Научная статья на тему 'BUG’-GAZ QURILMASI GRADIRNYASIDAGI AYLANMA SUV ISROFINI KAMAYTIRISH'

BUG’-GAZ QURILMASI GRADIRNYASIDAGI AYLANMA SUV ISROFINI KAMAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoqilg'i / energiya / Mexanik / deformatsiya / korroziya / eroziya / pog’ona / atmosfera / harorat / xizmat ko'rsatish suvi / sirkulyatsiya / kondensator / bug' turbinasi / bug' kondensatsiyasi / fuel and energy / Mechanical / deformation / corrosion / erosion / bounce / atmosphere / temperature / maintenance water / circulation / condenser / steam turbine / steam condensation

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Dadaboyev Qobilbek Qosimjon O’G’Li

Ushbu ish suv sovutish minorasidagi texnik suv isrofini kamaytirishga qaratilgan.Tushintirish yosuvida apparat va uning turini va unning dizayn o'lchamlarini tanlash mumkin bulgan material, gidravlik va dinamik hisob-kitoblar aks ettirilgan jarayonning harorat diogrammasi, jarayonning texnologik diogrammasi apparatning assosiy elementar eskizlari ham ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELIMINATION OF TECHNICAL WATER WASTE AT HEATING POWER STATIONS

This work is devoted to the calculation of the cooling tower.The explanatory note reflects the material, thermal, hydraulic calculations, guided by which it is possible to select the type of paratus and its design dimensions. The temperature diagram of the process, the technological diagram of theprocess, the structural diagram of the apparatus, sketches of the main elements of the apparatus are also shown.

Текст научной работы на тему «BUG’-GAZ QURILMASI GRADIRNYASIDAGI AYLANMA SUV ISROFINI KAMAYTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BUG'-GAZ QURILMASI GRADIRNYASIDAGI AYLANMA SUV ISROFINI

KAMAYTIRISH Dadaboyev Qobilbek Qosimjon o'g'li

Namangan muhandislik texnologiya instituti "Energetika" kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.6667487

Anotatsiya. Ushbu ish suv sovutish minorasidagi texnik suv isrofini kamaytirishga qaratilgan.Tushintirish yosuvida apparat va uning turini va unning dizayn o'lchamlarini tanlash mumkin bulgan material, gidravlik va dinamik hisob-kitoblar aks ettirilgan jarayonning harorat diogrammasi, jarayonning texnologik diogrammasi apparatning assosiy elementar eskizlari ham ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: yoqilg'i, energiya, Mexanik, deformatsiya, korroziya, eroziya, pog'ona, atmosfera, harorat, xizmat ko'rsatish suvi, sirkulyatsiya, kondensator, bug' turbinasi, bug' kondensatsiyasi

ELIMINATION OF TECHNICAL WATER WASTE AT HEATING POWER

STATIONS

Abstract. This work is devoted to the calculation of the cooling tower.The explanatory note reflects the material, thermal, hydraulic calculations, guided by which it is possible to select the type of paratus and its design dimensions. The temperature diagram of the process, the technological diagram of theprocess, the structural diagram of the apparatus, sketches of the main elements of the apparatus are also shown.

Keywords: fuel and energy,Mechanical, deformation,corrosion, erosion, bounce, atmosphere, temperature, maintenance water, circulation, condenser, steam turbine, steam condensation

ЛИКВИДАЦИЯ ТЕХНИЧЕСКИХ СТОЧНЫХ ВОД НА ТЕПЛОВЫХ

СТАНЦИЯХ

Аннотация. Данная работа направлена на снижение технических потерь воды в градирне.Пояснительный текст содержит материальные, гидравлические динамические расчеты, из которых можно выбрать аппарат, его тип и конструктивные размеры.Показаны также температурная схема процесса, технологическая схема процесса, основные элементарные схемы аппарата.

