ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
"Ch" STANSIYASIDA VAGONLAR YIG'ILISH JARAYONINI TADQIQ ETISH
Shuxrat Xamroqul o'g'li Bo'riyev
Toshkent davlat transport universiteti mrshuhrathtc@gmai1 .com
Dilmurod Baxodirovich Butunov
Toshkent davlat transport universiteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu tadqiqot ishida saralash stansiyasida vagonlar turish vaqtining asosiy qismini tashkil etuvchi vagonlar yig'ilish jarayoni elementi tadqiq etilgan. Vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini aniqlash usullari tahlil qilindi. Saralash parki yo'llari sig'imi grafik ko'rinishida keltirildi. "Ch" saralash stansiyasi poyezdlar tuzish rejasi o'rganildi hamda ushbu reja asosida eng ko'p poyezd tuziladigan yo'nalishlar bo'yicha vagonlar yig'ilish jarayonlari vaqtlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, vagonlar yig'ilish jarayonida ortiqcha vaqt yo'qotishlarining asosiy sabablari aniqlandi.
Kalit so'zlar: Vagon aylanmasi, vagonlar ishchi parki, vagon aylanmasi vaqti, tashish jarayoni, omil.
THE PROCESS OF MEETING WAGONS AT THE STATION "Ch" RESEARCH
ABSTRACT
In this research work, the element of the process of meeting wagons, which constitute the major part of the time in which wagons stand at the sorting station, is investigated. Methods for determining the timing of the assembly process of wagons were analyzed. Sorting tracks capacity of the park was brought in graphical form. The plan for the formation of trains of the "Ch" qualifying station was studied, as well as the timing of the process of meeting of wagons on the directions on which the most trains are built on the basis of this plan were analyzed. According to the results of the study, the main causes of excessive time loss in the process of meeting wagons were identified.
Keywords: wagon turnover, wagons working park, wagon turnover time, transportation process, factor.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
KIRISH
Saralash stansiyalarining asosiy vazifasi - bu vagon oqimlarini samarali tashkil etish, boshqarish va ulardan eng kam vaqt intervalida poyezdlar tuzish rejasidagi yo'nalishlar bo'yicha yangi poyezdlarni tuzishdan iboratdir [1-5].
Poyezdlar tuzish rejasini o'z vaqtida amalga oshirish uchun stansiyada qayta ishlanadigan tranzit va mahalliy vagonlar bilan bajariladigan texnologik amallarga eng kam vaqt sarflash muhim ahamiyat kasb etadi [1, 2]. Jumladan, tranzit qayta ishlanuvchi vagonlarga sarflanadigan vaqtni kamaytirish stansiya ish ko'rsatkichlarinmg yaxshilanishiga va temir yo'l transportida vagon oqimlari tezligining oshishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi.
Saralash stansiyasi ish ko'rsatkichlaridan ma'lumki [3], poyezdlar tuzilish vaqtining asosiy ulushini saralash parki yo'llarida vagonlarning yig'ilish jarayoniga sarflanadigan vaqt tashkil etadi.
Hozirgi kunda "Ch" stansiyasi saralash parkida vagonlar bilan bajariladigan texnologik amallarga sarflanadigan umumiy vaqtning 80%ni vagonlar yig'ilish jarayoni vaqti tashkil etadi [1, 4]. Shuning uchun ushbu jarayonga sarflanadigan vaqtni kamaytirish bo'yicha doimiy ravishda chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADALOGIYA
Vagonlar yig'ilish jarayoni deb - poyezdlar tuzish rejasidagi ma'lum bir yo'nalish bo'yicha saralash parkining kerakli yo'liga dastlabki vagon yoki vagonlar guruhining kelib tushishi va ushbu yo'nalish uchun o'rnatilgan shartli poyezd uzunligi yig'ilguncha davom etadigan jarayonga aytiladi (1-rasm) [3].
Saralash parki yo'llari 16 +10 1-
17 +10 —
18 +10 +5 ¡-1 Tarkibni
+10 r^ yig'ishni í^l 4 tugallash
31 / ¡aiovoni +10 p.- / J J +5 Tayyor tarkibni
32 + +12 + 10 1 27 20 +5-1 / . saralasn parKi \ / /yo'lidan jo'natish parki yo'liga olib Yxl o'tish
33 4 Vagonlarni yig'ilish jaroyoni
1-rasm. Vagonlar yig'ilish jarayoni Academic Research, Uzbekistan 439 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
Vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini aniqlash, tahlil qilish, baholash va kamaytirish usullarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish bo'yicha ko'plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Ammo ular yuqorida keltirilgan masalalarni yechish uchun turli xil parametrik bazalardan foydalangan. Misol uchun [6] ishda saralash parki yo'lida vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini topish uchun quyidagi analitik formula taklif qilingan
B = cm, soat (1)
bu yerda m — tuzilayotgan poyezd tarkibidagi vagonlar soni, vagon; c — vagonlar yig'ilish jarayoni parametri, soat.
