Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG'LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHI MAHORATI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG'LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHI MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
110
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / qadr / ulug’lash / insonparvarlik / axloq / qadriyatlar / ta`lim / o`quvchi / o`qituvchi / natija / psixologiya / individual / mahalla / oila / sinfdan tashqari tadbirlar / tarbiya / odob / jamiyat / Vatan / g`amxo`rlik / rahmdillik / samimiyat / mahorat / usul.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saparboyeva Dilshoda Sobir Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “Tarbiya” fani jarayonida o`quvchilarda inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishda o`qituvchi pedagogik mahoratining mazmuni va metodikasi takomillashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG'LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHI MAHORATI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG'LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHI MAHORATI Saparboyeva Dilshoda Sobir qizi

University of science and technologies "Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim" kafedra mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.8051892

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida "Tarbiya" fani jarayonida o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishda o'qituvchi pedagogik mahoratining mazmuni va metodikasi takomillashtirilgan.

Kalit so'zlar: Inson, qadr, ulug'lash, insonparvarlik, axloq, qadriyatlar, ta 'lim, o quvchi, o'qituvchi, natija, psixologiya, individual, mahalla, oila, sinfdan tashqari tadbirlar, tarbiya, odob, jamiyat, Vatan, gamxorlik, rahmdillik, samimiyat, mahorat, usul.

Yangi O'zbekiston sharoitida insonni ulug'lash, uning qadriga yetish, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlodni axloq -odobli qilib tarbiyalash masalalari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Albatta ushbu vazifalarni amalga oshirishda o'qituvchining pedagogik mahorati muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasining "Uzluksiz manaviy tarbiya konsepsiyasi", "Tarbiya konsepsiyasi", uzluksiz ta'lim fanlariga oid "Tarbiya" fani o'quv dasturlari va fanlari asosida o'quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, ananalarga chuqur hurmat, o'zligini saqlab qolish, manaviy-marifiy ehtiyojlarini ro'yobga chiqarish faolligini yuzaga keltirish, ularda mustaqillik, erkin fikr yuritish, o'zlikni anglash, axloqiy-huquqiy burchni tushunish, milliy xususiyatlar, orzu-umidlar, tafakkur qilish xususiyatlarini rivojlantirish kabilar inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirish konsepsiyasi hisoblanadi. Chunki ushbu jarayonda "Insonlarning o'z - o'ziga bo'lgan munosabati o'zgardi. Odamlarda hayotda o'zini qadrlay bilish, ijtimoiy muhitda munosib o'rnini topish fazilatlari shakllantirildi. Bu esa o'ziga sodiq, o'zini qadrlovchi insonning boshqalarga hiyonat qilmasligi, o'zgalarga ham xuddi o'zidek qarash xususiyatining umumjamiyat kuramida keng yoyilishga olib kelmoqda".

O'qituvchining o'quvchilarga dars materiallarini tushuntirishda, so'z bilan ifodalashda, bayon etishda, narsa va voqealarni, obektlarni izohlashda, ular haqida suhbatlar o'tkazish va darsdagi vazifalarni ko'rsatmali materiallardan keng foydalanish asosida amalga oshirilganda ular uchun qiziqarli va ta sirliroq bo'ladi. O'quvchilar xotirasida qoladigan barcha insonlar bevosita hissiyotlar his -hayajonlar va kuchli emotsiya ta'sirida o'rnashib qolgan faktlar tasavvurda uzoq vaqt saqlanib qoladi, ayrim faktlar esa bir umr esdan chiqmaydi. Ilg'or o'qituvchilar o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash ruhida tarbiyalash maqsadida darsda ko'rgazmalilik, hikoya qilish, suhbatlar uyushtirish, ekskursiyalar tashkil qilish, poetik daqiqalar o'tkazish kabi shakl va metodlardan o'rinli foydalanishlari asosida yaxshi natijalarga erishadilar. Ushbu jarayonda o'qituvchilar "Tarbiya" darslarida inson qadrini o'rganish, buyuk insonlar hayoti bilan tanishish, yozma ishlar o'tkazish va shu kabi usul va metodlarni qo'llashlari bolalarga kuchli ta'sir qiladi. Ularda yangidan-yangi hislarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Shuningdek o'quvchilarda tarkib topgan ideallarni yanada yorqinlashtiradi, go'zallashtiradi va takomillashtiradi. Shu jihatdan ham "Tarbiya" fanini o'qitish jarayonida o'quvchilar bilan o'tkaziladigan savol-javoblar ularni axloqiy tarbiyalashda, bir-birini hurmat qilishda bir-birlari bilan do'stlashishda, ulardan birontasi nojo'ya ish qilayotgan bo'lsa, bundan ularni qaytarish, uning qilayotgan ishi noto'g'ri ekanligini yaxshi gaplar bilan tushuntirish, har bir ish orqali

