Научная статья на тему 'CHINGIZ AYTMATOV VA LUQMON BO’RIXON IJODIDA MUSHTARAK G’OYALAR TALQINI (“BIRINCHI MUALLIM” VA “SIRLI MUALLIM” QISSALARI TAHLILI MISOLIDA)'

CHINGIZ AYTMATOV VA LUQMON BO’RIXON IJODIDA MUSHTARAK G’OYALAR TALQINI (“BIRINCHI MUALLIM” VA “SIRLI MUALLIM” QISSALARI TAHLILI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
994
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mavzu / g’oya / janr / obraz / uslub / qiyosiy tahlil.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdullajonova Oyxon Sherzodbek Qizi

Ushbu maqolada jahon adabiyotining yetuk namoyandasi Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” va XX asr o’zbek adabiyotining ist’edodli vakili Luqmon Bo’rixonnning “Sirli muallim” qissalaridagi mushtarak g’oyalar tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHINGIZ AYTMATOV VA LUQMON BO’RIXON IJODIDA MUSHTARAK G’OYALAR TALQINI (“BIRINCHI MUALLIM” VA “SIRLI MUALLIM” QISSALARI TAHLILI MISOLIDA)»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

CHINGIZ AYTMATOV VA LUQMON BO'RIXON IJODIDA

*

MUSHTARAK G'OYALAR TALQINI ("BIRINCHI MUALLIM" VA "SIRLI MUALLIM" QISSALARI TAHLILI MISOLIDA)

>p-

1 )> ]>#:

Abdullajonova Oyxon Sherzodbek qizi

Qo'qon davlat pedagogika instituti,talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.6717730

j sfr^U*

Annotatsiya: Ushbu maqolada jahon adabiyotining yetuk namoyandasi Chingiz

Aytmatovning "Birinchi muallim" va XX asr o'zbek adabiyotining ist'edodli vakili

Luqmon Bo'rixonnning "Sirli muallim" qissalaridagi mushtarak g'oyalar tahlilga

tortilgan.

Kalit so'zlar : mavzu,g'oya, janr, obraz, uslub, qiyosiy tahlil.

M 3

TnKi x 1 o m 1 \ m f rln nnrvnnn loW Ar1 ntiiiT 7/>ni Ki r mnrrn A'vrnorn T t r\\ri /~v ' r-w +nKir»+i

Tabiat va jamiyatda asosan takrorlanuvchi, bir-biriga o'xshash yoki o'z tabiati,

tuzilishi, mohiyati bilan bir-biriga zid bo'lgan narsa-hodisalar qiyoslash obyekti bo'lib xizmat qiladi. Bu hol adabiyotshunoslik fani, xususan qiyosiy adabiyotshunoslik uchun ham badiiy-estetik metod vazifasini bajaradi. Adabi-

»

m?

yotshunoslikda ma'lum bir yozuvchi yoki shoir ijodini milliy va xalqaro adabiy an'analar bilan qiyoslab o'rganish muhim ilmiy- nazariy ahamiyatga ega. Chunki, shunday qiyoslashlar orqali yozuvchining ijodiy mustaqilligi va uning ham milliy, ham jahon adabiyotidagi o'rni belgilanadi. Yozuvchi ijodining o'ziga xos qirralarini o'rganishda va anglab yetishda uni boshqa bir ijodkorning o'xshash asarlari bilan qiyoslab tahlil qilish muhimdir. Qaysi mashhur asarni olmaylik, u avvalo, ma'lum bir

P j>

millat vakilining ijodiy merosi, u yoki bu xalqning ma'naviy boyligi sanaladi. Masalan, Chingiz Aytmatov asarlari qirg'iz xalqining ma'naviy boyligi bo'lishi bilan birga, butun jahon xalqlarining adabiy merosi sanaladi. Chunki, adib asarlarida ifodalangan insonparvarlik, mardlik, do'stlik, sadoqat kabi umumbashariy g'oyalar barcha xalqlar uchun birdek qadrli va ahamiyatlidir.

