Научная статья на тему 'BUXOROLIK QAHRAMON AYOLLAR IBRATI'

BUXOROLIK QAHRAMON AYOLLAR IBRATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
213
20
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayollarni ijtimoiy himoya qilish / Muyassar Temirova / Martiya Raxmatova / tadbirkorlik / social protection of women / Muyassar Temirova / Martiya Rakhmatova / entrepreneurship

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Marifat Kazakova

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligining oshirilishi, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug’ullanib O’zbekiston qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan buxorolik ayollarlar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BUKHARA HERO WOMEN'S EXAMPLE

The article deals with the growth of social activity of women over the years of independence, as well as women from Bukhara, who won the title of Hero of Uzbekistan thanks to entrepreneurship.

Текст научной работы на тему «BUXOROLIK QAHRAMON AYOLLAR IBRATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 _ISSN: 2181-1601

BUXOROLIK QAHRAMON AYOLLAR IBRATI

Marifat Kazakova

Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi MMIBDO'

Annotatsiya

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligining oshirilishi, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug'ullanib O'zbekiston qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan buxorolik ayollarlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ayollarni ijtimoiy himoya qilish, Muyassar Temirova, Martiya Raxmatova, tadbirkorlik

BUKHARA HERO WOMEN'S EXAMPLE ABSTRACT

The article deals with the growth of social activity of women over the years of independence, as well as women from Bukhara, who won the title of Hero of Uzbekistan thanks to entrepreneurship.

Keywords: social protection of women, Muyassar Temirova, Martiya Rakhmatova, entrepreneurship

Bugungi kunda O'zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tengligiga alohida e'tibor berilmoqda. So'nggi yillarda O'zbekiston xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning soni tezlik bilan oshib bormoqda.

Vaholanki, Markaziy Osiyoda har doim ham hozirgidek xotin-qizlar qadr topmagan. Ortda qolgan XX asr boshlarida ham o'zbek ayollari dunyodagi paranji ostidan boqardilar va faqat ichki hovlida uy yumushlari va farzand tarbiyasi bilangina mashg'ul edilar. XX asrning yigirmanchi yillarida o'zbek ayollari ozodlikka chiqib, ommaviy ravishda ijtimoiy hayotga jalb qilindi va ta'lim ola boshladilar. Mashaqqatli va sinovli urush yillarida, ya'ni 1941-1945-yillardagi og'ir urush yillarida esa xotin-qizlar o'z zimmasiga ham uy, ham dalalarda, zavod va fabrikalardagi og'ir ishlarni olgandi.

Ta'kidlash joizki o'tgan asrning 70-yillaridan boshlab O'zbekistonda oliy ma'lumotli ayollar soni keskin o'sib bordi, xotin-qizlar ilm-fan, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarning faol vakillariga aylandilar.

XXI asr o'zbek ayoli - siyosiy madaniyat va siyosiy huquqini yaxshi anglagan, o'qimishli va jamiyatning ilg'or kishisidir. U nafaqat farzandlar parvarishi, shuningdek,

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 ISSN: 2181-1601

uy yumushlarini bajarishi, chiroyli kiyinishi, balkim ilm-fan bilan shug'ullanishi, tijorat qilishi, sayohat qilishi va o'z blogini yuritishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan.

Milliy mustaqillik yillarida O'zbekistonda ayollarni ijtimoiy himoya qilish, ularning oiladagi nufuzini ko'tarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini, ijtimoiy mavqeini oshirish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, yosh bolali onalarni ijtimoiy muhofaza qilish, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini ta'minlash, ularni huquqiy jihatdan muhofaza qilish, xullas, ularni rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo'lgan shart-sharoitlarda yashashi va mehnat qilishlari uchun turli qonunlar va boshqa huquqiy aktlar qabul qilindi.1

2004 yildan boshlab "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini hayotga tatbiq etish islohotlarining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ayollar faolligi va ijtimoiy-siyosiy mavqeyini oshirishga doir islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. Ayollarning jamiyatdagi o'rnini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylantirildi.

