Научная статья на тему 'CHET TILINI O‘RGANISHDA MOTIVATSIYA VA MUNOSABATNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI'

CHET TILINI O‘RGANISHDA MOTIVATSIYA VA MUNOSABATNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1029
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
chet tili / motiv / motivatsiya / munosabat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maftuna Shuxratovna Baqoyeva

Hozirgi zamonda chet tilini o‘rganish va o‘rgatish zamon talabi bo‘lib kelmoqda. Ushbu maqolada chet tilni o‘rganishda motivatsiya hamda munosabatning qanday bog‘liqligi xususida fikrlar berilgan. Shuningdek, chet tilni o‘rganishda motivatsiya hamda munosabati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning so‘nggi yutuqlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILINI O‘RGANISHDA MOTIVATSIYA VA MUNOSABATNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI»

CHET TILINI O'RGANISHDA MOTIVATSIYA VA MUNOSABATNING

PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI

Maftuna Shuxratovna Baqoyeva maftunabaqoyeva1996@gmail .com Buxoro davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Hozirgi zamonda chet tilini o'rganish va o'rgatish zamon talabi bo'lib kelmoqda. Ushbu maqolada chet tilni o'rganishda motivatsiya hamda munosabatning qanday bog'liqligi xususida fikrlar berilgan. Shuningdek, chet tilni o'rganishda motivatsiya hamda munosabati bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarning so'nggi yutuqlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: chet tili, motiv, motivatsiya, munosabat.

PSYCHOLINGUISTIC BASIS OF MOTIVATION AND ATTITUDE IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE

Maftuna Shuxratovna Baqoyeva maftunabaqoyeva1996@gmail .com Bukhara State Pedagogical Institute

Abstract: Nowadays, learning and teaching a foreign language has become a necessity. In this article, there are opinions about the relationship between motivation and attitude in learning a foreign language. In addition, information on the latest achievements of research on motivation and attitude in learning a foreign language is provided.

Keywords: foreign language, motive, motivation, attitude.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli "Xorijiy tillarni o'rganishni, ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra xorijiy tillarni nafaqat ta'limda, balki, davlat organlari xodimlari ham bilishi kerakligi va ularda xorijiy tillarni o'rganish va o'rgatish yuzasidan bir qancha chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Chet tili, ayniqsa ingliz tilini o'rganish yoki bilish - ilmiy muloqotlarni, biznes dunyosini, ma'daniy aloqalarni va siyosiy muammolarni bilishda muhim vosita hisoblanadi.Chet tilini bilish hayot davomida muvaffaqiyat kaliti ekanligi ko'pchilik tomonidan tan olinadi. Motivatsiya hamda munosabat chet tilini o'rganuvchi talabalarda ishonchni uyg'otib, tilni tez va samarali tarzda o'rganishlariga yordam beradi. Shuning uchun, chet tilini o'rgatuvchi pedagoglar mana shu faktorlarni inobatga olishlari muhim. (Latchanna &

