Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QITUVCHI NUTQINING O’RNI'

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QITUVCHI NUTQINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1550
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / adabiy til me’yorlari / ifoda vositalari / nutq texnikasi / nutqqa qo’yiladigan talablar / nutq madaniyati / nutqiy qobiliyat. / speech / literary language norms / means of expression / speech technique / speech requirements / speech culture / speaking ability.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahimjonova Sarvinoz To’Lqinovna

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim olishida o’qituvchining nutqining sifati haqida ma’lumotlar va bu borada amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF TEACHER SPEECH IN PRIMARY EDUCATION

This article provides information on the quality of a teacher’s speech in the education of primary school students in general secondary schools and the work that needs to be done in this regard.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QITUVCHI NUTQINING O’RNI»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QITUVCHI NUTQINING O'RNI Rahimjonova Sarvinoz To'lqinovna

Qo'qon universiteti bakalavrianti https://doi.org/10.5281/zenodo.6632589 Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta'lim olishida o'qituvchining nutqining sifati haqida ma'lumotlar va bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: nutq, adabiy til me'yorlari, ifoda vositalari, nutq texnikasi, nutqqa qo'yiladigan talablar, nutq madaniyati, nutqiy qobiliyat.

РОЛЬ УЧИТЕЛЬСКОЙ РЕЧИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация. В данной статье представлена информация о качестве речи учителя при обучении учащихся начальных классов в общеобразовательных школах и о той работе, которую необходимо провести в связи с этим.

Ключевые слова: речь, нормы литературного языка, средства выразительности, речевая техника, речевые потребности, культура речи, говорение.

THE ROLE OF TEACHER SPEECH IN PRIMARY EDUCATION Abstract. This article provides information on the quality of a teacher's speech in the education of primary school students in general secondary schools and the work that needs to be done in this regard.

Keywords: speech, literary language norms, means of expression, speech technique, speech requirements, speech culture, speaking ability.

KIRISH

Bizga ma'lumki, o'qituvchilarni har kuni nutqiga qarab baholaydilar. Ayniqsa, boshlang'ich sinflarda bolaning savodi chiqadigan, nutqi shakllanadigan jarayonda o'qituvchi nutqining to'g'ri bo'lishi esa, g'oyat muhim masala hisoblanadi. Zero, o'qituvchining asosiy quroli- bu, nutqidir va shu nutqi orqali o'quvchilarga bilimni yetkazib beradi.

O'qituvchi nutqining sofligi, to'liqligi, qisqa-lo'ndaligi, ifodaviyligi va to'g'riligi o'qituvchi nutq madaniyati fazilatlaridan biri bo'lib, to'g'rilik- bu, asosiy, markaziy o'rinda turadi. Sababi to'g'rilik bo'lmagan joyda nutqning boyligi, ifodaviyligi, aniqligi, mantiqiyligi to'g'risida gapirmasak ham bo'ladi.

Nutqning to'g'riligi uning adabiy til me'yorlariga mosligidir. Adabiy til me'yorlari esa bir qancha turlarga bo'linadi. Jumladan, leksik ya'ni so'z qo'llash me'yorlaridir. Leksik me'yorda adabiy til me'yoriga qabul qilingan so'zlarni o'qituvchi qo'llashi kerak. Jumladan adabiy tilda "yalpiz" so'zi bo'la turib uni o'qituvchi shevada "halila" yoki "pedana" deb qo'llasa, bu no'to'g'ri bo'ladi. Yoki shevaga oid so'zlardan bola so'zini "bacha" tarzida qo'llasa ham dars jarayonida bu noto'g'ri hisoblanadi.

Keyingi me'yor- bu, orfoepik(talaffuz) me'yoridir. Ma'lumki, talaffuz me'yorlarida urg'u, to'xtam va ohang asosiy o'rinni egallaydi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining talaffuz me'yorlariga rioya qilishi esa, juda ham ahamiyatli. Sababi, boshlang'ich sinf darsliklaridagi she'r, hikoya, ertaklardagi voqealarni aynan talaffuz me'yorlariga rioya qilib o'qilsagina, uning badiiy qimmati oshadi hamda o'quvchiga estetik zavq beradi. O'qituvchining to'g'ri talaffuzi natijasida o'quvchilarda so'zlarni talaffuz qilishga bo'lgan ko'nikma shakllanadi. O'qituvchidan

o'rnak olgan holda, to'g'ri talaffuz qiladi. (O'qituvchi to'g'ri so'zlarni talaffuz qilsa, o'quvchilar ham to'g'ri talaffuz qiladi. Agar o'qituvchi nutqida xatoliklarga yo'l qo'ysa, o'quvchilarda ham shu holat kuzatiladi).

