Научная статья на тему 'CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR VA FANNING TARIXI'

CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR VA FANNING TARIXI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Detal / yaqqol / ko‘nikma / shakl / sirt / ko‘rinish / sxema / plan / grafik / didaktik / model / fazoviy / tafakkur / Деталь / ясность / умение / форма / поверхность / вид / схема / план / графическое / дидактическое / модель / пространственное / мышление.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Turabova Farida Zoirovna

Maqolada Chizmachilik darslarida foydalaniladigan metodlar mazmunida bo‘lib, darslarda didaktik o‘yinlardan faol foydalanish orqali chizmachilik fanidan o‘quvchilarning darsga bo‘lgan ishiyoqini, tezkor fikrlash qobiliyatini, fazoviy tasavvurini didaktik o‘yinlar vositasida oshirish. Fanning tarixini o’rganmay turib kelachagi haqida fikr yuritish ham noto’g’ri deb o’ylayman. Shuning uchun fanning tarixiga alohida nazar tashlash lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ОБУЧЕНИИ РИСОВАНИЮ И ИСТОРИИ ПРЕДМЕТА

В статье говорится о методах, применяемых на уроках рисования, а также путем активного использования дидактических игр на уроках для повышения увлеченности рисованием учащихся к уроку, умения быстро мыслить, пространственного воображения средствами дидактических игр. . Я думаю, неправильно думать о будущем науки, не изучая ее историю. Поэтому на историю науки необходимо обратить особый взгляд.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR VA FANNING TARIXI»

CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR VA

FANNING TARIXI Turabova Farida Zoirovna

Samarqand shaxridagi Prezident maktabi https://doi.org/10.5281/zenodo.10578134

Annotatsiya: Maqolada Chizmachilik darslarida foydalaniladigan metodlar mazmunida bo'lib, darslarda didaktik o'yinlardan faol foydalanish orqali chizmachilik fanidan o'quvchilarning darsga bo'lgan ishiyoqini, tezkor fikrlash qobiliyatini, fazoviy tasavvurini didaktik o'yinlar vositasida oshirish. Fanning tarixini o'rganmay turib kelachagi haqida fikr yuritish ham noto'g'ri deb o'ylayman. Shuning uchun fanning tarixiga alohida nazar tashlash lozim.

Kalit so'zlar: Detal, yaqqol, ko'nikma, shakl, sirt, ko'rinish, sxema, plan, grafik,didaktik, model, fazoviy, tafakkur

МЕТОДЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ОБУЧЕНИИ РИСОВАНИЮ И ИСТОРИИ ПРЕДМЕТА

Аннотация: В статье говорится о методах, применяемых на уроках рисования, а также путем активного использования дидактических игр на уроках для повышения увлеченности рисованием учащихся к уроку, умения быстро мыслить, пространственного воображения средствами дидактических игр. . Я думаю, неправильно думать о будущем науки, не изучая ее историю. Поэтому на историю науки необходимо обратить особый взгляд.

Ключевые слова: Деталь, ясность, умение, форма, поверхность, вид, схема, план, графическое, дидактическое, модель, пространственное, мышление.

METHODS USED IN THE TEACHING OF DRAWING AND THE HISTORY OF

THE SUBJECT

Abstract: The article is about the methods used in drawing lessons, and through the active use of didactic games in the lessons, to increase the enthusiasm of drawing students for the lesson, the ability to think quickly, and spatial imagination by means of didactic games. I think it is wrong to think about the future of science without studying its history. Therefore, it is necessary to take a special look at the history of science.

Keywords: Detail, clear, skill, form, surface, view, scheme, plan, graphic, didactic, model, spatial, thinking

KIRISH

Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Hozirgi yosh avlod ertaga bizning qo'limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o'zidan keyingi avlodga yetgazuvchi vorislarimiz, O'zbekiston buyuk kelajagining egalaridir. Shu sababli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev butun mamlakatimiz diqqat e'tiborini barkamol avlod tarbiyasiga, kadrlar sifatiga, o'qituvchilarning qadr-qimmati, obro'sini mustahkamlashga qaratmoqda.

