CHET TILLARINI O'RGATISHDA TIL XABARDORLIGI TUSHUNCHASI,
AHAMIYATI VA TA'SIRI
Gulzira Kurbanbaevna Kdirbaeva
Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti
Palzada Baxitbaevna Baxieva
Nukus davlat pedagogika instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Chet tillarini o'qitish metodikasida til xabardorligi termini keng qo'llanilib va o'qitish jarayoniga kiritilishi taklif etilmoqda. Chet tillarini o'qitish va uni o'rganishda birinchi navbatda tilni sezib va tushunib o'rganish alohida ahamiyatga ega. Til xabardorligi til aspektlarining zamonaviy bo'limlarining asosiy masalalaridan biri bo'lib, lingvistika va metodika sohalari kesimida rivojlanib, chet tillarini o'rganishda ahamiyat kasb etadi Bu maqolada til xabardorligi tushunchasi, chet tillarini o'rganishda til xabardorligining o'rni, o'rganuvchilarda til xabardorligini rivojlantirish usullarining ahamiyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: til xabardorligi, tilni tushunish, til komponentlari, so'z boyligi, uchlik nazarya
ABSTRACT
Language Awareness has been suggested using in methodology by foreign linguists and researchers. Language Awareness is an essential dimension of learning and teaching the language. It develops a good knowledge and conscious understanding about language, effects to language use, language learning and teaching. This paper considers how Language Awareness has been defined and examines which aspects are foregrounded in various conceptions of language awareness. The significance of Language Awareness in teaching Foreign languages, the importance of raising learners' awareness and implementation of Language Awareness in methodology have been focused on and justified for Karakalpak Learners through examples in their mother tongue.
Keywords: language awareness, language acquisition, linguistics, methodology, vocabulary
KIRISH
Til xabardorligi - bu til haqida umumiy aniq bilimga ega bo'lish, chet tilini o'rganuvchiga o'zi o'rganayotgan tilda o'qitish va o'rganilayotgan til ma'lumotlarini qo'llanish jarayonida aniq bir tushunchaga, fikrga, sezgirlikka ega bo'lish. Til xabardorligi tilning mazmuni, ko'nikmalari, til bilimi va metakognitiv qobiliyatni biriktiradi. Shuningdek, o'quvchilarga tilni o'zlashtirish, o'rganish va foydalanish jarayoni haqida o'rganuvchining o'z til tajribasidan kelib chiqqan holda fikr yuritishga yordam beradi. O'rganuvchilar ma'lumotlarni qanday qo'llanishni bilishi, til ko'nikmalari (gapirish, eshitish, yozish, o'qish) va ish ko'nikmalari (transferable skills) ni integrallashgan holda rivojlantirish, sezgir bo'lish, ta'limga ijobiy munosabatda bo'lish va ma'lumotni o'zlashtirish usulini anglab yetishi kerak bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI VA METODOLOGIYA
Til xabardorligi til aspektlarining zamonaviy bo'limlarining asosiy masalalaridan biri bo'lib, lingvistika va metodika sohalari kesimida rivojlanib, chet tillarini o'rganishda ahamiyat kasb etadi. Tilni sezgan holda ma'nosini tushunib o'rganish va tildan o'rinli foydalanish chet tillarini o'zlashtirishda alohida ahamiyatga ega. Til xabardorligining asosiy maqsadi o'rganuvchilarning o'zlari tilni sezishi va qo'llanishi uchun yordam berish bo'lib hisoblanadi. Chet tillarini o'rganuvchilarda til xabardorligini oshirish orqali ularni tilni teran tushunish, mustahkam o'zlashtirish va amaliy foydalanish qobiliyati rivojlantiriladi. Til xabardorligi tushunchasi 1950-yillarda lingvist va tadqiqotchi Erik Xaukins tarafidan fan va metodikaga kiritiladi. Tilni o'qitish bu o'rganuvchiga faqatgina tilni o'rgatib qo'ymasdan o'rganuvchining o'zi tilni anglab yetishi va undagi muammolarni hal qila olishi, deb ko'rsatgan. Erik Xaukins til xabardorligining asoschisi bo'lib, lingvistikaga ona til bilimi, chet til bilimi va til xabardorligini birlashtiruvchi "uchlik" nazariyasini tadbiq qiladi. O'z mehnatlarida ona tili va chet tilida til xabardorligining ta'sirini, ularning o'zaro bog'liqligini, chet tilini o'rganish jarayoni va unda paydo bo'ladigan qiyinchiliklarni aniq izohlab bergan. [Xaukins 1999: 126].
