Научная статья на тему 'CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI DARSLARIDA TALABALARNI TEST TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH VA TEST SINOVLARINI O‘TKAZISH TALABLARI'

CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI DARSLARIDA TALABALARNI TEST TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH VA TEST SINOVLARINI O‘TKAZISH TALABLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
44
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TEST TUZISH / TEST NAZORATI / MOTIVATSIYA / HAQIQIYLIK / ISHONCHLILIK / O'TKAZISH TALABLARI

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Toxirov I.X., Srojidinov J.R.

Maqolada “Chizma geometriya va muhandislik” darslarida talabalarga test topshiriqlarini tuzish, tashkil etish, talabalar bilimlarni tekshirish, ko’nikma, malakalarini shakillantirishda mavjud muammolar hamda ularning yechimlari va nazariy asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR PREPARATION OF TEST TASKS AND TESTS FOR STUDENTS IN DRAWING GEOMETRY AND ENGINEERING GRAPHICS COURSES

The article describes the existing problems in the design and organization of test assignments for students in the course "Descriptive Geometry and Engineering", the examination of students' knowledge, skills and abilities, as well as their solutions and theoretical foundations.

Текст научной работы на тему «CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI DARSLARIDA TALABALARNI TEST TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH VA TEST SINOVLARINI O‘TKAZISH TALABLARI»

Toxirov I.X. assistent

Farg'ona politexnika inistituti Srojidinov J.R. assistent

Farg'ona politexnika inistituti

CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI

DARSLARIDA TALABALARNI TEST TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH VA TEST SINOVLARINI O'TKAZISH TALABLARI

Annotatsiya: Maqolada "Chizma geometriya va muhandislik" darslarida talabalarga test topshiriqlarini tuzish, tashkil etish, talabalar bilimlarni tekshirish, ko 'nikma, malakalarini shakillantirishda mavjud muammolar hamda ularning yechimlari va nazariy asoslari yoritilgan.

Tayanch so 'zlar: test tuzish, test nazorati, motivatsiya, haqiqiylik, ishonchlilik, o 'tkazish talablari.

Toxirov I.X. assistant

Fergana Polytechnic Institute Srojidinov J.R. assistant

Fergana Polytechnic Institute

REQUIREMENTS FOR PREPARATION OF TEST TASKS AND TESTS FOR STUDENTS IN DRAWING GEOMETRY AND ENGINEERING

GRAPHICS COURSES

Annotation: The article describes the existing problems in the design and organization of test assignments for students in the course "Descriptive Geometry and Engineering", the examination of students' knowledge, skills and abilities, as well as their solutions and theoretical foundations.

Keywords: test design, test control, motivation, authenticity, reliability, requirements.

Test topshiriqlarini tayyorlash bilan shug'ullanadigan mutaxassislar o'rtasidagi yuqori darajadagi raqobat, test topshiriqlarni ishlab chiqish bo'yicha intellektual qobiliyatni shakllantirishda oliy o'quv muassalarining imkoniyatlarni aniqlash dolzarbligini ko'rsatdi. Ta'limning turli shakllaridan kelib chiqib, test topshiriqlarni tayyorlashning yangi sharti sifatida oliy ta'lim ustuvorligini belgilaydigan ishlar zarur. Shunga ko'ra, mutaxassislarga bo'lgan talabni va tobora yangi va texnologik jihatdan rivojlangan axborot vositalari va

мЭкономнка h соцнумм №4(95)-3 2022

www.iupr.ru

747

multimedia mahsulotlarni global rivojlanish bilan belgilaydi. Axborot texnologiyalariga asoslangan innovatsion usullarni joriy etish, amaliy bilimlarni va talabalarga shaxsiga yo'naltirilgan yondashuvni texnik oliy ta'lim muassalarida o'qitish amaliyotinning dolzarb bo'lib qoldi. Yuqorida keltirilgan dolzarb muammolarning yechimlari maqolada keltirib o'tilgan.

"Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanini o'qitish jarayonida talabalar fanni mukammal o'zlashtirishlari boshqa fanlarga nisbatan qiyinroq bo'ladi. Bunga sabab, talabalar fanni mukammal bilishlari uchun birinchi navbatda fazoviy tasavvur hamda amaliy bilimlarga ega bo'lishlari kerak bo'ladi. Shuni e'tiborga olgan holda talabalar fanni o'zlashtirishda turli xil didaktik jarayonlar, metodlar hamda pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini tashkil etish bu zamonaviy pedagogning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Lekin shunday bo'lsada, talabalarning bilim olishlari hamda fanlardan baholanishda faqatgina pedagog dars mashg'ulotlarini mukammal tashkil etish bilan cheklanib qolmaydi ya'ni talabarning ham fanga bo'lgan qiziqishlari hamda o'zlashtirishlariga ham bog'liq subyektiv omil bo'lib hisoblanadi.

Talabalar test topshiriqlarini bajarishda ikkita majburiy komponent mavjud:

1. Test topshiriqlarni talabalarga mustaqil ishlashlari uchun berilsa, talabalar fanni mukammal o'zlashtirib olgan bilimlarni shakllantirish.

