Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA TA’LIMIY-IJODIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA TA’LIMIY-IJODIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rus tili darajasi / ta'limiy-ijodiy o‘yinlar / til mukammalligi / savodxonlik darajasi / ijtimoiy ko‘nikma / kommunikativ kompetentlik / interaktiv va ijodiy faoliyat / kreativlik / motivatsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilova Nargiza Gaybullayevna, Raxmanova Vazira Kaimovna

Ushbu maqolada ta'limiy-ijodiy o‘yinlar, boshlang‘ich sinf rus tili darslarida o‘quvchilarga tilni mukammal o‘rganishda, ularning savodxonlik darajasini oshirish, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda ta'limiy ijodiy o‘yinlarning ahamiyati, o‘quvchilarda rus tilidan kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda interaktiv va ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan ta'limiy ijodiy o‘yinlardan samarali foydalanishga oid tavsiyalar va ularning afzalliklari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA TA’LIMIY-IJODIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

BOSHLANG'ICH SINF RUS TILI DARSLARIDA TA'LIMIY-IJODIY O'YINLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Dilova Nargiza Gaybullayevna

Buxoro davlat universiteti professori, p.f.d. (DSc) Raxmanova Vazira Kaimovna Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'limiy-ijodiy o'yinlar, boshlang'ich sinf rus tili darslarida o'quvchilarga tilni mukammal o'rganishda, ularning savodxonlik darajasini oshirish, ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'limiy ijodiy o'yinlarning ahamiyati, o'quvchilarda rus tilidan kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda interaktiv va ijodiy faoliyatga yo'naltirilgan ta'limiy ijodiy o'yinlardan samarali foydalanishga oid tavsiyalar va ularning afzalliklari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar. Rus tili darajasi, ta'limiy-ijodiy o'yinlar, til mukammalligi, savodxonlik darajasi, ijtimoiy ko'nikma, kommunikativ kompetentlik, interaktiv va ijodiy faoliyat, kreativlik, motivatsiya.

Абстракт. В данной статье рассматриваются учебно-творческие игры, значение обучающих творческих игр на уроках русского языка в начальной школе для идеального изучения языка учащимися, повышения уровня грамотности и развития социальных навыков, рекомендации русского языка у учащихся и их преимущества относительно эффективное использование обучающих творческих игр, ориентированных на интерактивно-творческую деятельность в развитии коммуникативной компетентности.

Ключевые слова. Уровень русского языка, развивающие и творческие игры, владение языком, уровень грамотности, социальные навыки, коммуникативная компетентность, интерактивно-творческая деятельность, креативность, мотивация.

Abstract. This article discusses educational and creative games, the importance of educational creative games in Russian language lessons in primary school for the

ideal study of the language by students, improving literacy and developing social skills, recommendations for Russian language for students and their advantages regarding the effective use of educational creative games focused on interactive creative activities in the development of communicative competence.

Key words: Russian language level, educational and creative games, language proficiency, literacy level, social skills, communicative competence, interactive and creative activities, creativity, motivation.

Kirish.

Ta'limiy-ijodiy o'yin — bu o'quv jarayonida foydalaniladigan interaktiv va ijodiy faoliyat bo'lib, u o'quvchilarning bilimlarini, ko'nikmalarini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ta'limiy ijodiy o'yinlar o'quvchilarni rus tili darslarida tilni mukammal o'rganishda nafaqat ularning savodxonligini, balki ijodiy va ijtimoiy ko'nikmalarini ham rivojlantirishga yordam beradi. Bu o'yinlar orqali o'quvchilar o'zlarini erkin ifodalay oladilar va tilni samarali o'rganadilar. Shu bilan birga, o'quvchilarning ijodiy fikrlashini, nutqini, ijtimoiy ko'nikmalarini va jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini oshirishni ta'minlaydi.

Mavzuning dolzarbligi.

Zamonaviy ta'lim jarayonlarida o'quvchilarning rus tilini o'rganish savodxonligini rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanib, bunda o'quv mashg'ulotlarida o'quvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda rus tili fani bo'yicha boshlang'ich sinf bitiruvchilariga qo'yiladigan malaka talablarining bajarilishida samarali natijani beradi. Ya'ni, o'quvchilarning rus tilidan A1 va A1+ darajadagi nutqiy, lingvistik kompetentsiyalarni egallashlariga yordam beradi.

