Научная статья на тему 'DARS JARAYONIDA O`QUVCHI DIQQATINI MAVZU MATERIALLARIGA JALB QILISH, BU BORADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI'

DARS JARAYONIDA O`QUVCHI DIQQATINI MAVZU MATERIALLARIGA JALB QILISH, BU BORADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2934
162
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / diqqat / ixtiyoriy diqqat / rag`batlantirish / dars jarayoni / faollik / ong / tadqiqot / method / attention / voluntary attention / motivation / teaching process / activity / consciousness / research.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shukurullayeva Nodira Qahramon Qizi

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o`quvchining diqqatini o`qituvchi tomonidan berilayotgan ma’lumotlarga jalb qilish, mavzuga doir ma’lumotlarning o`quvchi xotirasida tez va oson saqlanib qolishini ta’minlash usullari, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari tadqiq etiladi. Shuningdek, diqqat haqida ma’lumotlar beriladi. Chunki diqqat inson aqliy faoliyatining asosi hisoblanadi. Zero, dars jarayonida o`quvchi aqliy faoliyatining faolligi ta’lim samarasining asosi hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ATTRACTING THE PUPIL’S ATTENTION TO THE SUBJECT MATERIAL DURING THE LESSON, PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS IN THIS REGARD

In this article, the methods of attracting the pupil's attention to the information given by the teacher, ensuring that the information on the topic is quickly and easily preserved in the student's memory, problems in this regard and their solutions are researched. Attention information is also provided. Because attention is the basis of human mental activity. After all, the activity of the student's mental activity during the lesson is the key to the effectiveness of education.

Текст научной работы на тему «DARS JARAYONIDA O`QUVCHI DIQQATINI MAVZU MATERIALLARIGA JALB QILISH, BU BORADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

DARS JARAYONIDA OQUVCHI DIQQATINI MAVZU MATERIALLARIGA JALB QILISH, BU BORADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YE CHIMLARI Shukurullayeva Nodira Qahramon qizi

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlangich ta'lim

yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7366246 Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'lim jarayonida oquvchining diqqatini o'qituvchi tomonidan berilayotgan ma'lumotlarga jalb qilish, mavzuga doir ma'lumotlarning oquvchi xotirasida tez va oson saqlanib qolishini ta'minlash usullari, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari tadqiq etiladi. Shuningdek, diqqat haqida ma'lumotlar beriladi. Chunki diqqat inson aqliy faoliyatining asosi hisoblanadi. Zero, dars jarayonida oquvchi aqliy faoliyatining faolligi ta'lim samarasiningasosi hisoblanadi.

Kalit so^zlar: metod, diqqat, ixtiyoriy diqqat, ragbatlantirish, dars jarayoni, faollik, ong, tadqiqot.

ПРИВЛЕЧЕНИЕ ВНИМАНИЯ УЧАЩЕГОСЯ К ИЗУЧАЕМОМУ МАТЕРИАЛУ НА УРОКЕ, ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ В СВЯЗИ

Аннотация. В данной статье исследуются способы привлечения внимания учащегося к информации, данной учителем, обеспечивающие быстрое и легкое сохранение информации по теме в памяти учащегося, проблемы в связи с этим и пути их решения. Информация о внимании также предоставляется. Потому что внимание является основой мыслительной деятельности человека. Ведь активность мыслительной деятельности учащегося на уроке является залогом эффективности обучения.

Ключевые слова: метод, внимание, произвольное внимание, мотивация, учебный процесс, деятельность, сознание исследование.

ATTRACTING THE PUPIL'S ATTENTION TO THE SUBJECT MATERIAL DURING THE LESSON, PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS IN THIS REGARD

Abstract. In this article, the methods of attracting the pupil's attention to the information given by the teacher, ensuring that the information on the topic is quickly and easily preserved in the student's memory, problems in this regard and their solutions are researched. Attention information is also provided. Because attention is the basis of human mental activity. After all, the activity of the student's mental activity during the lesson is the key to the effectiveness of education.