hamjihat bo'lish, hamkorlikda ishlash kabilarni amalga oshirishda katta rol o'ynaydi. Demak "Tarbiya" fani o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishda, shaxs faoliyatida uning siyosiy, manaviy-axloqiy, huquqiy, ekologik, jismoniy, iqtisodiy mazmunga ega bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantiribgina qolmay, balki, ularning umummadaniy tafakkurini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan inson qadrini va atrof - muhitga bo'lgan munosabatini rivojlantiradi.

Boshlang'ich talim bosqichining 1-4 sinf o'quvchilari uchun chop etilgan «Tarbiya» darsligida xalqimizning insonparvarligini, uning doimo do'stlarga yo'ldosh, mehribon ekanligini g'urur va iftixor bilan ifodalangan. Darslikda bir qancha mavzular mavjud bo'lib, unda o'quvchilarga inson qadrini ulug'lash mohiyati, mazmunini tushuntirishga alohida e'tibor berishda o'qituvchi bolalarni inson qadrini ulug'lash ruhida tarbiyalash, ularda odamiylik, do'stlik, to'g'rilik, adolatparvarlik munosabatlarini kamol toptirishga oid malumotlar berish, axloq-odob, insonparvarlik masalalarini o'quvchilarga tushuntirishni amalga oshirish, ularning diqqatini inson, insonparvarlikga bo'lgan munosabatini ko'rsatishdagi tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish, mustaqil ijodiy ishlar topshirish va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini o'quvchilarga tushuntirishda ko'rgazmali qurollardan foydalanish, "Inson qadri har narsadan ulug'" mavzuda adabiy kechalar, sinfdan tashqari tadbirlar o'tkazish, uning manaviy-huquqiy negizlari haqida o'quvchilarga to'liq tushuncha berish kabilarni izchillik, yaxlit tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Chunki, "Tarbiya" fanini o'qitish jarayonida o'quvchilar ongiga inson qadrini ulug'lash tushunchalarini singdirish haqidagi bilimlar, tasavvurlar va mulohazalar takomillashib boradi. Yani, boshlang'ich talim o'qituvchisi har tomonlama rivojlangan etuk, barkamol shaxsni ularning faoliyatini tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish yo'lida beriladigan bilimlarni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu haqida professor U.Mahkamov o'zining "Axloq -odob saboqlari" kitobida shunday fikrlarni bildiradi. "Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilat bo'lib, kishi zehnini, fikrini qilich kabi o'tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o'xshaydi. Ilm daraxt mevalaridek har bir shaxsga ozuqa berib, madaniyat, insoniyat, marifat dunyosiga olib kiradi"

Shuning uchun ham dars o'tish jarayonida o'quvchilarda bilimlarni egallashda ijodiy, pedagogik tafakkur, pedagogik mahorat, bilim, bolalarni sevish faoliyatiga asoslanadi. Dars berishda o'qituvchining muvaffaqiyati uning nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog'liq.

Darsga tayyorlanish jarayonida o'qituvchi ushbu fanga qarashli psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlarni, jurnal va gazetalarni muntazam ravishda o'qib borishi, badiiy adabiyotdan, kinofil'mlardan foydalanishi o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishning asosiy omillari hisoblanadi. Bu o'qituvchining ixtisosligiga, qiziquvchanligi, ehtiyojlariga, intellektual faolligi, atrofga bo'lgan dunyoqarashi, insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini tarbiyalashga, ilm olishga, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishga, o'rganilayotgan materiallarning muhim joylarini ajrata olish qobiliyatini, o'quv faoliyatida va fikrlashda mustaqil bo'lishni, o'qishda qiyinchiliklarni yengishini shakllantiradi.