Ключевые слова: топливо, энергия, механическая, деформация, коррозия, эрозия, скачок, атмосфера, температура, техническая вода, циркуляция, конденсатор, паровая турбина, конденсация пара

KIRISH

Suv sovitish minorasi - Umumiy tsikl bo'ylab sovitish tizimida va kondensatordagi kondensatsiyalash jarayonida ishtrok etuvchi "Tehnik suv"ni tsikldan qaytib kelgandan so'ng haroratini pasaytirish uchun xizmat qiladi. U harorati 55-60 0 C li aylanma suvdan issiqlikni olib tashlaydi va bu issiqlikni keladigan havo oqimiga o'tkaziadi natijada sovitish tizimini doimiy 16-170C haroratli tehnik suv bilan ta'minlaydi. [1]

Dunyo tajribasini ko'rib chiqdigan bo'lsak ko'rinadiki tehnik suvni sovutish tizimida har xil uslubar mavjud ; ochiq basseynli , purkagichli basseynli va sovituvchi minorali. Bu uslublar ichida iqtisodiy va ekologik tomondaneng optimal tanlov bu sovituvchi minorali uslubdir chunki

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qolgan uslublardagi kabi katta maydon talab etmaydi va suv sovitish quvvati va miqdori katta,ish unumdorligi yuqori. Shuning uchun so'ngi yillarda dunyo mamlakatlari faqat sovituvchi minorali uslubdan foydalanishmoqda. Ana endi havo parrakli sovituvchi minoraning tehnik ko'rsatkichlarini boshidan ko'rib chiqamiz. Buni biz yana To'raqo'rg'on IESda barpo eilgan sovituvchiminora (gradirniya) misolida ko'rishimiz mumkin.

a b

1-rasm.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Texnik suv sovitish tizimi minoraga umumiy tizimdan qaytayotgan issiq suv quvirlaridan boshlanadi. Gradirniya blogiustki qismida aylana ko'rinishidagi havo so'ruvchi parrakli tuyniklar mavjud bo'lib ular pastdagi issiq havoni yuqoriga tortadi. Bunday tuyniklardan 2 ta 450 mvt quvvatli bug' gaz qurilmali blok uchun 11 tadan jami 22ta tuynik xizmat qiladi.[2]

Yo'qotilayotgan texnik suv miqdori va qiymatining xisobi

Texnik suv sovutish jarayoni sodir bo'lish davomida havo parraklari havoni yuqoriga tortadi.Suv purkagichlar esa suvni parrak ostidan pastga qarab purkaydi. O'rtada esa suv va havo to'qnashish mobaynida harorat almashinuv jarayoni sodir bo'lib havo harorati oshgan holatda so'rib chiqariladi. Bu yerda esa chiqarib yuborilayotgan havo bilan birga texnik suv zarralari ham atmosferaga chiqarib yuboriladi bu holatni men texnik suv isrofi deb baholayman chunki texnik suvni tayyorlash jarayoni ham bir muncha murakkab jarayonlardan iborat bo'lib texnik suvning yo'qotilishi korxona uchun iqtisodiy yo'qotish hisoblanadi . Chunki o'rtacha hisobda olsak, 450 Mwt quvvatli 2 ta blok uchun sovituvchi minorada har bir blok uchun 10 tadan jami 20 ta havo parragi ishlab tursa odatiy mavsum almashinishini ham xisobga olgan holda hozirda yillik o'rtacha yo'qotish xisobi 1100 m3/ soatni tashkil etmoqda [3]. Chunki har soatda texnik suv zaxirasiga berilayotgan, yo'qotilgan texnik suv o'rnini to'ldiruvchi suv miqdori aniq. Shundan deyarli 600 m3 suv sovituvchi minorada yo'qotiladi. Buning 50% i bug' 50% i esa suv zarralari va tomchilari (spray) ko'rinishida ochiq atmosferaga havo bilan so'rib chiqarib yuborilmoqda demak har soatda atmosferaga 300 m3 ya'ni 300 tonna texnik suv suv zarralari va tomchilari ko'rinishida havo bilan chiqib ketmoqda . Stansiya texnik suvni tayyorlash jarayonida nasoslar uchun , qayta ishlash uchun elektr energiyasi, hamda kimyoviy ishlov berish, suv muhitini yahshilash uchun, tuzsizlantirish uchun kimyoviy reagent moddalar v sarflaydi shularni hammasini hisobga olganda.1 m3 texnik

suvni tayyorlash va qayta ishlash uchun stansiya o'rtacha 45 000 so'm sarf xarajat qilmoqda. Demak har soatda 27 000 000 so'm sutkasiga esa 648 000 000 so'm evaziga tayyor bo'lgan tehnik suv havoga uchirilmoqda. [4] TADQIQOT NATIJALARI