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ayollarga e'tibor natijasida o'zbek ayollarining yangi davrga bo'lgan qarashi, kelajakka, ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashashga bo'lgan ishonchi oshib bordi. Mamlakat rivoji va jamiyat taraqqiyoti uchun tinim bilmay ishlab, oilasi va farzandlari, butun O'zbekiston ayollari uchun o'rnak bo'lgan qahramon ayol darajasiga yetgan buxorolik ayollardan biri Muyassar Temirova hisoblanadi.

Muazzam gumbazlar, Chor Bakrning yangi qiyofasi, Labi Havuz bo'yidagi me'moriy silsila, Sitorayi Moxi Xossadagi xonayi safed, Yangi Buxoro jamoli, bularning barchasi inson qo'lining mo'jizasi va benazir san'atidir. Qadimiy darvozalar tabaqasidagi o'ymakor gullar, Arkning salobati bilan har qanday sayyohni maftun etadigan Buxoroyi sharifning Shergiron qishlog'ida 1941-yilda tug'ilgan Muyassar Temirova milliy hunarmadchiligimizning faxriy sarkorlaridandir.

Muyassar Temirova yoshligida ustozi zardo'z M. Ahmedovaga shogird tushib, an'anaviy zardo'zlik san'atini puxta egalladi. Temirova egallagan malakasini ish faoliyatida mahorat bilan qo'llab, zardo'zlik san'atini nozik did bilan tayyorlangan san'at durdonalari bilan boyitdi. An'anaviy zardo'zi buyumlar (do'ppi, to'n, kavush va boshqalar) uchun yangi naqsh mujassamotlar yaratdi. 1959-yildan boshlab Buxoro zardo'zlik fabrikasi (hozirgi Buxoro "Zardo'z" aksiyadorlik jamiyati)da usta, sex boshlig'i, bo'lim boshlig'i lavozimlarda ishladi . M.Temirova ayollarning zardo'zi libosi majmuini tayyorladi (1970 yil Yaponiya EKSPO 70- ko'rgazmasida namoyish etilgan), yangi zamonaviy badiiy buyumlar ijod etdi; yirik zardo'zi namunalar yaratishga boshchilik qildi va bu sohada faol ijodiy faoliyat olib bordi. Jumladan, Ismoil

1 Alimasov V. Fikrlash lazzati. -T.: Sharq.2003. -B.41

2 Djasanova S. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi. -T.: «Tafakkur qanoti» 2014. -B.65.

https://handicraftman.uz/temirova-muyassar-ozbekiston-qahramoni-oltin-yulduz-medali-bilan-taqdirlangan-usta-

hunarmand/?lang=uz-kr

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 ISSN: 2181-1601

Somoniy maqbarasi, Minorai kalon, Alisher Navoiyning 525 yilligiga bag'ishlangan zardo'zi namunalar, Xalqlar Do'stligi va "Turkiston" san'at saroylarining zardo'zi pardalari, O'zbekiston Respublikasi bayrog'i va gerbi, O'zbekistondagi tarixiy shaxslarning zardo'zi portretini yuksak mahorat ila yaratdi4. Hozirgi kunda uning 700 ga yaqin shogirdi bo'lib, ularning ko'pchiligi zardo'z usta sifatida faoliyat olib bormoqda. 1971-yilda "O'zbekiston xalq rassomi" unvoni bilan taqdirlangan.5

"1995-yil mamlakatimiz mustaqilligining 4 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizning fidokorona mehnatlarini munosib taqdirlash uchun chiqarilgan farmon matbuotda e'lon qilindi. Farmonda "O'zbekiston Qahramoni" unvoniga munosib deb topilgan ayollardan birinchi vakil -Muyassar Temirova bor edi. Unvonga loyiq deb topilganlar ro'yxati erta tongdayoq televideniya, radioda e'lon qilinganida Buxoro bir qalqidi. Bu go'shaning qadimiy va hamisha navqiron bag'ri faxr, iftixor, shukronaliklarga to'ldi"6-deb ma'lumot berilgandi «Saodat» jurnalida.

