Научная статья на тему 'BОSHLАNG‘ICH TА’LIMDА 4K MОDELIDАN FОYDАLАNISHNING PEDАGОGIK XUSUSIYАTLАRI'

BОSHLАNG‘ICH TА’LIMDА 4K MОDELIDАN FОYDАLАNISHNING PEDАGОGIK XUSUSIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
325
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zаmоnаviy tа’lim tizimi / bоshlаng‘ich tа’lim / XXI аsr kо‘nikmаlаri / 4K mоdeli / kоmmunikаtivlik / kоllаbоrаtivlik / kritik (tаnqidiy) fikrlаsh / kreаtivlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xоdiyevа Gulhаyо Hаsаn Qizi

Ushbu mаqоlаdа 4K mоdeli vа uning tаrkibiy qismlаri, bоshlаng‘ich tа’lim tizimidа 4K mоdelidаn fоydаlаnishning pedаgоgik xususiyаtlаri hаmdа shаrt-shаrоitlаri vа pedаgоgik jаrаyоnlаrdа uning аmаliy аhаmiyаti, shuningdek, bоshlаng‘ich sinf mаtemаtikа dаrslаri sаmаrаdоrligini оshirishdа 4K mоdelidаn fоydаlаnishning аhаmiyаti hаqidа sо‘z yuritilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BОSHLАNG‘ICH TА’LIMDА 4K MОDELIDАN FОYDАLАNISHNING PEDАGОGIK XUSUSIYАTLАRI»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA 4K MODELIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK

XUSUSIYATLARI Xodiyeva Gulhayo Hasan qizi

O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10682038

Annotatsiya. Ushbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang'ich ta'lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik jarayonlarda uning amaliy ahamiyati, shuningdek, boshlang'ich sinf matematika darslari samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim tizimi, boshlang'ich ta'lim, XXI asr ko'nikmalari, 4K modeli, kommunikativlik, kollaborativlik, kritik (tanqidiy) fikrlash, kreativlik.

Barchamizga ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - o'quvchi shaxsi shakllanishining poydevori hisoblanadi. Chunki bu davrida bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo'lgani uchun ham alohida e'tibor talab etadi. Maktab ostonasiga qadam qo'yar ekan, bola o'zining o'quvchi ekanligini his qila boshlaydi, ta'lim olishga va birinchi ustoziga nisbatan mehrni tuyadi, ilm yo'lidagi kelgusi natijalar uchun harakat qila boshlaydi. "4K" modeli ta'lim tizimiga zamonaviy yondashuv bo'lib, zamonaviy ta'lim tizimida 4K modelidan foydalanishda o'quvchilarning tanqidiy fikrlasga, o'z fikrini erkin bayon etishga, boshlang'ich sinf o'quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo'lib, to'rt asosiy kompetensiyni o'z ichiga oladi.

Kollaborasiya - hamkorlik bu jamoada ishlash ko'nikmasi. Topshiriqni bajarayotganda o'quvchilarning hamkorlikda ishlashlari, birovning g'oya va fikrlarini qabul qilish, shuningdek, o'z fikrini himoya qilishga asoslangan, o'zaro hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishni shakllantirishdir.

Kommunikativlik - muloqot qilish qobiliyati, o'quvchilar o'z fikrlarini aniq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma'lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o'rganishdir.

Kreativ fikrlash - ijodiy fikrlash insonni mashina va sun'iy intellektdan ajratib turadigan yangilik qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O'quvchilar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo'llashni o'rganishini, innovatsion yechimlarni ishlab chiqshni va muammolarni ijodiy hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Tanqidiy fikrlash - tanqidiy fikrlash bu mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida boshqalarning fikrlarini o'zlashtirmaslik, har doim o'z fikriga ega bo'lish va ularni dalillar bilan isbotlash, axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirish bugungi zamonaviy ta'lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bo'lib, o'quv jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishga inkon yaratishini hisobga olsak, maktabdagi har bir darsni o'quvchilar faqat fan mazmunini o'zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantiradigan jarayonga aylantirishimiz zarur. Kollaborativlik, ya'ni hamkorlikda o'qitish g'oyasi turli mamlakat olimlari, jumladan, J.Xopkins universiteti professori R.Slavin, Minnesotti universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson, Koliforniya universiteti professori Sh.Sharon tomonidan tadqiq etilgan. O'tgan asrning 70-yillarida J.Dyui hamkorlikda o'qitishda natijalarni oldindan aniqlash,

amaliy faoliyatni tashkil etish g'oyasini ilgari surgach, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya mamlakatlari ta'lim muassasalarida bu goyalar keng qo'llanila boshlagan.

