Научная статья на тему 'BUYUK MUTAFAKKIRLAR NIGOHIDA ILMIY DUNYOQARASH TUSHUNCHASI'

BUYUK MUTAFAKKIRLAR NIGOHIDA ILMIY DUNYOQARASH TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy dunyoqarash / bilim / mutafakkirlar / komil inson / fan / aqliy tarbiya / texnika va texnologiya. / scientific outlook / knowledge / thinkers / perfect man / science / intellectual education / technique and technology.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tursunboyeva K.I.

Yangilanib kelayotgan davr zamonaviy bilimga, tafakkurga ega insonlar davri. Insonning bilimli va dunyoqarashi keng bo’lishi qadimdan insonning bilimiga bog’liq jarayon hisoblangan. Asrlar davomida bu ilmlar, dunyoga bo’lgan e’tibor sayqallanib bormoqda. Buni hattoki, har bir olim-u fuzalolar turli xil usulda tushuntirib kelishgan. Ushbu maqolada ham ilmiy dunyoqarashning olimlarning nigohida qanday tushunchaga ega ekanligi hamda hozirda yoshlarga qanday ta’sir etishi yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF SCIENTIFIC WORLDVIEW IN THE EYES OF GREAT THINKERS

The modern era is the era of people with modern knowledge and thinking. Being educated and having a broad worldview has long been considered a process dependent on human knowledge. Over the centuries, these sciences and the attention to the world are being refined. Even every scholar has explained it in different ways. In this article, the understanding of the scientific worldview in the eyes of scientists and how it affects young people is explained.

Текст научной работы на тему «BUYUK MUTAFAKKIRLAR NIGOHIDA ILMIY DUNYOQARASH TUSHUNCHASI»

Tursunboyeva K.I.

Andijon davlat Pedagogika instituti 1-bosqich tayanch doktoranti

BUYUK MUTAFAKKIRLAR NIGOHIDA ILMIY DUNYOQARASH

TUSHUNCHASI

Annotatsiya: Yangilanib kelayotgan davr zamonaviy bilimga, tafakkurga ega insonlar davri. Insonning bilimli va dunyoqarashi keng bo'lishi qadimdan insonning bilimiga bog'liq jarayon hisoblangan. Asrlar davomida bu ilmlar, dunyoga bo'lgan e'tibor sayqallanib bormoqda. Buni hattoki, har bir olim-u fuzalolar turli xil usulda tushuntirib kelishgan. Ushbu maqolada ham ilmiy dunyoqarashning olimlarning nigohida qanday tushunchaga ega ekanligi hamda hozirda yoshlarga qanday ta 'sir etishi yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ilmiy dunyoqarash, bilim, mutafakkirlar, komil inson, fan, aqliy tarbiya, texnika va texnologiya.

Tursunbayeva K.I.

Andijan State Pedagogical Institute 1st stage foundation doctoral student

THE CONCEPT OF SCIENTIFIC WORLDVIEW IN THE EYES OF

GREAT THINKERS

Abstract: The modern era is the era of people with modern knowledge and thinking. Being educated and having a broad worldview has long been considered a process dependent on human knowledge. Over the centuries, these sciences and the attention to the world are being refined. Even every scholar has explained it in different ways. In this article, the understanding of the scientific worldview in the eyes of scientists and how it affects young people is explained.

Key words: scientific outlook, knowledge, thinkers, perfect man, science, intellectual education, technique and technology.

Kirish. Yangi asr texnika-texnologiyalar asri. Bu hech kimga sir emas. Buning asosida shaxsdagi bilim, ilmiy dunyo, undagi ilm fanga bo'gan qiziqish, ilmiy dunyoqarashi yotadi. Texnika hamda texnologiyalar asrida yashar ekanmiz har bir insonda o'zining ilmiy dunyoqarashi bo'lishi talab etiladi. Sababi atrofi -olam yangiliklarga boy, buni faqatgina bilimga ega bo'libgina anglash mumkin. Shu sababdan har kuni inson yangiliklarga, yangi bilimlarga intilishi lozim.

