Научная статья на тему 'CHO‘L HUDUDLARI EKOLOGIK KARKASINI REJALASHTIRISHDA LANDSHAFT-GEOGRAFIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISH'

CHO‘L HUDUDLARI EKOLOGIK KARKASINI REJALASHTIRISHDA LANDSHAFT-GEOGRAFIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik karkas / muhofaza etiladigan tabiiy hududlar / biologik xilma-xillik / barqaror rivojlanish / ekotizm / geoekologiya. / ecological framework / protected natural areas / representativeness / biological diversity / sustainable development / optimization / ecosystem / geoecology.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shokirov A.A.

Ushbu maqolada tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning eng samarali shakllaridan biri bo‘lgan ekologik karkasni landshaft yondashuvi asosida barpo etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, landdshaftlarning morfologik birliklariga mos holatda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING A LANDSCAPE-GEOGRAPHICAL APPROACH IN PLANNING THE ECOLOGICAL NETWORK OF DESERT AREAS

This article discusses the issues of creating an ecological network based on the landscape approach, which is one of the most effective forms of conservation and use of nature. The possibilities of organizing protected natural areas in accordance with the morphological units of landscapes are also analyzed.

Текст научной работы на тему «CHO‘L HUDUDLARI EKOLOGIK KARKASINI REJALASHTIRISHDA LANDSHAFT-GEOGRAFIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISH»

Shokirov A.A. Buxoro davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi tayanch doktoranti

CHO'L HUDUDLARI EKOLOGIK KARKASINI REJALASHTIRISHDA LANDSHAFT-GEOGRAFIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning eng samarali shakllaridan biri bo'lgan ekologik karkasni landshaft yondashuvi asosida barpo etish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, landdshaftlarning morfologik birliklariga mos holatda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ekologik karkas, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, biologik xilma-xillik, barqaror rivojlanish, ekotizm, geoekologiya.

Shokirov A.A. doctoral student Department of Ecology and Geography Bukhara State University

USING A LANDSCAPE-GEOGRAPHICAL APPROACH IN PLANNING THE ECOLOGICAL NETWORK OF DESERT AREAS

Abstract. This article discusses the issues of creating an ecological network based on the landscape approach, which is one of the most effective forms of conservation and use of nature. The possibilities of organizing protected natural areas in accordance with the morphological units of landscapes are also analyzed.

Key words: ecological framework, protected natural areas, representativeness, biological diversity, sustainable development, optimization, ecosystem, geoecology.

Jahonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni nazorat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan maqsadli-operativ va qat'iy choralarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu muammolarni yechimini topish, ularga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish bo'yicha dasturida «Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o'rmonlarni ratsional boshqarish, cho'llashishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasini to'xtatish va biologik xilma-xillikning yo'qolishini oldini olish» vazifalari belgilangan

Xalqaro miqyosda bu borada bir qator siyosiy va iqtisodiy majburiyatlar belgilanishiga qaramay biologik xilma-xillikni sifat va miqdor jihatdan qisqarishi davom etmoqda. Ayniqsa, 2010-2020 yillarga mo'ljalangan maqsad va vazifalar

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

678

barcha mamlakatlarda birday amalga oshirilmadi. Shu bois, «Biologik xilma-xillik to'g'risida»gi konvensiyaga a'zo mamlakatlarning 14-yig'ilishida 2050-yilgacha bo'lgan davr uchun yangi strategik reja qabul qilish bo'yicha kelishuvlar imzolangan bo'lib, unda dunyo miqyosida METH(muhofaza etiladigan tabiiy hududlar)lar tizimini yanada kengaytirish va takomillashtirish bo'yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Keyingi yillarda tadqiqotchilar tomonidan alohida hudud yoki obyekt sifatida tashkil etilgan METHlar tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni to'liq ta'minlay olmasligi asoslab berilmoqda [15, 19; 15-16-b.]. Shu bois, barqaror rivojlanish konsepsiyasida ekologik xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun turli ierarxik darajadagi METHlarni ekologik karkas darajasida takomillashtirish dolzarb masalalardan biri ekanligi ko'rsatib o'tilgan [14; 29-56-b.].

Butun dunyoda tobora yomonlashib borayotgan va tanazzulga yuz tutayotgan yerlar ortib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2010-yil yanvaridan 2020-yil dekabrigacha qurg'oqchil yerlarni himoya qilish bo'yicha harakatlarni ilgari surish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llar va cho'llanishga qarshi kurash o'n yilligini e'lon qildi. O'n yillik - qurg'oqchil yerlarning insoniyat farovonligi uchun uzoq muddatli qobiliyatini ta'minlash uchun muhim o'zgarishlar qilish imkoniyatidir.66 Mana shu yuqoridagi fikrlar inobatga olinsa muhofaza etiladigan hududlar va degradatsiya muammolari bir biri bilan chambarchas bog'liq.

