Научная статья на тему 'Boshlang‘ich sinflarda so‘z ma’nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o‘quv materiallaridan foydalanishning ahamiyati'

Boshlang‘ich sinflarda so‘z ma’nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o‘quv materiallaridan foydalanishning ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang‘ich ta’lim O‘tiladigan darslari Ma’naviy yuksalish Dunyoqarash Lug‘at boyligi Izohli lug‘at Rasmli lug‘at

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Husenova Muhtaram Husniddin Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilanoq o‘tiladigan darslar jarayonida so‘zning qanchalik qudratli qurolekanligi, har bir so‘z rang-barang ma’no mazmuniga ega ekanligi ta’kidlangan. So‘z ma’nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o‘quv materiallaridan foydalanish, o‘quvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi haqidagi so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang‘ich sinflarda so‘z ma’nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o‘quv materiallaridan foydalanishning ahamiyati»

ËUKAS1AN JlXrKSAL OF

Entrepreneursiiip And Pedagogy

Boshlang'ich sinflarda so'z ma'nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o'quv lug'atlaridan foydalanishning

ahamiyati Husenova Muhtaram Husniddin qizi

Boshlang'ich sinflarda so'z ma'nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o'quv lug'atlaridan foydalanishning ahamiyati

https://doi.org/10.5281/zenodo.13323583

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 23-iyun 2024 yil Ma'qullandi: 25-iyun 2024 yil Nashr qilindi: 30-iyun 2024 yil

KEYWORDS

boshlang'ich ta'lim, saa tili darslari, ma'aaviy yuksalish, duaysqarrsh, lug'at bsyiigi, izshliiug'at, rasmlilug'at.

ABSTRACT

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini bilan ona tili darslari jarayonida so'zning qanchalik qudratli qurol ekanligi, har bir so'z rang-barang ma'no va mazmunga ega ekanligi takidlangan, so'z ma'nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o'quv lug'atlaridan foydalanish, o'quvchilarning ilmiy salohiyati yanada oshirishga xizmat qilishi haqida so'zyuritilgan.

Boshlang'ich ta'lim umumta'lim maktablarining bosh bo'g'ini ya'ni, asosiy bosqichlardan biri bo'lgani sababli aynan shu vaqtda o'quvchining aqliy va ma'naviy dunyoqarashining mukammal rivojlanib borishiga jiddiy e'tibor qaratmoq lozim. Bu murakkab jarayonda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining zimmasiga qo'yilgan mas'uliyatlari cheksizdir. Sharafli kasb egalari maktab ostonasiga endigina qadam qo'ygan o'quvchilarni maktab hayotiga ko'niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo'l ochib beradilar. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang'ich sinf o'qituvchilarining vazifasi qay darajada mas'uliyatli ekanligini ko'rsatadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasiga alohida to'xtalib shunday degan edilar: "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odobi-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq"1.

Boshlang'ich sinflarda ko'proq o'quvchilarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o'yin mashqlardan foydalanib, darslar o'tish yaxshi samara beradi. Ko'proq atrof-muhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar o'quvchilar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi.

So'z - tilning asosiy birligi bo'lib, u orqali tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar nomlanadi. "So'z,- deyiladi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da, - o'z tovush qobig'iga ega bo'lgan narsa va hodisalar, jarayonlar shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug'aviy ma'noga ega bo'lgan, shuingdek, turli grammatik ma'nolar ma'nova vazifalarda qo'llanadigan eng muhim til birligidir". Boshlang'ich sinflarda so'zning fikr ifodasida nutqda tutgan o'rnidan, gapda turli ma'no vazifalarda qo'llanishdan kelib chiqqan holda so'z ma'nolarini tushuntirish usullari tanlanadi. O'qituvchi ona tili darslariga faol nutqqa kiritiladigan ma'nosi tushuntiriladigan so'zlarning ma'nosini o'quvchilar bilan birga "O'zbek tilining izohli lug'ati"dan topib, so'ng

1 Sh. Mirziyoyev "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash muqaddas dinimizning sofligini asrash-talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqidan 15- iyun 2017-yil.

davr

ayrim so'zlarning ma'nosini izohlashni uyga vazifa qilib bersa, jamoa bo'lib ma'noni izohlashga rag'bat uyg'otsa mustaqil faoliyatga o'rgatish oson kechadi. "Amaliy fazilatlar, odatlar ikki turli yo'l bilan hosil qilinadi: birinchi yo'l qanoatbaxsh so'zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so'zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiradi, odamlarga g'ayrat kasbga intilish, harkatga aylantiriladi ", -deb yozgan edi Farobiy.

Boshlang'ich ta'limda so'zlarning ma'nosini tushuntirish o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini o'stiradi. Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma'nosini tushuntirish mazkur so'z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma'nosini tushuntirish bilan o'quvchilar predmet keng ma'noda qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.

