Научная статья на тему 'BUYUK SHAXSLAR SIYMOSINI YORITISHDA TARIXIY MANBALARDAN FOYDALANISH'

BUYUK SHAXSLAR SIYMOSINI YORITISHDA TARIXIY MANBALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
420
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarix / lashkar / qal’a / harbiy mahorat / jang / hukmdor / o’tmish / tarixiy dalil / saroy / texnologiya. / history / army / castle / skill of military / war / weapon / palace / technology / historical arguments.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — X. Saydullayeva

Tarix fani boshqa fanlardan o’z tarixiga bo’lgan katta diqqat va e’tibori bilan ajralib turadi. Insonni ko’p tomonlama barkamol bo’lib yetishishida tarixni o’rganishning ahamiyati kattadir. O’tmish insonga xatolarni takrorlamaslikdan saboq berish bilan bir qatorda, bo’lib o’tgan voqea hodisalarga xolis yondashib, to’g’ri xulosa chiqarishni ham o’rgatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF HISTORICAL SOURCES IN ILLUMINATING THE IMAGE OF GREAT PEOPLE

The science of history differs from other sciences in its attention to history. Teaches not to repeat past mistakes.It is important to be awarevof thevexemplary events in the lives of our great ancestors in history.

Текст научной работы на тему «BUYUK SHAXSLAR SIYMOSINI YORITISHDA TARIXIY MANBALARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BUYUK SHAXSLAR SIYMOSINI YORITISHDA TARIXIY MANBALARDAN

FOYDALANISH Saydullayeva Xadicha

TDYuU qoshidagi akademik litsey "Tarix" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7071147

Annotatsiya. Tarix fani boshqa fanlardan o'z tarixiga bo'lgan katta diqqat va e 'tibori bilan ajralib turadi. Insonni ko'p tomonlama barkamol bo'lib yetishishida tarixni o 'rganishning ahamiyati kattadir. O 'tmish insonga xatolarni takrorlamaslikdan saboq berish bilan bir qatorda, bo'lib o 'tgan voqea hodisalarga xolis yondashib, to'g'ri xulosa chiqarishni ham o'rgatadi.

Kalit so'zlar: tarix, lashkar, qal'a, harbiy mahorat, jang, hukmdor, o'tmish, tarixiy dalil, saroy, texnologiya.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИСТОРИЧЕСКИХ ИСТОЧНИКОВ ДЛЯ ОСВЕЩЕНИЯ

ОБРАЗОВ ВЕЛИКИХ ЛИЧНОСТЕЙ

Аннотация. Историческая наука отличается от других наук большим вниманием к своей истории. Изучение истории имеет большое значение в развитии человека во многих отношениях. Помимо того, что учит человека не повторять ошибок, прошлое также учит беспристрастно подходить к событиям и делать правильные выводы.

Ключевые слова: история, армия, крепость, военное мастерство, битва, правитель, прошлое, исторические свидетельства, дворец, техника.

USE OF HISTORICAL SOURCES IN ILLUMINATING THE IMAGE OF GREAT

PEOPLE

Abstract. The science of history differs from other sciences in its attention to history. Teaches not to repeat past mistakes.It is important to be awarevof thevexemplary events in the lives of our great ancestors in history.

Keywords: history, army, castle, skill of military, war, weapon, palace, technology, historical arguments.

