Научная статья на тему 'COVID-19 PANDEMIYASINING JAHON SIYOSATIGA TA’SIRI'

COVID-19 PANDEMIYASINING JAHON SIYOSATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1235
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pandemiya / jahon siyosati / iqtisodiyot / globalizatsiya / xalqaro munosabatlar / integratsiya / koronavirus / Pandemic / world politics / economy / globalization / international relations / integration / coronavirus.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shermatov, Avazbek Gofurovich

Mazkur maqolada Covid-19 pandemiyasining jahon siyosatiga va iqtisodiyotiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Pandemiya globalizatsiya jarayoniga salbiy ta’sir qilib, xalqaro savdo va integratsiya jarayonlari sekinlashuviga sabab bo‘ldi. Pandemiyaga qarshi kurashish davomida jahon iqtisodiyotining kamchiliklari yaqqol namoyon bo‘ldi. Xalqaro munosabatlarda an’anaviy davlatning o‘rni mustahkamlanishi bilan birga xalqaro tashkilotlarning roli pasayib bormoqda. Koronavirus inqirozidan keyingi dunyo tartibi qanday bo‘lishi haqida olimlar turli hil fikrlar bildirishmoqda. Maqolada muallif yuqoridagi masalalarni atroflicha tahlil qilishga harakat qiladi. Maqoladan asosiy xulosa shuki, Covid-19 hozirgacha shakllangan dunyo siyosiy tartibiga kuchli ta’sir o‘tkazsada, uning asoslarining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘la olmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF THE COVID-19 PANDEMEMY ON WORLD POLITICS

This article provides a detailed analysis of the impact of the Covid-19 pandemic on global politics and economics. The pandemic has had a negative impact on globalization and slowed down international trade and integration. During the fight against the pandemic, the vulnerabilities of the global economy became apparent. While the role of classical state in international relations is strengthening, the role of international organizations has slightly decreased. Scholars have various viewpoints over the new world order after the coronavirus crisis. In the article, the author tries to analyze in detail the above issues. The main conclusion of the article is that, although Covid-19 has a strong impact on the current world political order, it cannot lead to a radical change in its foundations.

Текст научной работы на тему «COVID-19 PANDEMIYASINING JAHON SIYOSATIGA TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

COVID-19 PANDEMIYASINING JAHON SIYOSATIGA TA'SIRI

Shermatov Avazbek G'ofurovich

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Covid-19 pandemiyasining jahon siyosatiga va iqtisodiyotiga ta 'siri atroflicha tahlil qilingan. Pandemiya globalizatsiya jarayoniga salbiy ta 'sir qilib, xalqaro savdo va integratsiya jarayonlari sekinlashuviga sabab bo'ldi. Pandemiyaga qarshi kurashish davomida jahon iqtisodiyotining kamchiliklari yaqqol namoyon bo 'ldi. Xalqaro munosabatlarda an 'anaviy davlatning o 'rni mustahkamlanishi bilan birga xalqaro tashkilotlarning roli pasayib bormoqda. Koronavirus inqirozidan keyingi dunyo tartibi qanday bo 'lishi haqida olimlar turli hil fikrlar bildirishmoqda. Maqolada muallif yuqoridagi masalalarni atroflicha tahlil qilishga harakat qiladi. Maqoladan asosiy xulosa shuki, Covid-19 hozirgacha shakllangan dunyo siyosiy tartibiga kuchli ta'sir o'tkazsada, uning asoslarining tubdan o 'zgarishiga sabab bo 'la olmaydi.

Kalit so'zlar. Pandemiya, jahon siyosati, iqtisodiyot, globalizatsiya, xalqaro munosabatlar, integratsiya, koronavirus.

