Научная статья на тему 'BUXGALTERIYA HISOBINING HALQARO MODELLARI ISLOM MODELI HAMDA KLASSIK MODELLAR OʻRTASIDAGI FARQLAR'

BUXGALTERIYA HISOBINING HALQARO MODELLARI ISLOM MODELI HAMDA KLASSIK MODELLAR OʻRTASIDAGI FARQLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
901
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
buxgalteriya hisobi / model / buxgalteriya hisobi modeli / islom buxgalteriya hisobi / anglo-amerika modeli / kontinental model. / Accounting / model / accounting model / Islamic accounting / AngloAmerican model / continental model.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibroxim Nabiyevich Ismanov, Boxodirjon Akramjonovich Axmadaliyev

Maqolada buxgalteriya hisobi modellari xususiyatlari bayon etilib, ular orasidagi bir-biridan farqli tomonlari tahlil etilan. Buxgalteriya hisobi modellarining vujudga kelish nuqtalari haqida mulohaza yuritildi. Islom buxgalteriya hisobini zamonaviy buxgalteriya hisobi modellari shakilanishidagi o„rni va bevosita rivojlanishiga qoʻshayotgan hissa naqadar yuksakligi ochiqlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the features of accounting models and analyzes various aspects between them. A review of the points of contact of accounting models was conducted. The role of Islamic accounting in the formation of modern accounting models and its contribution to the direct development of accounting is clearly explained.

Текст научной работы на тему «BUXGALTERIYA HISOBINING HALQARO MODELLARI ISLOM MODELI HAMDA KLASSIK MODELLAR OʻRTASIDAGI FARQLAR»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-510-515

BUXGALTERIYA HISOBINING HALQARO MODELLARI ISLOM MODELI HAMDA KLASSIK MODELLAR O'RTASIDAGI FARQLAR

Ibroxim Nabiyevich Ismanov

Farg'ona Politexnika Instituti, "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi, i.f.d., professor, E-mail: [email protected]

Boxodirjon Akramjonovich Axmadaliyev

Farg'ona Politexnika Instituti, mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada buxgalteriya hisobi modellari xususiyatlari bayon etilib, ular orasidagi bir-biridan farqli tomonlari tahlil etilan. Buxgalteriya hisobi modellarining vujudga kelish nuqtalari haqida mulohaza yuritildi. Islom buxgalteriya hisobini zamonaviy buxgalteriya hisobi modellari shakilanishidagi o'rni va bevosita rivojlanishiga qo'shayotgan hissa naqadar yuksakligi ochiqlab berilgan.

Kalit so'zlar: buxgalteriya hisobi, model, buxgalteriya hisobi modeli, islom buxgalteriya hisobi, anglo-amerika modeli, kontinental model.

ABSTRACT

The article describes the features of accounting models and analyzes various aspects between them. A review of the points of contact of accounting models was conducted. The role of Islamic accounting in the formation of modern accounting models and its contribution to the direct development of accounting is clearly explained.

Keywords: Accounting, model, accounting model, Islamic accounting, Anglo-American model, continental model.

KIRISH

Zamonaviy dunyoda aksariyat yirik va o'rta kompaniyalar o'zlarining barcha foydalanuvchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun bir vaqtning o'zida bir nechta moliyaviy hisobot paketlarini shakllantiradilar. [2] Shu bilan birga, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan kompaniyaning biznes operatsiyalari barcha hisobot paketlari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-510-515

uchun bir xildir. Farqlar ushbu voqealar qanday aks ettirilishi va oshkor qilinishi, qanday talqin qilinishi va foydalanuvchilarga qanchalik batafsil taqdim etilishida namoyon bo'ladi.

Shu munosabat bilan ko'p qiraliy buxgalteriya hisobini yuritish uchun buxgalteriya registrida maxsus hisob modelini ishlab chiqish vazifasi dolzarb bo'lib qoladi. [8-10] Bunday model, bir tomondan, kompaniyaga ma'lumotlarning takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik va buxgalteriya jarayoni sxemasini soddalashtirishga imkon beradi, boshqa tomondan — mavjud hisob modelining barcha kamchiliklarini zararsizlantirish va shu bilan yangi afzalliklarga erishish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Hozirda juda ko'plab hisob tizimi bilan bog'liq adabiyotlarda buxgalteriya hisobining otasi bo'lgan Luca Pacioli tomonidan 1494-yilda Italiyada ikki yoqlama yozuv usuliga asos solingan hisob tizimi yaratilganligini qayd etilgan. Lekin Islom buxgalteriya hisobi tizimiga asosan esa, Luca Paciolidan 800-yil oldin taxminan 610-yillarda Payg'ambarimiz Muxammad s.a.v tomonidan savdo va tijorat faoliyati bilan shug'ulangan davrlarida ushbu hisob tizimiga asos solingan (Amela, 2015). Ya'ni iqtisodiy va hisob ishlarini olib borish tartiblari Qur'onda ko'rsatib o'tilgan. [1-4-6]

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yozishda quyidagi metod va usullar qo'llanildi: tizimli, omiliy va qiyosiy tahlil, axborotni qayta ishlashning usullari.