Til xabardorligi aniq dasturda belgilangan struktura va qoidalardan farq qiladi. Faqatgina til sistemasini foydalanish uchun zarur bo'lgan strategiyalarni emas, anglash, taxminiy tekshirish, muammoga yechim topish, qayta tuzish kabi kognitiv strategiyalarni qo'llanadi. Til xabardorligining amaliyotdan farqi shundaki, til xabardorligi aniq belgilarni yoki bog'liqliklarni anglash, ona tili va chet tili qoidalaridagi o'xshashlik va farqlarni topish va natijada ma'lum grammatik tizimni qayta qurish asnosida tilni o'rganish va foydalanish bo'lib hisoblanadi. Til
xabardorligi ma'no, vazifa va tuzilishni jamlovchi grammatika hisoblanadi. Til xabardorligi ko'p qirrali bo'lib barcha lingvistik komponentlarni, ya'ni leksikologiya, morfologiya, fonetika va diskurs analizini jamlashtirgan holda grammatik bilimni rivojlantiradi. [Bourke 2008:19].
Til xabardorligi haqida so'z borar ekan, o'qitish jarayonidagi har bir qatnashuvchi, hattoki o'qituvchi ham til xabardorligini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak. [ Bolitho 2003: 257].
Chet tilini o'rganish jarayonida til xabardorligining bir-birini to'ldiruvchi ikki aspektini e'tiborga olish ahamiyatli hisoblanadi. Quyidagi usullar negizida chet tillarini o'zlashtirishda til xabardorligini rivojlantirish mumkin:
1. Chet tillarini o'rganishdagi individual izlanish o'rganuvchiga tilning tuzilishi va qo'lanilishini tushunishga yordam beradi va shuning natijasida til bilimini boyitish va uni rivojlantirishga sababchi bo'ladi. Har bir o'rganuvchi o'zlari qo'llanadigan til to'g'risida beixtiyor ravishda ma'lum bilimga ega bo'ladi, lekin har bir o'rganuvchi ham lingvistik ma'lumotlarni anglab va ifodalab ichki shakllangan tilni yarata olmaydi.
2. Til xabardorligining ikkinchi aspekti bu amaliy nuqtai nazar, ya'ni o'rganuvchiga chet tilini natijali o'rganish, uni o'zlashtirish va yuqori tushunchaga ega bo'lishda yordam berish hisoblanadi. Bu yerda asosiy tushuncha barcha o'rganuvchilar tilning aniq belgilarini topishga jalb qilinishi hisoblanadi. O'rganuvchilarga aniq qoidalar berilmasdan, induktiv tarzda o'zlarida shakllangan ichki tuzilmaga asoslanib ma'lum tushunchaga ega bo'ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Til xabardorligi termini, uning ma'no mazmuni, chet tillarini o'qitishdagi ahamiyati va ta'siri chet el lingvistlari va tadqiqotchilari tarafidan olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarda, ilmiy mehnatlarda aniq va keng turda ifodalanib tasdiqlangan. Til xabardorligi tushunchasini va uning ahamiyatini qoraqalpoq auditoriyasida misollar bilan tushuntirib, nazariy va amaliy jihatdan ifodalaymiz.
Tilni tushunish va undan o'rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etib, bunda o'rganuvchidan bir qator bilim va qobiliyat talab qilinadi. Til xabardorligining tillarni o'rganishdagi ahamiyatini qoraqalpoq tilining so'z boyligida qo'llaniladigan so'zlar asnosida ko'rib chiqamiz.
Bunsha suw ishe berip ku 'shala jedin 'be? - dedi g'arri balag 'a (Q.x.e)
Bu gapda berilgan "ku'shala" so'zi qoraqalpoq xalqining har biriga ma'lum bo'lmagan va kundalik hayotda muntazam foydalanilib kelayotgan so'z emas.
Ammo, bu gapni odamlar orasida qo'llanilayotganiga guvoh bo'lamiz. Qoraqalpoq xalq ertagidan olingan parchani so'z borayotgan til xabardorligi atamasiga bog'liqligini ko'rsatamiz. Ku'shala so'zining asl ma'nosi bu tog'li va issiq hududlarda o'sadigan tibbiyotda emlash uchun qo'llaniladigan o'simlik. Bu gapda biz "ku'shala" so'zining ma'nosini bilmasak ham, kontekst orqali ku'shala bu odamda chanqoq hosil qiluvchi va iste'mol qilsa bo'ladigan ozuqa ekanligini tushunib olamiz. Bunda o'rganuvchi yoki eshituvchi kontekst orqali gapning ma'nosini tushunib, ya'ni qo'llanilgan tilni tushunib oladi va savolga mos javob qaytaradi. Bundan ko'rinib turganidek nafaqat chet tili, balki ona tilini o'rganishda ham tilni sezish, uni anglab va xabardor bo'lish katta ahamiyat kasb qiladi.