Dagnew, 2009) fikriga ko'ra, "Munosabat inson xulq-atvorini o'rganishda muhim faktorlardan biri hisoblanib, insonning ishonchi hamda his-tuyg'ularini o'z ichiga oluvchi ruhiy holat sifatida ta'riflaydi" Ishonish deganda chet tilini muvaffaqiyatli o'rganishga bo'lgan munosabatimiz tushuniladi. Lenartson fikriga ko'ra, agar talabalar yangi chet tilini muvaffaqiyatli o'zlashtirishtira olmasligiga ishonishsa, bu ularga tilni o'zlashtirishga to'siq bo'ladi. Til o'rganishga bo'lgan salbiy munosabat hamda motivatsiyaning yetishmasligi chet tilini o'rganishga xalal beradi. Ammo, talabalarni chet tilini o'rganishga bo'lgan salbiy munosabatini, ijobiy munosabatga o'zgartirib, ijobiy natijaga erishish mumkin. Chet tilini o'rganishni boshlashda, ijobiy munosabat borligi samarali ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, tilni o'rganuvchilar nafaqat axborot almashuvchi hamda muammoni hal qilivchilar, balki, butun bir shaxsning qalbi, his-tuyg'ulari, ishonchi, individualligida ham o'z aksini topgan. Shuningdek, chet tilini o'rganishga motivatsiyanining roli muhim. Motivatsiya va inson irodasi chet tilini o'rganishda muhimroq ijtimoiy faktorlardan eng muhimi hisoblanadi. Talabalar o'rtasida chet tilini o'zlashtirish bo'yicha ijobiy munosabatni shakllantirish orqali ham motivatsiya berishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, chet tilini o'zlashtirishga qobiliyati kamroq bo'lgan talabalarda yuqori darajadagi xohish yoki motivatsiya bo'lsa, ular tilni yaxshi o'rganishadi. Agar talabalar chet tilini o'rganish kelajaklari uchun foydali deb tushunib tilni o'zlashtirsalar, bu ularga motivatsiya berib qisqa vaqt ichida tilni o'zlashtira oladilar. Shunday qilib chet tilini o'rganishda motivatsiya hamda munosabatning ahamiyatini inobatga olib, ularning tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishini orttirishga e'tibor qaratildi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, chet tilini o'rganishda bu ikkila omil muhim deb topildi va olimlar tomonidan amaliy hamda nazariy tavsiyalar berildi. Shunungdek, o'qituvchilar talabalarda tilni o'rganishga bo'lgan munosabatini va motivatsiyasini rivojlantirib, turli xil metodika hamda texnikalardan foydalanib darslarni samarali tashkil qilishlari zarur.

Olimlarning qarashlari.

Chet tilini o'rganish bo'yicha Gardner fikriga ko'ra, "Shaxs chet tilini o'rganishga bo'lgan istagi paydo bo'lsagina va bu inson chet tilini o'rganishga inlitilishidan dalolat beradi" deb aytadi. Oksford tahriridagi lug'atlarda motivatsiyaga nisbatan quyidagicha ta'rif berilgan. "Bir kishining harakatlari yoki xatti-harakatlarida namoyon bo'lishi sifatida ta'rif berilgan". Motivatsiya mavhum tushuncha hisoblanib, motivatsiyani aniqlash qiyinchilik tug'diradi. Motivatsiya orqali chet tilini o'rganuvchi talabalar ajralib turadi, chunki ularda chet tilini o'rganishda ishtiyoqi baland bo'lganligi va ular chet tilini o'zlashtirishda yaxshiroq natijaga erishishi bilan ko'rinib turadi.

Chet tilini o'rganuvchilar uchun motivatsiya muhim rol o'ynaydi. Agar til o'rgatuvchi pedagoglar motivatsiyaning til o'rganish bilan bog'liqligini

tushunishmasa, ular darsni samarali tashkil qila olmaydilar. Motivatsiyaning mohiyati - bu insonning kuchli xohishi orqali namoyon bo'ladi. Bunda insonning ichki maqsadlari va istaklari orqali namoyon bo'ladi. Chet tilini muvaffaqiyatli o'rganuvchilar tilni o'zlashtirishda qaysi jihatida o'zlarini kuchli hamda zaif tomonlarini bilgan holda kuchli taraflari orqali oqsoqlanadiga sohalarini topib tilni samarali o'zlashtira oladilar. Motivatsiya chet tilini o'rgatish uchun ham eng faol metodlardan biri bo'lib, o'qituvchilar auditoriyada turli xil motivatsion treninglardan foydalanib tilni tushuntirishsa, talabalarning tilni tezroq o'zlashtirishga yordam beradi. Richardsning fikricha, motivatsiya insonning biror ishni bacharish istagini belgilovchi omil deb hisoblanadi. Bundan bilishimiz mumkinki, inson o'zi xoxlab bir ishni qilsagina, u o'z maqsadlariga erishadi. Chet tilini o'rganishda munosabat va motivatsiyaning o'rni haqida Gardner va Lambert tomonidan ham o'rganilganda, ular quyidagicha izoh berishadi, "Ular motivatsiyani o'quvchining umumiy maqsadi va yo'nalishi sifatida, hamda munosabatni o'rganuvchining maqsadga intilishda ko'rsatgan qat'iyligi sifatida belgiladilar" Motivatsiyani ikki turga bo'linadi:

1. Integrativ motivatsiya - til o'rganuvchining maqsadi bilan bo'g'liq bo'lib bunda insonni til o'rganishiga turtki vazifasini bajaradi. Chet tilini o'rganuvchilar o'zlariga til o'rganishni maqsad qilib qo'yganlarining sababi bunda shu xalqning ma'daniyati yoki shu xalq bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishishga bo'lgan qiziqishi yoki xohishi kuchli bo'lganligi sababli chet tilini o'rganishadi. Bunday motivatsiya turi - integrativ motivatsiya hisoblanadi. Chet elga borgan shaxs o'sha muhitda yashayotgan paytida bunda integrativ motivatsiya orqali chet tilini o'rganishi samarali bo'ladi, chunki chet tilini o'rganuvchilar ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun shu xalqning tili va ma'daniyatini bilishi va qiziqishi muhim rol o'ynaydi. Integrativ motivatsiya til o'rganuvchining chet tilida talaffuzini yaxshilashi va shu tilda so'zlashishga bo'lgan qobiliyati oshiradi. (Finegan 1999, p.568). Tilni o'rganuvchi o'quvchi chet tilini o'zi xohlab o'rganishining sababi o'rganuvchi shu tilda so'zlashuvchi xalqlarning ma'daniyatiga hamda so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish istagi borligi sababli o'rganadi.

2. Instrumental motivatsiya - o'quvchi ikkinchi tilni o'rganishda ma'lum bir maqsad yoki o'zining manfaatlaridan kelib chiqib o'rganishi hisoblanadi. Masalan, ular chet tilini bilish orqali jamiyatda yaxshiroq ish topishni, imtihondan muvaffaqiyatli o'tishni hamda chet tilidagi yangi ma'lumotlarni gazeta va jurnallardan, ijtimoiy tarmoqlardan o'qiy olishni bilgan holda o'rganadi. Bunda esa ikkala motivatsiya turi ham chet tilini o'rganuvchilarga ta'sir qilishi mumkinligini aytib o'tilgan. Ammo, bir motivatsiya ikkinchisidan ko'ra samaraliroq bo'lishi mumkin. Ikkinchi tilni xorijiy til sifatida o'rganishda integral motivatsiyaning roli muhim deb ko'rsatilsa, chet tilini ikkinchi til tariqasida o'rganish orqali foydalanganimizda instrumental motivatsiyaning roli muhim hisoblanadi.

