Научная статья на тему 'CHIZMACHILIK DARSLARIDA TA’LIM OLUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

CHIZMACHILIK DARSLARIDA TA’LIM OLUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / kompetensiya / kundalik faoliyat / qobiliyat / ta’lim / tayanch kompetensiyalar / texnologiya / o‘qituvchi / talaba / o‘quvchi. / information / competence / daily activities / ability / education / basic competencies / technology / teacher / student / pupil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamatov, Dilshod Xasanovich

Maqolada chizmachilik darslarida ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, unda chizmachilik darslarida o‘quvchi va talabalarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari va ularning ahamiyati batafsil bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF FORMING BASIC COMPETENCES IN STUDENTS IN DRAWING LESSONS

The article deals with the issues of developing basic competencies among students of educational institutions in drawing classes. The methods of developing basic competencies among students in drawing classes and their significance are also described in detail.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK DARSLARIDA TA’LIM OLUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

CHIZMACHILIK DARSLARIDA TA'LIM OLUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Mamatov Dilshod Xasanovich,

Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi dotsenti, e-mail: dmamatov1967@mail.ru, tel: (998) 90-272-29-80

ANNOTATSIYA

Maqolada chizmachilik darslarida ta 'lim muassasalari o 'quvchi va talabalarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalalari haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek, unda chizmachilik darslarida o 'quvchi va talabalarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish yo'llari va ularning ahamiyati batafsil bayon qilingan.

Kalit so'zlar: axborot, kompetensiya, kundalik faoliyat, qobiliyat, ta'lim, tayanch kompetensiyalar, texnologiya, o 'qituvchi, talaba, o 'quvchi.

АННОТАЦИЯ

В статье расстатривается вопросы формирования базовых компетенций у обучащихся образовательных учреждений на занятиях черчения. Также подробно описаны способы формирования основных компетенций у обучащихся на занятиях рисованием и их значение.

Ключевые слова: информация, компетенция, повседневная деятельность, способность, образование, базовые компетенции, технология, учитель, студент, ученик.

ABSTRACT

The article deals with the issues of developing basic competencies among students of educational institutions in drawing classes. The methods of developing basic competencies among students in drawing classes and their significance are also described in detail.

Key words. information, competence, daily activities, ability, education, basic competencies, technology, teacher, student, pupil.

KIRISH

So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o'quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Research BIB / Index Copernicus

Shu bilan birga, milliy ta'lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma'rifat egalari, jismoniy va ma'naviy sog'lom insonlar etib tarbiyalash, ularni shaxsiy va jamoa oldiga kutilmaganda qo'yilgan muammolarning maqbul yechimini topa oladigan, mustaqil ravishda zaruriy axborotlarni izlab topa oladigan va ulardan tahlil asosida keraklilarini ajrata biladigan, barcha kishilar bilan oson muloqotga kirisha oladigan, ta'lim muassasasida egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik faoliyatlarida qo'llay oladigan komil inson qilib tarbiyalash bo'yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Mazkur vazifalarni ularning yoshligidan boshlab amalga oshirilmasa ularda ushbu xususiyatlarni shakllantirish oson kechmaydi.

Ma'lumki, hozirgi zamonaviy dunyoda inson axborot olamida yashaydi. Shu sababli o'quvchi va talaba o'qishda ham, kundalik faoliyatda ham muaffaqiyatlarga erishish uchun kerakli axborotlarga ega bo'lish, ularni izlab topish, ulardan keraklisini ajrata olishni va foydalana olishni o'rganishi kerak.

Bundan tashqari ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlarini ta'minlash bilan birga ularda o'z fikrini boshqalarga tushuntira olish, boshqalarni tinglab, ularni tushuna olish, bahsga kirishish kabi kompetensiyalarni shakllantirish kerak. Shu bilan birga ularni mashg'ulotlar jarayonida egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olishga o'rgatish zarur. Bu vazifalarni ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish orqali amalga oshirish mumkin.

Ta'lim oluvchilar o'z kundalik faoliyatida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh kadr bo'lib yetishishlari uchun ular fanga oid kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalarga ham ega bo'lishlari lozim.

Shuning uchun ham chizmachilik fani orqali ta'lim oluvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish ular o'zlashtirgan bilimlari asosida egallagan ko'nikma va malakalarini turli vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilishi maqsadga muvofiq.

Biz quyida umumiy o'rta va oliy ta'lim maktablari chizmachilik kurslarida ta'lim oluvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish yo'llari bo'yicha o'z tavsiyalarimizni bayon qilmoqchimiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim oluvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda davlat tili, xorijiy tillarni o'zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash, amaliy mashg'ulotlarni

Research BIB / Index Copernicus

o'zaro bajarishda, ijodiy loyiha ishlarini bajarish malakalarini shakllantirishda, yozma va og'zaki ravon bayon etish malakalarini shakllantirish, chizmachilik faniga oid atamalarni to'g'ri talaffuz qilish, izohlab berish hamda erkin muloqot qilishga o'rgatish zarur. Buning uchun o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, juft-juft bo'lib davra suhbatlari, bahs-munozaralar orqali o'quvchilarda chizmachilik faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish zarur. Chunki kichik guruhlarda yoki juft-juft bo'lib ishlaganda o'quvchilar bir biriga ta'rifni, mavzu matnini aytib berishi mumkin.

