Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING DIQQATINI JALB ETISHNING MUHIM METODLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING DIQQATINI JALB ETISHNING MUHIM METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4503
260
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diqqat / yo’nalganlik / jamlanganlik / ixtiyoriy diqqat / ixtiyorsiz diqqat / barqarorlik / ko’chuvchanlik / bo’linuvchanlik / parishonlik / retikulyar formatsiya. / attention / orientation / concentration / voluntary attention / involuntary attention / stability / mobility / divisibility / distraction / reticular formation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — H. Shukurova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarning diqqatini jalb etishga doir metodik tavsiyalar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANT METHODS OF ATTRACTING THE ATTENTION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS

Methodological recommendations for attracting the attention of elementary school students have been given in this article.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING DIQQATINI JALB ETISHNING MUHIM METODLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING DIQQATINI JALB ETISHNING

MUHIM METODLARI H. S. Shukurova

Jizzax Davlat Pedagogika instituti Ilmiy kengash rahbari katta o'qituvchi Begimova Nozima Akram qizi

Jizzax Davlat Pedagogika instituti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7231908

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarning diqqatini jalb etishga doir metodik tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'z: diqqat, yo'nalganlik, jamlanganlik, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, barqarorlik, ko'chuvchanlik, bo'linuvchanlik, parishonlik, retikulyar formatsiya.

ВАЖНЫЕ ПРИЕМЫ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ВНИМАНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Аннотация. В статье даны методические рекомендации по привлечению внимания учащихся начальных классов.

Ключевые слова: внимание, направленность, концентрация, произвольное внимание, непроизвольное внимание, устойчивость, подвижность, делимость, отвлечение, ретикулярная формация.

IMPORTANT METHODS OF ATTRACTING THE ATTENTION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. Methodological recommendations for attracting the attention of elementary school students have been given in this article.

Key words: attention, orientation, concentration, voluntary attention, involuntary attention, stability, mobility, divisibility, distraction, reticular formation.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini yil sayin mustahkamlab borar ekan, shu yurtning tayanchi, kelajagi bugungi avlodning bilimli,o'qimishli sog'lom ma'naviyatli barkamol yetuk shaxs bo'lib ulg'ayishiga bog'liqdir. Insonning ruhiyati, hissiyotlarini, ta'lim va tarbiya jarayonida mustaqil ishtiroki, ichki kechinmalarini, faol shaxs sifatidagi o'z-o'zini shakllantirish samaradorligini oshirishda psixologiya fani va uning metodlari muhim rol o'ynaydi.

Ta'lim va tarbiya jarayoni bolaga yoshlik chog'idan singdirilib borilar ekan, biz singlimiz, ukamiz, farzandimizni ijtimoiy hayotning har jabhasida o'z o'rnini topa olmog'i uchun o'z xulqi va odobi ila yoinki, bilimi va kasbi ila mahallamiz, shahrimiz va yurtimizga foydasi tegadigan barkamol avlod bo'lmog'I uchun, boshlang'ich sinf o'qituvchisi ta'lim va tarbiya jarayoning faol ishtirokchisi sifatida astoydil harakat qilmoqlari lozim.

O'qituvchi o'quv faoliyatini amalga oshirishda o'quvchilarning diqqatini qarata olishi dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun Boshlang'ich sinflarning bilim olishi, ko'nikma, malaka kompetensiyalarini shakllantirish masalasi bo'yicha ''Boshlang'ich sinf o'quvchilarining diqqatini jalb etishning muhim metodlari'' bo'yicha ilmiy maqola yoritishni maqsad qilib oldik.

O'qituvchi o'quvchilarga yaxshi bilim bera olishi, dars jarayonini yaxshi tashkil eta olishi va o'z vazifasini to'laqonli amalga oshira olishi uchun o'z kasbining bilimdoni bo'lishi va dars jarayonini tashkil eta olishi uchun faol ishtirokchi bo'lishi shart. Eng asosiysi esa o'quvchilarning diqqatini torta olishi kerak. O'quvchilarning diqqatini o'ziga qarata olmagan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'qituvchi BKMlarini yaxshi yetkazib bera olmaydi, uning natijasida esa yaxshi kadrlarni tayyorlay olmaydi. Diqqat faoliyatni samarali bo'lishini ta'minlovchi, yosh kadrlarning savodxonlik darajasini oshirib beruvchi eng muhim psixik jarayondir. Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba'zilarning ta'kidlashicha, diqqat- bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o'zi esa ma'lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog'laydilar.

METOD VA METODOLOGIYA

Diqqat-ongimizning bir nuqtaga to'planib, ma'lum narsa va hodisalarga faol yo'naltirilgan jarayonga aytiladi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta'rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma'lum obyektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o'zida boshqa obyektlardan chalg'igan holda, yo'nalganligi va jamlanganligi sifatida o'rganish mumkin. Bu ta'rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo'nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.

