Научная статья на тему '«CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI» FANINI O‘QITISHDA TALABALARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

«CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI» FANINI O‘QITISHDA TALABALARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / o‘quv jarayoni / ijodiy faoliyat / ijodiy toashiriqlar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — M.V.Bomurodova

Maqolada «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o‘qitishda talabalar ijodiy foliyatini rivojlantirish va ijodiy muammolar tizimini ishlab chiqish muammolari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему ««CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI» FANINI O‘QITISHDA TALABALARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

«CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI» FANINI O'QITISHDA TALABALARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

M.V.Bomurodova

BuxMTI

Annotatsiya: Maqolada «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda talabalar ijodiy foliyatini rivojlantirish va ijodiy muammolar tizimini ishlab chiqish muammolari yoritilgan.

Tayanch so'zlar: ta'lim, o'quv jarayoni, ijodiy faoliyat, ijodiy toashiriqlar.

Dannaya statya posvya^ena problemam razvitiya tvorcheskoy deyatelnosti ucha^ixsya na urokax nachertatelnoy geometrii i chercheniya, a takje privedenbi svoeobrazntie mneniya o podgotovke sistemb tvorcheskix zadach.

Klyuchevbie slova: obrazovanie, uchebntiy protsess, tvorcheskaya deyatelnost, tvorcheskie zadachi.

O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimining bosh maqsadi davlat va jamiyat taraqqiyotini ta'minlay oluvchi yetuk kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Oliy ta'limda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitish jarayonida bo'lajak kadrlarni davlat rivojiga mos holda tarbiyalash, kasbiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ularda ijodiy va bilish faoliyatini rivojlantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Haqiqatan ham, ayni paytda har tomonlama rivojlangan, zamon talabalariga javob bera oladigan kadrlarni yetishtirish, shu jumladan, grafik savodxonlikni va ijodkorlikni takomillashtirish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu borada muhandislik grafikasi fanlari ta'lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirishda, eng avvalo, bilish faoliyati, fazoviy tasavvur, mantiqiy va obrazli tafakkur, ijodkorlik kabi bir qator faoliyatlarni tarkib toptirishga e'tibor berish lozim. Bu borada ijodiy yangilik yaratish qobilyatini rivojlantirish asosiy omil hisoblanadi. [1,223-231]

Yangilik sub'ektiv va ob'ektiv bo'lishi mumkin. Yangilik faqat yaratuvchiga nisbatan yangi bo'lsa - sub'ektiv, birinchi bor yaratilgan yangilik - ob'ektiv yangilikdir. Shunga ko'ra, yangiliklarni yaratish, ya'ni biror narsani yangidan loyihalash ko'p fanlarda, jumladan arxitektura dizayn va boshqalarda maxsus bilimni talab qiladi. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi darslarida loyihalash

elementlarining amalda joriy qilinishi har xil buyum va detallarning fazoviy holatlari tarkibidagi konstruktiv elementlarni o'zgartirish, surish va burish bilan ularning texnologik jarayoni og'irlik vaznlarni kamaytirish va dizayn talablariga mos yangi shakl berish bilan xarakterlanadi. Bu albatta sub'ektiv yangilik xisoblanadi.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi darslarida talabaning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ijodiy masalalardan foydalanish eng maqbul, unumli va samarali vositalardan biridir.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi o'quv kursidan ijodiy topshiriqlar tizimini yaratishda amal qilinadigan o'quv xolatlari xususiyatlari, ijodiy topshiriqlarning ta'lim jarayonidagi vazifalari, mohiyati, didaktik va metodik jihatlari inobatga olinishi kerak.

Bunday ijodiy masalalarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u turli xil javoblarga ega bo'lib, talabada har qanday detaining tarkibiy qismi - geometrik sirtlarining yig'indisi va ularning alohida geometrik tushunchalar bilan ifodalanishini o'rgatadi, hamda o'zaro bog'lanishlari haqida aniq tasavvur beradi. Ular ongida narsaning hajmi namoyon bo'ladi. Bu esa har qanday detalning tarkibiy qismini to'g'ri tahlil qilishga, ijodiy imkoniyatlarini ishga soluvchi grafik ishlarni bajarishga oid ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi [1, 226-242].