Bunda o'quvchining nutqiy kompetentligini belgilovchi A1 darajadagi sodda yo'riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila olish; savol va ta'kidlovlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna olish; sodda savollar tuza oladi va ularga javob bera olish; yashash joyi, oilasi, do'stlari va tanishlari haqida ma'lumot bera olish; o'zini tanishtira olish, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida so'zlab bera olish; tanish mavzularda qisqa xabar bera olish; bir daqiqada 30 - 35 ta so'zni ovoz chiqarib to'g'ri

o'qiy olish; shaxsiy sodda xabarlarni yoza olish; shaxsiy ma'lumotlar (ismi va otasining ismi, yashash manzili va hokazo) bilan sodda so'rovnomani to'ldira olish; she'r va hikoyalar, qo'shiqlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna olish kabi hamda A1+ darajadagi xalq og'zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, she'rlarni va ulardan berilgan parchalarni o'qib tushunadi va mazmunini so'zlab bera olish talablari nazarda tutiladi va baholanadi.

Bundan tashqari fanga oid o'quvchilarning lingvistik kompetentligining A1 darajasi, ya'ni rus tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila olish; muloqot vaziyatlarida mantiqiy urg'u, intonatsiya modellarini farqlaydi, oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan to'g'ri foydalana olish; voqea va hodisalarni tasvirlashda, hikoyalarni bayon qilishda gaplarni to'g'ri ketma-ketlikda bog'lay olish; kommunikativ vaziyatlarda lug'atlardan o'z o'rnida to'g'ri foydalana olish;

baynalmilal so'zlar va boshqa tildan olingan o'zlashtirma so'zlarni tushuna olish va o'z o'rnida ishlata olish hamda A1+ darajadagi kommunikativ vaziyatlarda oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan foydalana olish; fe'l shakllari va o'rganilgan sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to'g'ri bog'lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni bayon qila olish kabi talablar bajarilishini ta'minlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Asosiy qism.

Dars jarayonida o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakasini oshirishda ta'limiy-ijodiy o'yinlarda o'ziga xos bo'lgan koloborativ yondashuvga asoslangan interaktivlik, o'quvchilarning kreativligini rivojlantirishga yo'naltirilgan ijodiy faoliyat, mashg'ulotlarda belgilangan ta'lim maqsadlari natijasini kafolatlash, o'quvchilarning fanga oid va hayotiy ko'nikmalarini rivojlantirish kabi muhim omillar asosiy ko'rsatgichlar hisoblanadi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Ta'limiy-ijodiy o'yinlarning asosiy xususiyat va yo'naltirilgan vazifalari

Xususiyatlari

Vazifasi

6

~ a ~

1 Ta'lim maqsadi o'yinlar bilimlarni mustahkamlash, til ko'nikmalarini rivojlantirish va ijodiy fikrlashni rag'batlantirish uchun mo'ljallangan

2 Interaktivlik o'yin ishtirokchilarini faol qatnashishga va o'zaro muloqot qilishga undaydi

3 Ijodiy faoliyat o'quvchilar o'z fikrlarini, g'oyalarini va ijodiy yechimlarini ifodalash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

4 Ko'nikmalarni rivojlantirish o'yinlar orqali o'quvchilarni jamoa bilan ishlash, muloqot qilish, qaror qabul qilish va ijodiy yondashuvlarni rivojlantirish imkoniyati yuqori bo'ladi.

1-jadvalda keltirilgan o'yin turlariga turli ijodiy stsenariylarda ishtirok etishga oid rolli o'yinlar, so'zlarni topish, sinonimlar va antonimlar bilan ishlashga yo'naltirilgan so'z o'yinlari, o'quvchilarning ijodiy va intellektual rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan kreativ yozuv, ya'ni hikoya yozish yoki she'r to'qish kabilar misol bo'la oladi. Ta'limiy-ijodiy o'yinlar o'quvchilar uchun qiziqarli va samarali o'rganish usuli bo'lib, ularning kreativ qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Asosiy qism.