Gardnerning izohicha - intagrativ motivatsiyani qo'shimcha bilingualizm bilan bog'liq ya'ni o'quvchilar o'z ona tillariga zarar yetkazmasdan, o'z tajribalariga chet tilini o'rganishadi. Integrativ va instrumental motivatsiya ikkalasi ham ikkinchi tilni o'rganishga muhim hisoblansada, ammo ikkinchi tilni ko'proq muvaffaqiyatli o'rganishda integrativ motivatsiyanining o'rni ko'proq hisoblanadi. (Teylor, Meynard va Rheault 1977; Ellis 1997; Crookes va boshqalar 1991). Gardner va Lambert tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra chet tilini o'rganishda integrativ motivatsiya instrumental motivatsiyadan ko'ra yaxshiroq samarali natija beradi. (Ellis 1997) Ammo, shuni aytib o'tish kerakki, instrumental motivatsiya ba'zi bir tadqiqotlarga ko'ra, bilish uchun muhim jarayon deb aytib o'tilgan bo'lsada, ikkinchi tilni muvaffaqiyatli o'zlashtirishda integrativ motivatsiyaning o'rni ko'proq ahamiyatli hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko'ra, ko'plab talabalar ikkinchi tilni o'rganishda ko'pincha integrativ sabablarga qaraganda instrumental sabablarni tanlashadi. Chet tilini o'rganishda integral yondashuvni tanlovchi talabalar odatda tilni o'rganishda yuqori darajada motivatsiya olishadi hamda ko'proq muvaffaqiyatga erishishadi. Integrativ motivatsiyaning ikkinchi tilni o'rganishda muvaffaqiyati shundaki, bunda til o'raganuvchi ma'lum maqsad yoki ma'lum bir guruh bilan biror maqsad uchun tilni o'rganmaydi. Lukmani (1972) Bombeyda olib borgan tadqiqotlariga ko'ra, ingliz tilini o'rganmoqchi bo'lgan, g'arblashmagan o'quvchilar uchun instrumental yo'nalish, integrativ yo'nalishdan ko'ra muhim deb fikr bildirgan. Ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqadigan bo'lsak ikkala motivatsiya turi ham o'quvchilarning til o'rganishida muhim rol o'ynaydi. Braj Kachru aytishicha ingliz tili xalqaro til sifatida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida shuningdek, Hindistonda ham o'rganish biroz qiyinchilikni olib kelsada, bu tini instrumental motivatsiya yordamida samarali o'rgansa bo'ladi.

Til o'rganishga bo'lgan munosabatning o'rni.

Til o'rganishda munosabat ham muhim ahamiyatga ega. Munosabat til o'rganishda o'rganuvchiga bog'liq faktor hisoblanadi. O'rganuvchining tilni oson va qiyin o'rganishida , o'quvchining tilni o'rganishga bo'lgan yaxshi va yomon munosabati orqali namoyon bo'ladi.Munosabat o'zi nima? U qanday shakllangan? Uni o'zgartirish mumkinmi? Munosabatimiz o'zgartirishimiz mumkinmi? Olimlar tomonidan munosabatga nisbatan bir qancha ta'riflar berib o'tilgan. Munosabatga nisbatan ta'riflarning eng yaxshisini Ollport berib o'tgan. Uning fikricha munosabat-bu bizning tajribalarimiz orqali tashkil etilib, shaxsning o'zi bilab bog'liq bo'lgan barcha obyektlar va vaziyatlarga bo'lgan munosabatini yo'naltiruvchi yoki dinamik ta'sir ko'rsatuvchi ruhiy holati deb ta'riflagan. Kudo tomonidan ham inson xulq-atvorini tushuntirish sifatida munosabatga ko'proq e'tibor qaratib shunday deydi: "Munosabat - insonning ma'lum bir obyektga, shaxsga, his-tuyg'ulariga salbiy yoki ijobiy munosabatda bo'lishiga aytiladi". Beyker ham munosabatga nisbatan ta'rif

bergan, uning fikricha munosabat inson xatti-harakatlarining yo'nalishi va inson xulq-atvorida namoyon bo'lishi sifatida ko'rinadi.

Xulosa va tavsiyalar.

Tadqiqot natijalaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, til o'rganuvchilarning o'z iste'dodlaridan tashqari, motivatsiya va munosabat o'quvchilarning til o'rganish samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot boshida qo'yilgan savollarga tadqiqot natijalari orqali "Til o'rganish, motivatsiya hamda munosabat o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud?" savoliga aniq javob berildi. Bu shuni ko'rsatdiki, o'quvchilarning chet tili darslaridagi samaradorlik, ularning motivatsiyasi hamda munosabati o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjud. Tadqiqot o'qituvchilarga til o'rganuvchilarning tashqi motivatsiyasini oshirish va talabalarda til o'rganishga nisbatan yaxshi munosabatlarni shakllantirish uchun samarali bo'lgan strategiyalarni tavsiya qiladi. Ulardan ba'zilari quyidagilardan iborat:

1. Dars jarayonida chet tilini o'rganuvchilar orasida do'stona muhit yaratish.

Sinfda shunday do'stona muhit yaratingki, unda barcha o'quvchilar o'zlarining qadr-qimmatlarini hamda o'zliklarini his qila olsin. Boshqacha qilib aytganda, dars jarayonida erkinlikni ta'minlash zarur hisoblanadi. Ko'pgina o'quvchilar dars mashg'ulotlariga o'qituvchilari va tengdoshlari haqida kerakli ma'lumotlarni bilib olgandan keyingina qatnasha boshlaydilar. Har bir inson o'zini butunning bir qismi sifatida his qila oladigan qulay va xavfsiz muhit yaratishi kerakligini inobatga olib, chet tilini o'rganish uchun motivatsiya va munosabat rag'batlantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Talabalar yangi muhitga moslashishi sababli, bu biroz vaqt talab qilishi mumkin. O'quv yilining boshlaridanoq, siz o'quvchilarga o'tgan yilgi taqdim etilganidek rasmlar va ko'rgazmalar bilan bezatilgan yorqin sinflarni taqdim etishingiz mumkin. Bu esa o'quvchilarda maqsadli chet tilini o'rganishi uchun oson va qiziqarli degan taasurotni qoldiradi. Shuningdek, bu o'quvchilarga atrof-muhitdagi mavjud narsalarni o'rganishga keng imkoniyatni beradi. Juft va guruh bo'lib o'tkaziladigan mashg'ulotlarning olib borilishi, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlaridagi bosimni kamaytiradi hamda o'quvchining tengdoshlari orasida o'z o'rni borligini his qilish imkonini beradi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, butunning bir qismiga aylanish uchun motivatsiya eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Ushbu jarayonni boshlashingiz mumkin bo'lgan treninglardan biri "Taxallus" mashg'uloti sanaladi. O'quvchilar o'zlarining taxalluslarini o'ylab topishlari va yozishlari yoki oldindan ularda mavjud bo'lgan taxalluslardan ham foydalanishlari ham mumkin. Bunda o'quvchilar doira bo'lib turishlari va o'z taxalluslarini tushuntirishlari kerak bo'ladi. Bu mashg'ulot o'zlarini tanishtirishlari bilan bir qatorda o'quvchilarga do'stona va moslashuvchan sinf muhitini yaratish imkonini beradi hamda chet tilida erkin so'zlasha olish qobiliyatini oshiradi.

2. Talabalar dars jarayoniga o'z atrof-muhitlarini yaratishga imkoniyat berish.

Agar o'quvchilarga o'zlari uchun qulay tinch hamda osoyishta dars xonasi

tashkil etib berilsa, bu ularga xorijiy tilni o'rganishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Agar o'quvchilarga o'zlari xoxlagandek muhit bo'lsa, chet tilini o'rganish uchun qulay atmosfera yaratilsa, ular o'zlarini uylaridek qulay harakatlansalar bu ularga chet tilini o'rganishga bo'lgan munosabatlarini yanada yaxshilanib tezroq chet tilini o'rganishadi. O'zlarini erkin his qila oladigan o'quvchilar ko'plab imkoniyatlardan foydalanish jarayonida o'zlarini erkin his qilib, ular sinfda baland ovozda gapirishlari va tanqidiy fikrlashdan qo'rqmasdan insho yozishlari uchun ko'proq motivatsiyalar namoyon bo'ladi.

