Научная статья на тему 'DARS JARAYONIDA TALABALARNI FAOLLIGINI OSHIRUVCHI USLUBLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI'

DARS JARAYONIDA TALABALARNI FAOLLIGINI OSHIRUVCHI USLUBLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / kompetensiya / kundalik faoliyat / qobiliyat / ta’lim / tayanch kompetensiyalar / texnologiya / o‘qituvchi / talaba. / information / competence / daily activities / ability / education / basic competencies / technology / teacher / student.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova, B., Mamatov, D.

Maqolada tasviriy san’at darslarida oliy ta’lim muassasalari talabalarini fanga qiziqtirish ya’ni faolligini oshirish orqali tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bu jarayonni amalga oshirish uchun qo’lanilishi mumkun bo’lgan metodlarni qo’llash yo‘llari va ularning ahamiyati xaqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO USE STUDENT ACTIVITY TECHNIQUES IN THE LESSON PROCESS

The article discusses the issues of developing basic competencies by increasing students' interest in science, i.e. increasing their activity in art classes. It also describes the ways of using methods that can be used to implement this process and their significance.

Текст научной работы на тему «DARS JARAYONIDA TALABALARNI FAOLLIGINI OSHIRUVCHI USLUBLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

DARS JARAYONIDA TALABALARNI FAOLLIGINI OSHIRUVCHI USLUBLARDAN FOYDALANISH YO'LLARI

B. Qurbonova

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri

D. Mamatov Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada tasviriy san 'at darslarida oliy ta 'lim muassasalari talabalarini fanga qiziqtirish ya 'ni faolligini oshirish orqali tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalalari haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek, bu jarayonni amalga oshirish uchun qo'lanilishi mumkun bo'lgan metodlarni qo'llash yo'llari va ularning ahamiyati xaqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: axborot, kompetensiya, kundalik faoliyat, qobiliyat, ta'lim, tayanch kompetensiyalar, texnologiya, o 'qituvchi, talaba.

АННОТАЦИЯ

В статье говорится о вопросах формирования базовых компетенций путем повышения интереса учащихся к науке, т. е. повышения их активности на занятиях искусством. Также описаны способы использования методов, которые можно использовать для реализации данного процесса и их значение.

Ключевые слова: информация, компетентность, повседневная деятельность, способности, образование, базовые компетенции, технология, учитель, ученик.

ABSTRACT

The article discusses the issues of developing basic competencies by increasing students' interest in science, i.e. increasing their activity in art classes. It also describes the ways of using methods that can be used to implement this process and their significance.

Key words. information, competence, daily activities, ability, education, basic competencies, technology, teacher, student.

KIRISH

Talabalarning dars jarayonlarida faolligini oshirishda professor-o'qituvchilar tomonidan ularning faolligini oshiruvchi uslublar, ya'ni interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari ta'lim-tarbiya jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Research BIB / Index Copernicus

Interfaol usullarni qo'llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Interfaol metod - ta'lim jarayonida talabalar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali talabalarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, talabalar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, grux jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega.

Jumladan, tasviriy san'atni o'qitish metodikasi "Axborot tushunchasi, uning turlari va ko'rinishlari, o'lcham birliklari" mavzusini o'tishda "Aqliy hujum" metodini qo'llash yaxshi samara beradi. Bu metodni qo'llashda o'qituvchi dastlab muammoni aniqlaydi va talabalarga "Axborot nima?" degan savol bilan murojaat qiladi. Bunda o'qituvchi quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratishi lozim:

- talabalarning o'zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish;

- bildirilayotgan g'oyalarning talabalar, ya'ni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;

- qog'oz varaqalari g'oyalar bilan to'lgandan so'ng ularni yozuv taxtasiga osib qo'yish;

- bildirilgan fikrlarni yangi g'oyalar bilan boyitish asosida ularni qo'llab-quvvatlash;

- boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo'l qo'ymaslik;

- yangi g'oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to'g'ri yechimini aytishga shoshilmaslik;

- talabalar tomonidan bildirilayotgan har qanday g'oyani baholamaslik;

- talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit yaratish;

- g'oyalarning turlicha va ko'p miqdorda bo'lishiga ahamiyat qaratish;

Research BIB / Index Copernicus

- boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga erishish.

