatto inkor qilish shular jumlasidan) oldi olinmasa (unga davlatdan boshqa kuchning qurbi yetmasligi ayon), unda navbatdagi "geologik era"ga jonzot guvoh bo'lishi tayin. Uning alomatlari va qaysi davrlardan boshlanganligi bilan bog'liq muammolar insoniyatning xotirjam yashashiga, qolaversa, jamiyatni boshqarishni to'laligicha zimmasiga olgan davlatning sa'yi harakatiga zid tendensiyalar joylarda ilmiy
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
jamoatchilikni tashvishga sola boshlaydi. Mutafakkirlar turli xil tavsiya va ishlanmalarga ham kelishgan paytlar bo'ldi. Masalan, deyarli bir davrda yashagan Xitoy olimlari dunyoni boshqarish bilan bog'liq global tendensiya amaliyotiga barham berishning biri biriga o'xshamagan fikrlarni o'rtaga tashlashgan.
Xitoyda "hozirgi zamonning Konfusiysi" deb e'tirof etilgan Du Veymin xalqaro forumlarda chiiqshlaridan birida: "Dunyo hamjamiyati - Yer - Osmon - Inson" koinot miqyosi darajasidagi monandlik. U xudbinlik, tovlamachilik, mahalliychilik, etnosentrizm va millatchilik va nihoyat antroposentrizmdan xoli"[10; c. 28-29], -deyish bilan jahon hamjamiyatini, har bir davlatni azaliy va abadiy yaxlitlik, garmonik gipertizim so'nggi tayanch sifatida uni yuqorida nomma-nom sanab o'tilgan odamzotni yemiruvchi kirdikorlardan saqlashga insoniyatni chaqiradi. Uning zamondoshi Che Yuylin ma'lum va mashhur "Ma'rifat davridan ildiz otib, ko'plab o'lkalar uchun ijtimoiy-siyosiy asos bo'lgan modern qadriyatlari eskirdi. Allaqachon mutlaqo yangi zamon boshlandi"[11; S. 206, 209], - deya vatandoshi fikrini to'ldiradi.
Bulardan bir muddat avval, ya'ni XX asr o'rtalarida "Ustoz Kan" deb e'zozlangan mutafakkir Kan Yuvey chegara, davlat va oila tuzish tashuvchi omil sifatida o'z o'rnini ijtimoiy o'zaro g'amxo'rlik qiluvchi institutlarga bo'shatib berishi va shu orqali "Buyuk xotirjamlik hamda Buyuk yakdillik davri"ga o'tishni yoqlaydi[12; c. 212]. Ushbu fikrlarda qandaydir utopiya, fantaziya mavjudligini hisobga olgan holda, biroq mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibot bashariyatni qanoatlantirmayotganligi, unga qarshi o'laroq qandaydir ideal qadriyatlar, universaliylar sari intilish, xullas, davrning tub ma'naviy, ruhoniy yangilanishiga insoniyatning orzu niyati aks etganligini anglamaslik mumkin emas.
Bir qism odamlar go'yoki azaliy-abadiy tamal toshlar, ustunlar, tayanchlar bilan o'ynashayotir, dunyoni ushlab turgan ezgu intilishlaru qadriyatlarni barbod qilish payiga tushgan shekilli. Ayrimlar qanday o'ylasa - bu ularning muammosi. Lekin umrguzaronlik kechayotgan davrning istiqboli ustuvor darajada insoniyatning ma'naviy kuch-quvvati bilan o'lchanishi reallik. Boshqa omillar ham zarur. Darhaqiqat, ahli bashar ma'naviy yuksalmasa, maqsad va intilishning boshqa bir fazasiga o'tmasa, hatto davlatdek qudratli kuchning ham uni bugun boshqarishga qudrati yetmay qoldi. Avval yashab, insoniyat uchun katta ma'naviy meros qoldirgan ilmu oriflar Yer kurrasining deyarli hamma joyida mavjud bo'lganligini aytgan edik. Misol uchun, Yevropa uchun murakkab ma'naviy, siyosiy vaziyatda fikr yuritganlardan fransuz falsafiy merosidagi Bodenda tarkibiy qismlar, ularning funksiyalari-yu yumushlari ustida yaxlitlik g'oyasi beshak hukmronligi, ingliz olimi Gobbsda umumiy hokimiyat bo'lmagan joyda adolat ham bo'lmaydi[13; c. 116] va
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
niderlandiyalik gumanist Rotterdamskiyning haddan ziyod erkinlik insonni tubsiz jarlik sari sudraydi, degan sermazmun fikri buning isbotidir.