В данной статье представлен подробный анализ влияния пандемии Covid-19 на мировую политику и экономику. Пандемия оказала негативное влияние на глобализацию и замедлила международную торговлю и интеграцию. В ходе борьбы с пандемией стали очевидны недостатки мировой экономики. По мере усиления роли классического государства в международных отношениях роль международных организаций снижается. У ученых есть разные точки зрения на новый мировой порядок после коронавирусного кризиса. В статье автор пытается подробно проанализировать вышеперечисленные вопросы. Основной вывод статьи заключается в том, что, хотя Covid-19 оказывает сильное влияние на сложившийся к настоящему времени мировой политический порядок, он не может привести к радикальному изменению его основ.

Ключевые слова. Пандемия, мировая политика, экономика, глобализация, международные отношения, интеграция, коронавирус.

This article provides a detailed analysis of the impact of the Covid-19 pandemic on global politics and economics. The pandemic has had a negative impact on globalization and slowed down international trade and integration. During the fight

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

against the pandemic, the vulnerabilities of the global economy became apparent. While the role of classical state in international relations is strengthening, the role of international organizations has slightly decreased. Scholars have various viewpoints over the new world order after the coronavirus crisis. In the article, the author tries to analyze in detail the above issues. The main conclusion of the article is that, although Covid-19 has a strong impact on the current world political order, it cannot lead to a radical change in its foundations.

Keywords. Pandemic, world politics, economy, globalization, international relations, integration, coronavirus.

Covid-19 pandemiyasi jahon siyosati va iqtisodiyoti rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Dunyo iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyotlar yangi turdagi koronavirus pandemiyasi sababli ulkan qiyinchiliklarga duch keldi. Ijtimoiy soha, sog'liqni saqlash tizimi qiyin kunlarni boshdan kechirdi va bugungi kunda ham ushbu kasallik keltirib chiqargan oqibatlar bilan yuzlashishga majbur bo'lmoqda. Pandemiya hayotning barcha muhim tomonlarini qamrab oldi - inson salomatligidan tortib to ijtimoiy sohagacha. Biologik xatarlar inqirozgacha bo'lgan davrda siyosatchilar va siyosat sohasidagi mutaxassislar tomonidan ustuvor tahdidlardan biri sifatida ko'rilmas edi. Ammo koronavirus inqirozi nafaqat insonlar hayoti uchun, balki global dunyo tartibi uchun ham birdek xavf tug'dirishi tez orada ma'lum bo'ldi.

Koronavirus pandemiyasidan so'ng dunyo siyosati, xalqaro tartib qanday bo'lishi haqida xalqaro munosabatlar sohasi olimlari, siyosatshunoslar, mutaxassislar turli hil nuqtai nazarlarga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Genri Kissinjerga ko'ra, koronavirusdan so'ng dunyo butkul boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. Olim vaziyatni Ikkinchi jahon urushi davri bilan taqqoslaydi. Sobiq diplomatning fikricha, virus keltirib chiqargan siyosiy va iqtisodiy tartibsizlik uzoq davr saqlanishi mumkin va hech bir davlat yangi virusni yakka o'zi yenga olmaydi. Vashington bu vaziyatda virusga qarshi global qarshilik ko'rsatishni kuchaytirishi va shu bilan birga liberal dunyo tartibini saqlab qolishga harakat qilishi lozim [1]. Albatta, Kissinjerning ko'plab fikrlari to'liq asosga ega. Biroq, Xitoy pandemiyaga qarshi kurashda qat'iy tartib-intizom va o'zi yaratgan milliy vaksinalari orqali yakka o'zi samarali kurasha olishini amalda isbotladi. Bu esa ba'zi mamlakatlar xalqaro hamkorliksiz ham yangi virus bilan kurasha olishi mumkinligiga isbotdir.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Amerikalik taniqli siyosatshunos Jozef Nay esa Kissinjerning nuqtai nazariga qo'shilmaydi. J.Nay fikricha, yangi koronavirus dunyo tartibiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Globalizatsiya jarayonlari virus tufayli to'xtab qolmaydi. Sababi, globalizatsiya - transport va kommunikatsion texnologiyalar evolyutsiyasi natijasidir. Shu sababli dunyoning o'zaro bog'liqligi mavjudligicha qoladi [2]. Insoniyat XXI asrda uchinchi yirik inqirozni boshdan kechirmoqda. 11 -sentyabr terakti, 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz dunyoda ko'plab yangi jarayonlar boshlanishiga ta'sir ko'rsatgan bo'lsada, dunyo tartibini butkul o'zgarishiga sabab bo'lmagan. Katta ehtimol bilan yangi koronavirus pandemiyasi ham XX asrda shakllangan xalqaro tartib asoslariga jiddiy ta'sir ko'rsatmaydi [2].