Shuni aytish kerakki, inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishning mazmuni boshlang'ich talim bosqichida o'qitiladigan «Tarbiya» fanining bazi bir mavzularida ham o'z ifodasini topgan. Shu uchun ham maktabda «Boshlang'ich talim-inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirish poydevori» mavzusida seminar tashkil etish, maruzalar o'qish, savol -javob o'tkazish, ish tajribalarni ommalashtirish kabilar o'quvchilarda bilim, ko'nikma va

malakalarini oshirishga, inson qadrini ulug'lash tushunchalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Lekin kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishning mazmuni shakl va metodlari pedagogika nazariyasida ishlab chiqilmagan. Bu ishlarda o'qituvchi mahoratini taminlash va o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishni sifatli va samarali hal qilish uchun talim tarbiya beruvchilar va talim oluvchilarning shaxsiy munosabatlarini shakllantirish, o'qitish jarayonida aqliy harakatlarni hosil qilish va didaktik birlikni mustahkamlashga amaliy yordam ko'rsatish, tarbiyalashning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda mavzu mazmunini yangi ma lumotlar bilan to'ldirish va kafolotlangan natijaga erishishda har bir nazariy va amaliy mashg'ulot, fan yoki mavzuni o'qitishda, mavzu mazmuni, o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi, ehtiyoji, imkoniyatlari, o'quv xonasining shart-sharoitlariga mos texnologiya, o'qitish metodlari va vositalar tanlanishi lozim.

Shu asosda qo'yilgan maqsad va natijaga erishish uchun o'qitish jarayonini yaxlit holda ko'rish, tasavvur qilish, mashg'ulotning texnologik xaritasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mashg'ulotning texnologik xaritasi mashg'ulot mazmundorligi, o'quvchilar qiziquvchanligi, egallanishi lozim bo'lgan bilimlarning kafolatlanishiga yordam beradi. Texnologik xaritada mashg'ulotning maqsadi, vazifalari, o'quv jarayoni mazmuni, kutilayotgan natijalar, qo'llaniladigan texnologiyalar, metodlar, vositalar aniq belgilab olinishi zarur.

Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagilarni etiborga olish zarur:

1) mavzu mazmunidagi inson qadrini ulug'lash tushunchalarini aniqlab olish;

2) mashg'ulotni faollashtirish texnologiyalarini belgilash;

3) o'quvchilarga yetkaziladigan malumotlarning eng asosiylarini va ikkinchi darajalilarini ajratish;

4) o'quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan usul va vositalardan foydalanishni rejalashtirish;

5) malumotlarni optimal o'zlashtirishda o'quvchilarning «o'z-o'zini o'qitish» ishlarini yo'lga qo'yish;

6) o'zlashtirish darajalari va kelgusi rejalarni aniq belgilab olish.

Boshlang'ich maktablarida 4-sinfda "Tarbiya" fani darsida "Inson qadrini ulug'lash" mazmuniga oid malum soatlar ajratilgan. Ushbu mavzu bo'yicha o'tkazilgan nazariy mashg'ulotning loyihalashtirilgan texnologik xaritasini namuna sifatida keltiramiz:

Mavzu: Inson qadrini ulug'lash

Maqsad

va vazifalar 1. Kognitiv, o'quv-didaktik maqsadlar:

A) inson qadrini ulug'lashga oid malumotlar berish.

B) Yangi O'zbekistonda inson qadrini ulug'lash bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida tushuntirish.

D) Har bir o'quvchida inson qadrini ulug'lash haqida tushuncha hosil qilish.

O'quv jarayonining mazmuni Inson, qadr, madaniyat tushunchasi. Uning mano-mazmuni va asosiy yo'nalishlari. Insonlarning erkin mehnat faoliyati, tafakkuri va erkinligining ahamiyati. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida insonlarga g'amxo'rlik qilish yo'nalishlari.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: «Aqliy hujum», "Klaster" metodlaridan foydalanish

Shakl: Maruza-munozara, maruza-maslahat

Vosita: Maruzalar matni, inson qadrini ulug'lashga oid ko'rgazmalar.

