BOSHLANG'ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNING AHAMIYATI
Radjapova Oksana Aleksandrovna
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7515413
Annotatsiya: Davlat ta'lim standartlarida ko'zda tutilgan bilimlar bilan o'quvchilarni qurollantirish ko'p jihatdan ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil etish, ayniqsa, uni integratsiyalashtirilgan ta'limni yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda integratsiyalashgan darslarning ahamiyati haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinflar, integratsiyalashgan darslar, boshlang'ich ta'lim, interaktiv ta'lim.
Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida ko'p gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o'quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o'quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog'liqligini ko'rishga o'rgatish kerakligini o'qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta'lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'limni integratsiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o'rgatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni
chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o'ziga xos o'tish metodologiyasiga ega bo'ladi. Umumiy ta'limning poydevorini qo'yadigan boshlang'ich maklabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o'quv predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asos bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
Integratsiyalashgan darslar - interaktiv ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Ko'rgazmali ta'lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta'lim tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko'rgazmali) tarmog'ida integratsiyalashning usul va vositalari: ta'lim rejasidagi o'qitish joyida vaqtning hajmiga qarab, shu kursni to'la o'zlashtrish vaqti o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi ko'p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o'quv predmetini o'qiyotgan paytda o'quvchilarga to'g'ri keladigan psixik qo'zg'alish hosil qilishi, bu materialni o'zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional anglashga, fikrlash qobiliyatining o'sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib keladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o'rnatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunda turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Fanlararo integratsiya - bir necha oquv predmetning bir-biriga taalluqli sohalarini ko'rsatish emas, balki integratsiyalab o'qitish orqali oquvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitligi haqida tasavvur berishdir. Olimlarning ta'kidlashicha, integratsiya oquvchi dunyoqarashini shakllantirishni tezlashtiradi Integratsiyalab oqitish oquvchi shaxsida mustaqil ishlash, ijodiy qobilyatlarni shakllantirish, darslarda faol ishtirokning yuzaga kelishi orqali bilim, ko nikma va
malakalarni egallaydi. Integratsiya asosi etib, bir darsning mazmuni va uni otkazish strukturasi olinadi, uni boyitish uchun boshqa fanlarni ham jalb qilishimiz mumkin. Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog'likligini ko'rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog'liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o'rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang'ich sinf darslaridayoq amalga oshirishi kerak. Odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san'at, mehnat, jismoniy tarbiya. bu fanlar bir-biri bilan o'zaro bog'liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Nutq o'stirish -harflarni to'g'ri talaffuz etish va yozish, so'zlarni to'g'ri o'qish va yozish; gap ohangiga rioya qilgan holda ravon obrazli o'qish; gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks etishi va yozilishi; fikr bayon qilish uchun zarur bo'lgan ayrim grammatik vositalarni o'z o'rnida qo'llay olish, xalq og'zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni o'qib tushuna olish kabi talablarni o'z ichiga oladi. Deyarli har bir darsning maqsadi nutq o'stirishga qaratilgandir. Asosan ona tili va o'qish, sinfdan tashqari o'qish darslarida o'quvchilar nutq o'stirish bilim, ko'nikma va malakalariga ega bo'lsalar, rus tili, matematika, tabiat, odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san'at, mehnat, jismoniy tarbiya darslarida uni mustahkamlab, to'ldirib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Eshmuxammedov R. O'quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo'llash uslubiyati. - T.: RBIMM, 2017.
2. R.Mavlyanova, N.Raxmankulova. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi, Toshkent "Voris nashriyot", 2013.
3. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova. "Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi", Toshkent "Ilm ziyo", 2009.
4. www.ziyo.uz