So'zning ma'nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma'nosi tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi. Ko'chma ma'noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq oborotlari matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma'nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlarni asarni o'qishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib bo'lmaydi.2

Lug'atlar o'quvchilarni kamolat sari yetaklab, yaratilgan bilim va ma'naviy boyliklarni o'rganib, o'zlashtirib borishga undaydi. Bu bebaho xazina o'quvchi, o'qituvchi, talaba, tadqiqotchi, mutaxassis va olimlarga bab-baravar zarurdir. Biz til va uning so'z boyliklarini qanchalik yaxshi bilganimiz bilan ularni yodda saqlashimiz juda qiyin. Shuning uchun ham turli-tuman lug'atlar tuziladi va ulardan o'z o'rnida foydalanamiz. Lug'atlar darsliklarning ajralmas qismiga aylanishi, har bir dars, mashg'ulotlarning tarkibiy qismi bo'lib qolishi, har bir fan o'qituvchisi o'z sohasi doirasida lug'atlar ustida ishlashi natijasida o'quvchi o'z lug'at zahirasiga ega bo'lib boradi va savodxon o'quvchiga aylanadi. L.V. Sherbaning lug'atshunoslikning ahamiyati va mashaqqatlarini inobatga olgan holda „Men tilshunoslikda lug'atshunoslikdan ko'ra jiddiyroq sohani bilmayman"- degan so'zlarini keltirish o'rinli bo'ladi.

"Ona tili ta'limidan asosiy maqsad "o'quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy vositalaridan nutq jarayonida samarali va o'rinli foydalanish ko'nikmalarini, fikrni turli yo'sin va shakllarda ifodalay olish malakalarini hosil qilishdan iborat ekan, bunga erishishni boy va barkamol so'z xazinasisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun so'z boyligi omili davlat standartida muhim o'rin egallashi lozim",-deya mutaxassis olimlar o'quvchilarining so'z boyligini oshirishda lug'atlar bilan ishlash omilining muhimligini bayon qiladilar.3

Oddiy lug'atlarga nisbatan rasmli lug'at o'quvchilar uchun katta qulayliklarga ega. Chunki unda so'z ma'nolarini o'qishdan tashqari ko'rib eslab qolish imkoniyati ham mavjud. Agar lug'atda so'z ma'nolarini o'qish, anglashdan tashgari ularning izohi bilan tanishish va misollar yordamida jonliroq tasavvur qilish imkoni bo'lsa, bu-ko'pgina qulaylik va afzalliklarni yuzaga keltiradi. Izohli lug'atlar qiyosiy tafakkur va to'g'ri yozish ko'nikmasini

2Maxmudova D. M. Boshlang'ich ta'limda so'z ma'nolari ustida ishlash orqali o'quvchilar nutqini o'stirish. Ijodkor o'qituvchi jurnali 5 MAY / 2022 YIL / 18 - SON, 10-12- betlar.

3HetMaTOB X,., rynoMOB A., 3MëgoBa T. Xo3Mpm y36eK agaÔMM tm.mhm ypraHMwga yK.yBHM.nap cy3 6oM.MmHM owMpMw. TowKeHr, «Xa.K MepocM», 2000, 7-6.

shakllantirishga xizmat qiladi. «O'zbek tilining izohli lug'ati» da shunday deyiladi: «Lug'at keng o'quvchilar ommasiga-tilshunoslar, o'rta va oliy maktab o'quvchi lari va o'qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o'zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.»4 O'quvchining ulg'aygani, bilimga, kamolatga intilgani sari lug'atlarga ehtiyoji oshib boradi. O'qish, ilm-hunar o'rganish va amaliyot jarayonida yangidan - yangi so'z va iboralarni uchratadi, ularning ma'nolarini bilishga harakat qiladi. Bu o'rinda ularga asosiy yordamchi izohli o'quv lug'atlaridir.

Boshlang'ich ta'limda boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqiy kompitensiyasini o'stirish, ularning lug'atini boyligini oshirish, muloqotga kirisha olish va fikr ifodalash, fikr almashish ko'nikmalarini rivojlantirish zarurdir. Shunday ekan, boshlang'ich ta'limda so'z ma'nosi ustida ishlashda rasmli-izohli o'quv lug'atlaridan foydalanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z zaxirasini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi, diqqatini oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi hamda rangli tasvirlar orqali ifodalangan so'zlarni bir umrga xotirasida saqlab qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh. Mirziyoyev "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash muqaddas dinimizning sofligini asrash- davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqidan 15- iyun 2017-yil.

2. Maxmudova D.M. Boshlang'ich ta'limda so'z ma'nolari ustida ishlash orqali o'quvchilar nutqini o'stirish. Ijodkor o'qituvchi jurnali 5 may/ 2022yil/18-son, 10-12- betlar.

3. Неъматов X,., Гуломов А., Зиёдова Т. Хрзирги узбек адабий тилини урганишда укувчилар суз бойлигини ошириш. Тошкенг, «Халц мероси», 2000, 7-6

4. "O'zbek tilining izohli lug'ati" (5 jildli). "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. - Toshkent, 2006-yil. 1-tom, 5-bet.

5. Husenova M. H. The importance of using picture-explanatory educational dictionaries in working on the meaning of words. Journal of international scientific research. Volume1, Issue 3, June, 2024. 171-173 pages. Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com.

4 "O'zbek tilining izohli lug'ati" (5 jildli). "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. - Toshkent, 2006-yil. 1-tom, 5-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.