KIRISH

XXI asr oqituvchi oldiga murakkab vazifalarni qo'ymoqda. Informatsion olamda yashayotgan yosh avlodni ma'naviy jihatdan eskirib borayotgan darslik va qo'llanmalar asosida o'qitish bugun o'zini oqlamay qo'ymoqda. O'quv jarayonini yangi, zamonaviy adabiyotlar bilan ta'minlash davlatimizning ta'lim sohasida olib borayotgan siyosatida markaziy masala bo'lib turibdi. Bu masalada tarix fani bo'yicha mavjud darslik va qo'llanmalarni ham yanada takomillashtirish, ularni manbalardan olingan ma'lumotlar bilan boyitish, matnlarni qiziqarli qilish zarur bo'lmoqda. Zero, tarix darsliklari sermazmun, samarali, ibratli, maqbul va takomillashgan darajaga yetsin. Shunga erishish kerakki, maktab bolasi yoki talaba qo'lidagi darslikni bir umr yodida saqlasin. Bu ishni amalga oshirishda tarix fani o'qituvchilarining keng bilimi, pedagogik mahorati, fan mavzularini qoshimcha ma'lumotlar bilan boyitish va ularni metodik jihatdan samarali joylashtirish mahorati ham muhim. Chunki tarix o'qituvchisi mustaqillik g'oyasiga e'tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkurga ega, kasbining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy malakalarni egallagan bo'lishi, turli pedagogik vazifalarning yechimini topishda har bir vaziyatni to'g'ri baholay olishi lozim. Shuningdek, o'qituvchi pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlash qobilyatiga ham ega bo'lishi kerak. Tarixchi o'qituvchi uchun bu masalada

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

darslik ma'lumotlarini to'ldiruvchi manbaviy ma'lumotlar eng ta'sirchan va samarador vositalardir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shu o'rinda takidlash joizki, keyingi yillarda yurtimizning boy tarixi haqida ma'lumot beruvchi muarrixlarning asarlari to'planib arabiy, forsiy va turkiy tillardan o'zbek tiliga tarjima va tabdil qilindi va qilinmoqda. Ular yuzasidan ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Ushbu asarlarda mutafakkir, sarkarda, adolatli, ulug'vor ajdodlarimiz to'g'risida ko'plab tarixiy hikoyaviy ma'lumotlar uchraydi. Bu vaziyat tarixchilar oldiga nafaqat darsliklardagi ma'lumotlarni mukammal bilish, balki, tarixiy manbalardagi ma'lumotlardan ham xabardor bo'lish, kezi kelsa ulardan dars davomida mavzuni o'quvchilarga yana tushunarli va qiziqarli qilib tushuntirish uchun foydalanish vazifasini qo'ymoqda.

Shulardan kelib chiqib, ushbu o'quv maqolada yurtimiz tarixida muhim ro'l o'ynagan olimlar, shoirlar, hukmdorlar, sarkardalar, diniy rahnamolar, tasavvuf allomalri va boshqa ajdodlarimiz haqida manbalarda yetib kelgan tarixiy voqeiy hikoyalarni dars jarayonida qo'l lash bo'yicha tavsiyalar berilgan. Quyida misol tariqasida somoniylar sulolasining yorqin vakillaridan Ismoil as-Somoniy va milliy qahramonimiz J.M.Manguberdi hayoti bilan bog'liq, manbalar bilan dalillangan tarixiy voqealar o'quvchilarga ibrat namunasi sifatida keltirilgan.

Buxoro- yurtimizning qadim va ko'hna shaharlaridan biridir. Bu zamin o'z bag'rida qanchadan-qancha olimu-fuzalolar, buyuk allomalar-u adolatli hukmdorlarni yetishtirib bergani ma'lum. Shulardan biri Buxoro tarixida o'chmas iz qoldirgan somoniy sulola vakillaridan biri Ismoil as-Somoniydir. U somoniylar sulolasi sultonlarining avvalgisi bo'lib, podshohlikka loyiq va haqli hukmdor bo'lgan. Chunonchi, tarixchi Narshaxiy u haqida shunday yozadi: "U aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi bir kishi edi." Haqiqatdan ham U o'z vatanida barqaror tinchlikni ta'minlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga sola oladi.