Mavzuga oid dissertatsiya ishimiz tadqiqotlari davomida boshlang'ich sinf rus tili darslarida o'quvchilarning rus tilida so'zlashuvini yanada rivojlantiruvchi samarali natijadorlikni ta'minlashga xizmat qilgan ta'limiy-ijodiy o'yinlardan bir qanchasini taklif qilamiz. Bu o'yinlar orqali o'quvchilarning rus tilidagi so'zlashuv malakalari muntazam rivojlanadi, ular rus tilida o'zlari ifodalash ko'nikmasiga ega bo'ladilar:

"Men bilaman" o'yini: O'quvchilarga rus tilidagi sodda so'zlar yoki jumlalarni bering, ular esa ularni tarjima qilishlari va yangi jumlalar tuzishlari kerak.

"Qanday qilib aytiladi?" o'yini: O'quvchilarga rasmlar ko'rsatib, ularning nomlarini rus tilida aytishlari so'raladi.

"Nima bu?" o'yini: O'quvchilar rus tilida so'ralgan savollarga javob berishlari kerak.

"Rangli dunyo" o'yini: O'quvchilar rangli buyumlarni rus tilidagi nomlari bilan ataydilar.

"Eng sevimli narsam" o'yini: O'quvchilar sevimli narsalarini rus tilida ifodalaydilar.

"Top-top" o'yini: O'quvchilar rus tilida berilgan topshiriqlarni bajarishadi, masalan, "Top qanday o'yinchoqni" yoki "Top qanday mevani".

"Hikoyani davom ettir" o'yini: O'quvchilar rus tilida boshlangan hikoyani davom ettirib, yangi jumlalar tuzadilar.

"Sahnada namoyish" o'yini: O'quvchilar rus tilida qisqa dialoglar yoki sahnalarni namoyish qiladilar.

"Ertak o'yna" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi ertaklar bilan ishlaydilar - ularni qayta hikoya qiladilar yoki yangi tugallanishi yaratadilar.

"Raqsga tushaylik" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi qo'shiqlarga qo'shilib, raqs qiladilar.

"Muvofiq jumlani top" o'yini: O'quvchilarga rus tilida bir necha jumlalar beriladi va ulardan mavzuga mos keladigan jumlani tanlashlari so'raladi.

"Syujetli rasmga qara" o'yini: O'quvchilar rasm bo'yicha rus tilida savollar berishadi va javoblarni tuzishadi.

"Qanday fikrlaysan?" o'yini: O'quvchilar muayyan mavzuda rus tilida fikr almashadilar, fikrlarini asoslaydilar.

"Predmet o'yinlari" o'yini: O'quvchilar rus tilida predmetlarning nomlarini aytadilar va ularning xususiyatlarini xarakterlaydilar.

"Xorijdan mehmon" o'yini: O'quvchilar rus tilida qisqa dialoglar o'tkazadilar, bir-birlariga savollar berishadi va javoblar olishadi.

"Qanday harakat qiladi?" o'yini: O'quvchilar rus tilida predmetlar yoki jonzotlarning harakatlarini tavsiflashadi.

"Nima bo'lyapti?" o'yini: O'quvchilar rus tilida rasmlarda aks etilgan voqealarni tushuntirishadi.

"Hikoya tuzaman" o'yini: O'quvchilar rus tilida hikoya quradilar, undagi voqea-hodisalarni rivojlantiradilar.

"Qiymat va afsus" o'yini: O'quvchilar o'zlariga ma'qul kelgan narsalar haqida rus tilida bahs qiladilar.

"Notanish so'zni topamiz" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi noma'lum so'zlarni tushuntirishadi va ular bilan yangi jumlalar tuzadilar.

"O'zaro suhbat" o'yini: O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida rus tilida qisqa mavzuviy suhbatlar olib borishadi.

"Buyumlarni top" o'yini: O'quvchilar rus tilida berilgan buyruqlar bo'yicha sinfdagi buyumlarni topishadi.

"So'zlar zangori" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi so'zlarni aniq mavzular bo'yicha guruhlashtiradilar.

