Научная статья на тему 'BUXORO VILOYATI EKOLOGIK MUHITIGA TRANSPORTNING TA’SIRI'

BUXORO VILOYATI EKOLOGIK MUHITIGA TRANSPORTNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Transport / atrof-muhit / zaharli birikmalar. / karbonat angidrid / azot (IV)-oksidi / qo‘rg‘oshin elementlari / metanal / inson salomatligi / Transport / environment / toxic compounds / carbon dioxide / nitrogen (IV)-oxide / lead elements / methanal / human health

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Nuriddinov R.M., Qalandarova D.D.

Transportning atrof-muhitga ta’siri ortib, zamonamizning eng dolzarb muammosiga aylanib borayotgan bir paytda uning mohiyatini tushunish, salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash juda muhimdir. Maqolada Buxoro viloyati tranportning tabiiy-geografik xususiyatlari va uning atrof muhitga ta’siri mujassamlashgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF TRANSPORTATION ON THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT OF BUKHARA REGION

At a time when the impact of transport on the environment is increasing and becoming the most urgent problem of our time, it is very important to understand its essence, to develop and implement measures aimed at eliminating its negative consequences. The article describes the natural and geographical characteristics of transport in the Bukhara region and its impact on the environment.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYATI EKOLOGIK MUHITIGA TRANSPORTNING TA’SIRI»

y^K 911

Nuriddinov R.M.

BuxDU Geografiya ta'limyo'nalishi 4-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: D.D.

BuxDU "Ekologiya va geografiya" kafedrasi o 'qituvchisi

BUXORO VILOYATI EKOLOGIK MUHITIGA TRANSPORTNING

TA'SIRI

Annotatsiya. Transportning atrof-muhitga ta 'siri ortib, zamonamizning eng dolzarb muammosiga aylanib borayotgan birpaytda uning mohiyatini tushunish, salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo 'llash juda muhimdir. Maqolada Buxoro viloyati tranportning tabiiy-geografik xususiyatlari va uning atrof muhitga ta 'siri mujassamlashgan.

Kalit so'zlar: Transport, atrof-muhit, zaharli birikmalar., karbonat angidrid, azot (IV)-oksidi, qo'rg'oshin elementlari, metanal, inson salomatligi.

INFLUENCE OF TRANSPORTATION ON THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT OF BUKHARA REGION

Abstract. At a time when the impact of transport on the environment is increasing and becoming the most urgent problem of our time, it is very important to understand its essence, to develop and implement measures aimed at eliminating its negative consequences. The article describes the natural and geographical characteristics of transport in the Bukhara region and its impact on the environment.

Key words: Transport, environment, toxic compounds, carbon dioxide, nitrogen (IV)-oxide, lead elements, methanal, human health.

Shaharlarning vujudga kelishi va tarqqayiyoti, insonlarning ish, o'qish, ko'chish, dam olish, bozorga borish va boshqalarni osonlashtirish, mamlakat va mintaqalarning asosiy o'sish yo'nalishlarini ifodalashda uning "qovurg'asi" ya'ni transport muhim rol o'ynaydi. Bu haqda rus geograf olimi N.N.Baranskiy "Shaharlar va transport yo'llari o'zaro bog'liq va biri ikkinchisisiz bo'lishi

Nuriddinov R.M. 4th year student Geography Bukhara State University Research supervisor: Qalandarova D.D.

teacher

"Ecology and Geography" department

BukhSU

mumkin emas, shaharlar va transport yo'llari har qanday hududning asosiy qovurg'asi, qolgan barcha narsalar esa shular tufayli vujudga keladi, ularga suyanadi" deb ta'kidlagan edi. Biroq, har bir voqeilikning foydali va zararli tomonlari bo'lgani kabi transportning ham ijobiy tomonlari bilan birga atrof-muhit ifloslanishiga olib keladigan, tabiat komponentlariga salbiy ta'sir qiladigan, tirik organizmlarga xavf soladigan jihatlari mavjud. Jumladan, zaharli moddalarning havo, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslash bilan birga, transport harakatlari natijasida atrof-muhitning fizik ifloslanishi (shovqin), yo'l tirbandliklari, yo'l-transport hodisalari kabi turlicha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Transportning bir nechta turlari mavjud bo'lsada, lekin atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatish nuqtai nazaridan eng xavflisi avtomobil transporti hisoblanadi. So'nggi yillarda avtomobillardan foydalanish darajasi ortdi. Buning natijasida avtomobil transportidan atmosferaga chiqarilgan zaharli birikmalar ulushi o'tgan asrning 70-yillarida 10-15% ni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib 50% ga yetdi. Yirik shahar va zamonaviy megalopolislarda bu ko'rsatkich 65-70% ga yetishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorining har yili 3% ga ko'payishi insoniyat kelajagi uchun jiddiy xavf tug'diradi. Ma'lumotlarga qaraganda, bitta avtoulovning yoqilg'ini sarf qilish jarayonlari bir yil davomida o'rta hisobda 4 t. kislorod yutmoqda. Avtomobil dvigatelining ishlashi natijasida yiliga taxminan 800 kg is gazi, 180-200 kg uglerod va 35-40 kg azot oksidi atmosferaga chiqarilmoqda[3].