Ekologik karkasni geografik jihatdan asoslashda etakchi rol landshaft yondashuviga tegishli bo'lib, u zamonaviy landshaft tuzilishi asosida ekologik karkas elementlarini aniqlashni nazarda tutadi. Bu yondashuv asosida tabiiy-geografik rayonlashtirish natijalaridan foydalaniladi hamda uning asosida turli taksonomik qiymatga ega bo'lgan tipik va noyob landshaft birliklari aniqlanadi. Landshaft tuzilishi asosida muhofazaga muhtoj bo'lgan noyob hudud va obyektlarni aniqlashni nazarda tutadi. Namunaviy hududlarni METH sifatida ajratishda landshaftlarning tipologik tasnifidagi eng kichik taksonimik birliklar ham ko'rib chiqiladi.

Landshaft-geeografik yondashuvni tabiatni muhofaza qilishga doir tadqiqotlarda qo'llanilishi zamonaviy yondashuv emas. Xuddi shunday ishlar V.I.Prokaev (1960), N.M.Zabelina (1985), A.A.CHibilev (1993, 1994), N.N.Nazarov (1994), SH.M.SHaripov (2022) va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida ham keltirilgan.

Tabiatni muhofaza qilish amaliyotida tabiiy-geografik rayonlashtirish natijalaridan ko'proq foydalaniladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish (TGR) - bu rayonlashtirishning taksonomik birliklari sistemasini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv asosida landshaft birligining taksonomik darajasi aniqlanadi, mazkur toksonomik birliklar rejalashtirilayotgan yoki

66 https://www.un.org/en/events/desertification_decade/background.shtml

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

679

shakllantirilayotgan METHlar tizimda to'liq ifodalanishi kerak. TGRning taksonomik birlikpari asosan quyidagilardir: tabiiy geofafik o'lka - tabiiy geofafik provinsiya - tabiiy geofafik oblaste - tabiiy geografik rayon - landshaft.

Quyi Zarafshon okrugi cho'l landshaftalari yetakchilik qiladi va tuproq degradatsiyasi kuchayib borayotgan okruglardan biri hisoblanadi. Bu okrugda muhofaza etiladigan hududlarning tizimini tashkil etish juda muhim. Hozirda muhofaza ostiga olingan hududlar

Buxoroviloyatimuhofazaetiladigantabiiyhududlarga Qizilqum davlat qo"riqxonasi, "DengizkoT' davlat buyurtma qo"riqxonasi, "Qoraqir" davlat ornitologik buurtma qo"riqxonasi, "Xadicha"davlat buyurtma qo"riqxonasi, "Qumsulton" davlat buyurtma qo'riqxonasi Jayron ekomarkazi kiradi. METHlar tizimini tashkil qilishda landshaft tasnifi birliklarining taksonomik darajasi etalon sifatida ajratilgan hududlarni maqomini aniqlashda bosh mezon bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bunday holda, METHlarning eng yuqori maqomiga bo'lgan davlat qo'riqxonalarining soni (shuningdek, maqomi, maydon kattaligi, muhofaza qilish rejimi) yirik darajadagi taksonomik birliklar (masalan, landshaft sinflari) asosida belgilanadi. METHlarning qolgan toifalari tipologik tasnifning quyi darajadagi taksonlari bo'yicha (kichik sinf, guruh va tur darajasidagi landshaftlar) yuqorida keltirilgan tartib bo'yicha ajratiladi. Bunday yondashuv ekologik karkas tarkibida landshaftning kichik taksonomik birliklarni ham optimal tarzda qamrab olishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduganiev O.I. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va ulardan foydalanishning geoekologik asoslari (Farg'ona vodiysi misolida) // G.f.d. (DSc) ilm. dar. olish uchun taqdim. et. diss. -T., 2023. -291 b.

2. Герасимов А.П. Использование ландшафтного подхода при планировании экологических каркасов регионов // Географический вестник. 2006. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-landshaftnogopodhoda-pri-planirovanii-ekologicheskih-karkasov-regionov (дата обращения: 01.12.2023).

3. Гурьевских Ольга Юрьевна Геосистемный подход в формировании региональных систем особо охраняемых природных территорий (на примере Свердловской области) // Вестник российских университетов. Математика. 2014. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/geosistemnyy-podhod-v-formirovanii-regionalnyh-sistemosobo-ohranyaemyh-prirodnyh-territoriy-na-primere-sverdlovskoy-oblasti (дата обращения: 01.12.2023).

4. Хорошев A.B., Синицын М.Г., Немчинова A.B., Авданин В.О. Ландшафтный подход к формированию экологической сети Костромской области // Экол. План. и управ. 2008. № 4(5). С. 19-29.

5. O'zbekiston Respublikasi milliy atlasi I tom

"Экономика и социум" №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

680

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.