2. Shakllantirish darajasini tekshirish, ya'ni talabalarni bilim, ko'nikmalarini nazorat qilish.

"Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanini mustahkamlashda eng samarali nazorat vositalaridan amaliy topshiriqlarni bajarish, mustaqil ta'lim va albatta test topshiriqlarini bajarish hisoblanadi. "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanini mustahkamlashda test sinovlari usuliga to'xtalib o'tsak. Sinovlar nafaqat nazoratning amaliy shakli, balki talabalarni test usuli bilan fanga bo'lgan qiziqishlarni oshirish chizmalarini o'zlashtirish darajasini, olgan bilimni mustahkamlash ko'rsatkichidir. "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanida amaliy nazorat shakllari o'tkazishda inson omili ishtirok etiladi. Bundan tashqari eng asosiysi sinov natijalarni tekshirish uchun ko'p vaqt talab etiladi. Fanlardan o'tkaziladigan test sinovlarning amaliy nazorat ishidan asosiy farqi shundaki, test har doim o'zlashtirish darajasini o'lchovni o'z ichiga oladi. Sinovlarni baholash amaliy nazorat ishlarini baholashdan ko'ra ko'proq ob'ektivlik va mustaqillikka ega va albatta sinov aniq afzalliklarga ega. Hozirgi vaqtda test sinov turlaring juda ko'p ko'rinishlari mavjud ammo mutaxassislik hamda grafik fanlarni o'qitishda talabalar bilan ishlaydigan professor-o'qituvchilar uchun ma'ruza materiallarning o'ziga xosligi tufayli talabalar bilimini mustahkamlash uchun mustaqil ravishda test topshiriqlarini oddiy va murakkab test turlariga ya'ni talabalarni o'zlashtirish darajasiga qarab tuzish kerak. Shuning uchun o'qituvchi test topshiriqlarini tayyorlashda bur qator omillarga etibor berish kerak bo'ladi ya'ni ular quyidagilar:

'^KOHOMHKa h соцнумм №4(95)-3 2022

www.iupr.ru

748

- test tuzish metodologiyasiga;

- fazoviy tasavur hamda amaliy bilimi va ko'nikmalarini shakillantirish asoslariga

- bilim ko'nikma va malakalarni amalda qo'llashga

-test topshiriqlarini tayyorlashga qo'yiladigan talablarni bilishga ega bo'lishi.

Test sinovlari mavzulari talabaga tanish bo'lgan va o'zlashtirgan mavzularga asoslangan bo'lishi kerak. Mavzularni tanlash muayyan kurs talabalarini tayyorlash darajasiga bog'liq bo'lishi kerak. Bugungi kunga kelib, OTM muassasalariga kredit modul tizimini joriy qilinishi talabalarning o'qituvchi bilan auditoriya soatlarini sezilarli darajada qisqartirishga olib keldi. Natijada, o'quv dasturining ko'plab bo'limlari talabalar tomonidan mustaqil o'rganish uchun belgilanadi. Bu tizimda test sinovlarini boshqarish va ularni rivojlantirish masalalarini dolzarblashadi. Talabalarning mustaqil ishlariga nisbatan avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlari ishlab chiqiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ravshan o'g S. J. et al. AVTOMOBIL OYNALARINI VAKUUMLASH JARAYONINING AHAMIYATI //Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 21-31.

2. Тургунбеков, Ахдоадбек Махмудбек Угли, Сирожидинов, Журабек Равшанжон Угли ДЕТАЛ ЮЗАЛАРИНИ АЗОТЛАШ УСУЛИ ОР^АЛИ МУСТАХКАМЛИГИНИ ХАМДА ИШЛАШ УНУМИНИ ОШИРИШ // ORIENSS. 2022. №2. URL:

3. Mukhtorov Sherzod Sobirjon ugli, & Srojidinov Jurabek Ravshanjon ugli. (2022). ANALYSIS OF THE IMPACT OF EARTHQUAKES ON THE RELIABILITY OF UNDERGROUND PIPELINES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 436-441. Retrieved from

4. Холмурзаев А. А., Тохиров И. Х. У., Охунжонов З. Н. Движение летучки хлопка-сырца в зоне от вершины колка до отражающего козырька //Проблемы современной науки и образования. - 2019. - №. 11-2 (144). - С. 19-21

5. Kholmurzaev A. A., Tokhirov I. K. The active participation of students in the formation of the educational process is a key to efficiency //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 4. - С. 435-439.

6. Абдукаримов Б. А., Тохиров И. Х. Research of convective heat transfer in solar air heaters //Наука, техника и образование. - 2019. - №. 9 (62).

7. Tokhirov I. K. U. SELECTION OF THE MANUFACTURING PROCESS OF THE PART //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 10. - С. 698-704.

8. Abdullayev B. X. et al. Movement of Variable Flow Flux Along the Path in a Closed Inclined Pipeline //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 120-126.

9. Xolmurzayev A. A., Toxirov I. X. TALABALARNING O'QUV JARAYONINI SHAKILLANTIRISHDA KOMPYUTERLI O'QITISH TEXNOLOGIALARINI O'RNI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 11. - С. 283-288.

10. Oxunjonov Z. N. Avtomobil Oynalarini Vakuumlashda Vakuum Xalqalarini Konstruksiyalari Taxlili //Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar: Nazariya Va Amaliyot. - 2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 11-14.

11. Mukhtorov Sherzodjon Sobirjon ugli, & Srojidinov Jurabek Ravshanjon ugli. (2022). DISTRIBUTION OF THE NUMBER OF FAULTS AND TIME OF RESTORATION OF ELEMENTS OF SEWER NETWORKS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 448-454.

12. Mukhammadiev D. M. et al. Calculation of the upper beam bending of a saw gin //Journal of Physics: Conference Series. - IOP Publishing, 2021. - Т. 1889. - №. 4. - С. 042042.

13. Баходир Нуманович Файзиматов, Муродил Авдивоси Угли Мирзаев КЕСУВЧИ АСБОБНИНГ КЕСУВЧИ КИСМИНИ ЕЙИЛИШИНИ ВИБРОАКУСТИК УСУЛ БИЛАН АНИКЛАШ // Scientific progress. 2021. №2. URL:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.