Buxoro viloyatida quruqlik transporti yaxshi rivojlanganligi bois, hududdagi qator avtomobil yo'llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Hozirgi kunda avtomobil yo'llarining umumiy uzunligi 4100 km dan ortiq bo'lib, yuk va yo'lovchilarning asosiy qismi ham avtomobil transportida tashiladi[2]. Statistika agentligining ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil 1-yanvar holati bo'yicha respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli 3 268 470 ta avtotransport vositalari qayd etilgan. Buxoro viloyatida bu ko'rsatkich 212 757 tani tashkil qilmoqda. Bu ko'rsatkich esa yuqoridagi ma'lumotlar asosida ya'ni 1 ta avtomobilning bir yil davomida o'rtacha 4 t. kislorod yutishi va insonning kunlik taxminan 25 kg kisloroddan nafas olishini inobatga olsak, viloyatimizda o'rta hisobda 93 263 kishining bir yillik kislorod iste'moliga to'g'ri kelmoqda.

O'zbekistonda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransportlar ulushiga to'g'ri keladi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi avtotransport hissasiga to'g'ri keladi. Ta'kidlash joizki, avtomobillardan chiqayotgan zaharli birikmalar - karbonat angidrid (CO2), azot (IV)-oksid (NOx), oltingugurt angidrid (SO2), qo'rg'oshin elementlari (Pbx Ely), metanal (CH2O) inson salomatligiga ham ta'sir o'tkazadi (1-rasm). Shuningdek, zararli birikmalar faoliyatini ifloslanayotgan suv, eroziyaga uchrayotgan tuproq, quriyotgan o'simliklar, kasallanayotgan hayvonlar orqali ham bilish mumkin.

1-rasm. Avtotransportdan chiqayotgan tutunning inson organizmiga ta'siri

Avtomobillardan chiqayotgan gazlar atmosfera-suv» tuproq-o'simlik-hayvon zanjirini hosil qilib, modda va energiya almashinuviga ishtirok etib, uni buzmoqda. Natijada o'simliklarda fotosintez jarayoni yaxshi kechmay, mevali daraxt va ekinlar kam hosil bo'lib,transpiratsiya (o'simliklarning tanasi orqali suvni bug'latishi) ham 3 barobarga qisqarmoqda. Masalan, qayrag'och dalalarda 300-400 yil yashasa, shahar parklarida 120-220 yil, avtomobil yo'llari atrofida 40-50 yil yashar ekan[5].

Avtotransport vositlarida etillangan benzindan foydalanish atrof-muhitning, shu jumladan tuproqning ham, qo'rg'oshin bilan ifloslanishiga olib keladi. O'rtacha yuk tashuvchi yuk avtomobili yil davomida taxminan 2,5-3 kg qo'rg'oshin chiqaradi.[4] Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, yo'l yoqasidagi tuproq yuzasida qo'rg'oshin miqdori odatda 1000 mg / kg gacha, lekin juda ko'p qatnov bo'ladigan shahar ko'chalarining changida u 5 baravar yuqori bo'lishi mumkin. Aksariyat o'simliklar tuproqdagi og'ir metallarning ko'payishiga osonlikcha toqat qiladilar; faqat qo'rg'oshin miqdori 3000 mg / kg dan oshganda jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Hayvonlarning ozuqasida esa 150 mg / kg qo'rg'oshinning bo'lishi yetarlicha xavf tug'diradi[1].