Bu yo'qotish albatta ko'pdek tuyiladi lekin bu miqdor avvalgi texnologiya asosida sovutishda yo'qotilgan miqdorga qaraganda ancha kam. Chunki avvalgi texnologiyalar asosida ishlovchi sovutish minoralarida yo'qotish ancha ko'p bo'lgan misol uchun 450 mvtquvvatli 2 ta blok uchun ishlatilgan gradirniyaning suv yo'qotish miqdori o'rtacha 1800 m3ni tashkil etar edi. Shu ko'rsatkichlarning o'zi ham aytib turibdiki zamonaviy tehnologiya eskisiga qaraganda ancha samarador. Biroq shu zamonaviy tehnologiya ham yo'qotishlardan holi emas. Aynan mana shu yo'qotishlarni ham bartaraf etishni biz oldimizga maqsad qilib qo'ydik.[5]

Isrofni kamaytirish uchun tavsiya etilayotgan pog'onali suv tutgich qurilmasi haqida umumiy ma'lumotlar

Avvalambor oldimizda turgan muammoni yaxshilab taftish etib olamiz. Gradirniyada yo'qotilayotgan tehnik suv suv bug'I va oqim kuchi hisobiga suv zarralari shaklida yo'qotilmoqda. Biz hozir suv bug'ini ushlab qolishni emas balki suv zarralarini isrofini kamaytirishni o'z oldimizga maqsad etib belgilaymiz. Chunki suv bug'ini ushlab qolish bir muncha murrakabliklarga ega . Suv zarralarini isrofini esa tehnik uslub

bilan kamaytirsa bo'ladi. Buning uchun Ventelyatorning ustki qismiga havo oqimiga to'siq bo'lmaydigan, ammo suv zarralarini ushlab qoluvchi suv tutgich pog'onalarni o'rnatishimiz kerak. Bu qurilmamiz shunday bo'lishi kerakki suv zarralarini ushlab qolib bir joyga yeg'ib bersin ammo havoni chiqib ketishiga to'sqinlik qilmasin. Biz tavsiya etayotgan pog'onali suv tutgich pog'onalar huddi shunday imkoniyatlarga ega. Bu qurilmamiz ventyelyatorning ustki qismiga maxkamlab o'rnatiladi. [6]

Pog'onali suv tutgich qurulmasining o'rnatilishi

Tavsiya etilayotgan pog'onali suv tutgich qurilmamiz albatta bir necha talablarga javob berishi lozzim.

chiqishiga halaqit bermasligi. Favqulotda holatlar uchun onson bo'shatilib bo'laklarga ajrashi.Albatta tuz zarralari yeg'ilib pog'onalar orasida shlak qatlamlarini hosil qilish xavfi mavjud. Shuning uchun tozzalash ishlarini olib borilkishi uchun bo'shatilishi mumkin.

1. Qurilmaning ish unumdorligi o'zini oqlashi.

2. Imkon boricha sodda tuzilishga ega bo'lishi.

3. Ishchi holatda energiya talab etmasligi.

4. Mehanik deformatsiyaga chidamliligi.

5. Kimyoviy korroziya va erroziyaga bardoshliligi.

6. Ventelyator dvigateliga zoriqish kelmasligi uchun havoning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2-rasm.

MUHOKAMA

Ana endi oldimizda turgan xar bitta talabga alohida yondashamiz. Pog'onali suv tutgich qurilmamiz tuzilishi gaz turbina parraklarini eslatib yuboradi.Ya'ni 4 ta pog'onadan iborat, maxsus suv tutgich kanaliga ega panellardan tashkil topadi.[7]

3-rasm

Qurilmamiz aylanasi diametri ham ventelyator tuynigi diametriga mos ravishda 970 sm ni tashkil etadi. Tuynik gumbaziga mos ravishda aylanasiga 8 ta maxkamlash boltlari bilan kontaktli maxkam briktiriladi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

4-rasm

Panelning suv kanali shunday tuzilishga egaki u sirpanib kelayotgan suvni ichki kanal boylab o'tkazib yuboradi . O'takazilgan suv zaarralari yeg'ilib kanal bo'ylab harakatlanadi. Chunki panellar aylana markazi boylab 30o qiyalikda o'rnatiladi. Ana shunda suv kanalida yeg'ilgan suv aylana chetiga qarab oqa boshlaydi. Suv kanali bo'ylab harakatlanib borgan suv aylana bo'ylab panellar chetiga briktirilgan suv quviriga borib tushadi. Markaziy suv qaytarish quviri orqali suv sovutish minorasi suv zaxirasiga quyiladi . [8]

