Научная статья на тему 'BOYOVUT TUMANINING HOZIRGI DAVRDAGI UMUMIY VA XUSUSIY SUV-TUZ BALANSLARI'

BOYOVUT TUMANINING HOZIRGI DAVRDAGI UMUMIY VA XUSUSIY SUV-TUZ BALANSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
34
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv-tuz balansi / aeratsiya zonasi / meliorativ rejim. / water-salt balance / aeration zone / reclamation regimeb

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xoʻjaqulov Rustam, Islomov Sobirjon Ahmad Oʻgʻli

Boyovut tumanidagi sug‘oriladigan maydonning aeratsiya zonasi suvtuz balanslari xisoblariga qaralganda, vegetatsiya davrida sug‘oriladigan maydonlardan bо‘ladigan evapotraspiratsiyaning dalaga berilgan suvga nisbatan kо‘p bо‘lganligi sababli aeratsiya zonasi gektariga 4366m3 suvni sizot suvlaridan kapilyarlar orqali о‘ziga tortib olgan, buning natijasida aeratsiya zonasidan 22,77 t/ga tuz kiryapti. Novegetatsiya davrida esa aksincha atmosfera yog‘inlari hamda kanallardan berilgan suv evapotraspiratsiyaga nisbatan kо‘p bо‘lgan, natijada gektariga 2664m3 suv va 30,68 t/ga tuz aeratsiya zonasidan sizot suvlariga qо‘shilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT GENERAL AND SPECIAL WATER AND SALT BALANCE OF BOYOVUT DISTRICT

According to the water-salt balance of the aeration zone of the irrigated area in Boyovut district, due to the fact that evapotranspiration from irrigated areas during the growing season is higher than the field water, the aeration zone absorbs 4366 m3 of water per hectare from groundwater through capillaries. as a result of which 22.77 t / ha of salt enters from the aeration zone. During the novelty period, on the other hand, atmospheric precipitation and water from canals were higher than evapotranspiration, resulting in 2,664 m3 of water per hectare and 30.68 t / ha of salt added to groundwater from the aeration zone.

Текст научной работы на тему «BOYOVUT TUMANINING HOZIRGI DAVRDAGI UMUMIY VA XUSUSIY SUV-TUZ BALANSLARI»

VA

Xo'jaqulov Rustam, Islomov Sobirjon Ahmad o'g'li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Annotatsiya: Boyovut tumanidagi sug'oriladigan maydonning aeratsiya zonasi suv-tuz balanslari xisoblariga qaralganda, vegetatsiya davrida sug'oriladigan maydonlardan bo 'ladigan evapotraspiratsiyaning dalaga berilgan suvga nisbatan ko 'p bo 'lganligi sababli aeratsiya zonasi gektariga 4366m3 suvni sizot suvlaridan kapilyarlar orqali o 'ziga tortib olgan, buning natijasida aeratsiya zonasidan 22,77 t/ga tuz kiryapti. Novegetatsiya davrida esa aksincha atmosfera yog 'inlari hamda kanallardan berilgan suv evapotraspiratsiyaga nisbatan ko'p bo'lgan, natijada gektariga 2664m3 suv va 30,68 t/ga tuz aeratsiya zonasidan sizot suvlariga qo 'shilgan.

Kalit so'zlar: suv-tuz balansi, aeratsiya zonasi, meliorativ rejim.

CURRENT GENERAL AND SPECIAL WATER AND SALT BALANCE OF

BOYOVUT DISTRICT

Xojaqulov Rustam, Islomov Sobirjon Akhmad ogli

Karshi engineering and economics institute

Abstract: According to the water-salt balance of the aeration zone of the irrigated area in Boyovut district, due to the fact that evapotranspiration from irrigated areas during the growing season is higher than the field water, the aeration zone absorbs 4366 m3 of water per hectare from groundwater through capillaries. as a result of which 22.771 / ha of salt enters from the aeration zone. During the novelty period, on the other hand, atmospheric precipitation and water from canals were higher than evapotranspiration, resulting in 2,664 m3 of water per hectare and 30.681 / ha of salt added to groundwater from the aeration zone. Key words: water-salt balance, aeration zone, reclamation regimeb

Meliorativ holatini yaxshilashni ilmiy asoslash uchun meliorativ tadbirlarni o'zgarishi, tuproqning sho'rlanishi, sizot suvlar chuqurligi va ulaming mineralizatsiyasi, qishloq xo'jaligi ekinlarini hosildorligiga ta'sirini bashorat qilish muhim ahamiyatga ega. Bu masalani yechish uchun sug'oriladigan yerlarni yer osti va yer usti suv resurslarni boshqarish uchun umumiy va xususiy suv-tuz balanslari uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir [1].

Boyovut tumanining umumiy va xususiy suv-tuz balanslari tahliliga e'tibor beradigan bo'lsak, ko'rish mumkinki tumanda tik quduqlar soni 58 tani tashkil etadi. Ushbu quduqlarning o'rtacha suv sarfi 12,1 l/s ni tashkil etmoqda. Bu degani ushbu quduqlarning hech qaysisi ko'zlagan natijani bermayapti. Bu quduqlarni qaytadan qurish kerakligini ko'rsatadi.