Bir so'z bir nechta ma'noga ega bo'lib, bajaradigan xizmatiga va anglatadigan ma'nosiga, kontekstda qo'llaniladigan vazifasiga qarab ma'lum bir maqsadda qo'llaniladi. So'zlarning qaysi ma'noda qo'llanilayotganini kontekstga qarab aniqlaymiz. Til xabardorligining so'zning gapga mos ma'noda qo'llanilishida o'rni katta va buni quyidagi misol yordamida ifodalaymiz.
O 'mirinde shayqalg 'an jas qara tal
A 'miwdarya suwlarinan na 'r alar [I.Yusupov]
"Na'r aliw" so'zining dastlabki ma'nosi "yemoq" Bundan tashqari "kuch to'plamoq, rohatlanmoq" ma'nolarida ham qo'llaniladi. "Nar olmoq" ko'proq adabiy ma'noda badiiy asarlarda qo'llanilib, asar tilini badiiylashtirib va boyitib ko'rsatadi. Bu she'r misralarida "nar aliw" so'zi "kuch olmoq" ma'nosida qo'llanilganligini she'rni o'qish asnosida bilib olamiz. Agar foydalanilgan tildan xabardor bo'lib uning qo'llanilish ma'nosini anglab, kontekst orqali tushunsak so'zlarni tog'ri ma'noda tanlashda qiyinchiliklar uchramaydi. So'zlarning ifodalaydigan ma'nosidan xabardor bo'lib, ularni kontekstda tushunib va gaplarda to'g'ri qo'llanish orqali so'z boyligimizni boyitib borsak til xabardorligi ham rivojlanadi.
"To'rt jag'i qubla" qoraqalpoq tilidagi so'z birikmasi bo'lib "xohlagan tarafga harakatlana olish" ma'nosida qo'llanishi tog'ridek, lekin bu birikma "o'zi xohlagan narsani amalga oshirishga qurbi yetadigan, barcha orzu-istaklari ro'yobga chiqadigan odam" ga nisbatan qo'llaniladi. Qoshimcha "boy, davlatli, baxtli, xursand" ma'nolarga ham ega. Til xabardorligining so'z birikmasidagi ma'nosini tushunib, ulardan ma'lum tarzda tog'ri foydalanishga yordam beradi.
Til xabardorligining maqsadi faqatgina grammatik birliklar keltirilgan ro'yxatni o'rganish emas, o'rganuvchilarning ularni qo'llash xabardorligi va sezgirligini rivojlantirish hisoblanadi. Til xabardorligi ma'lumot tarqatuvchi, ya'ni o'rganuvchilarga qoidalar berilmasdan o'zlari anglab belgili tushunchaga ega
bo'lishlari uchun faqatgina ma'lumotlar taqdim etiladi. Tarqatilgan ma'lumotdan va kontesktdan foydalangan holda grammatik qoida bilan tanishadi, ya'ni amaliy bilimlar asosida nazariyani anglab yetadi.
XULOSA
Maqolada berilgan misollar til xabardorligining ona tili va chet tilini o'rganishdagi ahamiyatini ochib berib, so'zlarni tushungan holda samarali foydalanish va tog'ri javob qaytara olish uchun natiyjali ta'sir ko'rshatishi isbotlandi.
Chet tillarini o'rganuvchilarga tilni o'rganish borasida tushunmovchilik va qiyinchiliklar bo'lishi tabiiy, til xabardorligi o'rganish jarayonida tilni tushunish, uni o'zlashtirish va to'g'ri qo'llanishda yordam beradi. Til xabardorligini rivojlantirish unumli o'qish jarayoni va natijali o'zlashtirish va foydalanish imkoniyatini yaratadi.
REFERENCES
1. Bolitho, Rod& Carter, Ronald (2003). Ten questions about language awareness. ELT Journal, 57,3, p.251-259
2. Bourke, J. M. A Rough Guide to Language Awareness. English Teaching Forum 46 (1): 12-21, 2008.
3. Hawkins, Eric W. Foreign Language Study and Language Awareness. Language Awareness, 8(3/4): 124-142, 1999.
4. Qaraqalpaq tilinin' tu'sindirme so'zligi to'rt tomliq III (K-N) No'kis "Qaraqalpaqstan" 1988