Hamkorlik pedagogikasi novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, V.F.Shatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o'qituvchi va o'quvchilar) o'rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o'zaro munosabatlarni tashkil etishini ta'kidlab o'tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega zaruz qoidalar buyuk pedagoglar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o'z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g'oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va "XXI asr ta'limi konsepsiyasi" asosini tashkil etadi. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi - o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qish, o'rganishdir.

Hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi. Hamkorlik muhitini yaratish metodikasi A.S.Makarenko tomonidan ishlab chiqilgan jamoani rivojlantirish nazariyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu nazariyaning mohiyati insonning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida jamoa (kollektiv) muhim o'rin tutishiga asoslanadi. Har bir inson jamiyatda yashaydi, faoliyat yuritadi, boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishadi. Bizning fikrimizcha, jamoaning ijodiy salohiyatidan foydalanish orqali shaxsga o'z qobiliyatlarini ochish, shaxs sifatida namoyon bo'lish imkoniyatini berish mumkin. O'quvchi turli vaziyatda o'z fikrini dadil bayon etadi, axborotni qidiradi, olingan ma'lumotlarni ongli va obyektiv baholashni o'rganadi.

Demak, o'quvchida tashabbuskorlik, optimizm, o'ziga ishonch kabi shaxsiy fazilatlar takomillashadi, hamkorlikdagi o'zaro ta'sir ishtirokchisining subyektivligi o'qituvchining sinfda guruh, jamoa, juftlik faoliyatini tashkil etish qobiliyati bilan ta'minlanadi. Hamkorlikda o'qitish mihitida o'qituvchi fassilyatorga aylanadi, ya'ni yordamchi rolini o'ynaydi, guruh muloqotini ta'minlaydi, guruhlararo muhokama uchun qulay muhit yaratishga hissa qo'shadi. Hamkorlikda har bir o'quvchi ta'lim jarayonining bevosita ishtirokchisi bo'lishi, bilish faoliyat turlarini ongli ravishda tanlab olishi, fikrlash faoliyati bilan shug'ullanishi, o'z fikrini erkin bayon etishga o'rganishi, imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olishi zarur. Takrorlash va mustahkamlash darslarida kichik guruhlarda ishlash jarayonida ta'lim oluvchilar bir-biriga o'rtoqlik yordamini ko'rsatadilar, o'zlashtirishi pastroq o'quvchilar do'stona yordamni his qiladilar, guruhlar o'rtasida sog'lom raqobat ruhi tug'iladi, bu ularni muvaffaqiyatli faoliyatni shakllantirish uchun qulay psixologik muhit yaratadi. Bunday hollarda o'qituvchining roli faqat muvofiqlashtirish, yo'l-yo'riq, maslahat va rag'batlantirishdan iborat. Hamkorlik muhiti ishtirokchisi muloqot davrida shaxsiy fikrini bayon etish bilan birga, o'zgalar fikri bilan ham hisoblashadi, o'zini boshqaradi, u yoki bu ma'lumotlarni bilishi guruhga muvaffaqiyat olib kelishi, aksincha, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmaslik mag'lubiyatga sabab bo'lishini amaliyotda ko'radi, o'quvchining mas'uliyat hissi ortadi. Intellektual munozara maydoni, xayrixohlik va ishbilarmonlik muhiti shakllanadi. O'qituvchi topshiriqlarni o'quvchilarga taqsimlash chog'ida huddi shu jihatga e'tibor berishi, ya'ni ta'lim oluvchining qaysi mavzu yoki sohani (og'zaki nutqi, yozma nutqi, imlo) o'zlashtirishda qiynalsa, shu yo'nalishdagi vazifalarni topshirishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining takrorlash va mustahkamlash darslarida hamkorlikdagi o'quv muhitini tashkil

etish o'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini rivojlantiradi, ularning shaxsiy o'sishiga yordam beradi, mustaqilligini rivojlantiradi, bu ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida bebaho rol o'ynaydi, shuningdek, o'qituvchining o'zini doimiy ijodiy izlanishda bo'lishga undaydi.