Biz quyida Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" va o'zbek adabiyotida o'z o'rniga ega Luqmon Bo'rixonning "Sirli muallim" qissalaridagi mushtarak

J-jt

g'oyalar va o'ziga xosliklar haqida so'z yuritishni maqsad qildik. Bir qarashda turli ijtimoiy-tarixiy davrda yashagan va turli milliy ma'daniy qatlamga mansub ikki qahramonning mushtarak jihatlari mavjudligi kishini hayratga soladi. "Birinchi muallim" va "Sirli muallim" qissalariga diqqat qaratadigan bo'lsak, ularda turli davr

i J>:*-

voqealari badiiy ifoda topgan bo'lsada, syujetining shakllantirilishida mushtaraklik

bor. Ikkala asar ham realistik uslubda yozilganligi sababli voqealar sabab-oqibat zanjirida rivojlanib boradi. Har ikki asarning bosh qahramoni o'qituvchi. O'qituvchi

zanjirida .................. Har ikki ---------- bosh qa^am................. o .........

bo'lganda ham millatning kelajagi bo'lgan, yoshlarning ziyoli bo'lishini chin dildan

^-w-isr88- a |

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

istagan va o'z imkoniyati darajasida kurashgan fidoyi o'qituvchi. "Birinchi muallim"

#

>

asarida Duyshen- kichkina qirg'iz ovulida katta voqealarga sabab bo'lgan. Egniga qora movutdan tikilgan shinel kiyib yuradigan baland bo'yli, burgut qovoq, salobatli bu yosh yigit: chala savod qirg'iz ovulini savodli qilishda, muallimlikdek ulug' kasbni zimmasiga olgan. Allaqaysi boydan qolgan otxonani "maktab" dek ulug' dargohga aylantirgan jasoratli inson. "Sirli muallim" asari qahramoni Najot G'aybulla- baland bo'yli, kelishgan, yuzlaridan allanechuk nur yog'ilib turadigan, qiroat bilan salomlashadigan, hamisha yangi va orasta kiyimlar kiyadigan, yurish-

1 O > J O J J O > J

turishi viqorli bir yigit.Bu ikki muallimning tashqi ko'rinishida va ust boshida yer bilan osmoncha farq ko'rsakda, lekin ruhiy olami birdek. Duyshen va Najot G'aybullaning bir-biriga o'xshash sifatlari anchagina. Muallimlikning eng oliy cho'qqisida turuvchi bu ikki inson bolalarni va o'z kasblarini chin yurakdan sevishi bilan atrofdagilardan ajralib turishadi. Ulardagi jasorat tirishqoqlik, maqsadlariga erishish yo'lida har qanday to'siqqa bosiqlik ila bas kelishlari, ularda gi mushtarak

nro+l nmmfï i /nn o Kir ipKrv+iHir T^i IT ronamn n rv • ' t\ m tiitnn-ni mlnom nnlorn-n nom

sifatlarning yana bir isbotidir. Duyshenning: "O'zim nimani bilsam, sizlarga ham

shuni o'rgataman..." kabi so'zlaridan, yetti-pushti savodsiz o'tgan bu bolalarni, o'zi hijjalab o'qisada o'qish yozishga o'rgatishi qahramonlikdir.

Najot muallim ham darsliklarsiz va sharoiti og'ir chekka qishloq bolalarini,

»

darsliklar bilan ta'minlashi, ularga o'zlari o'rganayotgan fanni anglab yetishlari uchun turli imkoniyatlar yaratishi chinakam jasoratdir. Eng asosiysi ikkala o'qituvchi ham o'z kasbining "ustasi", beg'ubor bolalarning hayollarini jonlantira olishadi. "Birinchi muallim" asarida Oltinoy tilidan aytilgan:"Duyshen, otasi temir yo'lda

icVi1qV\ inirmn Vp^ldri 1\/Tivqi1 Horran Kir VpVcq rvnia11imninrr nr>'1iHd ilrlri

ishlab yurgan kezlari, Mixail Semyonovich degan bir keksa muallimning qo'lida ikki qish o'qigani, keyin armiyaga borib, oqlar bilan urishganlarini hikoya qilganda, biz ham u bilan yonma-yon turib jang qilganday bo'lardik" Ushbu parcha fikrimiz isbotidir. "Sirli muallim" asarida esa Norxolning tilidan:"Najot G'aybullaning sokin, sohir ovozi sinfxona bo'ylab sirli sirli kezinadi. Xammayoq tinch ummoniga g'arq bo'lganday jim-jit.O'quvchilar allaqachon sinfxonadan "uchib" ketishgan. Ular ustozlariga qo'shilib olis-olis orollarda, suv dunyosining g'aroyibotlari ichida sayr etib yurishibdi..." kabi jumlalari ham bunga isbotdir. Muallimlarning nafaqat o'z shogirdlarining,balki, atrofdagi insonlarning ham o'zgarishlariga sabab bo'la

olganliklari ularning o'xshash jihatlaridan biridir.