Qurilmamiz panellari shunday tuzilishga egaki u maxsus 70o qiyalik ostida o'rnatiladi va suv zarralari panel yuzasiga urilgach , havo oqimi hisobiga panel bo'ylab yuqoriga harakatlanadi va panel yuqori qismidagi maxsus suv kanaliga oqib kiradi va suv kanali bo'ylab harakatlanadi. Havo oqimi esa kanal kirish qismidagi bodomsimon tuzilish tufayli kanalga kirmasdan, kanalniing ustki qismi bo'ylab yuqoriga sirpanishda davom etadi va 4 ta pog'onadan so'ng atmosferaga chiqib ketadi

5-rasm.

Panellar bir-biriga gorizantal yo'nalish bo'yicha parallel 16 ta panel, vertikal yo'nalish bo'yicha esa zig-zagsimon ko'rinishda 4 ta pog'ona joylashadi. Umumiy panellar soni bitta qurilmada 64 ta yetadi. Ana shunda havo oqimidagi suv zarralarini ko'proq ushlab qolish imkoni yaraladi.

XULOSA

Qurilmamiz hozir faqat suv zarralarini ushlab qoladi. Suv bug'i esa havo oqimi bilan atmosferaga chiqib ketadi. Qurilmamiz albatta doimiy suv bilan ishlar ekan korroziyaga chidamli materialdan yasalishi lozim. Bunday materiallarr turi bugungi kunda bir talay ammo iqtisodiy jihatdan eng optimal tanlov bu FRP(shisha tolali brikma) gradirniya quvirlari va apacumeльlar ham shu materialdan yasalgan bu brikma kimyoviy ta'sirlarga va korroziyaga chidamli, tuzlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bundan tashqari FRP kristal panjaralar aro bikirligi yuqoriligi tufayli mehanik huddi po'lat kabi mustaxkam . Narhi esa qimmat emas ya'ni po'latdan arzon. Agar biz umumiy sovutish minorasi uchun jami 22 ta shunday qurilmani o'rnatsak yo'qotilayotgan texnik suv zarralarini va tomchilarini 65- 70% ini ushlab qolamiz . Ya'ni umumiy 600 m3/soatyo'qotishning 50%i bug' 50%i suv zarralari va tomchilari ko'rinishida bo'lsa 300 m3 suv zarralari va tomchilari ko'rinishida bo'ladi . Ushlab qolingan 65% tehnik suv 195 m3 ni tashkil etmoqda. Agar buni pulga chaqadigan bo'lsak har soatda iqtisod qilingan mablag' 8 775 000 ni tashkil etadi. Soatiga yo'qotilayotgan mablag' 27 000 000 edi. Bu esa umumiy mablag'ni 32.5% ini tashkil etadi.Bu ventelyator tuynigi orqali

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yo'qotilayotgan isrofni 32.5%i demak. Agarda bu qurilmamiz ishlab chiqarishda joriy etilsa qurilmamiz o'z sarf xarajatini albatta oqlaydi va bu orqali stansiya yanada iqtisodiy samaradorlikka erishadi. Umid qilamizki bu bilan biz yurtimiz ravnaqiga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Alimbayev A.U. "Sanoat issiqlik elektr stansiyalari" Tosh DTU 1998 y.

2. MITSUBISHI HITACHI POWER SYSTEMS kompaniyasi To'raqo'rg'on IES qurilish konstruktiv loyixasi kitobi 3-jild

3. To'raqo'rg'on IES ma'lumotlar ishchi grafigi.

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

7. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47

8. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue,15-21

9. Отамирзаев, Д. Р., Эргашев, С. Ф. (2020). Определение эффективности солнечных фотоэлктрических установок при комбинированной выработке тепловой и электрической энергии . "EPRA International Journal of Multidisciplinary Research", 7(6), 388-393.

10. Dilmurod Askarov. (2020). Gas piston mini cogeneration plants-a cheap and alternative way to generate electricity. "Интернаука", 44-3, 16-18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.