Ta'kidlash joizki, tarix darsliklarida Somoniylar davriga oid bir qancha mavzular mavjud. Shu mavzular bilan bog'liq Ismoil Somoniy shaxsini yosh avlodga chuqurroq anglatishda o'sha davr tarixiy manbalarida yozilgan qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanish, shuningdek, Ismoil Somoniy hayoti va hukmronlik faoliyati bilan bog'liq tarixiy voqealar bayonidan iqtiboslar keltirish dars davomida o'quvchilarda u shaxs haqida tuchuncha va tasavvurlarning to'la shakillanishini ta'minlaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'tmishga nazar tashlasak, juda ko'plab adolatli shohlar o'tganligini ko'ramiz. Ammo jang maydonlarida dushman tomondan asirga tushganlarga sarpo kiydirib, o'z yurtiga jo'natgan hukmdorni manbalarda uchratishimiz dargumon. Lekin, Ismoil Somoniy shunday shaxs edi. Ya'ni, u insoniylik tuyg'ularini birinchi o'rinlarga qo'yguvchi, adolatli podshoh bo'lgan. Somoniyning bunday xislatlariga tarixchi Narshaxiy asarida keltirilgan, uning Tohir ibn Husayn, Amir ibn Layslarga qarshi bo'lgan jangi voqeasini misol keltirish mumkin. Chunonchi, "Buxoro tarixi" asarida yozilishicha: "Ismoil Somoniy a kasi Nasr ibn Ahmad tomonidan Buxoroga amir qilib jo'natilganligining dastlabki yillari edi. Tohir ibn Husayn Buxoroga ikki ming kishilik lashkar bilan hujum qilish taraddudiga ekanligi xabari keldi. Amir Ismoil eplay olganicha lashkar jam qilib urushga jo'nadi. Qattiq jang bo'ldi. Husayn ibn Tohir yengildi, uning lashkaridan ba'zisi o'ldirildi, ba'zisi suvga g'arq bo'ldi va yetmish kishi asirga tushdi. Bu amir (Ismoil)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qilgan urushlarining dastlabkisi edi. Ertalab bo'lgach, amir Ismoil asirlarni chaqirib h ar biriga bittadan karbos chopon kiydirdi va yurtiga qaytarib yubordi."

Shunga o'xshash voqeani Ismoil Somoniy hukmronligining so'ngi yillarida ro'y bergan holatlarda ham kuzatishimiz mumkin. Bu haqida tarixchi Narshaxiy shunday yozadi: " Safforiy hukmdor Amir ibn Lays bilan Jayhun daryosi bo'yida bo'lgan jangda Ismoil Somoniy qo'li baland keldi. Jangning ikkinchi kunida amir Ismoil Amr ibn Laysning asir tushgan askarlariga oziq-ovqatlar berib xursandqildihammasini Amr ibn Lays huzuriga qaytarib yubordi. Shunda lashkarboshilardan biri amir Ismoilga: "Bular bizga qarshi urush qilgan edilar, sen ularni asir olganingdan keyin hammalariga sarpo kiydirib qaytarib yubording"-dedilar. Amir Ismoil: " Bu bechoralardan nima talab qilasiz,-qo'ying ular o'z yurtiga borsinlar, ular endi hech qachon sizga qarshi urush ochmaydilar va boshqalarning dillarini ham (urushdan) qaytaradilar" -dedi."