MUHOKAMA VA NATIJA

Islom davlatlari buxgalteriya hisobiga asosan davlat va xususiy sektor tomonidan operatsiyalar va xodisalarni aks ettirishda quyidagilarga amal qilinadi:

- operatsiyalar o'z vaqtida sodir etilgan paytda hisobga olinadi;

- operatsiyalar ularning tabiatidan kelib chiqib tasniflanadi;

- kirimlar (tushum) xujjatning o'ng tomonida aks ettiriladi, chiqimlar (xarajatlar) esa chap tomonidan aks ettiriladi;

- operatsiyalar o'rtasida bo'sh joy bo'lmasligi kerak;

- qayd etilgan peratsiyalarni tuzatishga, ustiga yozishga yoki o'chirishga ruxsat etilmaydi;

- oylik va yillik hisobotlar tayyorlanadi;

- yillik hisobotlar tekshiriladi va o'tgan yilgi hisobotlarga solishtiriladi (audit qilinadi).

Islom hisobida moliyaviy hisobotlarning turi: moliyaviy holati hisoboti,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-510-515

daromad hisoboti, pul oqimi hisoboti, kapitalning o'zgarishi to'g'risidagi hisobot. Hozirgi kunda Islom buxgalteriya hisobining rivojiga bevosita hissa qo'shayotgan tashkilot bu Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions (AAOIFI)) bo'lib, unga 1990-yilda Baxreinda asos solingan. [3] Ushbu tashkilotning hozirgi kunda 45 ta turli davlatlardan 200 dan oshiq a'zosi mavjud. Ushbu tashkilot tomonidan 85 ta standart ishlab chiqilgan bo'lib ular quyidagilardan iborat:

• Buxgalteriya hisobi standarti (26 ta);

• Audit standarti (5 ta);

• Boshqaruv standarti (davlat boshqaruvi 5 ta);

• Etika standarti (2 ta);

• Sharii standartlar (45 ta).

Islom davlatlarida davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning turlari quyidagilardan iborat (Malayziya): Kirim va chiqimlar hisobi, Buxgalteriya balansi, moliyaviy faoliyat to'g'risidagi hisobot, aktivlar va majburiyatlar hisoboti, pul oqimlari hisoboti, fondlarning o'zgarishi to'g'risidagi hisobot.

Shuningdek, buxgalteriya hisobining klassik modellar hisoblangan Anglo-Amerika modeli va Kontinental modellardagi ba'zi o'ziga hos bo'lgan xususiyatlarini ko'rib chiqsak.

2001-yil Xitoyning Pekin shahrida Byudjetni tuzish va byudjet hisobini takomillashtirish mavzusida bo'lib o'tgan Halqaro miqiyosdagi simpozium juda ko'plab rivojlangan davlatlarning byudjet sohasidagi iqtisodchi olimlarni bir joyga fikr almashish uchun jamladi. [5-7]

Halqaro modellarni o'rganib, o'z amaliyotida qo'llash uchun strategik maqsadlarni qo'ygan davlatlardan biri Xitoy bo'lib, u byudjetlashtirish va byudjet hisobi tizimida islohotlarni intensiv ravishda amalga oshirgan tajribali davlat sifatida qaraladi. Aynan xitoyliklar islohotlarni amalga oshirishda o'zlariga hamkor sifatida (eng yaxshi tajribalilar) G'arb davlatlarini tanlashgan.

Jeyms Channing fikricha, G'arbda buxgalteriya hisobi sohasidagi ikkita maktablar mavjud bo'lib, ular amaliy tajribalarning namunalari sifatida tan olingan. Ushbu modellar Anglo-Amerika modeli va Kontinental Yevropa modellaridir. [9-10]

Buxgalteriya hisobi modellarining klassik modellari bo'lgan Anglo- Amerika modeli va Kontinental modellarni bir-biridan farqli tomonlarini quyidagicha tahlil qilib chiqamiz. (1-jadval).

1-jadval.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-510-515

Klassik modellar o'rtasidagi farq1.

Ko'rsatkichlar

Anglo-Amerika modeli

Kontinental model

Soliq solish bilan

bog'liq

muomalalar

Hisob tizimi iqtisodiy me'yorlar asosida tartibga solinadi

Hisob tizimi Davlat tomonidan tartibga solinadi

Schyotlar rejasi

Ko'plab tarmoqlar bo'yicha maxsus schyotlar rejasiga egaligi

Yagona milliy schyotlar rejasiga egaligi

Hisob qoidalari soliq qonunchiligi talablariga bo'ysunishi

Soliq tizimining mustaqilligi unga mos soliq hisobini yaratish bilan ta'minlanadi.