O'zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiyta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari

o'rnatishi, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o'quvchilar, ilmiypedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlariga muvofiq oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim, umumta'lim tizimida ta'lim yo'nalishlari va mutahassisliklarini bugungi kun o'quvchilari nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqish zarur. Shuningdek, o'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnalogiyalarni keng joriy etish, yoshlarni komil inson etib tarbiyalashda jon bozlik ko'rsatadigan o'qituvchilarga e'tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta'lim tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko'tarish darkor. Shu sababli zamon talablariga to'liq javob bera oladigan pedagogik texnalogiyalarni chizmachilik darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir.

"Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta'lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma'naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir" - deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta'lim tizimida jumladan chizmachilik darslarida pedagogik texnalogiyalarni qo'llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dastlab chizma geometriya va chizmachilik fanlari birgalikda o'qitilib, o'quv jarayoni chizmalarni chizish va ularni o'qiy olishga qaratilgan. 1928 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi injener-meliorativ fakulteti asosida O'rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya, politexnika instituti tashkil qilindi. Shuningdek 1930-1934 yillarda Universitet tarkibidan bir necha Oliy texnika o 'quv yurtlari ajralib chiqib, bu institutlarda «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedralari tashkil qilindi va umummuhandislik fanlari qatorida grafika fanlari ham to'liq o'qitila boshlandi. Dastlabki yillarda fanni o'qitish uchun uning o'qitish metodikasiga, talabalar bajaradigan chizmalar to'plamlarini tuzish va yosh o'qituvchilaming pedagogik mahoratini oshirish kabi ishlarga katta e'tibor berilgan. 1926-1946 yillarda Toshkent Oliy texnika o'quv yurtlarida sobiq Sovet davrining mashhur geometr olimlaridan S.M.Kolotov, M.Ya.Gromov va V.O.Gordon, E.I.Godiklar chizma geometriya va chizmachilikdan dars berish bilan bir qatorda o'zlarini ba'zi-bir fundamental ilmiy ishlarini Toshkentda olib borganlar. Ular pedagog o'qituvchilarni bilim malakalarini oshirishga, kafedralarning ilmiy metodik faoliyatini yaxshilashga katta xissa qo'shganl professorlar hisoblanadi. 1926-1944 yillarda professor S.M.KoIotov (1985-1965) O'zbekistonda yashab turli inshootlami loyihalashda, qurilish va sanoatni qayta tiklash ishlarida faol qatnashib, O'rta Osiyo Industrial Instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)da chizma geometriya va arxitektura loyihalash fanlaridan mashg'ulotlar olib borgan. 1933 yilda u «Chizma geometriya kursi» darsligini yozib «Yordamchi proektsiyalash» usulini nazariy tomondan asoslab, usulni pozitsion va metrik masalalarni echishdagi qulay tadbig'ini ko'rsatgan. Shu yillarda soyalar yasash, perspektiv tasvirlar yasashga ham bir necha ilmiy ishlar yaratgan.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Umumiy ta'lim - kasbi va turmush tarzi qandayligidan qat'i nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, san'at, ma'naviyat bo'yicha har bir kishi egallashi zarur bo'lgan bilim asoslari, shuningdek, har bir odamda hayotda qiynalmay yashashi uchun shakllantirilishi kerak bo'lgan ko'nikma va malakalar yig'indisi; ma'lum yoshdagi barcha bolalarning muayyan bilimlar minimumini beradigan maktablarda ma'lum vaqt mobaynida majburiy ta'lim olishi.

Umumiy ta'limni egallash har bir kishiga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, unda olamni bilish krbiliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Umumiy ta'lim kasbiy hamda politexnik ta'limning poydevori bo'ladi. Umumiy ta'lim o'quv muassasalarida o'qish orqali ham, mustaqil ta'lim yo'li bilan ham olinishi mumkin.