Saralash parki yo'llari sig'imi nomutonosibligini inobatga olgan holda, [7] ishda vagonlarning ushbu parkda o'rtacha turish vaqti quyidagicha aniqlangan
T = 24 • mn = i2m, soat (2)
nN 2 N w
bu yerda n — poyezd tarkibidagi vagonlarning o'rtacha soni, vagon; N— sutkadagi poyezdlar soni, poyezd; m — yo'nalishlar bo'yicha vagonlarni saralash uchun yo'llar soni.
Mualliflar [8] ishda vagonlarning yig'ilish jarayonida o'rtacha turish vaqtini aniqlashda, vagonlarni saralash yo'nalishlari sonini ham inobatga olish lozimligini ta'kidlagan
12m/,
W= "2m (k — U soat (3)
bu yerda N — sutkalik vagon oqimlari, vagon; к — vagonlarni saralash yo'nalishlari soni.
Mualliflar [9] ishda vagonlarning yig'ilish jarayonida o'rtacha turish vaqtini, unga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda aniqlagan
m
tyg=12 ^, soat (4)
bu yerda 12 - yig'ilish jarayoni koeffitsienti.
Muallif [10] ishda vagonlar yig'ilish jarayoniga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni tahlil qilish asosida quyidagi bog'liqlikni taklif etgan
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
Tyg = 10 • m, soat (5)
bu yerda 10 - yig'ilish koeffentsenti; tuzilayotgan poyezd tarkibi. Muallif [11] ishda vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini vagonlar kelishi nomutonosibligi, poyezdlar og'irlik me'yorlari va ularni marshrutlashtirish kabi parametrlarni inobatga oluvchi quyidagi formulani taklif etgan
T , = 12
yg
fl —-1 ]
^ erJ
m, soat (6)
m
bu yerda e =--bitta tarkib yig'ilishi uchun keladigan vagonlar guruhining
m2
o'rtacha soni; y — tarkiblar soni.
Muallif [12] ishda vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini quyidagicha aniqlagan
Tytg, = 0,5Tm
\ —
v k + 5 y
soat (7)
bu yerda k — poyezdlar tuzish rejasi bo'yicha yo'nalishlar soni; T — vagonlar kelish davri.
Yuqorida o'rganilgan ilmiy ishlarda, asosiy maqsad saralash parki yo'llarida vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini aniqlash bo'lishiga qaramasdan, olimlar turli parametrik bazalardan foydalangan.
NATIJA VA MUHOKAMALAR
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ tasarrufidagi "Ch" saralash stansiyasi 2020-2021 yil uchun ishlab chiqilgan poyezdlar tuzish rejasiga ko'ra 18 ta yo'nalish uchun turli xil poyezdlarni tuzadi (2-rasm). "Ch" stansiyasida tuzilgan poyezdlar asosan to'rt guruhga bo'linadi, ya'ni Shimoliy, Janubiy, Angren va Xojikent yo'nalishlariga. Ushbu yo'nalishlarda tortuv turi elektrli bo'lib, poyezdlar harakati me'yoriy grafigi bo'yicha poyezdlar og'irlik me'yorlari quyidagicha: Shimoliy va Janubiy - 2800-4300; Angren - 2000-4500; Xojikent - 2300-5500.
Saralash parkida vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtlarining ortib ketishining asosiy sabablaridan biri bu - yuk poyezdlarining belgilangan og'irlik va uzunlikda tuzilishidir. Bundan tashqari vagonlar soniga va yo'llar sig'imiga ham bog'liq.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
Stansiyaning saralash parki yo'llari raqami va ularning foydali uzunligiga to'g'ri keluvchi vagonlar sig'imi 3-rasmda keltirilgan.
"Ch" saralash stansiyasi poyezdlar tuzish rejasi
2-rasm. "Ch" stansiyasining poyezdlar tuzish rejasi
Yo'llar raqami
2-rasm. "Ch" stansiyasi saralash parki yo'llarining shartli vagonlar
sig'imi
Saralash parki yo'llarining 43,5% 56 tagacha bo'lgan shartli vagon sig'imiga ega, qolgan 65,2% 56 dan yuqori sig'imga ega. Demak, stansiyada bir yo'lning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
o'zida poyezdlar harakat grafigida o'rnatilgan me'yor (57 shartli vagon) bo'yicha uchastka va o'tkinchi poyezdlarni tuzish imkoniyati kamroq. Bu o'z navbatida yo'nalishlar bo'yicha o'rnatilgan vagonlar yig'ilish jarayoni me'yoriy qiymatining bajarilishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
"Ch" saralash stansiyasida poyezdlar tuzish rejasi bo'yicha doimiy ravishda poyezd tuziladigan yo'nalishlar tahlil qilindi. Natijada quyidagi yo'nalishlar bo'yicha poyezd tarkibining yig'ilishi uchun o'rtacha vaqt sarflari aniqlandi: Aris (o „tkinchi) -2-4 soat; Xavast (terma poyezd) - 4-8 soat; Xavast (o „tkinchi poyezd) - 4-8 soat; Axangaran (terma va olib chiquvchi poyezd) - 2-4 soat; Nazarbek (uzatuvchi) - 2-4 soat.