Somoniy nafaqat adolatli shaxs balki, hukumdor sifatida aqlli siyosatchi ham edi. Zero, anashunday xislati sababli ilk o'rta asarlarda qudratli davlat barpo eta oldi. Uning uzoqni oldindan ko'ra biluvchi o'tkir siyosatchi ekanligini "Buxoro tarixi" asaridagi quyidagi voqea orqali o'quvchilarga yanada aniqroq tushuntirib berish mumkin: "Husayn ibn Tohir bilan bo'lgan jangdan so'ng amir Ismoil Buxoroga qaytdi. (Buxoroga amirligining dastlabki yillari edi). Shunda o'z hukmdorligi ahvoli haqida o'ylab, o'zining Buxoro sarkardalari huzurida u qadar baland hurmati yo'qligini, ular ko'zida salobatsiz ekanligini, ularning jam bo'lishlaridan o'ziga biror manfaat yetmasligini bildi-da, mana shunday ish qilishni to'g'ri topdi: Buxoro sarkardalaridan bir guruhini chaqirib ularga: "Men uchun Samarqandga borib, amir Nasr huzurida mening nomimdan uzr so'rashingiz lozim",-dedi. Ular "eshitamiz va bo'ysunamiz",-dedilarda, jo'nab ketdilar. U guruh amir Ismoildan ilgari Buxoro amirlari bo'lib kelgan edi. Abu Muhammad Buxorxudot o'zi Buxoro podshohi edi, Abu Hotam Yasoriy esa g'oyat darajada boy bo'lib, mol-mulkining ko'pligi sababli (amir Ismoilga) bo'ysunmas edi. Buxoro ulug'lari mana shu ikkalasi bilan Samarqandga bordilar. Amir Ismoil amir Nasrga xat yozib, o'zining Buxoro podshohligini ushlab tura olishi uchun u kishilarni tutib turishini so'ragan edi. Amir Nasr uning aytganidek qilib, u guruhni to Buxoro ishlari tinchigunigacha bir qancha vaqt Samarqandda ushlab turdi. Amir Ismoil yana amir Nasrga xat yozib ularni talab qilib oldi va shundan keyin ular bilan yaxshi muomalada bo'ldi, hojatlarini ravo etdi va huquqlarini rioya etishni o'ziga lozim bildi".

Ismoil Somoniy o'z navbatida o'zga insonlarning haqqiga xiyonat qilmaydigan diyonatli hukmdor edi. Bu shu darajada ediki, u haqida manbalardagi ma'lumotlarni o'qish orqali, u hatto raqiblariga ham shunday munosabatda bo'lganligini ko'ramiz. Bu haqida "Buxoro tarixi" asarida quyidagi jumalarni o'qiymiz: "Chunonchi, Amir ibn Lays bilan bo'lgan so'ngi jangda ham ibn Lays yengildi va bu safar uning o'zi asirga tushdi. Amr ibn Laysni Ismoil oldiga olib kelganlarida , u piyoda bo'lib olmoqchi edi, ammo Amiri moziy(Ismoil Somoniy) bunga ruxsat bermadi. Uni saropardaga olib kirishga buyurdi va o'z birodarini uni qo'riqlab turishga yubordi. Shu o'rinda aytish joizki, Ismoil Somoniy hukmdorlar va ularning avlodiga hatto, u dushmani bo'lsa ham shohona iltifot ko'rsatgan. To'rt kundan so'ng Amr ibn Lays amir (Ismoil) bilan ko'rishdi. Amir Ismoilning buyrug'i bilan undan qanday qilib asirga tushib qolganligini so'ragan edilar, u: "Chopib ketayotgan edim, otim charchab qoldi, men otdan tushib uxladim. Uyg'onganimda boshimda ikkita qul turganini ko'rdim. Ulardan meni halok qilmasliklarini o'tinib so'radim. Odamlar yig'ildilar va mendan: "Nimang bor?"-deb so'radilar. Men: "har biri yetmish ming dirham qiymatida bir nechta marvarid bor",-dedim va uzugimni berdim. Shu payt