Demak, jamiyatni boshqarishga qurbi yetadigan yagona kuch davlat hokimiyatining samarali faoliyat yuritishiga qarshi jarayonlar, intilishlar har doim -avval ham bugun ham va kelajakda ham mavjud. Bu - ob'yektiv voqelik. Ammo ular doim bir xil, muqim bo'lmasdan, ta'siri, oqibati nuqtai nazaridan turli-tuman. Davlatning faoliyatiga kecha uncha-muncha xavf solib turgan bir jarayonning oldi olinsa, ikkinchi yana bir to'siq uning o'rnini olaveradi. Masalan, o'tmishda davlat hokimiyati, uning mas'uliyatli tarmoqlari ustuvor darajada ikki xavfdan -kutilmaganda sodir bo'ladigan tashqi bosqin va hukmdor atrofidagi lavozimli shaxslar o'rtasida mansab, boylik talashish tufayli ichki nizo - muxolifatdan ko'p talofat ko'rar edilar. Bir tomondan, boshqaruv izdan chiqib, mamlakatda noaniqlik, sarosima davri hukm surardi. Bugungi bosqichda esa davlat boshqaruviga to'siqlar son-sanoqsiz. Holbuki, bu asosan ijtimoiy-siyosiy faoliyat tarmoqlari, yo'nalishlarining yil sayin ko'payib borishi bilan bog'liq holat. Individ manfaatlari ko'lami, yangi muammolarning tezda yechimini izlash, topish jarayoni, barcha sohalarda diversifikaqsiya va innovatsiya jadallashgan sari yuqoridagi jarayon saqlanib qoladi va ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos qonuniyati maqomiga ko'tarilishi mumkin.
Shu munosabat bilan bugungi kunda samarali boshqaruvga bevosita tashvish tug'dirishi tayin bo'lgan ma'naviy sohadagi salbiy jarayonlarni oladigan bo'lsak, ba'zi narsalar yanada oydinlashadi. Gap, jumladan, dunyoning bir qismini qamrab olayotgan migrasion jarayon xususida. Umuman, migratsiya insoniyatga immanent hodisa. Doimo bo'lgan. Ammo har bir jabhaga xos bo'lganidek, jahondagi mgrasion jarayon tushunchalari sabablar (ocharchilik, fuqarolik yoki oddiy ko'nikmaga aylangan urush holati), uni ma'lum bir maxrajga keltirishga bel bog'lagan unsurlarning maqsadi migrasion vaziyatni barqarorlashtirish emas, aksincha, undan (sarf-xarajat davlat, aniqrog'i fuqarolar cho'ntagidan) o'zlari uchun foyda orttirish ekanligi avval-oxir ma'lum narsa. Davlat tomonidan jamiyatni boshqarish oldida to'siq doimo mavjud. Mutaxassislar xulosalariga ko'ra, so'nggi yillarda demokratiya, erkinlik bayrog'i ostida davlat hokimiyatiga bosim kuchaygandan kuchaydi. Shu munosabat bilan rossiyalik politolog olim Svyatoslav Kaspe masalaga shunday oydinlik kiritadi. "Keyingi paytlarda davlat organlariga haddan ziyod qiyin bo'ldi. Hatto ayrimlari umuman majolsiz bir unsurga aylandi. Shuningdek, intellektual jamoatchilik safida, asosan, neoliberalistik kayfiyatdagi mutaxassislar davlat shubhasiz vaqti kelib barham topishini bashorat qilishga shoshilishdi. Biroq davlat bilan bevosita bog'liq funksionerlar va eng muhimi oddiy fuqarolarning aksariyati
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
mutlaqo boshqa fikrda edi. Ular "bashoratehilar"dan farqli o'laroq, "uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o'pka yaxshi" deganlaridek, insoniyatga ulkan xizmat qilgan va qilayotgan davlat etagidan tutishdi"[14; p 174-204], - deb fikrini muxtasar qiladi atoqli olim. Bizningcha, mazkur fikr tarixan ham va bugungi voqelik nuqtai nazaridan keragidan ortiq asosga ega: "davlat - jamiyat - odamzot" bir paytda va ma'lum bir joyda tarkib topgan.
Ma'lum va mashhur mutafakkir Maks Veber fantaziyasiga mansub "ideal tip" konsepsiyasidan kelib chiqadigan bo'lsak, jahon hamjamiyati, sosiumlar, sivilizatsiya-yu madaniyatlar manfaatlari, intilishlari pirovardida qandaydir buyuk garmoniyaga erishishni taqozo etadi. Davlat boshqaruv institutlarinng faoliyati - bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, fuqarolik jamiyati o'zaro zddiyatlarni ortda qoldirib, samimiy manfaatli ijtimoiy sheriklik tomon borishi, bunday qaraganda, o'z muqobiliga ega emas. Ya'ni ular uchun hamkorlikdan-da afzal tanlov yo'q. Fikrimiz xomxayol emasligiga mustahkam asos ilm ahliga ancha tanish sinergetika nazariyasida shundoqqina tayyor turibdi-ki, unga ko'ra gipertizimlar bo'lmish bashariyat bosqichma-bosqich rivojlanib, o'zini o'zi boshqarish darajasiga chiqishi tayin[15; c. 200-201].