Takrorlash va mustahkamlash darslarida 4K modelining hamkorlikda ishlash, ya'ni kolloborativ bo'limi yuqori samaradorlikka ega. O'quvchilarni hamkorlikda o'qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud: guruhlarda o'qitish (R.Slavin)da o'quvchilar teng sonli ikki guruhga ajratiladi. Har ikkala guruhda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga e'tiborni qaratadi. R.Slavinning ta'kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berilishi etarli emas. O'quvchilarning faolligi asta-sekin o'sib borib, butunlay ularning o'zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi munosbata esa, sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi. Bahsli, muammoli vaziyat - insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bog'liq bo'lib, qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Bahsli, muammoli vaziyatlar o'quvchilarning aqliy kuchini zo'riqtiradi, u vaziyatni oydinlashtirish uchun yo'llar qidira boshlaydi, qiyinchiliklar bilan to'qnashadi. Inson muammo bilan yuzma-yuz (to'qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O'zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyaga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi. O'quvchilar o'zlari bajargan topshiriqlarni qanday qilib bajarganliklarini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim. Muammo hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan o'rinlarini o'z so'zlari bilan ifodalab bera olishi o'qituvchi uchun muhimdir. Nemis pedagogi Disterveg bekorga "Noqobil o'qituvchi haqiqatni aytadi qo'yadi, yaxshi o'qituvchi esa, uni topishini o'rgatadi" deb aytmagan. Bu o'rinda o'qituvchining vazifasi faqat mavzuni tushuntirib berish emas, masalani to'g'ri qo'ya bilishi, o'quvchilarni o'z faniga qiziqtira olishi, uning tuyg'ularini bezovta qila bilishi va muammoni hal etishda hamkor sifatida qatnashishdan iborat. Bola faoliyati erkin bo'lsa, hurligiga dahl qilinmasa, unda shaxsga hurmat tuyg'usi paydo bo'ladi. Bahs jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan hamkorligi bolani mutelikdan, ko'r-ko'rona itoatdan qutqaradi. Dars bir maqsad sari itilayotgan hamkorlikning yagona faoliyatiga aylanadi. Hamkorlikda o'qitishning "Birgalikda o'qiymiz" metodi hamkorlikda o'qitishning "Birgalikda o'qiymiz" metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o'quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqni ma'lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to'liq bajarilish natijasida o'quv materialining yaxlit o'zlashtirilishiga erishiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, boshlang'ich sinf darslarida 4K modelidan foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi: o'quvchining o'rganish jarayonini boyitadi; o'quvchilarga kognitiv (atrof-olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, bilish ehtiyojlarini rivojlantirish ta'limi) axborot beradi; o'quvchilarda materialni o'rganishga ishtiyoq uyg'otadi; o'quvchilarning o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish imkoniyatlarni kengaytiridi; axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; o'quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlar beradi; turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiydarajadagi guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni ilgari suradi; hamkorlik shunday holatki, ta'lim jarayoni subyektlari birgalashib faoliyat qiladi, o'rtoqlik, o'zaro yordam, jamotchilikyuzaga keladi. Pirovard natijada jamiyat buyurtmasi bajariladi - raqobatbardosh, hamkorlikka shay, turli hayotiy vaziyatlarda muammolarni anglab, ularni hal qilishga dadil kirishuvchi, tafakkur kuchiga

ishonuvchi, jamoada mustaqil mulohazalarini ayta oladigan, o'z fikr va qarashlarini himoya qila oladigan, savodxon kadrlarni tarbiya qilamiz.

4K modelidan unumli foydalanish kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni har tomonlama rivojlantiribgina qolmay, balki zamonaviy jamiyatga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni ularda shakllantirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

REFERENCES

1. UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: learning objectives, 2017.

2. Framework for 21st Century Learning. The Partnership for 21st Century Learning, 2015.

3. UNESCO. School and teaching practices for twenty-first century challen GES: lessons from the Asia-Pacific region, regional synthesis report, 2016.

4. Care E., Kim H., Vista A., Anderson K. Education system alignment for 21st century skills: focus on assessment. - Brookings institution, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.