Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TEXNOLOGIK ATAMALARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG’ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TEXNOLOGIK ATAMALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4743
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Texnologiya / amaliy mashg’ulot / robototexnika / konstruktor / lego / shablon / trafaret / panno / eskiz / model / maket / badiiy qurish-yasash / loyihalash va modellashtirish. / Technology / practical training / robotics / constructor / lego / template / stencil / panel / sketch / model / layout / artistic construction / design and modeling.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umbarova, Nasiba Xolboy Qizi

Boshlang’ich sinf texnologiya darslarining asosiy shakli bu – amaliy mashg’ulot hisoblanadi. Mashg’ulot davomida texnologiya ta’limiga oid atamalardan ham foydalanildi, atamalar o’quvchilarga tushunarli bo’lishi uchun darsliklarda har bir atamaning izohi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF TECHNOLOGICAL TERMS IN PRIMARY CLASS TECHNOLOGY LESSONS

The main form of elementary school technology lessons is practical training. Terminology related to technology education was also used during the training, and the explanation of each term is given in the textbooks so that the terms are understandable to the students.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TEXNOLOGIK ATAMALARDAN FOYDALANISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

BOSHLANG'ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TEXNOLOGIK

ATAMALARDAN FOYDALANISH

Umbarova Nasiba Xolboy qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi " kafedrasi stajyor o'qituvchisi umbarovanasiba96@gmail.com

Boshlang 'ich sinf texnologiya darslarining asosiy shakli bu - amaliy mashg 'ulot hisoblanadi. Mashg'ulot davomida texnologiya ta'limiga oid atamalardan ham foydalanildi, atamalar o 'quvchilarga tushunarli bo 'lishi uchun darsliklarda har bir atamaning izohi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Texnologiya, amaliy mashg'ulot, robototexnika, konstruktor, lego, shablon, trafaret, panno, eskiz, model, maket, badiiy qurish-yasash, loyihalash va modellashtirish.

The main form of elementary school technology lessons is practical training. Terminology related to technology education was also used during the training, and the explanation of each term is given in the textbooks so that the terms are understandable to the students.

Keywords: Technology, practical training, robotics, constructor, lego, template, stencil, panel, sketch, model, layout, artistic construction, design and modeling.

Texnologiya fani mashg'ulotlari o'quvchilar ijodkorliklarining rivojlanish omillaridan biridir, ya'ni texnologiya darslari o'quvchilarda ijodkorlik, yaratuvchanlik kabi fazilatlarni shakllanishi, o'quvchilarda ishga ijodiy yondashish, o'z-o'zini boshqarish, ishdagi kamchiliklarni o'z vaqtida topish, o'z- o'ziga talabchan bo'lish, maqsadga intilish, mustaqil ishlash kabi xislatlarni namoyon bo'lishiga hamda ijodiy qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. Biz bilamizki boshlang'ich sinflarda texnologiya darslari amaliy tarzda o'tkaziladi va dars jarayonida o'qu vchilar ham amaliy ham nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni egallab boradilar. Boshlang'ich sinf texnologiya darslarining asosiy shakli bu - amaliy mashg'ulot hisoblanadi. Amaliy mashg'ulot deganda o'quvchilarning o'quv materialini faol ongli va mustahkam o'zlashtirish maqsadida mehnat o'qituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jamoa, ham yakka tartibdagi ish turlarini o'z ichiga oladigan o'quv mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak. Texnologiya ta'limida amaliy

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilar har bir topshiriqni amalda bajaradilar, o'qituvchi ularga zarur vaqtda ko'rsatma beradi va nazorat qilib baholab boradi va jarayonda ishtirok etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o'z ichiga oladi:

1. Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.

2. Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni to'liq tarzda oldingi amaliy ishlarga asoslanishi lozim.

3. Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.1

Amaliy mashg'ulot jarayonida har bir topshiriq oddiydan murakkabga qarab

Boshlang'ich sinf mehnat ta'limi darslaridagi ta'lim-tarbiyaviy vazifalar umumta'lim maktablaridagi mehnat ta'limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg'ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:

1. Qog'oz va karton bilan ishlash.

2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.

3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash

a) plastilin va loy ishi;

b) urug'lar bilan ishlash;

d) applikatsiya va mozaika ishlari;

4. Loyihalash va modellashtirish;

a) badiiy qurish-yasash.

5. Qishloq xo'jalik mehnati.

Yuqorida keltirilgan ish turlari boshlang'ich sinflarning to'rttala bo'g'iniga ham tegishli bo'lib har bir sinf doirasida mavzulashtirilgan tartibda berilgan.Texnologiya darslarida o'quvchilarga mavzuni yoritib berish vaqtida o'qituvchi albatta texnologiya faniga oid atamalar va lug'atdan foydalanadi. O'quvchi bir darsda bitta yoki ikkita lug'atni yodlab olishi natijasida uning so'z boyligi ham oshib boradi, ushbu fanga oid tushunchalari kengayadi. Uchinchi sinf texnologiya darsligidagi atamalarni olib qaraydigan bo'lsak unda o'quvchilar tanishishlari kerak bo'lgan atamalar izohlari bilan keltirilgan.

Robototexnika - robotlarni qurish, ulardan foydalanish boshqarish, ma'lumotlarni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan mexanika, elektrotexnika, elektron muhandislik va informatika fanlarini birlashtiradigan soha.

