Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / interfaol metodlar / zamonaviy texnologiyalar

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Ismoilova Yulduz Juraqulovna

Annotatsiya: maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati, o‘quv jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini qo‘llashning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari haqidagi fikr va mulohazalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI»

RHANDPUB.COM

Annotatsiya: maqolada ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati, o'quv jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini qo'llashning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari haqidagi fikr va mulohazalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, interfaol metodlar, zamonaviy texnologiyalar.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladilar. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetning ta'lim sohasiga keng kirib kelishi ta'lim xizmatlarining globallashuvi uchun ham katta yo'l ochib bermoqda. Rivojlangan davlatlar ta'lim sohasida bo'layotgan bunday ijobiy jihatlarini e'tiborga olgan holda, ta'lim sifatini yuksaltirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda foydalanish davr talabiga aylanmoqda.

Umumta'lim maktablari o'quvchilari aqliy salohiyatining o'sib borishi, ularning ta'lim mazmuniga chuqurroq kirib borishga intilishi, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dunyo yangiliklaridan boxabar bo'lishga qiziqishlari o'z-o'zidan ma'lumki, o'qituvchilardan o'z ustilarida tinimsiz izlanishlari bugungi kun nafasi bilan yashashi hamda ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishni talab etadi. "XXI asr - axborot texnologiyalari asri" deb bejiz aytilmagan.

RHANDPUB.COM

Bugungi kunga kelib ta'lim sohasida ko'plab yutuqlarga erishilmoqda. Ayni vaqtga kelib ta'lim sohasida samarali islohotlar amalga oshirildi.

Innovatsion texnologiyalarga asoslanib darslarni o'tkazish yaxshi natijalarni bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash jahon amaliyotida keng qirrali bo'lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlaridan yondashish lozim. Dars jarayoni murakkab ijodiy mashg'ulotdir. Uning samaradorligi ko'p jihatdan o'quvchilarning faolligiga bog'liq. Ularni faollashtirish uchun axborot texnologiyalari, o'yin, bahs, suhbat, musobaqa, sayohat, konferentsiya, davra suhbati, rolli o'yinlarni qo'llash, kitob bilan ishlash, kompyuter mashg'ulotlariga ko'proq vaqt ajratish kerak.

Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rinli qo'llanilishi, mashg'ulotlarning qiziqarli tarzda tashkil etilishiga olib kelishi bilan o'quv materiallarining chuqur o'zlashtirilishiga keng imkoniyat yaratib beradi. Pedagogik jarayonlarga ta'limning zamonaviy texnologiyalarini kiritish, yoshlarni mustaqil ijodiy ishlashga, erkin fikrlashga o'rgatishni hozirgi davr talabi ekan, uning ta'lim-tarbiya bilan uzviyligini ta'minlash bugungi kun vazifasidir. Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'p qismi maktabga chiqmasdanoq kompyuter savodxonligiga ega bo'lishmoqda. Ular kompyuter orqali har xil o'yinlarni o'ynashni, kompyuter qismlaridan qanday foydalanishni bog'cha yoshidanoq o'rganib olmoqda.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zig-zag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanilmoqda.

RHANDPUB.COM

Dars mashg'ulotlarida o'yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o'quvchilarining o'yin-topshiriqlarni bajarishga o'rganilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o'rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog'liq bo'lishi kerak.

Bugungi kun o'qituvchidan ilg'or pedagogik va yangi axborot texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg'ulotlarida interfaol metodlarni qo'llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo'llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz.

«Beshinchisi (oltinchisi, ettinchisi...) ortiqcha» metodi:

O'quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko'nikmalariga ega bo'lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo'llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

□ o'rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

□ hosil bo'lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo'lgan to'rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo'lmagan bitta tushunchaning o'rin olishiga erishish;

□ o'quvchilarga mavzuga taalluqli bo'lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

□ o'quvchilarni o'z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalar ga ham izoh berib o'tishlari hamda ular o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko'chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o'rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

«Videotopishmoq» metodi:

RHANDPUB.COM

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

□ o'quvchilar e'tiboriga o'rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

□ o'quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

□ o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O'quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishadi. Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.

1.Hoshimova M. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T.: TDIU, 2007.

2.Safarova A.M. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T.:TDIU, 2017. 58-

b.

3.Rasulova F., Abdullaeva R. Pedagogicheskaya etika. -T.: TDIU, 2014. 11-b.

Foydalanilgan adabiyotlar:

58-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.