"Rollar o'yini" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli rollarni o'zlashtirib, qisqa sahnalar qo'yadilar.

"So'zlashuv mashqlari" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi kundalik muloqot iboralarini takrorlab, muayyan vaziyatlarda qo'llashadi.

"Mavzuviy suhbat" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli mavzular (tabiat, oila, maktab va boshqalar) bo'yicha suhbatlar olib borishadi.

"Aksi va esida qolgan" o'yini: O'quvchilar rus tilida berilgan rasmlardagi predmetlar yoki voqealarni ifodalashadi.

"Men-sen" o'yini: O'quvchilar rus tilida bir-birlariga savollar berishadi va javob qaytarishadi.

"Turli vaziyatlarni ifodalash" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli hayotiy vaziyatlarni (qo'rquv, xursandlik, qayg'u va b.) ifoda etishadi.

"Topilmagan so'z" o'yini: O'quvchilar rus tilida yangi so'zlar topish uchun bir-birlariga ko'maklashishadi.

"Mish-mish" o'yini: O'quvchilar rus tilida o'zlariga yangi, noma'lum so'zlarni o'rgatishadi va ular bilan gapirishadi.

"Men kim bo'lishni xohlayman?" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli kasblar haqida gapirishadi, ular haqida ma'lumot berishadi.

"Xayoliy sayohat" o'yini: O'quvchilar rus tilida o'zlarini turli mamlakatlarda, shaharlarda tasavvur qilishadi va safarlari haqida hikoya qilishadi.

"Telefon orqali muloqot" o'yini: O'quvchilar rus tilida bir-birlari bilan telefon orqali qisqa suhbatlar o'tkazishadi.

"She'riy parda" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi qisqa she'rlar yoki baytlarni yoddan aytishadi va ularni tushuntirishadi.

"Top va tushuntir" o'yini: O'quvchilar rus tilida berilgan so'zlar yoki so'z birikmalarini tushuntirib, boshqa o'quvchilarga topdirishadi.

"Syujetli sahna" o'yini: O'quvchilar rus tilida qisqa syujetli sahna ko'rsatishadi va uni tushuntirishadi.

"Tilga kelgan" o'yini: O'quvchilar bir-birlariga rus tilida savollar berishadi va darhol javob qaytarishadi.

"Tarjima qil" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi so'zlarni o'z ona tillariga tarjima qilishadi va ularning ma'nosini izohlashadi.

"Ovoz ber" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi so'zlar, gaplarni to'g'ri talaffuz qilish bo'yicha bir-birlariga ovoz berishadi.

Tajriba tadqiqotimiz davomida amalga oshirgan loyihalarimizda yuqorida qo'llagan ijodiy o'yinlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining rus tilidagi so'z boyligini oshirish, madaniy-tilli kompetentsiyalarini rivojlantirish va rus tilida mustaqil o'zini ifodalash qobiliyatini ta'minlash bilan birga o'quvchilar rus tilida muloqotga kirishish, o'zlarini erkin ifoda etish ko'nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi o'z isbotini topdi.

Dars jarayonida ushbu o'yinlarni qo'llash orqali o'quvchilar rus tilidagi so'zlar va ifodalarni o'rganishga, muloqot qobiliyatlarini oshirishga va o'z-o'zlarini rus tilida ifodalashga intildilar. Bundan tashqari, ushbu o'yinlar o'quvchilarning rus tilidagi so'zlar va ifodalarni yanada mukammal o'zlashtirishga, ularni hayot tarzida, shaxsiy ehtiyojlari davomida samarali qo'llash mahoratini oshirib, rus tilida so'zlashuv malakalarini yaxshilashga, o'quvchilarning o'zaro muloqotchanlik qobiliyatini oshirib, o'zlarini rus tilida ifodalashga urinishga undadi.

Natijada, boshlang'ich sinf o'quvchilarining rus tilida so'zlashuv malakalarini yanada rivojlantirish va ularning kreativligini oshirishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni takomillashtirishga erishildi:

10

"Ertak ijodkori" o'yini: O'quvchilar rus tilida yangi ertaklar yoratishadi va ularni hikoya qilib berishadi. Bu orqali, ularning ijodiy va muloqot qobiliyatlari rivojlanadi.