Jahon pedagogika fani va amaliyotida Umumiy ta'limning boshlang'ich, kuchaytirilgan boshlangich va o'rta singari turlari mavjud. Boshlang'ich Umumiy ta'lim o'qish, yozish, arifmetikaning dastlabki amallari hamda tabiatshunoslik, geogr. va Vatan tarixi yuzasidan ibtidoiy tushunchalar, rayem, musiqa, jismoniy tarbiya va mehnat singari o'quv fanlarini o'z ichiga oladi. Kuchaytirilgan boshlang'ich Umumiy ta'limda esa o'quvchilarga ona tili grammatikasi, chet tili, adabiyotning qisqa kursi, mat.ning ayrim bo'limlari, algebra, geom., fizika, tabiatshunoslik, chizmachilik bo'yicha ibtidoiy ma'lumotlar, geogr., tarix, rayem, mehnat kurslari qo'shiladi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida boshlang'ich va kuchaytirilgan boshlangich Umumiy ta'lim ta'limning mustaqil tizimi sifatida qaraladi va o'rta Umumiy ta'lim bilan yetarli uzviylik kasb etmaydi. O'rta Umumiy ta'lim, odatda ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, madaniyatshunoslik, algebra, geom., trigonometriya, fizika, kimyo, biol., chizmachilik, geogr., jismoniy tarbiya, informatika va boshqalarni o'z ichiga oladi. Ayrim Umumiy ta'lim maktablari bir yoki bir necha o'quv fanlarining chuqurlashtirilgan holda o'qitilishiga ixtisoslashgan bo'ladi.

O'zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinguniga qadar (1997) Umumiy ta'lim boshlang'ich (1—4sinf), tayanch (5—9sinf) va o'rta (10—11sinf) bosqichdan iborat bo'lgan. Endilikda O'zbekistondagi Umumiy ta'lim boshlangich (1—4sinflar), o'rta (5—9sinf) va o'rta maxsus (akademik litsey va kasbhunar kollejlari) kabi bosqichlardan iborat bo'lib, mamlakatimiz yoshlarining barkamol shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlashga yo'naltirilgan.

O'zbekistonda qadim zamonlardayoq ta'lim tizimi keng tarmoq yoygan bo'lishiga qaramay, umummilliy miqyosda Umumiy ta'lim rasman 1930 -yilning 15 sentabrdan joriy etildi. O'sha davrdagi hukumatning qaroriga ko'ra, 1934-yildan boshlab O'zbekistonda umumiy boshlang'ich ta'lim olish majburiy qilib qo'yildi. Bu tartib nafaqat maktab yoshidagi bolalarga, balki boshlang'ich ma'lumotga ega bo'lmagan katta yoshdagi kishilarga ham tatbiq qilindi. Shuning uchun ham mamlakatda savodsizlik va chalasavodlikni tugatishga yo'naltirilgan vaqginchalik maktablar tizdmi paydo bo'ldi. 1938-yilning iyulidan O'zbekistonda umumiy yetti yillik majburiy ta'lim joriy etildi. Lekin Ikkinchi jahon urushi mamlakatda umumiy yetti yillik ta'limning to'liq amalga oshishiga imkon bermadi. 1956 -yildagina yetti yillik Umumiy ta'limga to'liq erishildi. 1958-yildan O'zbekistonda Umumiy ta'lim sakkiz yilga, 1975 -yildan o'n yilga yetkazildi. 1990-yildan O'zbekistonda Umumiy ta'lim muddati o'n bir yilni tashkil etdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Demak, chizmalarni to'g'ri chizish usullari, shuningdek, chizmachilik xo'jaligining barcha sohasini to'g'ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi. Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, dvigatellar, o'lchash asboblari kabilarni yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari, bino, ko'prik, to'g'on, yo'l, kanal, mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari, yer sathini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar deyiladi. Topografik chizmalardan xaritalar tuzishda, muhandislik inshootlarini, GES, suv ombori kabilarni loyihalashda va ularni tegishli maydonda to'g'ri joylashtirish maqsadida foydalaniladi. Sxemalar, grafiklar, plakat va diagrammalar illustratsiya chizmachiligi asosini tashkil qiladi.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqib chizmachilikning barcha turlari asosi hisoblangan geometrik chizmachilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha yasash usullarini o'z ichiga olgan bo'lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bitta proyeksiyada bajariladi. Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo'lib, ular buyumlarning o'lcham, shakl, og'irlik, material va boshqa sifatlarini ko'rsatadi. Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma-xillikka barham beriladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishiladi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat'i nazar, to'g'ri tushunilishi ta'minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. U Ro'ziev E.I., Ashirboyev A.O., Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. - T., 2010

2. Isaeva M.Sh. Chizmachilikdan topshiriqlar. - T., 1992

3. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.

4. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students' graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78 [3].

5. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). The use and importance of the threedimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189-192.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.