Key words: method, attention, voluntary attention, motivation, teaching process, activity, consciousness, research.

KIRISH. Ayni damda zamonning o'qituvchilar oldiga qo'ygan talablardan biri bu - dars jarayonini samarali tashkil etish hamda o'quvchilar bilim sifatini yaxshilash. Ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini orttirish, ta'lim oluvchilarning diqqatini mavzu bo'yicha berilayotgan ma'lumotlarga jalb qilish tom ma'noda o'qituvchining pedagogik va psixologik mahoratiga bog'liqdir. Bugungi kunning eng dolzarb mavzusi sifatida orin olayotgan masalalardan biri bu - o'quvchining diqqatini mavzuga qaratish, ya'ni yangi mavzu o'tilayotganda o'quvchining aqliy faolligini ta'minlash. Oquvchi dars jarayoniga diqqat qaratsagina, ta'lim natijalari sifatli bo lishi mumkin.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

Hozirgi globallashuv davrida yurtimizda ta'limga katta e'tibor berilmoqda. chunki har qanday rivojlanayotgan davlatning taraqqiyot strategiyasida, albatta, ta'lim katta orinni egallaydi. Ta'lim-tarbiya jarayoni eng kop e'tibor hamda kuch talab qiladigan soha hisoblanadi. Ushbu jarayonning ishtirokchilari bo'lmish o'qituvchi va oquvchilardan ham talab qilinadigan narsa bu faollikdir.

MAVZUGA OID ADABIYOTAR TAHLILI. Dastlab, diqqat tushunchasiga to'xtalib otamiz. Diqqat deb, ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishini aytamiz. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tsavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, ozimizning qilgan ishlarimiz, o'y va fikrlarimiz diqqatning obyekti hisoblanadi. Aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Bizning ish-harakatlarimiz ham diqqat bilan sodir boladi.

"Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to'planishining kuchayishi va ma'lum vaqt mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yo'naltirilishini saqlab turishdan iboratdir".

Demak, oquvchi diqqati orqali uning ongiga ta'sir otkazish mumkin. Buning uchun esa o'quvchi diqqatini boshqarish, ya'ni jalb qilish zarur. Bolalardagi diqqat ulardagi aqliy jarayonlarning sifatini ta'minlaydi hamda diqqat har qanday faoliyatning zaruriy sharti hisoblanadi. Ma'lumki, inson biror faoliyatni bajarish uchun iroda kuchini ishlatsa, bu ixtiyoriy diqqat, agar irodaviy kuchsiz, maqsadsiz ravishda diqqat paydo bo'lsa, bu ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Ta'lim jarayonida darsga o'quvchilarning maqsadli ravishda diqqat qaratishlari, ya'ni dars paytida ixtiyoriy diqqatini turg'unlashtirishlari ta'lim uchun zarur shart hisoblanadi. Chunki "Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali otib kiradi".

Shuni ta'kidlash joizki, ixtiyoriy diqqatning alohida xarakterli xususiyati mavjud. Ixtiyoriy diqqat irodaviy zor berishni talab etadi va bir faoliyat ustida uzoq saqlanadi. Bu jarayonda u insonni jismoniy zor berishdanda koproq charchatishi, toliqtirishi, ayniqsa maktab o'quvchilarini zeriktirishi mumkin. "Shuning uchun o'qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli to'planganligi ortiqcha bo'lmasligi lozim".