Quyidagi jadvallarda ISMITI uslubida xisoblangan umumiy va xususiy suv tuz balanslarining asosiy elementlari keltirilgan.

1-jadval

Boyovut tumani umumiy suv-tuz balanslari

Balans elementlari yil vegetatsiya novegetatsiya

m3/ga t/ga m3/ga t/ga m3/ga t/ga

Os 3615 0 440 0 3175 0

V 8837 10,15 7018 8,04 1819 2,12

Vv/d 0 0 0 0 0 0

Vkds 0 0 0 0 0 0

P 145 0,72 85 0,42 60 0,30

Jami kirim 12597 10,9 7542 8,5 5054 2,4

YET 9019 0 8192 0 827 0

Dv 126 0,47 87 0,33 39 0,15

Dg 2988 10,33 1445 5,08 1543 5,25

S 1628 1,87 1293 1,48 335 0,39

O 109 0,5 64 0,32 45 0,22

Jami chiqim 13870 13,2 11081 7,2 2790 6,0

Balans -1273 -2,34 -3538 1,25 2265 -3,59

Fb =39001 ga; Fsug'= 35379 ga; FIK x.a =0,8; FIK x.i =0,6; n =58 dona; qor =12,1 l/s; Lud =37 m/ga

Bu yerda: FB - brutto maydon; FSug' - sug'oriladigan maydon; FIK xa -xo'jaliklararo kanallarning foydali ish koeffitsiyenti; FIK x.i - xo'jalik ichki kanallarning foydali ish koeffitsiyenti; n - tik quduqlar soni; qor - tik quduqlarning o'rtacha suv sarfi; Lud - yotiq zovurlarning keltirilgan uzunligi;Os - atmosfera yog'inlari; V- tumanga olingan suv; VV/D - tik qudaqlardan sug'orishga ishlatilgan suv;VKDS - KDT sug'orishga ishlatilgan suv ; YET - balans konturidan evapotranspiratsiya; Dv - tik drenajdan chiqqan suv; Dg - sizot suvlaridan yotiq zovurlarga chiqqan suv; P-O - yer ostidan kelgan va chiqib ketgan suv; S=Sp + Se - jami ekspluatatsion suv tajlamalari; Vp - dalaga berilgan suv; YETp -sug'oriladigan maydondan evopotranspiratsiya; Sp - sug'oriladigan maydondan tashlama;±gfa-ildiz qatlami bilan pastdagi qatlam orasidagi suv almashinish; AS -balans qatlamidagi tuz zaxirasining o'zgarishi. Umumiy va xususiy suv-tuz balanslaridan ko'rinadiki, sizot suvlari va drenaj oqimining asosiy to'yintiruvchi manba, xo'jaliklararo va xo'jalik ichki kanallaridan bo'ladigan yo'qotishlar xisoblanadi. Yalpi maydondan chiqib ketgan suv miqdori kirimga nisbatan 1273 m3/ga ko'p, shunga mos ravishda 2,34 t/ga tuz chiqib ketgan.

2-jadval

Boyovut tumani sug'oriladigan maydonining aeratsiya zonasi suv tuz balansi

Balans elementlari yil Vegetatsiya novegetatsiya

m3/ga t/ga m3/ga t/ga m3/ga t/ga

Os 3615 440 3175

Vp 8155 9,37 6476 7,42 1679 1,96

Vv/d 0 0,00 0 0,00 0 0

Vkds 0 0,00 0 0,00 0 0

Sp 1223 1,41 971 1,11 252 0,29

YETp 13185 - 12097 - 1088 -

±g 1703 -7,91 4366 22,77 -2664 -30,68

№ - 0,40 - 29,35 - -28,95

Boyovut tumanidagi sug'oriladigan maydonning aeratsiya zonasi suv-tuz balanslari xisoblariga qaralganda, vegetatsiya davrida sug'oriladigan maydonlardan bo'ladigan evapotraspiratsiyaning dalaga berilgan suvga nisbatan ko'p bo'lganligi sababli aeratsiya zonasi gektariga 4366m3 suvni sizot suvlaridan kapilyarlar orqali o'ziga tortib olgan, buning natijasida aeratsiya zonasidan 22,77 t/ga tuz kiryapti. Novegetatsiya davrida esa aksincha atmosfera yog'inlari hamda kanallardan berilgan suv evapotraspiratsiyaga nisbatan ko'p bo'lgan, natijada gektariga 2664m3 suv va 30,68 t/ga tuz aeratsiya zonasidan sizot suvlariga qo'shilgan. Yillik kesimda esa aeratsiya zonasidan 1703 m3/ga suv chiqib ketgan va aeratsiya zonasidagi tuz zaxirasi gektariga 0,40 tonnaga ko'paygan (2 -jadval).