XULOSA VA MUNOZARA.
Ushbu maqolada bugungi kunda boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, boshqaruvning ijtimoiy-siyosiy ehtiyoj ekanligi va uning yanada samaradorligini oshirish jarayonida eng quyi pog'onadan boshlab jamiyatda mavjud bo'lgan barcha fuqarolar va ijtimoiy sinflarning manfaatlarini hisobga olgan holda boshqaruv tizimini qurish zarurligi to'g'risidagi fikrlar ta'kidlandi.
"Olam - hamjamiyat - jamiyat - davlat - fuqaro" ulkan gemostazis tarzida mavridi kelib boshqa bir gorizontga o'tishi mumkin. Uning uchun ushbu gipertizim / gipertuzilma o'zini o'zi uyushtirish qonuniga ko'ra birlashtiruvchi "o'q" atrofida jipslik kasb etadi. Noorganik makonda nisbatan ilmiy asosini topgan bu jihat ijtimoiy-siyosiy jabhada asoslanib ulgurdi. Xullas, insoniyat tomonidan ijtimoiy jarayonlarni u yoki bu darajada tarkibga tushirish ob'yektiv hamda sub'yektiv, ammo murakab intilishlar girdobida qiyin kechmoqda. Uni inson talab-istagi darajasida boshqarish davlatlarga tashvish keltirmoqda. Albatta, bu borada ijobiy siljish bo'lishi muqarrar. Boshqarish bilan bog'liq qiyinchiliklar bilan bir qatorda, ayrim umidbaxsh jarayonlarga to'xtaldik. Bu muammolar davlatlar, har bir suveren davlatning boshqaruv salohiyati orqali yechimni topshi va bu yo'lda izlanishlar davom etayotganligi xususida so'z yuritar ekanmiz, boshqaruv o'zi qanday fenomen, degan savolga javob berish zarur. Tadqiqotimiz yo'nalishi nuqtai nazaridan biz uchun davlat tomonidan boshqaruv muhim.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Кочетов Е. Диалог. - М., 2011. - С. 27.
2. Федотова В.Г. Меняющаяся современность: всемирность и социальность // Вопросы философии. - 2020. - №11. - С. 9-10.
3. Кудина М.В. Ищеков К.А., Ленков И.И. Государственное управление: современные вызовы //Вестник Моск. ун-та. Серия 12. Управление (государство и общество). - 2022. - №1. - С. 182.
4. Каспе С.И. Сентры и иерархии. - М., 2007. - С. 276; Каспе Святослав. Жизнь, смерть и государство о новых событиях политического и сакрального // Россия в глобальной политике. Том 26.- Январь-февраль 2022. - №1 (113). - С. 8.
5. Руссо Дж. - Дж. о причинах неравенства // Онтология мировой философии. В четыреокс томакс. - М., 1970. - С. 93-94.
6. Умаев У. Соксранит человечества в эпоксидной антропосене // Россия в глобальной политике. Том 29. - Январь-февраль 2022. №1 (113). - С. 34-42.
7. Кудина М.В. Ищеков К.А., Ленков И.И. Государственное управление: современные вызовы // Вестник Моск. ун-та. Серия 12. Управление (государство и общество). - 2022. - №1. - С. 185.
8. Сергеев Т.Н., Куликов Д.Е., Мостовой П.П. идеология русской государственности. - Санкт-Петербург: «Питер», 2020. - С. 549.
9. Умаев Ю. Соксранит человечество в эпоксидной антропосене // Россия в глобальной политике. Том 29. - Январь-февраль 2022. №1 (113). - С. 36.
10. Степаньянс М.Т. Учиться быть Человеком // Вопросы философии. - 2019.
- №11. - С. 28-29.
11. Че Юйлин (XXR) После эпоксидного просвещения: возможность появления новой эпоксидной смолы // Вопросы философии. - 2019. - №4. - С. 206, 209.
12. Кан Ювей. Книга о Великом Единении (Дантуншу). Из части 6. Уничтожение границ семьи и создания Небесного народа // Вопросы философии. - 2021. - №5. - С. 212.
13. Гоббс. Левиафан. - М., 1936. - С. 116.
14. Каспе С. Г. Жизнь, смерть и государство // Россия в глобальной политике.
- 2021. - 19 (3). - П 174-204; Каспе С.И. Жизнь, смрт и государство. О нвых сопряжениях политического и сакрального // Россия в глобальной проекции. Том 20. - №1 (113), январь-февраль. Матндаги рус халк маколи мохиятан узбекчалаштирилган.