3. Chet tilini o'rganuvchilarga muvaffaqiyat hissini his qila oladigan shart-sharoitlarni yaratib bering.

Muvaffaqiyat hissi o'quvchilarni rag'batlantirishning eng katta omili sanaladi. Har doim ularga ijobiy bo'lgan fikr-mulohazalarni berib boring. Bu o'z navbatida talabalarni o'z-o'zini ijobiy baholashiga yordam beradi. Muvaffaqiyat tuyg'usini his qila olgan talabagina, o'zining o'qishi hamda ta'lim natijalarini boshqara oladi. Ijobiy va salbiy fikrlar talabalarning munosabatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ammo tadqiqotlar doimiy ravishda berib borilgan ijobiy fikrlar va muvaffaqiyatlardan talabalarga ko'proq ta'sir ko'rsatishini taqdim etdi. Maqtov talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini va malakasini o'zini-o'zi hurmat qilishni oshiradi.Talabalarga doimiy ravishda ijobiy fikr bildirish, ularning xatolarini tushuntirishlarsiz to'g'rilash mumkin deb qarash ham xato hisoblanadi. Ba'zi o'qituvchilar o'quvchilarning nima sababdan xatoga yo'l qo'yganliklarini tushuntirmasdan ularni xatolarini tuzatishadi. O'qituvchi talaba faoliyati jarayonidagi yaxshi tomonlarini ko'rsatib, uning xatolarini aniq tushuntirib berishi juda muhim.Talabalar ularning ijodiy ishlari qadrlanganidan keyingina, o'qituvchiga bo'lgan hurmati oshadi va bu ularni kelajakda o'zlariga-o'zlari baho bera olishlariga rag'batlantirishga undaydi.

4. Chet tilini o'rganuvchilar orasida qisqa muddat orasida maqsadlarini belgilashlari va unga intilishlariga ruhlantirib borish.

Til o'rganuvchilar o'z maqsadlarini belgilash va o'qishlarini o'zlari kutgan natijalarga yo'naltirish orqali muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. O'zlarining tilga bo'lgan ehtiyojlarini hamda nima uchun til o'rganish ular uchun muhimliligini aniqlagan holatda talabalar til o'rganish jarayonida o'zlariga samarali yordam bergan hisoblanadilar. Maqsad hamda kutilgan natijaga ega bo'lish motivatsiyaning oshishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida til malakasini yuqori darajalarga ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Biz pedagoglar sifatida talabalarni ingliz tilidagi kitoblarni o'qish va ingliz tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish kabi maqsadlarga ega bo'lishlariga undashimiz lozim. Bu qanday maqsad bo'lishidan qat'i

nazar, biz talabalarga maqsadlarini qo'yish hamda ularga erishishda yordam berishimiz lozim.

5. Talabalarning ishonchlarini oshirishda guruh mashg'ulotlaridan foylalaning.

Talabalar loyihalash, ijod qilish, yozish, muammolarni yechish orqali yangi narsalarni o'rganadilar. Passivlik esa talabalarning motivatsiya va qiziqishlarining pasayishiga hamda til o'rganishga bo'lgan munosabatni susayishiga olib keladi. Talabalarning yangi ma'lumotlarni o'rganishlariga imkoniyat beradi. Ularning dars davomidagi ishtiroki va ishtiyoqi darsni tayyorlashiga yordam beradi. Kichik guruhlarga bo'linib va juftlikda o'tkaziladigan mashg'ulotlar talabaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi hamda ajoyib motivatsiya manbalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Guruh bo'lib ishlash talabalarga mavzu doirasida o'z fikr va g'oyalarini ifodalash imkonini beradi. Kichik guruhlardagi faoliyatdan so'ng, talabalar odatda butun sinf bilan suhbatlashishni istamaydilar. Guruhlarda faoliyat olib borish nafaqat o'z g'oyalarini ochiq bayon etish, balki hamkorlikda ishlash imkoniyatini ham ochib beradi, bu esa sinfning hamjihatligini shu qatorda motivatsiyani ham oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Gardner, R. C. (1985). Social psychology and language learning: The role of attitudes and motivation.London: Edward Arnold (p. 10).

[2] Ellis, R. (1997). The study of second language acquisition. Oxford University Press.

[3] Finegan, E. (1999). Language: Its structure and use (3rd Ed.). Harcourt Brace

[4] Taylor, D.M., Meynard, R., & Rheault, E. (1977). Threat to ethnic identity and second-language learning.

[5] In H. Giles, Language, ethnicity and intergroup relations (pp. 99-118). Academic Press.

[6] Lukmani, Y.M. (1972). Motivation to learn and language proficiency. Language Learning, 22, 261-273

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.