MUHOKAMA

Koronavirus pandemiyasi globalizatsiya jarayoniga ham jiddiy ta'sir qildi. Pandemiyagacha bo'lgan davrda faol ravishda muhokama qilinib kelgan va diqqat markazida bo'lgan globalizatsiya mavzusi yanada faol muhokama qilina boshladi. Globalizatsiya masalasida turli hil nuqtai nazarlar mavjud. Ba'zilar uni faqat iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilishini ta'kidlasa, boshqalar uni rivojlanishda notenglikka sabab bo'lishini ta'kidlaydi [3]. Covid-19 pandemiyasi jahon hamjamiyatini globalizatsiya jarayoniga o'zgacha yondashishga, unga nisbatan o'z pozitsiyalarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Karantin cheklovlari tufayli yopilgan chegaralar, erkin harakatlanishga qo'yilgan ta'qiqlar, uzilib qolgan yetkazib berish zanjirlari va eksport cheklovlari dastavval globalizatsiya koronavirus qurboniga aylanishi mukinligi haqidagi fikrlar paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Pandemiya global ta'minot zanjirlariga bo'lgan haddan tashqari qaramlik tahdidlarini, davlatlarning xalqaro bir -biriga bog'liqligining salbiy taraflarini namoyon qildi. Pandemiyagacha bo'lgan davrda tovarlar, xizmatlar, kapital, insonlarning xalqaro bog'liqligi ijobiy natijalarga olib kelgan bo'lsa, koronavirus inqirozi davrida xalqaro bog'liqlikning mavjud xavflari to'lig'icha namoyon bo'ldi. Har bir davlat virus bilan bog'liq noaniqlik sharoitida o'z manfaatlari uchun, o'zi harakat qilishni boshladi, asosiy urg'u xavf-hatarlarga qarshi milliy miqyosda qarshi turishga berildi. Xalqaro darajada davlatlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik masalasi keyingi o'rinlardagi masalaga aylandi.

Shubhasiz, pandemiya davrida chegaralarning yopilishi deglobalizatsiya jarayoni kuchayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shu sababli globalizatsiya ortiq dunyo siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi jarayoni emasligi haqidagi turli fikrlar yangray boshladi. Ammo, globalizatsiyaning intihosi haqida gapirishga hali erta. Koronavirus inqirozining daslabki davrida asosiy urg'u milliy darajadagi kurashga berilgan bo'lsa,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hozirda asta-sekinlik bilan virusga qarshi kurashishdagi davlatlar o'rtasidagi hamkorlik kuchaymoqda. COVAX kabi xalqaro dasturlar doirasida millionlab doza vaksinalar doimiy ravishda turli davlatlarga yetkazilmoqda [4].

Olimlar va siyosatshunoslarning globalizatsiyaning keying rivoji bo'yicha tahlillariga ko'ra, umuman olganda xalqaro integratsiya jarayoni to'xtab qolmaydi. Katta ehtimol bilan bu jarayon oxirgi paytlarda mavjud bo'lgan faol darajadan birmuncha cheklangan darajaga tushadi.