Psixik faoliyatning yo'nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya'ni, subyekt uchun ahamiyatli bo'lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Ya'ni o'quvchilar o'zlari qiziqqan shakl, o'zlari yoqtirgan rangga e'tibor qaratishadi. Bu hikoya, ertak yoki topishmoq ham bo'lishi mumkin. Ba'zi o'quvchilar dars jarayonida kechadigan voqealarning borishiga qiziqsa, boshqasi esa, o'qituvchini tinglashni yoqtiradi, yana biri esa sinfdagi obyektlarning shakllariga qiziqadi. Bu jarayonlarda o'quvchilarning qiziqishiga qarab ularning diqqatlari ma'lum bir narsaga yo'naladi. Yo'nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma'lum vaqt oralig'ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.

Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tuushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo'lsa, diqqatning jadalligi va zo'riqishi shunchalik kuchli bo'lishi kerak, ya'ni, bunda yot narsalardan chalg'ish bilan bog'liq. Aks holda, o'quvchilar yot narsalardan chalg'iy olmay qolishsa, vazifani bajarishga qiyinlashadi.

P.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o'zimiz qilgan ishimiz, o'y fikrlarimiz diqqatning obyekti bo'la oladi.

Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlaimizning doimiy yo'ldoshidir. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya po'stlog'ining muayyan joylaridagi optimal qo'zg'alish manbalari diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi.

Diqqat ikki turga bo'linadi: ixtiyorsiz- passiv diqqat va ixtiyoriy-aktiv diqqat. Biron tashqi sabab ta'sirida kishi xohishidan qat'iy nazar hosil bo'ladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qo'zg'atuvchining kuchi katta ahamiyatga ega, masalan: o'qituvchining dars faoliyatida metodlarini tez tez almashtirib turishi, qo'llayotgan metodologik vositalarning takrorlanmasligi, rangi, shakli, vazifasi jihatidan bir biriga o'xshamasligi shular jumlasidandir. Bular o'quvchilarning e'tiborini yaxshi jalb qila oladi. TADQIQOT NATIJASI

Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga onli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi, shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

vositasida amalga oshiriladi. O'qituvchi dars jarayonida qo'llaydigan savol javob metodini olaylik. Bu metod o'quvchilarning butun diqqatini qarata olishi uchun tarqatma materiallardan foydalanishi, keying darsda tarqatma material emas jamoaviy ongni shakllantirish uchun savol javob metodini jamoaviy tarzda olib borishi, mavzuning qiziqarliligi va tushunarliligi, balalarning yosh xususiyatlari e'tiborga olinib mantiqiyligi, o'quvchini o'ylantirib qo'yadigan savollarning berilishi dars faoliyatida ishtirok etayotganlarning butun diqqatini torta oladi.

Sinfdagi obyektlarning haddan tashqari ko'p bo'lishi ham o'quvchilarning diqqatini jamlashiga, diqqatini ixtiyorsizdan ixtoyoriy diqqatga o'tqazishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yoki metodlarning eskiligi yoki yetarlik darajada qiziqarli emasligi, mavzularning o'quvchilarning yosh darajasida sodda emasligi ham o'quvchilarning darsni tinglamasliklariga sabab bo'lishi mumkin.

Diqqatning barqarorlik, ko'chuvchanlik, bo'linuvchanlik kabi xususiyatlari, ko'lami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy ishga xizmat qiluvchi narsaga yoki hodisaga uzoq muddat jalb bo'la olishidan iborat. Masalan; kitob o'qish, masala yechish kabi. Bunda harakat obyektlari hamda harakatning o'zi o'zgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yo'nalishi o'zgarmay saqlanishi lozim. Masalan; masalani yechish usullari o'zgarib turishi mumkin,lekin, faoliyatning aynan masala yechish yo'li o'zgarmasligi kerak.

MUHOKAMA

Diqqatning ko'chuvchanligi faoliyatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb bo'ladi. Bu xususiyat diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga bog'liq.

Diqqatning bo'lina olish xususiyati bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq ish harakat bajarishda aks etib, ko'p kasb egalari; o'qituvchi, shofyor, uchuvchi uchun ayniqsa kata ahamiyatga ega . Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish bo'lib qolgandan keyin tarkib topadi. O'quvchilarda parishonlik holatlari ham uchrab turadi.

Parishonlik- diqqatni ma'lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyatdir. Bunda o'quvchining diqqati real bo'lgan yoki real bo'lmagan narsaga qaratilib qolishi, diqqatini jamlay olmaslik yo'naltira olmaslik holatidan kelib chiqadi. Darsning tushunarsiz borishi, o'quvchilarni qiziqtira olmaslik ham diqqatning susayib parishonlikka olib keladi. Parishonlikning ikki turi mavjud bo'lib biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo'lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt ustiga kuchli to'plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik o'quvchining vaqtinchalik holati bo'lishi ham, barqaror tabiiy xislati bo'lishi ham mumkin.

Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma'lum fiziologik hodisalar bilan bog'liq. Ma'lum yo'nalishdagi alohida qo'zg'atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba'zi nerv markazlarining qo'zg'alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. O'quvchiga ta'sir ko'rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keliradi.