Asosiy qism. Mamlakatimizda "Ta'lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-54 sonli qarori imzolandi. Unga ko'ra davlat muassasasi shaklida "Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil

'^KOHOMHKa h ^HyMM №8(123) 2024

www.iupr.ru

216

etishi belgilandi. 2024-2025- yillarda "Eng kamida 14ta professional ta'lim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro ta'lim dasturlarini, kamida 10ta oliy ta'lim muassasasi faoliyatiga-zamonaviy boshqaruv usullari va ta'lim sifatining yuqori satandartlarini joriy qilinsin" kabi qarorlarida ham ta'limni rivojlatirish masalalari o'z aksini topgan.14

Shaxs ilmiy dunyoqarashining markazida ilm, aql turadi. Shundagina u ilmiylikka ega bo'la oladi. Aks holda, ilmiylik mavjud bo'lmasa, u mifologik yoki boshqa turdagi dunyoqarashga aylanadi. Ilm asosini esa aql, aqliy tarbiya egallaydi.Shuna asosda juda ham ko'plab olim-u fuzalolarimiz aqliy tarbiya ilmiy dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida e'tirof etadilar. Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida e'tibor qaratadi.

Tabiatshunos Abu Rayhon Beruniy quyidagi fikrlarni ilgari suradi: shaxs qanchalik bilimni ko'p egallasa shunchalik yangi bilimlar paydo bo'lishini aytib o'tadi. Ya'ni inson egallagan bilimi orqaligina yana yangi tushunchalar, yangiliklarni yarata oladi. Uning aytishicha, "Kuzatishning ko'pligi ko'rilgan narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi". Beruniy o'zining o'gitida: "Biliming shundayki, u yalang'och bo'lsang ham o'zingda qoladi, uni hammomga kirganingdagi xo'llik ham yo'qota olmaydi",- deydi. Beruniy inson xotirasini "Allohning tuhfasi", deb hisoblaydi. U "tirishqoqlik va ko'p shug'ullanish bilan ham xotirani mustahkamlash mumkin", -deydi.15

Ibn Sino dunyoqarashi Farobiy asarlari asosida rivojlandi.Sharq ilmini yangi tabiiy-ilmiy bilimlari orqali kengaytirdi."Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishidir.Bilim deb esa narsalarni idrok qilishga aytiladi"16. Yana shuningdek ilmlar dalillarga asoslansa, isbotlansa, shunda u donishmandlikka aylanishini aytib o'tadi. U juda ko'p asarlarida ilm fan haqida tushunchalarini keltirib o'tadi.

Yana bir buyuk alloma Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari ham yuksak bilim, dunyoqarash, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi o'rni, ahamiyati, insonning kamolotga erishuvidagi o'rni ochib beriladi. Allomaning fikricha, inson bilimli bo'lsa, u uchun hatto osmon sari yo'l ham ochiladi. Barcha yaxshi ishlarning asosini bilim tashkil etadi.

Bahovuddin Naqshbandiy ham o'z tariqatida ham bor kuch quvvat bilim olish uchun sarflanishi joiz deb o'ylaydi. Hech qachon ichki kechinmalarga asoslanib qarorlar qabul qilmaslikni taklif qiladi. Chunki ichki kechinmalar subyektiv qarashlarga olib keladi, hissiyotga tayanadi. Inson esa albatta bilimga tayanishi maqsadga muvofiqdir deydi.

So'z mulkining ustasi Alisher Navoiy ilm, dunyoqarash, uning insonlarga ta'siri haqida juda ham ko'plab ma'lumotlarni o'z asarlarida yoritib beradi.Shuningdek Navoiy doimo shuni eslatadiki, bilimga erishish albatta mashaqqatliligini, unga sabr bilan erishilishini aytib o'tadi.

14 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 54-sonli qarori.7-band.2024-yil 2-fevral

15 Sharipov A. Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой.//Общественные науки в Узбекистане, -№ 5. 1965, -С.39.

16 https://n.ziyouz.com

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda xalq og'zaki ijodi namunalari, ertak, hikoya, qissalarning ham ahamiyati yuksak. Misol uchun, "Hadis'larda, "Kalila va Dimna", "Xamsa", "Qutadg'u bilig" kabi sasarlarda ifodalanagan qissa, matal va baytlar ko'p bo'lib, bular yoshlar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda o'rni beqiyos hisoblanadi.