Pandemiya davrida dunyo siyosatida yana bir yangi jarayon - milliy davlat roli oshishi bilan birga xalqaro tashkilotlarning roli va nufuzi pasayishi kuzatilmoqda. Virusga qarshi kurashda front chizig'ini eng avvalo milliy davlat instituti egalladi va inqirozga qarshi choralarni mustaqil ko'ra boshladi. Davlatning jamiyat hayotidagi rolining keskin oshishi kuzatildi. Kiritilgan qat'iy karantin cheklovlari, keng ko'lamli iqtisodiy choralar, tibbiyot sohasiga ulkan e'tibor fuqarolar ongida davlatning qudrati fenomenini haddan tashqari mustahkamlanishiga sabab bo'ldi. Fuqarolar inqiroz davrida davlatdan yordam olish bilan unga ko'proq quloq solishni boshladi. Inqirozgacha bo'lgan davrda individualistik qadriyatlarni ustun hisoblagan fuqarolarda ham koronavirus pandemiyasi davrida jamoaviylik, jamiyat bilan birlashish kayfiyati kuchayishni boshladi. Bunday sharoitda pandemiya ,,katta og'a'' ya'ni davlatning roli yanada kuchayishiga va fuqarolar erkinliklari ma'lum darajada cheklanishiga olib kelishi mumkin [5].

Xalqaro tashkilotlar pandemiyaga qarshi kurash paytida yetarlicha samaradorlik ko'rsata olmadi. Ular asosan virusga qarshi kurashda tavsiyalar va chaqiriqlar bil an cheklangan paytda asosiy mas'uliyatni milliy davlatlar yelkasiga oldi va zarur choralarni ko'rishdi. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi kabi nufuzli tashkilotlar kutilgan natijani ko'rsata olmadi. 2020-yil aprel oyida AQSH prezidenti D.Tramp JSSTni virusga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikda ayblab, AQSH uni moliyalashni to'xtatishini e'lon qildi. Pandemiya avjiga chiqqan paytda Yevropa Ittifoqi a'zolari birdamlik va hamkorlik prinsiplaridan voz kechib, o'zaro chegaralar orqali erkin harakatlanishni cheklashga qaror qilgani fakti ham xalqaro munosabatlarda xalqaro tashkilotlar roli susayib borayotganining yaqqol isbotidir [6].

Covid-19 pandemiyasi xalqaro munosabatlar sohasiga ham sezilarli ta'sir qilgan bo'lsada, uning asoslarini, tabiatini butkul o'zgartira olmadi. Inqiroz boshlangan dastlabki paytda jahon siyosatining asosiy aktorlari bo'lgan AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya kabi davlatlar virusni yengishda bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlarini, inqirozga qarshi birgalikda kurashish kerakligini ta'kidlashganiga qaramay ular orasidagi azaliy raqobat davom etaverdi. Buyuk davlatlar o'rtasida virusni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yengishning asosiy vositasi bo'lgan vaksinalar yuzasidan ham kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Rossiya birinchilardan bo'lib ro'yxatdan o'tkazgan vaksinasini Yevropa davlatlari va AQSH tan olmasligini e'lon qilishi ortidan vaksinalarni siyosiylashtirish kampaniyasi boshlanib ketdi. Vaksinalar yetishmovchiligi sharoitida vaksinani qo'llashda uning samaradorligi emas, balki qaysi davlatda ishlab chiqarilganligi birinchi o'ringa qo'yilmoqda [7].

Jahon siyosatining global aktorlari o'rtasidagi murakkab munosabatlar saqlanishda davom etmoqda. AQSHning jahon siyosatidagi dominant o'rnini saqlab qolishga intilishi hozirgi dunyo tartibidagi o'rnidan qoniqmayotgan Rossiya va Xitoyning geosiyosiy yaqinlashuviga olib keldi. Umuman olganda, koronavirus inqirozi xalqaro munosabatlarning mazmun-mohiyatida jiddiy o'zgarishlar yuz berishiga olib kelmadi va dunyodagi turli siyosiy kuchlar o'rtasida mavjud ixtiloflar, qarama-qarshiliklar uzluksiz davom etmoqda [8]. 2020-yil kuzida Tog'li Qorabog'da bo'lgan urush, 2021-yil avgustda Tolibon harakatining Afg'onistonni kuch bilan egallab olishi, 2022-yil fevralda Ukrainada boshlangan keng ko'lamli harbiy harakatlar bugungi kunda dunyoda siyosiy mojarolar haddan tashqari ko'pligi, ularni hal qilishda hali ham qurol kuchidan foydalanilayotganligi va pandemiya bu jarayonlarga zarracha ham ta'sir qilmaganligiga yaqqol isbotdir. Coviddan avvalgi global epidemik kasalliklar - o'lat, o'rta asrlarda Yevropada tarqalgan ,,qora vabo'', 1918-1919 yillarda tarqalgan ispan grippi ham o'z vaqtida buyuk davlatlar o'rtasidagi raqobatga barham bera olmagan edi [9].