TADQIQOT OBYEKTI VA METODI. Dars jarayonini samarali tashkil qilish uchun o'quvchi diqqatini tadqiq qilish lozim. Oquvchilarning ixtiyoriy diqqati va uning bir joyga turg'unlashtirilishini tadqiq qiladigan bo'lsak, ushbu tadqiqotda bevosita o'quvchilar va o qituvchilar tadqiqot obyekti vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur tadqiqotda kuzatish metodidan foydalanish yaxshi samara beradi. Xorazm viloyati Urganch shahri 1-sonli umumta'lim maktabi oquvchi va oqituvchilarida kuzatish va tadqiqotlar olib borildi. Maktab o'quvchilarining, asosan, boshlang'ich sinf o'quvchilarining dars jarayonlaridagi faoliyatlari kuzatib borildi. Mavzuga doir adabiyotlar va ilmiy ishlarni o'rgangan holda, o'quvchilarning diqqati darsda qay darajada jalb qilinishi, ularda ixtiyoriy diqqatni turg'unlashtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi. Oquvchi miyasining ranglarga nisbatan munosabatini aniqlash, rangli materiallar oquvchi diqqatini qay darajada jalb qilishini organish yuzasidan bir qator metodlar otkazildi.

TADQIQOT NATIJALARI. Kuzatishlar davomida o'quvchilarning dars davomidagi aqliy faolligini ta'minlash va diqqatini mavzu materiallariga qay tarzda jalb qilish tadqiq qilindi. Olib borilgan kuzatishlar va tadqiqotlar natijasida o quvchilar diqqatini o qish materiallariga qaratishning quyidagi usullari aniqlandi:

1. Darsni oquvchi qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

2. Darsni qiziqarli o'yinlar bilan bog' lash.

3. Rang-baranglikka intilish.

4. Rag'batlantirish.

1-usulga to'xtaladigan bo'lsak, o'quvchi o'zi uchun qiziq bo'lmagan ma'lumotlarga diqqat qaratmaydi. Oqituvchi mavzuni qanchalik yuksak mahorat bilan, ustalik bilan o'quvchilarga tushuntirmasin, agar o'quvchining o'zida qiziqish bo'lmasa, buning umuman foydasi yo'q. Bu ayni haqiqat. Shu sababli o'qituvchi o'quvchilar qiziqishlaridan xabardor bo lishi lozim. Masalan, sinfda o'g'il bolalarning deyarli hammasi mashina, raketa, samolyotga qiziqadi. Buni dars bilan bog'lash juda oson. Mashina, raketa yoki samolyotni qatnashtirgan holda matematik masala tuzilsa, o'quvchi o'z-o'zidan bunga diqqat qaratadi. Bu bilan o'quvchining diqqatini jalb qilgan holda mavzu materiallari o'rgatiladi.

Keying usul - darsni qiziqarli o'yinlar bilan bog'lash. " Ixtiyoriy diqqat, ayniqsa, o'qitishda katta ahmiyatga ega, dars o'zlashtirish ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Chunki o'qish nafaqat jiddiy mehnat, balki ko'p mashaqqatli ishdir. Shuning uchun u irodaga suyanadi. Ammo o'qishni faqat ixtiyoriy diqqat asosidagina o'tkazish o'quvchilarni tez charchatib qo'yadi. Shu sababli o'qishga qiziqtirish, darsni qiziqarli qilib o'tish kerak". Mohir pedagogga qo'yilgan talablardan biri bu - dars ma'lumotlarini qiziqarli o'yinlar bilan uyg'unlashtirish. Agar dars boshidan oxirigacha faqatgina mavzu bayoni bilan o'tadigan bo'lsa, bu hattoki katta yoshdagi maktab o'quvchilarini ham zeriktirishi, diqqatini chalg itishi muqarrar. Shuning uchun o'qituvchi bisotida qiziqarli o'yinlar va metodlar ko'p bo lishi zarur. Masalan, oddiygina bor bilan ham qiziqarli o'yin o'tkazish mumkin. O'quvchilardan oddiy tarzda o'tilgan mavzular bo'yicha ma'lumotlarni so'rash ancha zerikarli. Buni qiziqarli tarzda o'tkazish mumkin. Yozuv taxtasiga katta qilib aylana chizamiz va buni qora oyna deb tasavvur qilamiz. Bu oynaning narigi tomonida barcha bilimlar jamlangan. Oynani sindirish va bilimlarni chiqarib olish zarur va buni bajarish uchun o'quvchilardan yordam so'raladi. Har bir o'quvchi bitta ma'lumot aytadi va oynaga "X" belgisini chizadi. Aylana "X"larga to'lgandan keyin oyna parchalanadi va bilimlar chiqarib olinadi. Bu jarayonda nafaqat o'quvchining diqqati darsga jamlanadi, balki bilimlari mustahkamlanadi.