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

So'z yasalishi me'yorlari- biz so'z yasayotganimizda uning qonun-qoidalariga rioya qilishimizni kerakligini ko'rsatadi. Ya'ni, so'z yasar ekanmiz deb, biz har qanday so'zlarni yasashimiz maqsadga muvofiq emas ekan.

Masalan, -gich, -kich, -g'ich qo'shimchalarini oladigan bo'lsak, uni biz, asosan, fe'l so'z turkumiga oid so'zlarga qo'shib yasaymiz: qirg'ich, suzgich. Agar biz bu qo'shimchalarni ot so'z turkumidagi so'zlarga qo'shib yasasak noto'g'ri ekan.

Morfologik me'yor- so'zlarning qo'shilishini ya'ni unga qo'shimchalarni qo'shishimizda ma'lum tartibga rioya qilish kerak bo'ladi. O'qituvchi nutqida eng ko'p qilinadigan xatoliklardan biridir. Jumladan, qaratqich kelishigi -ning qo'shimchasi bilan tushum kelishigi -ni qo'shimchasining almashtirilib, o'rinsiz qo'llanilishidir. Ya'ni "maktabning bog'i" so'zi o'rniga "maktabni bog'i" so'zini qo'llaymiz. Yoki "ukamning kitobi" o'rniga "ukamni kitobi" tarzida qo'llansa xato bo'ladi.

Sintaktik me'yor- so'z birikmasi, gap tarkibidagi so'zlarning o'zaro bog'lanishini nazorat qiladigan me'yor hisoblanadi. O'qituvchi nutq madaniyati darsligining muallifi professor Nizomiddin Mahmudov quyidagi misolni keltiradi: "Hozirda aholining qonga bo'lgan ehtiyoji 30% ga bajarilmoqda". Bunda "ehtiyoj" va "bajarilmoqda" so'zlari o'zaro bog'lana olmagan. Alida, "ehtiyoj" so'ziga "qondirildi" so'zini bog'lasak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Uslubiy me'yor- nutq madaniyatining cho'qqisi hisoblanadi. Ma'lumki, tilimizda 5 ta nutq uslublari mavjud. Ya'ni, so'zlashuv, badiiy, rasmiy, publitsistik va ilmiy uslub. O'qituvchi nutq madaniyatida bu juda katta ahamiyatga ega. Bu o'rinda o'qituvchi dars jarayonidagi ya'ni ta'lim berish jarayonidagi nutqi bilan tanaffuz jarayonidagi o'quvchilar bilan do'stona muloqotida farq bo'lishi lozim yoki uning ish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonidagi og'zaki suhbat jarayonidagi uslubi farqli bo'lishi zarur. O'qituvchilar uslubiy me'yorga ham qat'iy rioya qilishlari kerak.

Ba'zi adabiyotlarda nutqning sofligi nutqning tozaligi ham deb ataladi. Nutqning sofligi uning adabiy til me'yorlariga va jamiyatdagi ma'naviy-axloq qoidalariga yot bo'lgan unsurlardan xoliligidir.

Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar:

Shevaga xos so'z, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz. Ma'lumki, har bir inson ma'lum hududda yashab voyaga yetar ekan, o'sha hududning shevasi va unga bolaligidan singadi. Lekin op'qituvchi maktabda, asosan, adabiy til me'yorlariga rioya qilib, shevalarda so'zlamasligi kerak. Shevaga xos so'zlardan ishlatsak bu uning sofligiga putur yetkazadi. Ayrim hududlarda urg'uni noto'g'ri qo'llash yoki talaffuzda tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish kuzatiladi. Shevaga oid so'zlardan nutqimizda foydalanmasligimiz kerak.

O'rinsiz qo'llanilgan chet so'z va so'z birikmalari ya'ni varvarizimlar. Tilimizda so'zlashuv jarayonida o'rnashib qolgan chet so'zlar mavjud. Adabiy tilda muqobili bo'la turib "faqat" so'zi o'rniga "tolko" so'zini, "deyarli" so'zi o'rniga "uje" so'zini, "tushunarli, yaxshi" so'zlari o'rniga ingliz tilidagi "ok" so'zini qo'llanadi. Bu esa, nutqning sofligiga putur yetkazadi.