Pandemiyaning jahon siyosatiga ta'siri haqida so'z yuritilar ekan, uning jahon iqtisodiyoti rivojiga ta'sirini ham batafsil tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, siyosat va iqtisodiyot dunyo va jamiyat rivojining ikki ajralmas ustunlari hisoblanib, bir-biriga bevosita ta'sir o'tkazadi.

Koronavirus inqirozi dunyo iqtisodiyotiga jiddiy ta'sir qilib, uning tizimli kamchiliklarini namoyon qildi. Inqirozning salbiy oqibatlari natijasida 2020-yil jahon iqtisodiyoti 4,3 %ga qisqardi [10]. Jahon savdosi esa 9 %ga qisqarib ketdi [11]. Ko'plab mamlakatlarning iqtisodiyotlari kiritilgan karantin cheklovlari sababli jiddiy zarar ko'rdi. Biznesni qo'llab-quvvatlash maqsadida berilgan ,,soliq ta'tillari'' byudjetga soliq tushumlarining kamayishiga olib keldi. Chegaralar yopilishi oqibatida eksport hajmlari keskin kamaydi, logistika zanjirlari esa uzilib qoldi. Ayni paytda sog'liqni saqlash sohasiga katta miqdorda mablag' yo'naltirishga to'g'ri keldi. Bu esa byudjet yetishmovchiligi sharoitida ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarni og'ir

NATIJA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ahvolga solib qo'ydi. Natijada, hozirgi paytda rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan yirik miqdorda xalqaro qarz jalb qilish jarayoni kuzatilmoqda. Pandemiya natijasida dunyo miqyosida ishsizlik darajasi keskin darajada oshib ketdi va tarixiy rekordlarni qayd etdi. 2020-yil dunyo miqyosida ishsizlar soni 223 milliondan ortiqni tashkil etdi [12]. Solishtirish uchun, 2019-yilgi ko'rsatkich 185 milliondan ortiqni tashkil etgan edi [12]. Shubhasiz, ishsizlar sonining bunday keskin oshishi davlatlarni ijtimoiy sohaga yanada ko'proq e'tibor berishga va mablag' ajratishga majbur qiladi. Byudjet defitsiti sharoitida esa ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlar bunday moliyaviy imkoniyatlarga ega emas.

Jahon iqtisodiyotida Sovuq urushdan so'nggi davrda shakllangan erkin savdoga asoslangan rivojlanish hozirda sezilarli sekinlashgan. Bugungi kunda pandemiyadan keyingi ta'minot inqirozi va virus keltirib chiqargan ishonchsizlik oqibatida zaiflashgan global iqtisodiy tizim mamlakatlarni tobora o'zini mustaqil ta'minlashga qaratilgan avtarkiya iqtisodiy modeliga murojaat qilishga majbur qilmoqda [13].