Ilmiy dunyoqarash - bu ilmiy metodlar yordamida ko'p bor tekshirilish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish qonunlariga tayanadigan dunyoqarash.

Ilmiy dunyoqarash uzluksiz, izchil ravishda insoniyat tomonidan orttirilgan, mavjud ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirish, hayotiy tajribani orttirish asosida shakllanadi. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega jarayon sanaladi.17

Maktabgacha bo'lgan davrda bolada narsalar haqidagi ilk dunyoqarash tushunchasi paydo bo'la boshlaydi. Maktab davrida esa dunyoqarash tushunchasi shakllanadi va ilmiylikka aylana boradi. Misol uchun, boshlang'ich sinflar texnologiya darsi o'quvchilar dunyoqarashini ilm hamda tabiat, atrof- muhit bilan bog'lovchi asosiy darslardan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o'rganish orqali obyektiv dunyodagi predmet va hodisalarning rivojlanishi, ularning bog'lanishi, harakati haqida bilimga ega bo'ladilar. O'rganish mobaynida nazariy hamda amaliy ishlar birgalikda amalga oshiriladi. Bunda o'quvchilar tabiatdagi jonli hamda jonsiz narsalarni o'z qo'llari bilan yasaydilar.

1-sinf o'quvchilari fanning boshlanishidanoq raqamlar, shakllar haqidagi tushunchalar shakllanadi, tabiat bilan bog'lash uchun hayvonlar shakllarini amaliy tarzda yasaydilar va bu orqali ularda hayvonlarning shakl shamoyili, ularning bir biridan farqi, tabiatdagi o'rni haqida ilmiy dunyoqarash paydo bo'ladi. Urug'lardan naqsh tuzish orqali esa har bir meva va sabzavotlar urug'larining shakli, rangi, farqi qandayligi haqidagi elementar bilim va tushunchaga ega bo'lib boradilar.

Yuqori sinfga o'tgandan so'ng esa fan ma'lum ixtisoslikka asoslangan holda 2turga ajratiladi. "Texnologiya va dizayn" hamda "Servis xizmati" yo'nalishlariga ajratiladi. "Texnologiya va dizayn" yo'nalishida yigitlar materiallarga ishlov berish, asbob-uskunalardan foydalanish, elektrotexnika haqidagi tushunchalar orqali amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo'ladilar. "Servis xizmati" yo'nalishida esa qizlar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, materiallarga ishlov berish, chevarchilik kabi tushunchalarga ega bo'ladilar.

Nazariy hamda amaliy bilimlarni o'rganish o'quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllatirish uchun yetarli bo'lmaydi, bundan tashqari o'qituvchi bilan birgalikda sinfdan tashqari ishlar, to'garaklar tashkil etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayniqsa bu boshlang'ich sinflarda tashkillansa yana ham samarali bo'ladi. Chunki bu davrda bolada bilim olishga ishtiyoq anchagina yuqori hamda esda saqlab qolishi ham kuchli bo'ladi

' U.I. Inoyatov v.b. Pedagogika.-T.2016.B.86.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №8(123) 2024

www.iupr.ru

Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunning talabiga to'laqonli javob beradigan insonni tarbiyalash uchun avvalo uning dunyoqarashini boy qilish lozim. Dunyoqarash asosan insonning ilm egallashi natijasida kengayadi, sayqallanadi. Ilmiy dunyoqarashni boyitish orqali insonning bilimi yuksaladi. Buni hattoki buyuk mutafakkirlar fikrlarida ham yorqin ifoda etilgan. Barcha narsaning asosini, markazini bilim tashkil etishi ham ushbu fikrlarning isboti hisoblanadi. Ilm orqali yangi fikr paydo bo'ladi, yangi fikr orqali esa dunyoqarash o'zgaradi, dunyoqarash jamiyatning buguni va istiqbolini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 54-sonli qarori.7-band.2024-yil 2-fevral.

2. U.I. Inoyatov v.b. Pedagogika.-T.2016.B.86.

3. Sh.O.Madayeva.Falsafa.o'quv qo'llanma.-T.2019.-B.42.

4. Sharipov A. Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой.//Общественные науки в Узбекистане, -№ 5. 1965, -С.39.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.