"Rol almashuv" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli obrazlar (odam, hayvon, buyum) rollarini o'ynashadi. Bu o'yin o'quvchilarning o'zgacha fikrlash va improvizatsiya qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

"O'zgaruvchan rasm" o'yini: O'quvchilar rus tilida bir rasmni bir-biriga uzatib, undagi predmet yoki voqealarni o'zgartirishadi. Bu orqali ular mustaqil fikrlash va ijodkorliklarini namoyon etishadi.

"Xotira topilmasi" o'yini: O'quvchilar rus tilida topilmalar tuzishadi va boshqa o'quvchilarga topdirishadi. Bu o'yin o'quvchilarning fikrlash va nutq madaniyatini rivojlantiradi.

"O'zgargan voqea" o'yini: O'quvchilar rus tilida ma'lum ertaklar, voqealar syujetini o'zgartirib, yangi variantlarini taqdim etishadi. Bu orqali ularning ijodiy tafakkuri rivojlanadi.Bu o'yinlarni takomillashtirish orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining rus tilida so'zlashuv malakalari bilan bir qatorda, ularning kreativligi ham oshiriladi.

"Ijodiy loyiha" o'yini: O'quvchilar rus tilida guruhlarda turli mavzularda (masalan, tabiat, texnologiya, sport va h.k.) ijodiy loyihalar tayyorlashadi va ularni bir-birlariga taqdim etishadi. Bu o'quvchilarning ijodiy, muloqot va o'zini-o'zi ifodalash qobiliyatlarini oshiradi.

"Turli rakurslar" o'yini: O'quvchilar rus tilida yagona voqea yoki xodisani turli nuqtai nazardan (masalan, turli qahramonlar ko'zidan) ifodalashadi. Bu o'quvchilarning kreativ fikrlash va o'zgacha yondashuvlarini rivojlantiradi.

"Kombinatsion ijod" o'yini: O'quvchilar rus tilida guruhlarda turli predmetlar, obrazlar, voqealarni bir-biri bilan uyg'unlashtirgan yangi ijodiy ishlar tayyorlashadi. Bu o'quvchilarning fantaziya va integratsiyalash qobiliyatlarini oshiradi.

"O'ylab top va ifodala" o'yini: O'quvchilar rus tilida o'zlari o'ylab topgan yangi mashina, buyum yoki fantastik qahramonlarni ifodalab berishadi. Bu o'quvchilarning ijodiy tafakkuri va tasavvurini rivojlantiradi.

"Turli badiiy vositalar" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli badiiy vositalardan (metafora, ta'kid, qiyos va boshq.) foydalangan holda, obrazli ifodalar yaratishadi.

"Ko'prik qurish" o'yini: O'quvchilar rus tilida bir-biriga savollar berib, o'zaro muloqotga kirishishadi. Bu orqali ular til o'rganishda faol ishtirok etishadi.

"Tasviriy ifoda" o'yini: O'quvchilar rus tilida o'zlari tasavvur qilgan mavzularni rassomga tasvirlab berishadi va bir-birlariga tushuntirib berishadi.

"Maqol-topqirlar" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi maqol va topqirlarni o'rganib, ularni o'zlarining hayotiy vaziyatlar bilan bog'lab tushuntirishadi.

"Musiqiy ta'lim" o'yini: O'quvchilar rus tilidagi ashula so'zlarini yoddan aytib, ijro etishadi. Bu orqali ularning til malakalari va ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi.

"O'zgaruvchan dramatik sahna" o'yini: O'quvchilar rus tilida qisqa dramatik sahnalar ijro etib, ularni o'zgartirish orqali ijodkorliklarini namoyon etishadi.

"Syujet davomi" o'yini: O'quvchilar rus tilida bir-biri bilan bog'liq qisqa syujetlar tuzishadi va davom ettirishadi. Bu orqali ularning ijodiy tafakkuri va nutq ko'nikmalari takomillashadi.

"Obrazli tasvir" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli obrazlarni (odam, hayvon, buyum) ifodalab berishadi. Bu ularning kreativ va improvizatsiya qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

"She'riy ijod" o'yini: O'quvchilar rus tilida qisqa she'riy parchalar yoratishadi va ularni ifodali o'qishadi. Bu she'riy va badiiy tafakkurlarini oshiradi.