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uzoqdan amir Ismoilni ko'rib otdan tushmoqchi bo'lgan edim, u o'z joni va hurmatini o'rtaga qo'yib, "Otdan tushma"-dedi; mening ko'nglim qaror topdi.U meni saropardaga tushirtirdi. Keyin amir Ismoil mening oldimga kirib mehribonlik ko'rsatdi. Meni kajavaga o'tqizib, hurmat bilan Samarqandga yetkazishga buyurdi. Amir Ismoil meni uzugimni tortib olgan kishidan uch ming diramga sotib olib bahosini to'ladi va uzukni menga yubordi. Uzukni ko'zi qizil yoqut edi",-dedi. Amr ibn Lays amir Ismoilga qarab: "Men Balxda o'n xarvor oltin bekitganman, buyurgin, uni olib kelsinlar, ularga ega bo'lishga bugun sen sazovorroqsan",-dedi. Amir Ismoil odam yuborib oltinlarni oldirib keldi va hammasini Amr ibn Laysga yubordi. Har qancha iltimos qilsalar amir Ismoil u oltinlardan hech bir narsa olmadi."

Amir Ismoil Somoniy o'z oila a'zolariga nisbatan ham mehribon edi. Ya'ni bu jihatdan siyosiy jarayonlar ta'sir o'tkazsada insoniy hissiyotlariga tayanadigan ukumdor edi. Bu haqida "Buxoro tarixi" asarida ajoyib ma'lumotlar keltiriladi: "Samarqandda amirlik qilib turgan Nasr ibn Ahmad amir Ismoilning gardaniga har yili Buxoro molidan besh yuz ming diramini yuborib turishni vazifa qilib yuklagan edi. Lekin shundan keyin amir Ismoil bir qancha urushlarda bo'ldi va u mol xarj bo'lib ketib, yubora olmadi. Shu tufayli akasi amir Nasr ibn Ahmad iyun oyining 887 yilida lashkar to'plab Buxoroga yurish qildi. Bundan xabar topgan amir Ismoil ham lashkar to'plab qarshi hujum qilishga majbur bo'ldi. Bu jang tavsilotlari haqida Narshaxiy o'z asarida to'xtalar ekan, hal qiluvchi janglarda amir Ismoil boshchiligidagi Buxoro lashkari g'alaba qilganligini, amir Nasr ozgina odamlari bilan qolib mag'lubiyatga uchraganini yozadi va shunday davom etadi: "Jangdan so'ng Nasr ibn Ahmad otdan tushdi va yostiqni yerga tashlab o'tirdi. Amir Ismoil yetib keldida otdan o'zini tashlab, yaqin kelib yostiqni o'pdi hamda: " Yo amir! Xudoning hukmi shu ekanki, meni senga qarshi qo'ydi va biz shu mudhish ishni o'z ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz. Ey amir! Men xato ish qilganimga iqrorman, hamma gunoh menda, sen fazilatda (mendan) ulug'roqsan va mening bu katta gunohimdan o'tib avf etasan", -dedi.

Bular shunday so'zlashib turganida ularning boshqa bir birodari Ishoq ibn Ahmad yetib keldi. U otdan tushmay turgan edi, amir Ismoil: "Hoy falonchi! O'z hojang uchun (amir Nasr uchun) otdan tushmaysanmi?"-deb unga dashnom berdi. Ishoq tezda otdan tushib o'zini Nasrning oyog'iga tashlab yer o'pdi.

Amir Ismoil amir Nasrga qarab: "Ey amir! Yaxshisi shuki, bu xabar (Samarqandga) yetib Movarounnahrda xalq qayg'uga tushmasdan burun tezda o'zingning aziz qarorgohingga qaytsang edi. Men sening qulingman. Qul o'z hojasiga nisbatan uning murodi ne bo'lsa shuni bajarishdan boshqacha muomala qilolmaydi",-dedi. Amir Nasrning bu so'zlardan keyin ko'zlariga yosh quyilib, o'tgan ishlar va to'kilgan qonlar uchun pushaymon yer edi". Shundan so'ng amir Ismoil akasi amir Nasr ibn Ahmadni katta ehtirom ila Samarqandga qaytarib yubordi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, amir Ismoil hukmronligi mobaynida adolat va yaxshi axloq bilan ish tutadi.Natijada, uning davrida qudratli davlat barpo etiladi. Bularni barchasini yuqorida tilga olingan manbalardagi tarixiy m'lumotlar tasdiqlaydi. Bu ma'lumotlarni dars davomida qo'shimcha ma'lumot o'rnida o'quvchilarga yetkazish ularda bu shaxs haqida yetarlicha tushuncha va tasavvurlarning paydo bo'lishi uchun xizmat qila oladi.