Ushbu atamani o'quvchilarga tushintirish jarayonida robot turlari, qanday ishlarni bajarishi, ular inson mehnatini qisman yoki to'liq o'zlashtirib

1 1. X.Sanaqulov D.Xodiyeva, M.Satbayeva "MEHNAT VA UNI O'QITISH METODIKASF'Toshkent - 2015

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

olishi,ummuman olganda insonlarga yordamchi ekanligi hamda insonlaming qo'l mehnatini yengillashtirish uchun yaratilishi aytib o'tiladi.

E'lonlarni yetkazuvchi

Konstruktor - turli modellarni yig'ishga mo'ljallangan standart detallar to'plami.

Robototexnika asoslarni o'rganish uchun maxsus konstruktor detallar to'plami, elektromexanik va elektron qurilmalar kerak bo'ladi. Biz bunday detallarni kundalik hayotimizda ko'p uchratganmiz.ular odatda o'yin uchun ishlab chiqariladi. Konstruktor detallari yordamida o'quvchilar turli mexanizmlarni o'rganishlari mumkin. Konsrtuktor materiallari turli materiallardan tayyorlanishi mumkin. Ma salan, plastik yoki metal buyumlardan. O'quvchilar uchun. plastikdan tayyorlangan detallarni yig'ish oson ,ammo ular mustahkam bo'lmaydi. Plastikdan yasalgan konstruktor detallariga lego o'yinchoqlarini misol keltirishimiz mumkin.

Lego - Daniyadagi (Billund) Lego Group xususiy kompaniyasi ishlab chiqaradigan plastik mahsulot.

Metalldan yasalgan detallarni birlashtirish uchun maxsus ish qurollari (otvyorka,gaykali klyuchlar) kerak bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

Shablon - 1) tayyor buyumlar shaklining to'g'riligini tekshiradigan asbob, moslama; 2) tabiiy kattalikda tayyorlangan detal (me'morlik, qurilish) chizmasi; 3) ko'chma ma'noda - ko'r-ko'rona taqlid qilish.

Maktabda esa doira va qaytarma shablonlardan simmetrik shakldagi modellarni yasashda foydalaniladi.Trafaret shablon tayyorlash uchun tasvir chizib olinadi va ozgina kesib, qaychini uzmasdan qirqishga harakat qilinadi. Agar uzib-uzib qirqilsa, tasvir noto'g'ri chiqishi mumkin.

Trafaret shablon 2 xil bo'ladi:

1) oddiy trafaret shablon;

2) murakkab trafaret shablon.

Oddiy trafaret shablon deb bir qismdan iborat bo'lgan shaklga aytiladi.murakkab trafaret shablon esa uch yoki to'rt qismdan iborat bo'lgan shakldir.

Eskiz - badiiy asar yoki uning alohida qismlari g'oyasini aks ettiruvchi dastlabki qoralama, xomaki asar. Eskiz - biror predmet rasmining tugallanmagan, xomaki, taxminiy nusxasi.

Panno- (lotincha pannus - bo'laklar) har xil tasvirdagi san'at ko'rinishi hisoblanadi.2 Ulardan hovli va devorlarni bezashda foydalaniladi.

2Xamrakul Sanakulov, Dilfuza Abdiyeva "Texnologiya "3-sinf [Matn] : darslik / - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022. - 80 b

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Texnologiya ta'limidagi ish turlari o'quvchilarni mustaqil fikrlashga,har bir ishga ijodiy yondashishga o'rgatadi.. Har bir amaliy mashg'ulotimizning izchilligi va ketma-ketligiga a'lohida e'tibor qaratishimiz lozim.O'quvchilarning texnologiya darslarida olgan bilimlari kelajakda ulardan yetuk mutaxassislar,ixtirochilar bo'lib yetishishida as qotadi.Amaliy darslarda berilayotgan manbalar o'quvchilarning yosh-psixologik xususiyatlariga mos kelishi kerak.Aks holda o'quvchilarni haddan ortiq ma'lumotlar bilan charchatib qo'yishimiz mumkin, buning natijasida o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqish yo'qolib, dars samaradorligi pasayadi.Texnologiya darslarida amaliy mashg'ulotlar turli usullarda amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak amaliy mashg'ulot jarayonida har bir topshiriq oddiydan murakkabga qarab yo'naltiriladi.O'quvchilar avvaliga oson topshiriqlarni bajaradilar.So'ngra esa mashg'ulotlar murakkablashib ,ketma-ket bir-birini to'ldirib boradi.Oldingi darslarda o'rganilgan topshiriqlar keying mashg'ulotning mantiqiy davomi bo'lishi kerak. Dastlab mashg'ulot jarayonida o'qituvchi va o'quvchi o'zaro hamkorlikda ish olib boradi.Keyinchalik o'quvchilarning mustaqil ishlash darajasi ortib borishi bilan ular o'z ustida tinimsiz mehnat qila boshlaydilar.

REFERENCES

1. X.Sanaqulov D.Xodiyeva, M.Satbayeva "Mehnat va uni o'qitish metodikasi'Toshkent - 2015

2. Xamrakul Sanakulov, Dilfuza Abdiyeva "Texnologiya "3-sinf [Matn] : darslik / - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022. - 80 b

3. Umbarova Nasiba Kholboy's "Methodology of Organizing Lessons for Primary School Technology Teacher with Paper and Carton "International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, Volume 15-2022

4. Ashurov N.R, Umbarova N.X.Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida qog'oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etishda o'qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish. "Monografiya" Denov -2022, 160 b.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.