3-jadval

Boyovut tumani sug'oriladigan maydonning ildiz qatlami suv-tuz balanslari

Balans elementlari yil vegetatsiya novegetatsiya

m3/ga t/ga m3/ga t/ga m3/ga t/ga

Os 3615 - 440 - 3175 -

Vp 8155 9,37 6476 7,42 1679 1,96

Vv/d 0 0,00 0 0,0 0 0

Vkds 0 0,00 0 0,0 0 0

Sp 1223 1,41 971 1,11 252 0,29

YETp 13185 - 12097 - 1088 -

±g 2338 -7,77 5914 26,02 -3576 -33,79

ASks - 0,54 - 32,59 - -32,05

Sug'oriladigan maydonning ildiz qatlami suv-tuz balanslari xisoblanganda ma'lum bo'ldiki, vegetatsiya davrida ildiz qatlamiga 5914 m3/ga suv ko'tarilgan, buning natijasida 26,02 t/ga tuz ko'tarilgan. Yillik kesimda esa ildiz qatlamiga 2338 m3/ga suv ko'tarilgan va ildiz qatlamida 0,54 t/ga tuz ko'paygan (3 -jadval).

Yil mobaynida yuvilma sug'orish rejimi koeffitsiyenti 0,87 ni tashkil qilgan. Bu koeffitsiyentini quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin.

0,87

Drenajlanganlik koeffitsiyentini hisoblash formulasi.

Mr+tta 437 + 3470

B + Oc + <PMK+n-O-C

9488 + 2124 + 0,6 + 156-0 -1372 o 37

Yerlarning drenajlanish koeffitsiyenti Kd=0,37 ni tashkil etadi.

Ko'rsatilgan meliorativ holatning asosiy sabablari.

Sug'orishga berilgan suvning o'rtacha mineralizatsiyasi oxirgi uch yilda oylar bo'yicha 0,9 g/l dan 1,6 gacha o'zgarib turgan. Tumanda amalda suv ta'minoti yetarli emas. Agar sug'orishga berilayotgan suvning mineralizatsiyasini 2-3 barobar oshganligini xisobga olsak (meyorlar sug'orish suvining mineralizatsiyasi 0,5 g/l holatida belgilangan) vaziyat yanada murakkablashadi.

Quyi-Sirdaryo ITXB ma'lumoti asosida umumiy va xususiy suv tuz balanslarini tuzib xisob kitob qilsak vegetatsiya davrida dalalarni suv bilan ta'minlanishi koeffitsiyenti 0,95 ni tashkil qiladi. Novegetatsiya davrida Sirdaryo viloyatida suv ta'minoti yaxshi bo'lishiga qaramasdan suvdan foydalanish (suv bilan ta'minlanishi) 0,40 ni tashkil qilgan. Buning sababi yerlarni sho'rini yuvish texnologiyasiga rioya qilmaslik, tashkiliy kamchiliklardir. Yerlarni yuvilish sug'orish rejimi Kp=0,87ni tashkil etadi, bu esa yerlarni sho'rsizlantirishga yetarli emas (ISMITI tavsiyasi bo'yicha Kp- 1,2-1,3 bo'lishi kerak).

ITXB ma'lumotiga qaraganda oxirgi yillarda xo'jaliklar aro va xo'jalik ichki kanallarining FIK lari pasayib bormoqda.

Bunday xolda, yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra tumanda sizot suvlari sathi drenaj tizimlariga yuklama talab darajasida bo'lmaganligiga qaramasdan yildan yilga ko'tarilmoqda, bunga sabab drenaj tizimlarini ishlash qobilyati yetarli emas,tik quduqlarining suv sarflari loyixadagidan 3-4 marta kamaygan.

Meliorativ rejimni yaxshilash yo'nalishlari:

• Birinchi navbatda meliorativ rejimni keskin yaxshilash, gidromorfrejimdan yarim avtomorf rejimga o'tish. Bunda sug'orishga ishlatilayotgan suvning sarfi kamayadi va drenaj tizimlariga yuklama kamayadi. Sizot suvlarini boshqarish, birinchi navbatda barcha pog'onalardagi kanallardan va dalalardan tashkiliy sabablar bilan yo'qolayotgan sug'orish suvlarini keskin kamaytirib, dalarni suv ta'minotini oshirish kerak. Yil davomida yuvilish rejimini joriy qilish.

• Bu xolda yerlar tekis namlanadi, sho'rdan yuviladi va sizot suvlariga infiltratsiya suvlari qisqarib drenajlarga yuklama kamayadi.

• Tashkiliy tadbirlarni yaxshilab sho'r yuvish texnologiyasiga qatiy rioya qilish, muddat va meyorlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar bo'yicha olib borish.

• Drenaj tizimlarini ishlash qobilyatini yaxshilash. Xo'jaliklararo va SIU ichidagi kollektor-drenajlarini to'liq tozalash, tik quduqlarni tozalash, nasos va extiyot qisimlar bilan yetarli darajada ta'minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ikramov R.K. "Prinsipi upravleniya vodno-solevim rejimom oroshayemix zemel sredney azii v usloviyax defitsita vodnix resursov" Tashkent "GIDROINGEO" 2001 g

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.