O'quvchi va talabalarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish uchun ularni mavzuga oid ma'lumotlarni mavjud axborot manbalaridan (internet, matbuot, radio, televidenie, telefon va boshqalar) topa olish va foydalana olishni, mavzuga oid ma'lumotlar bazasini yarata olish, ushbu ma'lumotlar ichidan eng asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilishga tayyorlash lozim. Buning uchun o'quvchi va talabalarga oldindan mavzu bo'yicha savolnoma berib qo'yiladi. Bunda ta'lim oluvchi o'zi mustaqil ravishda harakat qilib, yangi dars mavzusiga tayyorlanib keladi. Chizmachilik fanini o'qitishda axborot bilan ishlash kompetensiyasini samarali rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi zamonaviy axborot-telekommunikatsiya vositalaridan muntazam foydalanish zarur. Bunda ta'lim oluvchilarni fanga oid axborotlarni turli manbalardan izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish, axborot xavfsizligiga rioya qilgan holda axborot vositalari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishda mobil qurilma (telefon, planshet va boshqa gadjetlar) lardan foydalanish tavsiya etiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'quvchi Ba Tanaôalar ôapKaMon inson bo'lib voyaga yetishlari uchun ular mavzuga oid ma'lumotlar orqali o'z-o'zini aqliy rivojlantirib borishi va intellektual kamolotga intilishi, o'z ustida mustaqil ravishda muntazam ishlay olishi, kundalik turmushda uchraydigan muammolarni mustaqil hal eta olishi zarur. Bu degani ular o'z xatti-harakatini xolisona baholash, o'z-o'zini nazorat qila olish, halollik, to'g'rilik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo'lishlari kerak. Ta'lim oluvchilarda mazkur kompetensiyani shakllantirishda ularni umuminsoniy fazilatlarga ega bo'lish, Vatanni sevish, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega bo'lish, yangiliklarga intilish va o'zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul qilishga, jamiyatda ro'y berayotgan progressiv va innovatsion o'zgarishlardan xabardor bo'lish hamda ulardan kundalik hayotda foydalana olishga o'rgatish zarur. Shuningdek, o'qituvchilar ta'lim oluvchilarda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantira olish uchun ularda shaxs sifatida doimiy ravishda o'z-o'zini rivojlantirish, mustaqil o'qib-o'rganish, mustaqil ravishda izlanish, o'z xatti-

Research BIB / Index Copernicus

harakatini baholash, o'z-o'zini nazorat qila bilish, o'qib-o'rgangan bilim, ko'nikma va malakalari va o'z hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish sifatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan interfaol ta'lim metodlarini qo'llash, darslarda qo'shimcha materiallar yordamida loyiha ishlarini bajarib borishlari lozim.

Ta'lim oluvchi ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasiga ega bo'lishi uchun u mavzuga oid ma'lumotlarning jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunishi va bu ma'lumotlarning bo'layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorligini his etishi kerak. Bunda asosiy vazifa o'quvchi va talabalarda fuqarolik burchi, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar haqida bilimlarga ega bo'lish hamda chizma va loyihalarni tushunish hamda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat. Mazkur kompetensiya asosan ularda chizmalarni loyihalash, test savollarining yechimini topish, og'zaki savollarga javob berish, o'z huquq va majburiyatlarini bilish, kundalik hayotda uchraydigan vaziyatlarda muloqotga kirishish va vaziyatga nisbatan o'z fikrini bildirish, o'z bilimini bayon eta olish, o'quvchi va talabalar faolligini oshirishga qaratilgan. Ta'lim oluvchilarda ushbu kompetensiyalarni shakllantirish uchun biz chizmachilik darslarida va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida didaktik o'yin texnologiyalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, chizmachilik darslarida ta'lim oluvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Bunda ko'proq interfaol, shaxsga yo'naltirilgan, hamkorlikda o'qitish, muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mashg'ulotlarda didaktik, rolli o'yinlar, o'yinga asoslangan texnologiyalar, ijtimoiy, iqtisodiy, mahalliy, tarixiy, salomatlikni saqlashga doir muammoli va noan'anaviy masalalarni yechish tavsiya qilinadi. Ta'lim oluvchilarga syujetli masalalar (rasmlar), ijodiy xarakterga ega bo'lgan topshiriqlar berish ham yuqori samara beradi. Bahs-munozaralar, viktorinalar o'tkazish, krossvordlar yechish, loyiha ishlarini bajarish ularda mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda juda qo'l keladi. Imkoni bo'lsa multimedia texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, darslarda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ta'lim oluvchilarni darslikdan tashqari turli gazeta va jurnallar, qo'shimcha adabiyotlar, lug'atlar, internet resurslaridan foydalanishni o'rgatish kerak.

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2022. -464 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4884-son Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.

8. O.Qo'ysinov, A.Nosirov. Chizmachilik fani konsepsiyasi. - T.: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, 2021.

9. O.Qo'ysinov, A.Nosirov. Chizmachilik fanidan uzluksiz ta'limning Milliy o'quv dasturi. - T.: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, 2021.

10. Sharifzoda S. va b. Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari. Academic Research in Educational Sciences. Multidisciplinary Scientific Journal, july, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.