Научная статья на тему 'CASSIA TORA (L.) ROXB TURINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA OʻSTIRISH TEXNOLOGIYASI'

CASSIA TORA (L.) ROXB TURINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA OʻSTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CASSIA TORA (L.) ROXB TURINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA OʻSTIRISH TEXNOLOGIYASI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

CASSIA TORA (L.) ROXB TURINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA O'STIRISH TEXNOLOGIYASI

D.B.Berdibayeva, N.Madiyarova

Toshkent davlat agrar universiteti. O'zbekiston.

Bugungi kunda o'simliklardan olinadigan dori-darmon preparatlari ko'plab kasalliklarning oldini olish va davolashda muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda respublikamizda farmatsevtika sanoati jadallik bilan rivojlanmoqda va dorivor o'simliklarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu esa, yovvoyi holda o'sayotgan dorivor o'simliklarning madaniylashtirishni taqoza etmoqda. Shu sababdan, tabiatda uchraydigan hamda chet el florasiga mansub dorivor o'simliklarni introduksiya qilish, introduksiya sharoitida ularning bioekologik xususiyatlari, ko'paytirish usullarini o'rganish hamda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

O'zbekistonning turli hududlarida tabiiy holda o'sadigan dorivor o'simliklarni madaniylashtirish, ularni etishtirish agrotexnikasini ilmiy asosda ishlab chiqish asosida dori mahsulotlari xom-ashyosini sanoat miqiyosida ishlab chiqarish va qayta ishlash, ilmiy tibbiyotda turli hil kasalliklarning oldini olish va davolashda keng qo'llaniladigan dorivor o'simliklarni ekib o'stirish hamda yetishtirish uchun hududlarda ularning plantatsiyalarini yaratish lozim bo'ladi [1] .

Mahalliy floramizga mansub 4,5 mingdan ortiq o'simliklarning 1200ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro'yxatga

olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo'llanib kelinmoqda [2]. Shu kabi dorivor o'simliklar ro'yxatida Cassia tora (L.) Roxb. ya'ni Sano o'simligi ham alohida o'rinni egallaydi (rasm).

Mahalliy aholi tomonidan Sano o'simligi Kassiya tora deb ham nomlanadi.

Rasm: Cassia tora (L.) Roxb. o'simligining umumix ko'rinishi

Cassia tora (L.) Roxb. -Fabaceae oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 1 m gacha yetadigan yarim buta o'simlik xisoblanadi [3]. Poyalari shoxlangan, pastki shoxlari yerda sudralib o'sadi. Barglari 4-8 juft bargchalardan tashkil topgan, juft patli murakkab bo'lib, poya va shoxlarida

May 15, 2024

302

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

bandi yordamida ketma-ket o'rnashgan. Bargchalari nishtarsimon, o'tkir uchli, plastinkasi assimetrik, tekis qirrali. Sariq gullari shingil to'pgulni hosil qiladi. Sano o'simligining mevasi - yassi, yapaloq tuxumsimon, yashil-jigarrang, ko'p urug'li dukkak xisoblanadi. Sano o'simligi iyun oyidan kuzgacha gullaydi, mevasi sentyabrdan boshlab yetiladi. Tibbiyotda sanoning barglari va mevalari ishlatiladi [4].

The Plant List ma'lumotlar bazasiga ko'ra, Cassia L. turkumiga 90 ta tur kiradi. Sano turlarining vatani Afrikaning cho'l va yarim cho'l mintaqalari, va Arabistonning janubiy xududlari hisoblanadi. Markaziy Osiyo, Qozog'iston va Kavkazda bir yillik dorivor o'simlik sifatida o'stiriladi. Bargi va mevalari tarkibida 2,70-6,17% gacha antratsen unumlari (rein, aloe-emodin, glyukorein va boshqa), salitsilat va boshqa kislotalar, smolalar va boshka biologik faol birikmalar bor [4].

Cassia tora (L.) Roxb.-o'simligining kimyoviy tarkibi bo'yicha, mevalari ko'plab foydali komponentlarni o'z ichiga oladi. Ko'p miqdorda A vitamini, shuningdek, mikroelementlar - selen, mis, sink, kalsiy mavjud. Bundan tashqari, karotin va betain topilgan. Cassia tora (L.) Roxb. ning foydali xususiyatlari: - ko'rish funksiyani yaxshilaydi;

-jigarni zararli moddalar va toksinlardan tozalashga yordam beradi;

-qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi;

-yuqori qon bosimini pasaytiradi;

-qon tomir devorlarining elastikligini oshiradi;

-to'qimalarning shishishini engillashtiradi, tanadan ortiqcha suvni olib tashlaydi;

-ichaklarni normal xolatga olib keladi. O'simlik shuningdek, inson immunitet tizimiga ajoyib ta'sir ko'rsatadi, tananing himoya kuchlarini va patogen mikroorganizmlarga chidamliligini oshiradi[5].