"Musobaqa" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli mavzular yoki savollar bo'yicha bellashib, o'zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishadi.

"O'ylab top va o'yna" o'yini: O'quvchilar rus tilida o'zlari o'ylab topgan yangi o'yinlar yoki qoidalarni bir-birlariga tushuntirib, ijro etishadi.

"Assotsiativ chizmalar" o'yini: O'quvchilar rus tilida berilgan so'zlar, tushunchalar yoki voqealarga oid assotsiativ chizmalar yaratishadi. Bu ularning fikrlash va tasavvur qobiliyatlarini oshiradi.

"Ertakdagi yangi qahramon" o'yini: O'quvchilar rus tilida tanish ertaklarga yangi qahramonlar kiritib, ularning rolini ijro etishadi. Bu o'quvchilarning ijodiy fantaziyasi va nutq mahoratini rivojlantiradi.

12

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"Optik sarguzasht" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli optik-vizual o'yinlar va talablar hamda topshiriqlarni bajarishadi. Bu ularning kuzatuvchanlik va ijodiy qarashi ko' nikmalarini rivojlantiradi.

"Ijodiy hikoyalar" o'yini: O'quvchilar rus tilida bir-birlariga hikoya boshlab, uni rivojlantirib, ijodiy yakunlashadi. Bu ularning nutq, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

"Teatr sahnasi" o'yini: O'quvchilar rus tilida turli obrazlar va rollarni ijro etib, qisqa dramatik sahnalar tayyorlab, namoyish qilishadi. Bu o'quvchilarning improvizatsiya va ijodiy qobiliyatlarini oshiradi.

Yuqorida taklif hamda tavsiya qilinayotgan o'yinlar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining rus tili faniga qiziqishi ortadi, so'zlarni o'zlashtirish darajasi yaxshilanadi, rus tilida erkin muloqotga kirishish ko'nikmalari rivojlanishi bilan birga, ularning mustaqil fikrlash, kreativ tasavvur, nutq madaniyati va ijodiy salohiyatlari ham shakllantiriladi.

Xulosa.

Ushbu taklif qilingan ta'limiy-ijodiy o'yinlarni uyushtirishda o'qituvchi o'quvchilarning qiziqishlari va yosh xususiyatlarini hisobga olishi, o'yinlar maqsadli, aniq tuzilmaga ega bo'lishi, belgilangan vaqt doirasida o'tkazilishi, o'yinlarni o'tkazishda rag'batlantirish va mukofotlash tizimidan foydalanish, o'quvchilarga rus tilida muloqotga kiririshlariga sharoit yaratish, ularning qo'rquvlarini yengib o'tishlariga ko'maklashish muhim hisoblanadi. Rus tili darslarining sifatini va natijadorligini ta'minlashda mazkur o'yinlarni turli mavzular doirasiga moslashtirib tashkil etish, mulbtimedia texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning qiziqishini oshirishga imkoniyat yaratish, o'quvchilar bilimini baholash va nazorat tizimini o'yin jarayoniga integratsiyalash orqali o'quv natijalarini kuzatish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotimiz natijasi asosida taklif qilingan ta'limiy ijodiy o'yinlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining rus tilida so'zlashuv mahoratini tizimli rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Gabdulxakova R.F. Perspektivniye napravleniya razvitiya metodiki obucheniya russkomu yaziku v obsheobrazovatelnoy shkole // Nauchniy vestnik NamGU, 2019. - №1. - S.234-238 (13.00.00. №30).

2. Gabdulxakova R.F. Perspektivniye napravleniya razvitiya metodiki obucheniya russkomu yaziku v obsheobrazovatelnoy shkole // Nauchniy vestnik NamGU, 2019. - №3. - S.336-338 (13.00.00. №30).

3. Gabdulxakova R.F. Til ta'limida kommunikativ kompetentlilik yondashuvining mazmuni va maqsadi // «Til va adabiyot ta'limi», 2019. - № 12. -B.35-36 (13.00.00. №8).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.