Suv obyektlarining ifloslanishi transport chiqindilarining yer yuzasiga oqim havzalarida, yer osti suvlariga va to'g'ridan-to'g'ri ochiq suv havzalariga tushishi natijasida yuzaga keladi. Viloyatimizda yirik gidrografik obyektlarning yo'qligi sababli suv transporti shakllanmagan. Quruqlik transportlarining aksariyati daryo va ko'llardan uzoqda qurilganligi suv obyektlarining to'g'ridan-to'g'ri ifloslanishi kabi salbiy jarayonlar bevosita kuzatilmaydi. Biroq, quruqlik

transportidan chiqayotgan zararli gazlar atmosferadan yog'inlar shaklida tushib tuproq va yer osti suvlariga oz miqdorda bo'lsada o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Buxoro viloyati iqtisodiyoti uchun avtomobil transportidan keyingi o'rinda turuvchi temir yo'l transportida ko'mir yoqish orqali atmosferaga issiqxona gazlari va zaharli moddalar: karbonat angidrid, metan, uglerod oksidi, azot oksidi, oltingugurt dioksidi va turli zaharli kimyoviy zarrachalar chiqarilmoqda. Poyezdlarning harakati ma'lum ekotizim uchun shovqin va tebranishning asosiy manbai bo'lib, qush va hasharotlar sonining kamayishiga olib kelmoqda.

Turli tabiiy sharoit va iqlimiy xususiyatlarda faoliyat ko'rsata oladigan, tashishdagi yo'qotishlar minimal darajada bo'lgan quvur transporti ahamiyati jihatidan avtomobil va temir yo'l transportidan kam emas. Biroq, boshqa transport tarmoqlari kabi quvur transportining ham atrof-muhitga ta'siri bilinadi. Gaz va neft quvurlarini yotqizilishi bir qator ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin (trubaning yorilishi va neft va gazning chiqishi, trubani yotqizish paytida tabiiy qobiqning buzilishi, shimoliy hududlarda quvurlarning yer ustida yotqizilishi hayvonlarning tabiiy migratsiyasiga to'siq bo'ladi).

Yuqorida qayd etilgan bir qancha zararli oqibatlarni oldini olish, atrof-muhitga, jumladan atmosferaga transport vositalarining ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning 15-16-17-moddalarida alohida qayd etib o'tilgan. So'nggi yillarda "ekologik toza" hisoblangan elektromobillarni ommalashtirish bo'yicha prezident qarorlarining imzolanishi, sanoat korxonalaridan atmosfera va atrof-muhitga chiqayotgan chiqindilar salmog'inining pasayishi yaqin kelajakda ekologik holatning yaxshilanishiga turtki bo'lmoqda.

Har qanday ekologik muammoni har tomonlama va global miqyosda harakat qilib, birlashib hal etish mumkin. Avtomobillarning ekologik muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha quyidagi xulosa va takliflarni ta'kidlash mumkin:

- transport turlarida yuqori sifatli tozalangan yoqilg'idan foydalanish;

- muqobil energiya manbalaridan foydalanib harakatlanuvchi transport vositalari ishlab chiqish;

- elektromobillardan foydalanuvchilar sonini ko'paytirish;

- jamoat transportidan foydalanishni oshirish va h.k.;

-eng kamida oyida ikki marta transportsiz kun tashkillashtirish atrof-muhit holatini ijobiy tomonga o'zgarishiga turtki bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Денисов В.В., Курбатова А.С., Денисова И.А. и др. Экология города: Учеб. пособие / под ред. проф. В. В. Денисова. — М.-Ростов н/Д: ИКЦ «MapT», 2008.

2. Nuriddinov R.M. Transport tarmoqlari - hudud iqtisodiy va strategik taraqqiyotining muhim omili sifatida (Buxoro viloyati misolida) // Educational

Research in Universal Sciences.-2023.- №8. - URL: http: //erus .uz/index.php/er/article/view/3683

3. Салимова Ю.В., Петрова Е.Ю. Негативное влияние транспорта на окружающую среду. https://cyberleninka.ru/article/n/negativnoe-vliyanie-transporta-na okruzhayuschuyu-sredu/viewer

4. Чомаева М. Н., Байрамкулова А. Р. Перспективы разрешения экологической проблемы загрязнения атмосферы выбросами автотранспорта // Вопросы науки: Естественно-научные исследования и технический прогресс: материалы Всероссийской научно-практической конференции. - г. Воронеж, 2014. - С. 82-86.

5. www.elib.buxdu.uz

6. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.