Talabada fazoviy tasovvurni shakllantirish va rivojlantirishda har qanday buyumni geometrik nuqtai-nazardan tahlil eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, har qanday murakkablikdagi buyumlarning tarkibiy qismlarini oddiy geometrik figuralarga ajratib tahlil eta olish lozim. Bunda chizma geometriya fanining qonun va qoidalari, algoritmlari nazariy jihatdan yordam beradi. Oddiy geometrik sirtlar, ko'pyoqliklar asosida turli shartlar bilan berilgan masalalarni yechish algoritmlari shaxsda ijodiy faoliyatni shakllantirishda zamin bo'ladi. Ijodiy faoliyat bu avvalambor mavjud bilim va ko'nikmalarga tayangan holda kishining yangilikka qarab intilishi olamni o'zgartirishga qaratilgan xatti-xaraktlari majmuasidir. Demak kishi qanchalik chuqur va mukammal bilimlar majmuasiga ega bo'lsa uning ijodiy faoliyati shunchalik samarali, sermahsul va kengqamrovli bo'ladi. Avvlo o'zi, oilasi va jamiyat uchun foydali ahamiyat kasb etadi.

Oliy ta'lim tizimida, xususan texnika oliy o'quv yurtlarida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» o'quv kursi bo'lg'usi muhandislarda fazoviy tasovvurlarini rivojlantirish asosida ularning ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga qaratilgan fandir. Muhandislik bu - ijodkorlik, bunyodkorlik, har qanday shart va sharoitda, mavjud resurslar asosida vujudga kelgan muammoni hal eta olish demakdir.

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, chizma geometriya va muhandislik grafikasi o'quv kursidan ijodiy topishiriqlar tizimini tayyorlashda quyidagi metodik tamoyillarga asoslanmoq zarur:

- ijodiy o'quv topshiriqlarning o'quv materialiga mosligi;

- ijodiy o'quv topshiriqlarning talaba yoshi, qiziqishi va bilish imkomiyatlariga mosligi;

- topshiriqlarning izchilligi;

- o'quv topshiriqlarning mantiqiy bog'liqligi;

- o'quv topshiriqlarning mantiqiy yakun topishi.

Bundan tashqari, chizma geometriya va muhandislik grafikasi ta'limi jarayonida foydalaniladigan ijodiy topshiriqlarning qo'yidagi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

- talabalar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda ularni o'zgartirishga doir topshiriqlar;

- misol va masalalarni biror belgisiga ko'ra guruhlarga ajratishga doir topshiriqlar;

- taqqoslashga doir topshiriqlar;

- sharti yetishmaydigan topshiriqlar;

- ko'p yechimli topshiriqlar;

- nostandart yechimga ega bo'lgan topshiriqlar;

- mantiqiy xarakterdagi topshiriqlar;

- predmetlarning fazoviy holatini almashtirish bilan bog'liq (predmetning shakli yoki fazoviy holatini o'zgartirish) topshiriqlar;

- yig'ish chizmalarini bajarishga aloqador tasvirni rekonstruksiyalash;

- ularni qisman almashtirish;

- loyixalash elementlari bo'lgan masalalar;

- tavsif bo'yicha moslamalar va ular uchun zarur bo'lgan barcha chizmalarni bajarish talab etiladigan ijodiy xususiyatdagi masalalar.

Mazkur masalalar oddiydan murakkabga didaktik prinsipga asoslangan bo'lib, ularning murakkablik darajasiga ko'ra tabaqalashtirilgan tizimi ishlab chiqildi.

1 - daraja: reproduktiv xarakterga ega bo'lgan masalalar;

2 - daraja: talabalarning ijodiy qobiliyatini past darajada faollashtiruvchi masalalar;

3 - daraja: talabalarning ijodiy qobiliyatini yuqori darajada faollashtiruvchi masalalar.

Chizma geometriya va chizmachilik darslarini tashkil qilishda talabalarni ijodiy faoliyatga yo'naltirish lozim. Binobarin,chizma geometriya va chizmachilik ta'limi zimmasiga faol, ijodiy izlanuvchan shaxsni tarbiyalash vazifasi yuklatilgan.

Ijodiy faoliyatni rivojlantirish nafaqat o'quv jarayonini muvaffaqiyatli bajarishda, balki tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish uchun ham zarur, bu esa pirovard natijada talabalarning aqliy qobilyatini rivojlantirishga, mehnatga xurmat va havasini tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi.

Adabiyotlar:

l.Umronxo'jaev A. Maktabda chizmachilik o'qitishni takomllashtirish. - T.: O'qituvchi, 1993. - 120 b.

2.O\T.Yadgarov "Muhandislik va kompyuter grafikasi" Buxoro 2021 yil 3.O\T.Yadgarov "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" Buxoro 2022

yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.