MUHOKAMA

Mustaqillikka erishgach moziyga nisbatan munosabat o'zgardi. O'tmish merosni o'rganish, tadqiq qilish borasida xayrli ishlar amalga oshirildi va bu davom etmoqda. Yurtimiz tarixini o'rganish, xalqimizni o'tmish qadriyatlaridan bahramand etishda milliy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qahramonlarimizning hayot yo'li va jasoratlari borasidagi asosli voqealar bayoni alohida ahamiyatlidir. Bu borada vatan ozodligi yo'lida jonini fido qilgan, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk inson Jaloliddin Manguberdining o'rni beqiyos. Uning hayoti, faoliyati, taqdiri haqida hikoya qiluvchi o'sha davrga oid ko'plab manbalar ust ida izlanish asnosida Jaloliddinning nechog'lik mukammal shaxs bo'lganligiga guvoh bo'lamiz.

Jaloliddin so'nggi xorazmshoh sulton, u harbiy mahoratda tengi yo'q sarkarda bo'lish bilan bir qatorda o'z qavmi- urug'iga rahmdil, insonparvar shaxs ham bo'lgan. Bu holni Jaloliddinga qarshi ukasi G'iyosiddin xoyinona munosabat qilsada Jaloliddin oli yjanoblik ila uni kechirganligida kuzatishimiz mumkin. Chunonchi, "Siyrat as-sulton Jalol id-Din Mengburni" asarida bu haqida quyidagi ma'lumotlar keltiriladi. 1224 yil mo'g'ullar bilan bo'lgan jangu-jadallardan so'ng murakkab ahvolda qolgan Jaloliddin qo'shinlari bilan ukasi G'iyosiddinga tegishli Iroq yerlariga qarab yo'l oladi. Bundan xabar topgan G'iyosiddin o'ttiz ming otliq lashkar bilan unga qarshi yuradi. Buni eshitgan Jaloliddin ukasidan qattiq ranjiydi va omadsizlik tufayli g'am alamga botib ortiga qaytadi va ukasi G'iyosiddinga shunday mazmundagi noma

yo'llaydi: ".....Men boshimdan kechirgan dahshatli kulfatlarga qaramay, barcha qiyinchiliklarni

zimmamga oldim. "ular esa bizni qabul qilishdan bosh tortdilar". Ana shu paytda "hammaga keng bo'lgan yerlarni menga tor qilib qo'ydilar"...Shu uchun huzuringga bir necha kun dam olish maqsadida kelgandim.. .Sen xavfsiraganing uchun ketdim"

G'iyosiddinning bu ishidan so'ng uning huzuridagi ko'plab amirlar o'zlarini Jaloliddinga sodiq ekanliklarini namoyon qildilar. Natijada Jaloliddin o'zining bir qancha tarafdorlari bilan yana Iroq tomonlarga yuradi. Bundan xabar topgan G'iyosiddin qochish taraddudiga tushadi. Xabarchi ularning yaqinlashgani haqida ogohlantirganda u otini almashtirib, Sulikan qal'asiga qarab qochadi. Jaloliddin uning chodiriga kirganda bu yerda uning onasi Baklava bor edi. U ukasining onasiga hurmat va izzat ko'rsatdi. G'iyosiddinning o'zidan xavfsirab bu yerni, o'z maskanini tark etganini ma'qullamadi. U uning onasiga bunday dedi: "Otamning o'g'illari orasida undan boshqa hech kim qolmadi, shuning uchun u nimaga intilayotgan, nimani xoxlayotgan bo'lsa hammasini muhayyo qilaman. Haqiqat, u bugungi kunda men uchun ko'zimning qorachug'i, hatto undan ham azizroq, belimning quvvatidir". Shundan keyin Baklava G'iyosiddinga chopar yuborib, uni tinchlantirishga harakat qildi. G'iyosiddin Jaloliddinning huzuriga xizmat qilish uchun qaytib keldi. Ukasining xoinona hatti -harakatlariga qaramay, uni kechirdi va muruvvat ko'rsatdi".