Talaba bu jarayonda o'qituvchi tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarga amal qilgan holda berilgan vazifani mustaqil bajaradi va kerakli natijani qo'lga kiritadi.

Ushbu metodni qo'llash natijasida talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o'zlashtiradi, axborotning mohiyati haqida tasavvurga ega bo'ladi.

SHuningdek, o'qituvchi yuqoridagi mavzuni o'tish jarayonida "T-sxema" metodidan ham foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi. O'qituvchi ushbu metodni qo'llashdan talabalarga axborotning turlari, ko'rinishlari, o'lcham birliklari va xossalari haqida boshlang'ich ma'lumotlarni beradi. So'ngra u tinglangan ma'ruzadan kelib chiqib, talabalarning axborot haqidagi fikrlarini quyidagi sxema asosida tahlil qilishlarini so'raydi:

Bunda o'qituvchi talabalardan berilgan topshiriqni yakka tartibda bajarishlarini so'raydi va topshiriqni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt ajratadi. Belgilangan vaqt tugagach talabalardan izohlarsiz o'z fikr-mulohazalarini o'qib eshittirishlarini so'raladi. Barcha xulosalar tinglangach, umumlashtiriladi va yakuniy xulosa shakllantiriladi.

Bu jarayonda talaba :

- mavzuni diqqat bilan tinglaydi;

- o'zi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni daftariga qayd qilib boradi;

- berilgan sxema asosida tushunchaga nisbatan o'zining mustaqil fikrini bildiradi;

- o'zining yakuniy xulosasi bilan guruh(kurs)dagi talabalarni tanishtiradi;

Axborot

Ijobiy ta'siri

Salbiy ta'siri

Xulosa

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

- reglamentga rioya qiladi.

Bu metod talabalarning mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o'zlashtirish, olgan bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikr yuritish va xulosa chiqarishlariga sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi.

Chizmachilik darslarida "Mashinasozlik chizmachiligi" mavzusini o'tishda "Tushunchalar tahlili" metodidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Ushbu metod talabalarning mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirish darajasini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo'yicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo'llaniladi.

Mazkur metoddan foydalanilganda dastlab ishtirokchilar mashg'ulot qoidalari bilan tanishtiriladi va talabalarga mavzuga tegishli bo'lgan so'zlar, tushunchalar nomi tushirilgan quyidagi shakldagi tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda):

Tushunchalar Mazmuni

Mashinasozlik standartlari

Ajraladigan birikmalar

Ajralmaydigan birikmalar

Spetsifikatsiya

Talabalar ushbu jadva ni to'ldirish jarayonida mazkur tushunchalar qanday

ma'no anglatishi, qachon, qanday holatlarda ko'llanilishi haqida yozma ma'lumot beradilar. Belgilangan vaqt yakuniga yetgach o'qituvchi berilgan tushunchalarning to'g'ri va to'liq izohini o'qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi. Bunda har bir ishtirokchi berilgan to'g'ri javoblar bilan o'zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o'z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.

Talabalarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o'zlashtirish ko'rsatkichi va amaliy ko'nikmalarini tekshirishda "Assesment" metodidan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Mazkur texnika orqali talabalarning bilish faoliyati turli yo'nalishlar (test, amaliy ko'nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo'yicha tashxis qilinadi va baholanadi.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta'lim oluvchilar faolligini oshiruvchi metodlarning turlari ko'p bo'lib, ularni mashg'ulot mavzusining xususiyatlari hamda ko'zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko'riladi. Bunday mashg'ulotlarda ishtirok etish uchun ta'lim oluvchilarning tayyorliklariga o'ziga xos talablar qo'yiladi, bular mashg'ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o'zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o'zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o'z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko'nikmalari va boshqalardan iborat.

Research BIB / Index Copernicus

Mashg'ulotlarda o'quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo'yicha mashg'ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo'lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Zero, to'g'ri tanlangan metodlarni qo'llash mashg'ulotning qiziqarli va samarali bo'lishini ta'minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2022. - 464 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4884-son Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022 - 2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.

8. O.Qo'ysinov, A.Nosirov. Chizmachilik fanidan uzluksiz ta'limning Milliy o'quv dasturi. - T.: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, 2021.

9. Sharifzoda S. va b. Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari. Academic Research in Educational Sciences. Multidisciplinary Scientific Journal, july, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.