Cassia tora (L.) Roxb.-o'simligining dorivor preparatlari (damlamasi, quruq ekstrakti tabletka holida, senadeksin murakkab sano damlamasi - rena ichimligi, poroshogi murakkab qizilmiya poroshogi va kompleks preparatlar tarkibiga kiradi) surgi sifatida qo'llaniladi. Sano bargi surgi sifatida va bavosilda ishlatiladigan choylar-yig'malar, kafiol preparatlari, sennazid A va V, Hindistonda chiqariladigan surgi preparatlari - senade, glaksena va boshqa preparatlar tarkibiga kiradi [3, 4].

Sano turlari qadim zamonlardan beri Markaziy Osiyo xalqlari orasida turli kasalliklarni davolash uchun ishlatilib kelingan dorivor o'simliklardan hisoblanadi. Sano bargidan tayyorlangan damlamasini Ibn Sino podagra, jigar og'rig'i va sariq kasalliklarini davolashda surgi dori sifatida qo'llagan. Tomoq og'riganda va tomokda shish paydo bo'lganda u sano bargi damlamasiga ituzum mevasi shirasini qo'shib

May 15, 2024

303

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

(ba'zan kashnich shirasi va ituzum shirasida sano bargini ivitib tayyorlangan damlama bilan) tomoqni chayishni buyurgan. Xalq tabobatida sano bargi va mevasidan tayyorlangan damlama me'da-ichak kasalliklarida, ayniqsa, surunkali kabziyatda surgi dori sifatida samarali qo'llaniladi [3]. Xitoy tibbiyotida Cassia tora (L.) Roxb. urug'lari, Xitoyda antiastamtik dorilar, aperiyentlar va boshqalarni tayyorlashda ishlatilgan va Xitoyda urug' ekstrakti ham vizual faollikni yaxshilashga yordam beradi[6]. Sano o'simligini o'stirish texnologiyasi bo'yicha dastlab o'simlikni ekish uchun, Cassia tora (L.) Roxb. o'simligining urug'ini olib bir necha soat (kamida 8 soat) davomida iliq suvga solib qo'yishimiz kerak, keyin ekishni boshlaymiz. Ekilgan vaqtda o'simlikni juda chuqur emas, balki yuqori qismini plyonka bilan yopilgani maqul [1, 2].

O. Ahmedov va b. ning fikricha torf qo'shilgan tuproq yengil bo'ladi. O'simlik ekilganda havoning harorati taxminan 23-24 0S daraja issiq bo'lishi lozim. Birinchi kurtaklar tahminan 2 hafta o'tgach paydo bo'ladi. Doimiy joyga ekilganidan so'ng, o'simlik faol o'sib, rivojlana boshlaydi. Ildizlar paydo bo'lishi bilan ularni doimiy joyga ko'chirishingiz mumkin bo'ladi. Shuningdek, 1000 dona urug'ning vazni 2535 g ni tashkil etgan. Urug'lar ekilganidan 12-15 kun o'tgach unib chiqa boshlagan [1,2,3].

Adabiyotlardagi ma'lumotlardan kassiya urug'lari unib chiqishi uchun havo harorati 18-200C ni tashkil qilishi ma'lum bo'ldi. Urug'larni ekkandan so'ng 6-20 kun o'tgach unib chiqa boshlagan. O'sish davri sovuq havogacha davom etadi. Lekin, bunday sovuq sharoitda qolgan o'simlikning barglari va mevalari o'z sifatini yo'qotadi. Kassiya o'simligi yengil va o'rtacha unumdor tuproqlarda yaxshi o'sishi aniqlangan [3, 6].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, O'zbekistonda bir qator olimlarning turli xil sharoitlarda Cassia tora (L.) Roxb. o'simligini introduksiyasi, morfologiyasi, anatomiyasi, ekologiyasi, yetishtirish texnologiyasining o'rganilganlik darajasi to'g'risida ma'lumotlar tahlil etildi. Bundan xulosa qilish mumkinki, mazkur tur Qoraqalpog'iston respublikasi Nukus sharoitida o'rganilmaganligini guvoxi bo'lish mumkin.

REFERENCES

1. E.T. Berdiyev, M.X. Xakimova, G.B. Maxmudova "O'rmon dorivor o'simliklari" Toshkent 2016. 6 b.

304

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

2. Ahmedov O., Ergashev A., Abzalov A., Yulchiyeva M., Mustafakulov D. "Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi va ekologiyasi", "Tafakkur-bostoni" Toshkent-2018. 188-192 b.

3. Berdiyev E.T., Xakimova M.X., Maxmudova G.B.. O'rmon dorivor o'simliklari (o'quv qo'llanma). -Toshkent, O'zR FA Minitipografiyasi, 2016. - 252 bet.

4. Xolmatov X.X., Odilov T. O'zbekistonning dorivor o'simliklari. Monografiya. -Toshkent: Fan, 1991. 195 b.

5. https://deluxe.com.ua/catalog/superfoods/kassiya-tora.html

6. Hwang SY, Na CS, Moon BC, Shim JH, Lee MH.//Preclinical activities of Cassia tora Linn against aging-related diseases. Expert Rev Mol Med. 2022 Oct 25;24:e43. doi: 10.1017/erm.2022.33.PMID: 36281483

305

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.