Jaloliddin hukmdor, sulton bo'lishiga qaramasdan o'z vaqtida qo'l ostidagilarga yetkazilgan jabr zulm uchun nadomat chekkan. Agar kimda kim asossiz bir-birlariga ziyon yetkazssa ularning aybdorini qattiq jazolagan. E'tiborlisi esa, agar hukm chiqarishda o'zi xatolikka yo'l qo'ysa, hukmdor bo'lishga qaramasdan aybiga iqror bo'lgani holda buni to'g'irlashga harakat qilgan. O'tmishda o'tgan hukmdorlarning deyarli barchasining faoliyatida shaxslarni ustamon bo'htonlar asosida adolatsiz jazolashlar ko'p uchraydi. Ammo ularning ko'pchiligi Jaloliddin singari xato qilsa, hukmdorlik man-manligiga berilmay uni to'girlashga qattiq harakat qilmagan deya olamiz. Ushbu holni Jaloliddin hayotida sodir bo'lgan o'z vaziri Sharofulmulk va Shamsiddin at-Tug'roiy, uning ukasi qozi Nizomiddin o'rtasida sodir bo'lgan voqea misolida ko'ramiz: "Sulton Abxaz mamlakatlari chegaralarida bo'lgan paytlarida Tabrizda turgan o'z vaziri Sharofulmulkdan maktub oldi. Maktubda amaldorlardan biri Shamsiddin at-Tug'roiy va uning ukasining o'g'li qozi Nizomiddinni o'ziga suiqasd uyushtirishda aybladi. Bu aslida yolg'on, Sharofulmulkning bo'htoni edi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sulton maktubni o'qigani hamono g'azab otiga mindi va Tabrizga qaytishga qaror qildi. Sulton Tabrizga qaytgach, Sharofulmulk uning huzuriga at-Tug'roiy va Nizomiddinni olib kirdi va maktubdagi bo'htonlarni takrorladi.

Sulton ular ikkalasini qo'lga olishni buyurdi. Qozi rais Nizomiddinni tutib olgani hamon o'ldirishdi. At-Tug'roiy esa bandi qilindi.Uning yuz ming dinordan ortiq hisoblangan mol-mulki musodara qilindi. At-Tug'roiyni o'limini istamaganlar unga ot berishdi va u tun qo'ynida g'oyib bo'ldi. At-Tug'roiy taqdir taqozosi ila haj safariga yetdi. Odamlar al-Ka'ba atrofiga

yetgan vaqtda boshiga Qur'onni qo'ygan holda "Hoy musulmonlar! .....Men mana shu uchta

narsa-muqaddas joy, muqaddas kun, muqaddas kitob hurmati qasam ichib aytamanki, Sharofulmulk tomonidan zimmamga qo'yilgan barcha ayblar yolg'on va bo'htondan boshqa hech narsa emas"-dedi. Odamlar orasida sultonning haj ziyoratchi vakillari ham bor edi. Ular sultonni bu voqeadan xabardor qilishdi. Sulton at-Tug'roiyning aybsiz ekanligiga to'la ishondi. Bu borada qilgan ishlari uchun tavba qildi, qilmishlaridan uyaldi. Birovlarning so'ziga kirib, bu fojeaga qo'l urganidan qattiq afsuslandi. Shundan keyin Sulton at-Tug'roiyga xavfsizligini ta'minlashga so'z berdi, uni Tabrizga qaytarib olib keltirdi. Talangan boyliklari va mol mulkini qaytarib berdi. Uni mashvaratlarga maslahatchi sifatida taklif qila boshladi."

