Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA XORIJIY TILLARNI O`QITISH METODIKASI'

BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA XORIJIY TILLARNI O`QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
600
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tillari / aralash texnika / qiziqarli o'yinlar / boshlang'ich sinflar / zamonaviy innovatsion metodlar / pantomima. / foreign languages / mixed media / interesting games / primary school / modern innovative methods / pantomime.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Shuhratova

Hozirgi kun talabiga javob berish uchun avvalambor chet tillarini mukammal o`rganish zaruriyat darajasiga chiqdi.Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun chet tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to'xtalib o'tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE PROCESS OF PRIMARY EDUCATION

To meet today's requirements, first of all, the perfect study of foreign languages has reached the level of necessity. This article is full of effective, modern and innovative methods of teaching foreign languages to increase students' interest in language learning in the lower grades.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA XORIJIY TILLARNI O`QITISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG ICH TA LIM JARAYONIDA XORIJIY TILLARNI O QITISH

METODIKASI Shuhratova Dilfuza

Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7434254

Annotatsiya. Hozirgi kun talabiga javob berish uchun avvalambor chet tillarini mukammal organish zaruriyat darajasiga chiqdi.Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun chet tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar: chet tillari, aralash texnika, qiziqarli o'yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviy innovatsion metodlar, pantomima.

МЕТОДОЛОГИЯ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ В ПРОЦЕССЕ

НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. Чтобы соответствовать сегодняшним требованиям, в первую очередь, совершенное изучение иностранных языков достигло уровня необходимости.Эта статья насыщена эффективными, современными и инновационными методами обучения иностранным языкам для повышения интереса учащихся к изучению языка в младших классах.

Ключевые слова: иностранные языки, смешанная техника, интересные игры, начальные классы, современные инновационные методики, пантомима.

METHODOLOGY OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE PROCESS OF

PRIMARY EDUCATION

Abstract. To meet today's requirements, first of all, the perfect study offoreign languages has reached the level of necessity. This article is full of effective, modern and innovative methods of teaching foreign languages to increase students' interest in language learning in the lower grades.

Keywords: foreign languages, mixed media, interesting games, primary school, modern innovative methods, pantomime.

Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida" PQ-1875-soni Qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang'ich sinfdan boshlab o'rgatish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta'lim maktablarda 1-sinfdan boshlab chet tili darslarini turli xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o'tish bosqichma-bosqich boshlandi.Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan keyin juda kech" kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin...". Yana shunga e'tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o'rganayotgan

1507

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

boshlang'ich sinf o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirip qo'yishi mumkin. Chunki boshlang'ich sinfdagi o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin shu bilan birga mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin :

• Ko'rish orqali eslab qolish. Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan ko'ra, ko'proq ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan , darsni turli xil ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so'zlarni o'rgatish va o'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table), doska (blackboard), ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko'zga doimo tushib turishi va doimo qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi .

• Qo'shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo'lgan so'zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so'zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin

• TO raqobatdosh grammatika va so'z boyligini o'zlashtirishga yordam beradigan o'yinlarning aksariyatini o'z ichiga oladi . Bunda bolalar o'qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi . Natijada o'quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, til o'rganishga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy mutafakkirlari aytganidek: " Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi".

• Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o'yin o'ynashi, qo'shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so'zlarni ko'rsatib berishi mumkin . Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o'quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib qolmaydi.

• Multfilmlar orqali o'rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko'rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilim qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

• Qiziqarli o'yinlar orqali o'rganish; Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil o'yinlar orqali o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar o'ynatib turish sinfda fanni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo'lmagan o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi o'yinlar so'zimizga misol bo'la oladi.

• "Quvnoq topishmoqlar"(Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar.

• "Pantomima" (pantomime) . Bunda o'qituvchi o'quvchilarga biron bir so'zni aytadi va o'quvchi uni ko'rsatadi. Qolgan o'quvchilar esa so'zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo'ladi .

• Sezgi a'zolar orqali o'rganish (sabzavot, mevalar , oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, turli xil buyumlarni ushlab ko'rish, gullarni hidlab ko'rish). Ushbu yangi metodni o'rganishdan oldin bir amaliyotchi psixologning fikrlarini keltirish kerak: "Bolalarning esida biror narsaning mahkam

1508

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'rnashib qolishini xohlovchi pedagok bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak".

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rgatishni majburiyat sifatida emas, aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi , ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimi ham o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin .

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

2. Turdaliyeva G.N "Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar"// 2020 .

3. Bekmuratova U.B . " Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" // Toshkent 2012.

4. Toliboboeva, S. J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).

5. Толибобоева, Ш. (2020). Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari. YoungScientist, 19(309), 581-582.

6. Juldasheva, N. N. (2020). Хорижий тилларни укитишда ахборот технологиялар

1509

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.