2G22 № 2

Jargon va argonlar. Ma'lum bir ijtimoiy qatlam va ijtimoiy guruhlar yoki ma'lum bir kasb egalari tomonidan qo'llanadigan so'zlarni nutqda qo'llamaslik kerak. Bu so'zlar ham o'qituvchi nutqining sofligiga putur yetkazmasdan qolmaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Dag'al, haqorat so'z va iboralar ya'ni vulgarizmlar. Bu so'zlar inson nutqini yo'qqa chiqaradigan, jamoat aloqa aralashuvining saviyasini pastga tushiradigan unsurlar hisoblanadi. Bu so'zlarga so'kishlar va qarg'ishlar kiradi.

"Ishlamaydigan" yoki parazit so'zlar. Ma'lumki, inson organizmida parazitlar ma'lum bir vazifani bajarmaydi. U faqat boshqa funksiya bajaradigan organlar hisobiga yashab kun kechiradi. Xuddi shunday parazit so'zlar inson nutqida biron-bir maqsadda qo'llanilmaydi, biror vazifani bajarmaydi. Lekin ular nutqida aytayotgan so'zlar qatorida yashab keladi. Bu parazit so'zlar har kimda har xil bo'lishi mumkin. Kimdir "deyarli" so'zini, yana kimdir "keyin" so'zini nutqida ko'p qo'llaydi. Bu so'zlar inson nutqida biron funksiyani amalga oshirmaydi. U faqat inson nutqining sofligiga putur yetkazadi, tiglovchining g'ashiga tegadi va o'quvchining to'liq ma'lumot qabul qila olmasligiga, bilimni yaxshi egallamasligiga sabab bo'lib qoladi. O'qituvchi o'z nutqida parazit so'zlarni qo'llamasligi kerak. Bu narsa o'quvchi nutqida kuzatilsa, uni o'z vaqtida tuzatib ketishi lozim.

MUHOKAMA

Idoraviy so'z va iboralar ya'ni kanselyarizmlar. Ma'lumki, idoraviy so'z va iboralar ma'lum bir qolipga solingan bo'ladi. Ular har gal shu qolip tarzida takrorlanib kelaveradi. Ammo bunday so'zlarni kerak bo'lmagan joyda ham qo'llash, ya'ni idoraviy uslubga xos bo'lmagan jarayonda, so'zlashuv nutqida, yoki boshqa hollarda qo'llash nutqning sofligiga ta'sir qiladi. Demak, bu idoraviy so'z va iboralarni o'z o'rnida qo'llash zarur. "Shundan dalolat beradiki", "ushbu masalalardan ko'rinib turibdiki", "bugun men sizga shuni ma'lum qilamanki" so'z qo'shilmalarini idoraviy iboralarga misol qilib olishimiz mumkin. Bu so'zlarni o'qituvchi o'z nutqida faqat kerakli o'rindagina qo'llab, boshqa jarayonda qo'llamasligi kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, nutqning to'g'riligi o'qituvchi nutqining poydevori hisoblansa, sofligi esa, har bir o'qituvchining ma'naviyatini va jamiyatda uning o'rnini va tarbiyalanganlik darajasini ko'rsatib turadi. Agar o'qituvchi nutqida unga putur yetkazuvchi dag'al so'zlardan, varvarizm, vulgarizmlarda qo'llar ekan bu uning tarbiyalanganlik darajasining tubanligini yaqqol aks ettiradi.

O'zbek pedagogikasining noyob durdonalaridan hisoblanmish Kaykovusning "Qobusnoma" asarida "Hunarlarning eng yaxshisi- bu, so'z hunaridir" deydi. Demak, biz ham so'z hunarini egallab ham jamiyatda yuqori martabaga, obro-e'tiborga erishishimiz mumkin ekan. O'qituvchi nutqining to'g'ri va sof bo'lishi esa, butun bir sinfning, o'quvchilarning va kelajak avlodning nutqi to'g'ri va sof rivojlanishiga va jamiyatda o'z o'rnini egallashga xizmat qiladi.

O'quvchilarining ta'limiga o'qituvchilarning nutqida turli xil nuqsonlar, shevaga oid so'zlarni yoki dag'al, haqoratli so'zlarni ishlatishi ta'sir qiladi. O'qituvchilar nafaqat dars jarayonida balki darsdan tashqari joylarda ham o'z nutqining sofligiga e'tibor berib muloqot qilishi zarur bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Ziyoda Masharipova. "Ifodali o'qish va nutq madaniyati". Toshkent-2020.

2. R.Mavlonova, N.Raxmonqulova, N.Voxidova, K.Matnazarova. "Pedagogika" 2013.

3. Qodirov R. "Notiqlik san'ati". Toshkent-2019.

4. Kaykovus. "Qobusnoma". O'qituvchi nashriyoti-1967.

Toshkent-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.