Avtarkiya iqtisodiy modeli tashqi muhit bilan iqtisodiy almashinuvga minimal bog'liq bo'lgan, mamlakatning tashqi savdo aylanmasi minimallashtirilgan va o'zini o'zi ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy rejim hisoblanadi. Tobora ko'plab mamlakatlarning avtarkiyaga murojaat qilishi oxir-oqibatda ularning milliy iqtisodiyotlariga zarar keltiradi. Boshqalar bilan erkin savdo qilish millatlarga ular o'zlari ega bo'lmagan resurslar va yarata olmaydigan mahsulotlarga ega bo'lishga imkon beradi. Avtarkiyaning asosiy kamchiligi esa juda ham kam davlatlar uning uddasidan chiqa olishidir. Misol uchun sobiq Sovet ittifoqi ulkan mamlakat bo'lganligi va resurslarga boy bo'lganligi sababli ko'p jihatdan avtarkiya modelidan muvaffaqiyatli foydalana olgan. Ammo SSSR tomonidan xalqaro savdoga bog'liqlikdan qochishga urinib avtarkiyaga asoslangan iqtisodiyotga urg'u berish og'ir oqibatlarga ham olib kelgan. Paxta mustaqilligiga erishish uchun Orol dengiziga quyiluvchi Sirdaryo va Amudaryo suvlarini asosan paxta dalalariga haydash oxir-oqibatda dengizning qurishiga va ekologik halokatga olib keldi. Shimoliy Koreyada ham bugungi kunda hukmron avtarkiya fuqarolarning iqtisodiy farovonligi uchun asosiy to'siqqa aylanib qolgan. Xulosa qilish mumkinki, avtarkiya modelida erkin savdo modeliga nisbatan turli tahdidlar ehtimoli ko'proq.

Koronavirus cheklovlarining takrorlanish xavfi jahon iqtisodiyotiga bosimni oshiradi, mehnat bozorlari, ta'minot zanjirlari va energiya bozorlari holatiga o'z ta'sirini saqlab qoladi. Umuman olganda, yaqin yillarda turli davlatlar iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasigacha bo'lgan rivojlanish darajasiga turli sur'atlarda qaytishini kutish mumkin [8]. Moliyaviy imkoniyatlari keng bo'lgan, inqirozga qarshi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurashda biznesni, aholini har tomonlama qo'llayotgan ilg'or iqtisodiyotga ega davlatlar inqirozdan tezroq chiqishi ehtimoli katta bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotlari pandemiyagacha bo'lgan ko'rsatkichlarga qaytishi uchun ko'proq muddat talab qilinadi.

Shunday qilib, pandemiya davridagi dunyo siyosiy tartibi va iqtisodiyotidagi asosiy o'zgarishlarning tahlili bizga ba'zi xulosalarni qilishga imkon beradi. Bu xulosalar quyidagilardir:

- Covid-19 pandemiyasi dunyo siyosati rivojiga kuchli ta'sir qilgan bo'lsada, asosan ungacha bo'lgan davrda shakllangan jarayon va hodisalarning tezlashuviga hissa qo'shdi. Jumladan, pandemiya ungacha bo'lgan davrda ko'plab skeptik qarashlarga sabab bo'lgan globalizatsiya jarayoni sekinlashishiga sabab bo'ldi;

- Pandemiya xalqaro munosabatlar sohasiga yakunda qanday ta'sir qilishi bo'yicha hali mutaxassis olimlar bir fikrga kelganlari yo'q. Ba'zilar inqirozdan keyingi dunyo birmuncha yopiq va erkin bo'lishini ta'kidlasa, boshqalar globallashuv jarayonlari ma'lum muddat sekinlashsada kelajakda albatta oldingi shiddatli sur'atlarda davom etishini ta'kidlaydi;

- Hozirgi inqirozning oqibatlari qanday bo'lishidan qat'i nazar jahon siyosatining mojaroviy tabiati mutlaqo o'zgarmaydi va shu paytgacha qanday bo'lg an bo'lsa shundayligicha qoladi. Covid-19 ham buyuk davlatlar o'rtasidagi azaliy qarama-qarshilikka barham bera olmaydi. Bunga bugungi kunda Ukrainada davom etayotgan harbiy harakatlar yaqqol dalil bo'la oladi;

