Научная статья на тему 'DARS TAHLILI PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHNING VOSITASI SIFATIDA'

DARS TAHLILI PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHNING VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16780
947
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy darslar / dars tahlili / dars tahlili mezonlari / o‘z-o‘zini tahlil qilish / o‘qituvchi mahorati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. G‘Aybullaeva

Maqolada zamonaviy darsni tahlil qilish pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq darsni tahlil qilish mezonlari keltirilgan hamda dars tahlili bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DARS TAHLILI PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHNING VOSITASI SIFATIDA»

DARS TAHLILI PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHNING VOSITASI

SIFATIDA

M. G'aybullaeva

Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti magistri

ANNTOTATSIYA

Maqolada zamonaviy darsni tahlil qilish pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Umumiy o'rta ta'lim tizimida Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq darsni tahlil qilish mezonlari keltirilgan hamda dars tahlili bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy darslar, dars tahlili, dars tahlili mezonlari, o'z-o'zini tahlil qilish, o'qituvchi mahorati.

Kirish. Mamlakatimizda ta'lim tizimida tub islohotlar amalga oshirishi bilan bir qatorda o'qituvchilardan doimiy ravishda o'z kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini oshirib borishlari hamda dars mashg'ulotlarini yuqori saviyada tashkil etilishlari talab etiladi. Dars tahlili pedagogik mahoratni oshirishning eng asosiy yo'li va ta'lim samaradorligini oshirishning omili hisoblanadi. Ta'lim muassasalaridagi o'quv mashg'ulotlari mazmunini tahlil qilish bevosita ta'lim- tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish, ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajalarini oshirishdan iboratdir.

Asosiy qism. Dars tahlili - o'quv jarayonini bir butun yaxlit holda yoki muayyan bo'laklarga bo'lib baholash1. Darsni tahlil qilish o'qituvchidan darslarning tiplari va tuzilishlari haqida har tomonlama bilimga ega bo'lishni, tahlil qilish, har doim ham yuzaki bo'lmagan narsalarni ochib berish uchun maxsus ko'nikmalarga ega bo'lishni talab qiladi. Tahlil darajasi har doim o'qituvchining kasbiy malakasini belgilaydi. Passov E.I. "Darsni qanday tahlil qilayotganingizni ko'rsating, men sizga qanday o'qituvchi ekanligingizni aytaman" deb ta'kidlagani ham darsni tahlil qilish o'qituvchi oldida ko'proq bilim va mahorat talab etilishini bildiradi.

Darsga puxta tayyorgarlik ko'rish, chuqur tahlil qilish va o'z-o'zini tahlil etish, hamkasblari tajribasini o'rganish va umumlashtirish, ularning amaliy faoliyatiga qiziqarli va samarali ish metodikalarini joriy etish yuksak kompetentlikka ega bo'lgan o'qituvchini shakllantiradi.

Dars tahlili o'zaro uzviy bog'langan quyidagi qismlarni o'z ichiga oladi:

— o'quv materialining mazmunini tahlil etish;

— o'quvchining o'qish, o'zlashtirish faoliyatini tahlil etish;

— o'qituvchining o'qitish faoliyatini tahlil etish;

— o'qituvchining o'qitish faoliyatini o'zi tomonidan tahlil qilinishi;

— ta'limning maqsad va vazifalarini tahlil etish;

1 Pedagogika. Ensiklopediya. 1-jild. A-Yo (mas'ul muharrir R.Safarova).pdf -T.: 2015

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 836

— o'qituvchi va o'quvchining bevosita ishtirokida narsa, voqea va hodisani tahlil etish;

— o'quv materialini sodda shaklda tahlil etish;

— ta'limning turlarini tahlil etish;

— ta'lim metodlarini tahlil etish.

Zamonaviy darslarni tahlilini quyidagi turlari mavjud:

Ilmiy tahlil.

Metodik tahlil.

Didaktik tahlil.

Umumpedagogik tahlil.

Umumpsixologik tahlil.

Ilmiy tahlil - berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihati, ta'lim oluvchilar bajarayotgan mustaqil ta'limining maqsadga muvofiq yo'nalganligi to'g'riligini aniqlash.

Metodik tahlil, bunda o'qituvchi o'quv ma- terialini ta'lim oluvchilar diqqatiga qanday tarzda yetkazishi, dars jarayonida qo'llagan ta'lim metodlarining maqsadga muvofiqligi va turli-tumanligi, ta'limning turi va uning o'ziga xos xususiyatlariga qarab tahlil qilinadi. O'qituvchi o'quv materialini bayon qilishi, tushuntirishi jarayonida qo'llagan o'qitish metodlari, foydalanilgan vositalari va shakllarining shu mavzuga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniq- lanadi.