3-usul - rang-baranglikka intilish. Ushbu usulni 2 xil ma'noda tushunish mumkin:

1. Dars jarayonida rangli materiallardan foydalanish.

2. Darsda bir xillikdan uzoqlashib, turfa xil metodlardan foydalanish, darsni turli xil usullarda o'quvchilarga tushuntirish.

Ranglar inson miyasiga juda katta ta'sir qiladi. Agar o'qituvchi mavzu ma'lumotlarini rangli qog'ozlarga yozib, o'quvchilarga tushuntirsa, ranglar o'quvchi diqqatini o'ziga jalb qiladi. Oquvchilar avval rangga e'tibor bergan holda, keyin qog'ozdagi ma'lumotlarga e'tiborini qaratadi, o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalarida shunisi aniq bo'ldiki, ushbu rangli qog'ozlarga yozilgan ma'lumotlar oq qogozga yozilgan ma'lumotlardan kora koproq o'quvchi diqqatini jalb qiladi hamda xotirasida tez va oson saqlanib qoladi.

4-usul - rag'batlantirish. O'quvchi rag'batlantirilganda o'z bilimiga ishonch hissi paydo bo'ladi. Bu tuyg'uning o'rnini keyinchalik darsni o'rganishga bo'lgan ishtiyoq hamda shijoat egallab oladi. Qarabsizki, o'quvchi maqsadli ravishda darsga diqqat qila boshlaydi. Rag'batlantirish usuli orqali o'qituvchi dars mobaynida juda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

MUHOKAMA. Demak, o'quvchining diqqati undagi barcha aqliy faoliyatlarni boshqaradi va uni darsga jalb qilish o'qituvchining vazifasidir. Ammo "Diqqatning kuchli

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

konsentratsiyasini diqqatni ancha osonroq, ancha qiziqarliroq harakat turlariga o'tkazish yo'li bilan, kamroq zo'riqishni talab qiladigan yoki zo'r diqqat berilishini talab qiluvchi ishga o'quvchilarda o'ta qiziqish uyg'otish bilan almashtirib turish foydalidir".

Ba'zi o'quvchilarning darsdan orqada qolib ketishlari, dars mashg'ulotlarini yaxshi o'zlashtira olmasliklari ularning aqli yoki xotirasining sustligidan emas, balki diqqatining bo'shligidan kelib chiqadi. Shu sababli o'qituvchi darsda o'quvchilarning diqqatini bir joyda turg'un to'plashni o'ylashi zarur.

XULOSA. Xulosa ornida aytadigan bo'lsak, diqqat ta'lim-tarbiya sohasida juda katta ahamiyatga ega. Chunki fikr yuritish, xotirada saqlash, idrok etish kabi jarayonlarning barchasi diqqat tufayli sodir bo'ladi. Darsda o'qish materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirish, avvalo, diqqat bilan belgilanadi. Yuqorida keltirib o'tilgan diqqatni jalb qilish usullari ham darsda juda yaxshi samara beradi.

REFERENCES

1. P. I. Ivanov, M. E. Zufarova . Umumiy psixologiya. - Toshkent: "Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2008.

2. K. D. Ushinskiy. Pedagogika kursi programmasining proyekti. - Toshkent: "Uchpedgiz", 1998.

3. N. Boymurodov. Amaliy psixologiya. - Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2008.

4. K. K. Platonov, G. G. Golubyev. Psixologiya. - Toshkent: "O'qituvchi", 1982.

5. E. G'oziyev. Psixologiya. - Toshkent: "O'qituvchi", 1994.

6. M. G. Davletshin, S. M. To'ychiyeva. Umumiy psixologiya. - Toshkent: "O'qituvchi",

2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.