- Pandemiya sababli yuz bergan iqtisodiy inqiroz dunyo iqtisodiyotidagi kamchiliklarni yaqqol namoyon qildi. Global ta'minotda yuzaga kelgan uzilishlar, logistika muammolari, oziq-ovqat eksportiga cheklovlar global iqtisodiy bog'liqlik, erkin savdo fenomenlariga jiddiy zarba berdi. Hukumatlar endilikda proteksionistik choralarga, avtarkiya iqtisodiy modeliga tobora ko'proq murojaat qilishmoqda. Ammo global bog'liqlikdan butkul voz kechish va mustaqil ta'minotga asoslangan yopiq iqtisodiy tizimga o'tish oxir-oqibatda mamlakatlarning iqtisodiyoti uchun zararli bo'ladi;

- Koronavirus pandemiyasi natijasida xalqaro tashkilotlar samaradorligi masalasi katta so'roq ostida qoldi, xalqaro integratsiya, globallashuv jarayonlari sezilarli darajada sekinlashdi. Jahon siyosatida an'anaviy milliy davlatning o'rni mustahkamlandi. Fuqarolar o'z xavfsizligi uchun davlatning gaplariga ko'proq quloq sola boshladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bir so'z bilan aytganda, pandemiya ko'plab jarayonlarning rivojlanishini tezlashtirgan va global xalqaro tizimning zaif tomonlarini ko'rsatib berdi. Uning yakuni bizga yangi dunyo eshiklarini ochmaydi, balki bizni ko'plab muammolarni ochib beradigan, tinchlikni saqlash va iqtisodiyotni tiklash uchun tezkor va sifatli yechimlarni talab qiladigan yangi voqelikka yaqinlashtiradi. Jahon hamjamiyati mavjud inqirozni yengishda mas'uliyat bilan ish tutishiga hali ham umid bor. Chunki mavjud muammolarni jiddiy qabul qilib, ularni hal qilishga harakat qilmaslik kelajakda bundanda keng ko'lamli inqirozlarga olib kelishi mumkin.

REFERENCES

1. The Coronavirus Pandemic Will Forever Alter the World Order,

URL: https://www.wsi.com/articles/the-coronavirus-pandemic-will-forever-alter-the-world-order-11585953005

2. No, the Coronavirus Will Not Change the Global Order, URL: https://foreignpolicy.com/2020/04/16/coronavirus-pandemic-china-united-states-power-competition/

3. Коноплева И.А., Коноплева В.С. ПРОЦЕССЫ ГЛОБАЛИЗАЦИИ В УСЛОВИЯХ ПАНДЕМИИ // The Scientific Heritage. 2021. №58-4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/protsessy-globalizatsii-v-usloviyah-pandemii

4. Achieving 70% COVID-19 Immunization Coverage by Mid-2022, URL: https://www.who.int/news/item/23-12-2021 -achieving-70-covid-19-immunization-coverage-by-mid-2022

5. The state we're in: will the pandemic revolutionise the role of government? URL: https://www.theguardian.com/us-news/2020/apr/26/government-state-role-pandemic-coronavirus

6. Система международных отношений после COVID-19, URL: https://www.eurasian-research.org/publication/the-international-relations-system-after-covid-19/?lang=ru

7. Вакцина от коронавируса: к чему приводит политизация медицины? URL: https://russiancouncil.ru/blogs/generation-shifit/vaktsina-ot-koronavirusa-k-chemu-privodit-politizatsiya-meditsiny-/

https://foreignpolicy April 2022

virus-pandemic/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. The World Economic Situation and Prospects. 2021. Ed. by Michael Brodsky. United Nations New York, 2021. 198 p. URL: https://www.un. org/development/desa/dpad/wp-

content/uploads/ sites/45/WESP2021 FullReport.pdf

11. В 2020 году объем мировой торговли сократился на 9 процентов. 2021. 9 февраля. URL: https://news.un.org/ru/story/2021/02/1396462

12. Number of unemployed persons worldwide from 1991 to 2021, URL: https://www.statista.com/statistics/266414/unemployed-persons-worldwide/

13. How Covid spread fear of globalisation and threatens a new world order, https://www.theguardian.com/business/2021/oct/15/how-covid-spread-fear-of-globalisation-and-threatens-a-new-world-order.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.