Didaktik tahlil - o'qituvchi tomonidan o'quv mashg'ulotlarini ta'lim tamoyillariga amal qilgan holda (darsga qo'yiladigan talablar asosida) olib borilishi nazarda tutiladi.

Umumiy pedagogik tahlil, bunda o'quv mashg'uloti mazmunining ilmiy, metodik va didaktik jihatlari majmuaviyligi nazarda tutiladi, ya'ni: o'quv xonasining jihozlanganlik darajasi; o'quv xonasining sanitar-gigienik holati;

o'quv mashg'ulotida o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning maqsadga erishilganlik darajasi;

o'quv mashg'ulotining ilmiylilik jihati;

o'quv mashg'ulotining ilmiy-metodik jihatdan ta'minlanganligi; o'quv mashg'uloti jarayonida didaktik jihatning talabga mosligi va boshqalar. Umumiy psixologik tahlil, bunda o'quv mashg'uloti jarayoni natijasida quyidagi ruhiy holatlar orqali dars samaradorligiga erishish nazarda tutiladi:

o'qituvchi va ta'lim oluvchilar o'zaro bir-birlarini tushunishi va qo'llab quvvatlashi;

ularning o'zaro bir-birlarini idrok etishi, his qilishi, ruhiy holati va kechinma- larini hurmat qilishi;

o'qituvchi va ta'lim oluvchilar o'quv mashg'uloti jarayonida va o'quv mashg'ulotidan tashqarida o'zaro bir-birlariga bo'lgan munosabatlari, kayfiyatlari va boshqalar.

Dars tahlilining eng ta'sirchan shakllaridan biri-pedagoglarning o'z darslarini o'zlari tahlil qilishidir. Bunda darsni boshqa birov emas, aynan dars bergan o'qituchining o'zi, mashg'ulotni o'tib bo'lgandan so'ng fikran o'tilgan dars bilan rejalashtirgan masalalarning yechilishini solishtiradi. Pedagog o'z darsidagi kamchiliklarni bartaraf qilish, o'z darsini qayta qrish maqsadida darsdan chiqqach, dars jarayoniin to'la eslashga harakat qiladi. Bunda har bir dars bosqichida bajarilgan ishlar qo'llanilgan usul va metodlarni tahlil qiladi va o'zi yo'l qo'ygan kamchiliklarni aniqlab, kelajakda ularga yo'l qo'ymaslik choralarini belgilaydi. O'z darsini o'zi tahlil qilganda avvalgi dars bilan hozirgi darsini solishtiradi.

O'qituvchi o'z darsini o'zi tahlil qilish davomida erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va yo'l qo'yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik chora-tadbirlarini belgilaydi. Shu asosda o'z shaxsiy tajribasini boshqalar bilan qiyoslash kabi usullardan ham foydalanadi. O'quv yurtlari rahbarlari va pedagoglarining darslarga kirish va tahlil qilish tajribasini o'rganish shuni ko'rsatdiki, ular pedagogik mahoratni oshirishning bu ta'sirchan shaklidan juda kam foydalanadilar. Xolbuki, mustaqillik sharoitida erkin, ozod, mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash o'z-o'zini tahlil qilishga jiddiy e'tibor berishni taqozo qiladi.

Buning metodologik asosi shundaki, mustaqillik inson omilining kuchayishida o'z ifodasini topar ekan, insonning xohish-irodasi, o'z faoliyatini o'zi tashkil qilishi zaruratga aylanmoqda. Shuning uchun har bir pedagogning o'z faoliyatini o'zi takomillashtirishga intilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O'z darsini o'zi tahlil qilish esa bu muammoni yechishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, bizlar pedagogning o'z darsini o'zi tahlil qilish tartibi (sxemasi)ni taklif qilamiz.

Pedagogning o'z darsini o'zi tahlil qilishi murakkab ichki jarayon bo'lib, u o'z darsini qismba-qism o'z taqrizidan o'tkazadi. Buning zamon pedagogikasi, meiodika va ilg'or tajribalarga javob berilganini aniqlash va shu jihatdan o'z darsiga baho berishdir.

Auto tahlilda pedagog quyidagi savollarga javob topishi kerak.