Bugungi kunda 80 yoshdan oshgan Muyassar Temirova shogirdlari ardog'ida. U Mustaqillik yillarida yaratgan ijodiy ishlari MDH davlatlari va Fransiya, Germaniya, AQSh, Italiya, Shveytsariya kabi o'ndan ortiq mamlakatlarda tashkil etilgan xalqaro ko'rgazmalarda namoyish etilib, sertifikatlar va qimmatbaho sovg'alar sovrindori bo'lgan.

Buxorolik yana bir qahramon xotin-qizlar vakili Martiya Ahmedovna Rahmatovadir. 1955-yil Buxoroning Arabxona qishlog'ida tug'ilgan Martiya Rahmatova 1973 yilda hali qurilishi yakunlanmagan inshootda o'rnatilgan 3 ta

n

dastgohning birida o'zining mehnat faoliyatini boshlagan . Mustaqillikdan so'ng hukumatning ayollar tadbirkorligi va ishbilarmonligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator qaror va farmonlaridan ilhomlanib yangicha ishtiyoq bilan ishlay boshlagan Martiya Raxmatova 1994 yildan hozirgi "Buxoro-teks" aksiyadorlik jamiyatida ishlab, mehnat faoliyati davomida ilgor texnologiyalarga tayangan holda bir paytning o'zida 3—4 ta dastgohda ishlashni o'zlashtirdi, dastgohlarning uzluksiz ishlashini ta'minlab, ish normasini oshirib bajarishga erishdi, ishlab chiqariladigan kalava ipning yuqori sifatli bo'lishini ta'minladi. Uning mehnatsevarligi va jonkuyarligi e'tiborsiz qolmadi. 1996-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

Qahramonimiz uchun 1999-yil quvonchli va omadli yil bo'ldi desak, xato qilmagan bo'lamiz. G'ayrat bilan mehnat qilgan Martiya Rahmatova o'z shogirdlari bilan "Buxoroteks" yorlig'i ostida 636 million so'mlik mahsulot eksport qilinishiga

Q

katta hissa qo'shdi va shu yilda " O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi .

4 "Temirova Muyassar" O'zME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. -B.263.

5 https://handicraftman.uz/temirova-muyassar-ozbekiston-qahramoni-oltin-yulduz-medali-bilan-taqdirlangan-usta-hunarmand/?lang=uz-kr

6 Pa^a6oBa H. «3ap rçagpnHH 3aprap 6ragH»//CaogaT, 2020 hhïï. -№8-9, -B.2.

7 KpgnpoBa A. OHrap» //Caogar, 2000 hhïï. -№3, -B.4.

8 KognpoBa A. OH^ap»//CaogaT, 2000 hhïï. -№3, -B.4.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Bugungi yosh avlod ana shunday oilasi tinchligi, kasbining rivoji, Vatan ravnaqi uchun jon kuydurib harakat qiladigan zamonamiz qahramon ayollaridan o'rnak olishi zarur.

REFERENCES

1. Alimasov V. Fikrlash lazzati. -T.: Sharq.2003.

2. Djasanova S. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi. -T.: «Tafakkur qanoti» 2014.

3. https://handicraftman.uz/temirova-muyassar-ozbekiston-qahramoni-oltin-yulduz-medali-bilan-taqdirlangan-usta-hunarmand/?lang=uz-kr

4. "Temirova Muyassar" O'zME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

5. Pa^aöoBa H. «3ap KagpHHH 3aprap 6HngH»//Caogar, 2020 hhh. -№8-9

6. KpgnpoBa A. «rongy3nn OHnap» //CaogaT, 2000 hhh. -№3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.