O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, vagonlar yig'ilish jarayonida ortiqcha vaqt yo'qotishlarining asosiy sabablari aniqlandi:
— stansiyada ushbu jarayonni hisobga oluvchi xodimning yo'qligi;
— saralash parki yo'llari sig'imining kamligi;
— terma poyezdlar soni ko'pligi;
— vagon oqimlari nomutonosibligi;
— jo'natish parki yo'llarining bandligi;
— manyovr lokomotivi bandligi;
— poyezd tarkibini shakllantirish uchun ma'lumotlarning o'z vaqti berilmasligi;
— poyezdlar tuzish rejasining buzilishi (boshqa yo'nalishga ketuvchi vagon(lar)ni boshqa yo'nalish uchun ajratilgan yo'lga tushib qolishi).
Ushbu sabablar oqibatida vagonlar yig'ilish jarayoni me'yoriy vaqti 34,2% ga oshib ketishi kuzatildi.
XULOSA
Vagonlar yig'ilish jarayoni vaqti stansiya ishining muhim ko'rsatkichi, ya'ni vagonlar turish vaqtining bajarilishiga eng ko'p ta'sir ko'rsatuvchi element hisoblanadi. Uning qiymatini kamaytirish stansiya ishining boshqa muhim ko'rsatkichlari bajarilishiga ham sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi.
Vagonlar yig'ilish jarayoni vaqtini doimiy tadqiq etish va samarasiz vaqt yo'qotilishlari sabablarini o'z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqish, saralash stansiyasi ishini ratsional baholash imkoniyatini yaratadi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
REFERENCES
1. Dilmurod Butunov Baxodirovich, Sokijon Khudayberganov Kobiljonovich, Shinpolat Suyunbaev Mansuralievich. Modeling of unproductive losses in the operation of a sorting station / European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 2, Pages 277-290, (https: //ej mcm.com/article_2070. html).
2. Dilmurod B. Butunov. Estimation of inefficient losses in railroad yard operation / D.B. Butunov, A.G. Kotenko // Emperor Alexander I St. Petersburg State Transport University, 2018, Volume 15, Issue 4, Pages 498-512. (https://cyberleninka.ru/article/n7otsenka-neproizvoditelnyh-poter-v-rabote-sortirovochnoy-stantsii)
3. Svetashev A.A. Patterns of composition formation at sorting stations: Dis. ... Cand. tech. sciences. SPb.: PGUPS, 2015. - 151 p.
4. Butunov D.B. Development of a technical and operational model for calculating costs when processing cars at a sorting station / D.B. Butunov // Bulletin of TashllT: Tashkent, 2019. No. 3. pages 181-195. (https: //uzj ournals.edu.uz/c gi/viewcontent. cgi?article=1074&context=tashiit)
5. Butunov, D.B. (2019) "A study of the implementation of standards-time of wagons at sorting station " Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers: Vol. 15: Iss. 3, Article 23. Available at: (https: //uzj ournal s.edu.uz/tashiit/vol 15/iss3/23)
6. Инструктивные указания по организации вагонопотоков на железных дорогах ОАО «РЖД» / ОАО «РЖД»; департамент управления перевозками; Российский научно-исслед. и проектно-конструкт. ин-т информатизации, автоматизации и связи (ВНИАС): - М.: ТЕХИНФОРМ, - 2007. - 527 с.
7. Бернгард К.А. Техническая маршрутизация железнодорожных перевозок. // Сб-к науч. тр. ВНИИЖТ. Вып. 119. - М.: Трансжелдориздат. - 1956. - 244 с.
8. Сокович В.А. и др. Организация движения на железнодорожном транспорте. // М. Трансжелдориздат. - 1941. - 220 с.
9. Васильев И.И., Гордеенко П.Я. Организация движения на железнодорожном транспорте. Ч. I. / М.: Трансжелдориздат. - 1948. - 451 с.
10. Платонов А.И. Взаимодействие процессов на сортировочных станциях (теория, практика и расчеты).// М. Трансжелдориздат. - 1955. - 223 с.
11. Бернгард К.А. Групповые поезда (вопросы организации вагонопотоков). Труды Всесоюзного научно-исследовательского института железнодорожного транспорта. Вып. 76. - М.: Трансжелдориздат. - 1953. - 87 с.
12. Петров А.П. План формирования поездов. Опыт, теория, методика расчетов / М.: Трансжелдориздат. - 1950. - 482 с.