Retikulyar formatsiyaning ''ishga tushirish'' mexanizmlari ichida taxminiy refleksni alohida ta'kidlab o'tish joiz, bu reflex odam va hayvon organizmlarining atrof muhitning barcha o'zgarishlariga nisbatan tug'ma refleksdir. Masalan; xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho'chib tushib, tovush kelgan tomonga ko'zlarini qadaydi. Darsda o'tirgan o'quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. Birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan o'quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilarning diqqatini mashq qildirishga doir mashqlar:

1.Gugurt qutichasi biografiyasini esga tushirish.

2. 5sekundlik qisqa e'tibor bilan stol ustida yotgan barcha buyumlarni ichki nazar bilan ''suratga''olishni buyurish.

3.Buyumlarni ''suratga oling''. Ko'zni yumishga komanda beriladi. Pedagog buyumlarni aralashtirib yuboradi va sinaluvchidan buyumlar oldin qanday yotgan bo'lsa, ularni shunday qo'yib chiqishini so'raydi.

O'qituvchi o'quvchilardan birini tanlab oladi va stol ustidagi o'zgarishlar haqida so'raydi. O'quvchi og'zaki aytganidan so'ng boshqa o'quvchilar uning xatosini to'g'irlashadi. O'qituvchi stol ustidagi buyumlarni o'z o'rniga qo'yishini o'quvchidan so'raydi, agar, o'quvchi bu safar ham xatoga yo'l qo'ysa, u buyumlarga e'tibor bermaganligi aniq bo'ladi, yana shunday jarayonda o'quvchi bu xatoni takrorlamasligi uchun pedagog unga qo'shimcha vazifa berishi yoki ''jarima''ga tortishi kerak. Vaziyat bo'yicha o'quvchini jazolash yoki rag'batlantirish: diqqatni tortishga, yanada e'tiborli bo'lishga, bilimlarni yaxshiroq o'zlashtirishga va ta'lim sifatining oshishiga yordam beradi. Faqatgina diqqat bilan emas, balkim, xotira bilan ham ishlashimiz kerak. Bu jarayonni quyidagicha tashkil etishimiz mumkin: doskaga hamma o'quvchilar tushunadigan so'zlardan yozamiz va bu so'zlarni o'qishni buyuramiz, bolalar faqat so'zlarni qanday yozilishini emas balkim, ularning tartibini ham eslab qolishi kerak bo'ladi. Barcha o'quvchilar bo'lganidan so'ng esa doskadagi so'zlarni o'chirib tashlaymiz. Ular so'zlarni yozishlari uchun 5daqiqa vaqt beramiz. Bu o'yin orqali o'quvchilar bilan xotirani mustahkamlash ustida, orfagrafik qoidalarga amal qilib to'g'ri yozish ustida ham ishlashizmiz mumkin bo'ladi.

Diqqatning tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishdagi alohida rolini ayniqsa K.S.Stanislavskiy aniqlab bergan. ''Diqqat sovuq, mulohazakor diqqat emas, balki hissiy, faol diqqat- barqaror diqqat holatini uyg'otishga yordam beradi''. Diqqat ko'p tomonlama bo'lmog'i kerak. Ijodiy pedagogik diqqatning quyidagi xususiyatlari mavjud: ko'p obyektivlik, jo'shqinlik, amaliy barqarorlik; U aqli,xissiy va irodaviy xususiyatlarga ham egadir.

Katta yoshdagi kishida diqqatning hajmi 4-6 obyektga yetadi. Shuning uchun obyektlar soni ko'paygan sharoitda mashq qilmagan kishining nazorati yo'qolishi mumkin, sarosimaga tushish holati boshlanadi. Tabiiyki, bolalarda ham nazoratni yo'qotib qo'yish holatlari uchraydi. Yosh bolalarda diqqatning hajmi 3-4 yoki 5 obyektga yetadi. Bolalarning diqqati hajmining ortib borishi ularni parishonxotirlikka, jizzakilik, sabiylashish kabi holatga, darslarni bo'sh o'zlashtirishga yoki umuman darsga e'tibor bermaslikka olib keladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'quvchilarning diqqatini torta olmagan o'qituvchi darsning sifatini maksimal darajaga yetqaza olmaydi. Diqqat nafaqat psixik jarayon, balkim, o'qish sifatini oshiradigan, talim olish va tarbiyalanish jarayonining mustahkamligini ta'minlab beradigan muhim omillardan biridir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Mirziyoyev.Sh.M: ta'lim-tarbiyaga jarayoniga invistitsiya kiritishga oid g'oyaviy so'zlaridan.2020

2. Xaydarov.I.F, Xalilova.I.N: Umumiy psixologiya darsligidan.2009

3. Toxirova.G:''Yosh va pedagogik psixologiya''2016

4. BuyanovM.I: besedi o detskoy psixiatrii.1992

5. D.Kulboyeva FORMATION OF CREATIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS IJSSIR,VOL.11,MO.10.OCTOBER 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.