1. Darsni rejalashtirganda o'quvchilarning bilimining puxtaligi va ularning o'quv imkoniyatlari hisobga olindimi?

2. Hozirgi o'tilgan mavzu ilgarigi mavzu bilan bog'lanib, kelasi dars uchun zamin tayyorlanayaptimi? Dars bayon qilish usuli, nutq madaniyati masalalarga e'tibor berildimi?

3. Darsning uchala didaktik (ta'limiy, tarbiyaviy, o'quvchi shaxsini o'stirish) maqsadi amalga oshiridimi?

4. Darsning tuzilishi o'quv materiallarinng mazmuniga mosligi, dars bosqichlarining yaxlitligi, vaqtdan unumli foydalanishdimi?

5. Darsda asosiy, mohiyatli, belgilovchi g'oyalar ta'kidlandim?

6. Darsda tanlangan usul, vosita, prinsiplar o'quv materiali maqsadi, mazmuniga mos keladimi?

7. Darsda o'quvchilar alohida va tabaqalashtirilgan holda yondoshish amalga oshiriladimi?

8. O'quvchilarning darsda bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashlarini nazorat qilish qanday tashkil etildi? Qo'yilganbaholar reyting talablariga to'g'ri kelib, tarbiyalovchi, ular faoliyatini rag'batlantirdimi?

9. Darsda o'quvchilarga bilimga, hunarga qiziqtirishga e'tibor berildimi?

10. Darsda hozirgi zamon UTV, axborot vositalaridan qay tarzda foydalanildi?

11. Darsda o'quvchilarning ruhiy holati, muhit, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro munosabatlari qanday?

12. Uy vazifasi, topshiriqlarni topshirish metodikasi qay tarzda amalga oshirildi?

13. Darsda qanday kamchiliklarga yo'l qo'yildi? Ularning sababi nimada?

14. Darsni yuqori saviyada o'tqazish uchun o'qituvchi mahorati yetarlimi? Qaysi yo'nalishda o'z kasbiy mahoratini takomillashtirish kerak?

Shunday qilib, pedagog auto tahlilda darsning fikriy nusxasini uning amaldagisi, ya'ni o'tkazgan darsi bilan solishtirib, shu asosda o'zining umumiy saviyasi, ilmiy-nazariy, kasbiy mahoratini takomillashtirish yo'llarini belgilashi lozim. Bunday tahlil tashxis (diagnostik) ahamiyatga ega bo'lib, pedagogning shaxs sifatida va kasbiy darajasini to'g'ri baholay olish imkoniyatini yaratadi.

Xulosa. Dars tahlili o'qituvchining ish faoliyatini o'rganish, fan asoslarini o'quvchilar qanday darajada o'zlashtirayotganligini aniqlash va davlat o'quv dasturi materiallarining reja asosida bajarilishini nazorat etishning asosiy omili hisoblanadi. Darslarni ilmiy, metodik, didaktik va umumiy pedagogik, psixologik jihatlarga bo'lib tahlil etish dars tahliliga aniqlik kiritadi, uni mukammallashtiradi hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga mukammal baho berish imkonini kengaytiradi.

REFERENCES

1. Pedagogika. Ensiklopediya. 1-jild. A-Yo (mas'ul muharrir R.Safarova) -Т.: 2015

2. Жураев Б.Т. Деятельность педагога по гуманизации учебно-воспитательного процесса //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

3. Жураев Б.Т. Социально-духовное развитие студентов //Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. - 2019. - С. 22-23.

4. Davronov I.E., Jurayev B.T. Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi. "Durdona" nashriyoti, -Buxoro, 2019.

5. Мирзаев И. Дарс тахлили. / Укув-услубий кулланма. - Т.: «Укитувчи», 1985.

6. Олимов Ш.Ш. Некоторые вопросы организации урока на основании педагогических технологий //Молодой ученый. - 2013. - №. 5. - С. 752-754.

7. Олимов Ш.Ш. Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в системе образования //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

8. ОЛИМОВ Ш. Ш., ХОДЖИЕВА М. Ш. Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе //Молодежь и XXI век-2020. - 2020. - С. 228-231.

9. Сарсенбаева Р. М. Укув машгулотларини тахлил килиш методикаси //Современное образование (Узбекистан). - 2016. - №. 6. - С. 3-11.

10. Сухомлинский В.А. Авторитарная педагогика похоронила саму идею самоанализа урока - Режим доступа: http ://fs. nashaucheba.ru/docs/270/index-1433580-11.html

11. Умаров А. С., Рахимов А. К., Мирзаева Н. А. Дарс сифатининг тахлили-таълим тараккиёти мезони //Таълим ва ривожланиш тахлили онлайн илмий журнали. - 2022. - С. 80-88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.