Biroq, ikki muallimimizning farqli jihatlari ham mavjud. Ikki insoning yashash

sharoitida judda katta farq sezish mumkin. Va albatta ikkisining muhiti ham farqli. \ 1 > j "i> Najot G'aybullaning qo'li barcha narsaga yetsa, Duyshen bundan farqli o'ta nochor

iw-

! K*

deyishimiz mumkin. Najot G'aybullaning imkoniyatlarga boyligi va Duyshenning aqalli, yaxshiroq kiyim kiyishga imkoni yetmasligi buning isbotidir.

Ikki asarda ham muallimlarning o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari mavjud.

.....TA.....1______• _______j j ___:________J- : „u- -„u

"Birinchi muallim" asarida Duyshenning maqsadi bolalarning savodini chiqarish * : j*

ы> >>

* : >

й*

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

>j*

>

j ]> f v

)Wvj J>

+И >

Ш

-иф

ЭЙ* *ф>

Ы р Ы >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ularni ziyoli insonlarga aylantirish edi. Bolalarda o'zi ko'ra olgan iste'dod va istiqboldan kelib chiqqan holda o'quvchilarni "katta odam" bo'lishiga ishongandi. Uning bu kabi maqsadini ro'yobga chiqarishda ko'plab to'siqlar bo'ldi, " tushunchasiz insonlar" farzandining kemoliga ishonch bildirmadilar. Lekin muallimninh Oltinoy Sulaymonovaning "akademik" bo'lib yetishishida uning shunday o'quvchilar tarbiyalaganini va o'zining oliy maqsadiga qisman erishganini ko'ramiz. "Sirli muallim" asarida ham Najot G'aybullaning, o'qituvchilikdek ulug' kasbni etagidan tutib, kasbiga jon- jahdi bilan yondashib, o'zidan ajoyib izdoshlar qoldirishni maqsad qilganini ko'ramiz. Va albatta, ularning eng oliy maqsadi vatanining, yurtining koriga yarovchi, ziyoli insonlarning sonini orttirishni, maqsad qilishlaridir.Muallimlar arofida yig'ilgan ba'zi insonlarni "gumrohlar" deb atashimiz mumkin. "Birinchi muallim" asarida Oltinoyning yangasi, Satimqul tajang va boshqalarning Duyshenga ters muomalalarini ko'rishimiz mumkin. Ocharchilikda yashayotgan va ilmning asil mohiyatini anglolmagan bunday insonlar uchun tabiiy hol albatda.Muallimning bolalarni o'qitishi uchun ko'mak berish o'rniga, uni kamsitishdi.Albatta bunday "insonlar" makon va zamon tanlamaydilar. Najot G'aybullaning atrofidagilar esa o'zlari sezmagan xolda unga havas yoki xasad qilishdi. Uning salohiyatiga shubxa bilan qarashdi. X.Xurramovich, Ulash "agranom-shoir" kabi insonlar Najot muallimga doim shubha bilan qarashib, uning faoliyatini to'xtatishga urinishdi. Ularga bepisandlik bilan munosabatda bo'lishdi. Lekin, Duyshenga yordam qo'lini cho'zgan: Sayqal buvi va Qartangboy otani asl inson sifatida ko'rsata olamiz.

Qiyoslangan mazkur ikki asar arxitektonasida farq bo'lsada, yozuvchilarning bosh qahramon tanlash tamoyili, ifodalagan mavzu va g'oya nuqtai nazaridan mushtaraklikni ko'rish mumkin. Turli tarixiy-ijtimoiy sharoit, turli mentalitet, turlicha hayot tarziga ega bo'lgan qahramonlarimizni yaqinlashtirgan narsa, bu ularning ruhiy olami, orzu- intilishlarining mushtarakligidir. Ya'ni ilm-ma'rifat orqali dunyoni jaholat va halokatdan asrab qolish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Aytmatov Ch. Birinchi muallim.-Toshkent:" O'qituvchi",1986.

2. Luqmon Bo'rixon. Xizir ko'rgan yigit"-Toshkent: "Sharq", 2007.

3.Xalliyeva G. Qiyosiy adabiyotshunoslik.-Toshkent:"Akademnashr",2020.

4.Karimov B. Adabiyotshunoslik metodologiyasi.Toshkent: "Muharrir"2011.

I ш

* >

шъ

ш

Ц J>

> J '

3*K<>

s1 >i#;

^ Jw

*ф>

S ]>>> ^н J>

ч >2*'

*4>

эН*

Ы i>

Ы+

Qj^f^S).

2 7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ут* m >

i> *

q >3*

Ц >р

I > >

q

q >3*

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.