Hisob tizimi qoidalari soliq qonunchiligi

talablariga bo'ysunadi.

Kapitalning xarakatlanishi

Kapital fond tizimi orqali xarakatlanadi

Kapital xukumat nazorati ostida bank tizimi orqali xarakatlanadi

Natijasi bilan qiziquvchilar

Yakuni investor va mulk egasining iqtisodiy qiziqishiga bog'liq

Yakuni

qonuniy

bog'liq

Davlatning qiziqishiga

Rivojlanishi bilan

bog'liq

muomalalar

Buxgalterlar va

muxandislarning ta'siri

natijasida rivojlanadi

Hisob tizimi qonunchilik me'yorlari orqali

rivojlantiriladi

Hisobotdagi foyda

Soliqqa tortiladigan foyda bilan tashqi moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan foyda orasida bog'liqlik sezilarli darajada emas

Soliq organlari uchun tuzilgan hisobot tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilgan hisobot bilan bir xil bo'lishi kerak

Tizim bilan bog'liq me'yorlarning o'rnatilishi

Moliyaviy hisobotlarni

tayyorlash tamoyili va

qoidalarini tartibga solish

professional buxgalterlar qo'lida

Hisobotlarni tuzish qoidalari davlat organlari tomonidan belgilanadi.

1. Rasm muallif tomonidan tayorlangan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-510-515

XULOSA

Xulosa va takliflar. Yuqoridagilardan Kontinental model O'zbekiston uchun ko'praq ijobiy hisoblanadi. Chunki O'zbekiston hisob tizimida yaгatilgan imkoniyatlar ushbu modelga mos tushadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"Agar xorijiy modellar asosida byudjet xisobini tashkil etish va yuritishning ijobiy tomonlari mavjud bo'lsa, uni amaliyotga tadbiq etish uchun O'zbekiston byudjet tizimida yana qanday isloxot^ o'tkazilishi kerak hamda qanday me'yoriy-xuquqiy x^jat^ talab etiladi?" savoli yuzasidan kelib chiqadigan bo'lsak, ushbu savolga hozirda mamlakatimiz tomonidan tadbirkorlik subyeklariga yaratilayotgan imkoniyatla^ mulk egalaгining mulklaгining dahlsizligi bilan bog'liq chora-tadbiгlaгni qo'llab quvvatlab, Anglo-Ameгika modelining ba'zi jixatlarini qo'llash mumkin. Chunki hoziгgi davlatimiz tomonidan ilgaгi suгilayotgan g'oya, investomi O'zbekistonga jalb qilish muammolaгiga ham aynan Anglo-Amerika modeli qo'l keladi.

REFERENCES

1. Исманов, И. Н., & Савинова, Г. А. (2021). Сопоставление Некоторых Аспектов Национальных Стандартов Бухгалтерского Учета и МСФО. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 14-19.

2. Исманов, И. Н. (2021). КОНСОЛИДАЦИЯЛАШГАН ХИСОБОТ ТУЗИШ ВА ТАВДИМ ЭТИШНИНГ МОХДЯТИ ВА МА^САДИ ЦЕЛЬ ПОДГОТОВКИ И ПРЕДСТАВЛЕНИЯ ОБЪЕДИНЕННОГО ОТЧЕТА PURPOSE AND PURPOSE OF PREPARING AND PRESENTING A CONSOLIDATED REPORT. Таълим тизимида ижтимоий-гуманитар фанлар, 151.

3. Ismanov, I. N., & Axmadaliev, B. (2021). Factors Influencing The Formation Of International Budget Accounting Systems. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(09), 21-30.

4. Ismanov, I. N., & Moydinov, E. D. (2020). Concept of importance in audit planning and execution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(7), 381-391.

5. Исманов, И. (2021). UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH. Scienceweb academic papers collection.

6. Рудановский, А. П., & Исманов, И. Н. (2019). О ПРЕДМЕТЕ «БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА» ABOUT THE SUBJECT OF «ACCOUNTING

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-510-515

ACCOUNTING». ББК 65.052 Б 94, 112.

7. Исманов, И. Н., & Хабижонов, С. К. У. (2019). Вопросы совершенствования бухгалтерского учета долгосрочных активов. Вестник науки и образования, (10-4 (64)), 41-45.

8. Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., & Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress, 3(1), 927-933.

9. Кудбиев, Д. (2022). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ АРЕНДЫ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ И ИХ УЧЕТ. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(1), 57-62.

10. Atabayeva, Z. A. (2022, March). ACCOUNTING POLICY OF THE ORGANIZATION AND ITS CONNECTION WITH TAX PLANNING. In E Conference Zone (pp. 35-38).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.