Usul: Ma'ruzalar matni, darslik bilan ishlash.

Nazorat: o'z-o'zini nazorat va himoya faoliyatini nazorat.

Baholash: o'z-o'zini va jamoa ishini rag'batlantirish.

Kutiladigan natijalar O'qituvchi: mavzu bo'yicha ma'lumotlarni o'quvchilar tomonidan to'liq o'zlashtirishga erishadi. O'quvchilar faolligi, mustaqil fikrlashi, erkin faoliyati, qiziqish uyg'otishni yo'lga qo'yadi. Bir vaqtda butun sinfni rag'batlantirishga erishadi. Inson manfaatlari har narsadan ulug' ekanligiga tushunib yetadi. Erkin va farovon hayotning manbai mehnat ekanligiga iymon keltiradi va bunda inson qadrini ulug' deb emas, ma'suliyati bilan yashashga, o'qishga o'rganadi. Jamoada ishlash malakalariga ega bo'ladi.

Kelgusi rejalar (tahlil va o'zgartirishlar) O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni mukammalroq o'zlashtirish va mashg'ulotlarda qo'llash ustida ishlaydi.

O'qituvchi mavzu bo'yicha mustaqil ishlab Sh.M.Mirziyoevning inson qadrini ulug'lash haqidagi g'oyalarini, o'quvchilarga tushuntiradi va vazifalarni tavsiya etadi.

Mavzuni o'rganishda inson qadrini ulug'lash tushunchasining quyidagi mezonlari haqida o'quvchilarda tasavvur hosil qilish asosiy maqsad qilib belgilab olindi.

A) Inson mohiyati, uning ravnaqi g'oyasining mazmuni;

B) Inson ongi burchi va mas'uliyati to'g'risidagi ma'lumotlar;

V) Insonning milliy g'urur va milliy o'zlikni anglash, insonparvarlik, tinchliksevarlik, ta'lim-tarbiya j arayonida his-tuyg'usi;

G) O'tmish ajdodlarimizning inson qadrini ulug'lash haqidagi g'oyalari, qadriyatlarni o'rganish;

D) Inson qadrini ulug'lashda millatlararo do'stlik va totuvlik, diniy bag'rikenglik, o'qish va mehnat qilish;

J) Inson qadrini ulug'lash jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati;

Z) Inson faoliyatida ijtimoiy faollik, miliy erkinlik va majburiyatni mukammal his qilish;

E) Inson faoliyatida sog'lom turmush tarzi, ogohlik va sinchkovlikka har doim rioya qilishga o'rganish;

F) Insonda yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi bo'lishga intilish;

K) Insonning axloqiy qoidalariga amal qilish ma'no-mohiyatini anglash hamda ularga doimo hurmatda bo'lishga intilishi;

Boshlang'ich ta'lim bosqichida fanlarni o'qitish jarayonida o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishda o'qitish, ma'lumotlarni o'zlashtirish, ularning intellektual, ma'naviy-axloqiy rivojlantirish, muloqotini ta'minlash kabilar muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham o'qitish jarayonida biror bir narsani birga bajarish emas, balki birga o'qish g'oyasi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham bu ta'lim oluvchilarda samimiylik, o'zaro yordam, saxovat, g'amxo'rlik, halollik, to'g'ri ishlash ruhida tarbiyalab, ularda ongli intizomning shakllanishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi "O'zbekiston" T., 2022, 39-b (434)

2. Bekmurodov M., Buronov M. Ijtimoiy o'zgarishlar va shukronalik tuyg'usi. T., "Manaviyat" 2015, 17-b

3. Mahkamov U.I. Axloq-odob saboqlari. T.; "Fan" 1994, 49-bet

4. Quramboev Q., Haitov U. Rahbar manaviyatining boshqaruv samaradorligini oshirishdagi roli va ahamiyati. Turon Zamin T.:2016, 41-b (58)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.