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, Jaloliddin yuzga aytilgan achchiq tanqidni to'g'ri qabul qiladigan, ularni o'ziga yaqin tutadigan, aksincha balan-parvoz so'zlarni aytib maqtaydigan va shu orqali o'z manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yadigan insonlarning soxta so'zlarini yoqtirmaydigan, kezi kelsa ularni shu so'zlari uchun qattiq jazolaydigan inson bo'lgan. Bu haqda Shaxobiddin Muhammad an-Nasaviy o'zining "Siyrat as-sulton Jalol ag-din Mengburni" asarida shunday deydi: "...Sulton o'sha yili ramazon oyida Tabrizda turdi va ro'za tutdi. U saroyida minbar o'rnattirdi va turli viloyatlardan bu yerga kelgan eng hurmatli o'ttizta ulamoni nomma-nom tanlab, va'z o'qishga tayinladi. Ulardan har biri bir kunda va'z o'qirdi, bu paytda Sulton minbar yaqinidagi taxtida o'tirardi. U va'z o'qish paytida haqiqatni aytganlarga minnatdorchilik bildirar, aksincha o'zini haddan oshiq maqtab, haqiqatni xaspo'shlaydiganlarga tanbeh berardi".

XULOSA

Yuqoridagi kabi oliyjanob xislatlardan tashqari Jaloliddin harbiy mahoratda tengi yo'q sarkarda bo'lgan. U jang maydonlarida vaziyatga qarab tezkor va to'g'ri qarorlar qabul qilish asnosida harbiy ustunlikni qo'lga kirita olgan. Buni Nasaviyning "Siyrat as-sulton Jalol ag-Din Mengburni" asarida keltirilgan Garni qal'asini egalash jangi misolida tasdiqlashimiz mumkin: "Sulton Jaloliddin Garniga yetib kelganida gurjilarning tog' bag'rida mustahkam o'rnashib olganliklarini ko'rdi. Ularning o'sha kuni o'zlarini namoyon qil uvchi ishlaridan biri baqiriqlari bo'ldi. Ular osmonni teshib yuborguday, kar quloqlari ham eshitguday holda atrofni qichqiriqqa to'ldirdilar. Sulton ularning ko'pligidan zarracha ham qo'rqmadi. Bu behisob odamlar uning uchun bo'ri oldidagi qo'ylar suruvidan yoki arslonga duch kelgan mollar podasiday gap edi. U tunda qo'shinini ular qarshisiga sarflantirib chiqdi. Qo'shinni orqasini otliq askarlar bilan to'ldirdi. Markazni o'z pahlavon lashkarlari hisobiga kuchayrtirdi. O'ng tomonni mard, alp

himoyachilar egallashdi., chap tomonga esa yoyandozlar joylashdi.....Sulton tepalikka

ko'tarilib, yurishni boshladi. Uning ketidan lashkarlari qanotini yozgan burgutlar misol hujumga tashlandilar.. ..Jang Jaloliddinning g'alabasi bilan tugadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yurt ozodligi uchun kurashgan, tariximizga sig'mayotgan yuqoridagi kabi buyuk ajdodlarimiz shaxsiyatini anglatuvchi bu kabi tarixiy dalillangan voqealar manbalarda bisyor. Ularni tadqiq qilish asnosida abadiyatga daxldor buyuk shaxslarimiz haqida o'quvchilarda bu haqida yetarlicha tushuncha va tasavurlarni shakillantirish mumkin.

REFERENCES

1. Narshaxiy Buxoro tarixi.T.: "Kamalak", 1991

2. Shaxobiddin Muhammad an-Nasaviy. Siyrat as-sulton Jalol ag-Din Mengburni. T.: "O'zbekiston", 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.