BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA
TARBIYALASH
Muhlisa Abdilaziz qizi Maxmudova
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi muhlisamaxmudova716@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanni sevish,uni ardoqlash,unga bolgan mehr-muhabbat,sadoqat kabi tuyg'ular va bularni qanday qilib shakllantirishimiz to'g'risida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: vatanparvarlik, tarbiyaning individual shakli, axloqiy-psixologik xarakter, pedagogik va kasbiy mahorat.
Mavzuning dolzarbligi. Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha,boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari. Vatanparvarlik tuyg'usi kishining o'z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o'tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san'atiga bo'lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Qadim zamonlardan buyon xalqning o'z Vataniga muhabbati qo'shiqlarda, ertaklarda va sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida tarannum etib kelinadi. Vatanga muhabbat tuyg'usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt- saodati uchun kurashga undaydi. Vatanparvarlik - tug'ma tuyg'u emas. SHuning uchun ham boshlang'ich sinflarda bu tuyg'uni tarbiyalashga muhim o'rin berilgan. Vatan haqidagi boshlang'ich bilimlar bolalarda ularning hayotiy tajribalari zaminida, tevarak- atrofdagi hayot to'g'risidagi muayyan tasavvurlari asosida hosil bo'ladi. Vatan - har bir kishida o'z uyiga, tug'ilib o'sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota- ona, aka- uka, opa- singillariga bo'lgan munosabatida aks etadi.Bolani vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning individual shakllari asosan oilada amalga oshiriladi. U yoki bu masalada hal qiluvchi rolni oila o'ynaydi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilarning oilalari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishi, ota-onalarni bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga jalb qilishi kerak. Shunday qilib, ta'lim muassasasida vatanparvarlik ishining muvaffaqiyati o'qituvchilarning axloqiy-psixologik xarakteriga, ularning psixologik, pedagogik va kasbiy tayyorgarligiga, o'z vazifalariga munosabatiga, shuningdek, o'quvchilarning ota-onalari bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyatiga bog'liq.
Shu orinda 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"darsligming I-qism 1-bolimi aynan "Vatanparvarlik nima?"mavzusi bilan boshlanadi va quyidagi rasmlar orqali vatanparvarlik tuygulari aks etadi:
1 .Siz o'zingizni vatanparvar deb hisoblaysizmi? Nima uchun?
2.Qaysi ishlaringiz Vatan uchun foydali bolgan deb oylaysiz?
3.Qanday ishlar vatanparvarlik hisoblanmaydi?
Yurtga balo kelganida unga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerakliligini tushuntirish maqsadida Sa'dulla Quronovning "Chumolining jasorati"nomli hikoyasini keltirishimiz mumkin:
Qadim zamonda turli-tuman gul va maysalarga burkangan keng o'tloq bo'lgan ekan. U
yerda qo'y-qo'zilar, kakliklar, tipratikanlar,
toshbaqalar bilan birga turli hasharotlar ham ahil-inoq yashar ekan.
Bir yili yoz juda issiq kelibdi. Yomg'ir deyarli yog'mabdi. Jazirama quyosh tig'ida
o'simliklar qurib, qovjirab qolibdi. Shunday kunlarning birida yaylovga o't ketibdi.
Kutilmagan yong'in jonzotlarni vahimaga solibdi. Hamma tumtaraqay qocha
boshlabdi. Birgina chumoli qochmabdi. U o'tloq yaqinidagi buloqdan mitti og'izchasida
suv keltirib, olovga purkay boshlabdi. Bu holni ko'rgan boshqa jonzotlar shunday
deyishibdi:
- Ey chumoli, esingni yedingmi?! Sen olib kelayotgan suv zarrasi bilan olov o'chib qolarmidi? Qo'y bu ishingni, joningni asra!
Shunda chumoli yumushidan to'xtamay javob beribdi:
- To'g'ri aytasiz, bir zarra suv yong'inni o'chirmaydi. Lekin men urinib ko'rmoqchiman. Chunki bu o'tloq - mening vatanim. Uni asrash uchun menda zarradek imkoniyat bo'lsa, shu imkoniyatdan foydalanaman.Chumolining bu gapi o'tloq ahliga qattiq ta'sir qilibdi. Har tarafga chopayotgan jonzotlar birdan to'xtab, chumolining ortidan ergashishibdi. Asalari chelakchasida, kaklik tumshug'ida, qo'y-qo'zilar og'zida suv keltirib, olovni o'chirishga shoshilishibdi.Xullas, barcha jonzotlar bir yoqadan bosh chiqarib, olovga suv sepishganida xuddi osmondan yomg'ir yog'gandek bo'libdi. Shu tariqa yong'in o'chirilibdi.
Hikoya axloqiy va axloqiy tarbiyaning asosiy usullaridan biri bo'lib, jamiyatda qabul qilingan xatti-harakatlar normalari haqida talabalarning g'oyalari va tushunchalarini to'plashni o'z ichiga oladi. Qolaversa, bu usul maktab o'quvchilarining tajribalariga asoslanadi, ular orqali o'quvchilar yaxshi va yomonni, adolatli va nohaqni ajrata boshlaydi. Badiiy asarlarni o'rganishda hikoya qilish va tushuntirish usullarini amalga oshirish mumkin.
Bu hikoyadan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, agarda yurtga balo kelsa barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmogimiz,kurashmogiz darkor.Mana shu kichik bir chumolining Vatanga bolgan muhabbati,fidoyiligi biz insonlarni ham yurtni sevishga,sodiqlikka undaydi.
Ona - Vatan shunday tushunchaki, u kishi qalbida hech qachon o'zgarmaydi. Vatanga muhabbat tuyg'usi ona suti bilan qonga kiradi. Bu aziz tuyg'uni ona allasi parvarish etadi, voyaga yetkazadi. Inson o'z Vatanida kamol topadi. Qadrlanadi. Hayot maktabini o'taydi. Farovonlik va baxt - saodatga erishadi.Vatan sözini biz hamisha ona so'zi bilan yonma- yon ifodalaymiz.Ona - Vatan timsolida biz jamiyatimiz tabiatini, mehribonlik va muvofiqlik poydevoriga qurilgan tuzumimiz xislatini ko'ramiz. O'zbekistonning mustaqilligi tufayli Vatan tarixi moddiy va ma'naviy merosga aylandi. Okean ortidagi mamlakatni birinchi bo'lib kashf etgan Abu Rayhon Beruniy, ne - ne sarkardalar tig' kuchi bilan ololmagan joylarni qalam kuchi bilan zabt etgan Alisher Navoiy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali Ibn Sino, buyuk matematik al -Xorazmiy, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahon ahliga mashhur bo'lgan ma'rifatli o'zbek millatining qalbi, aqli, xulqi, bilimi, tili, sarkardorligi bilan hurmat topgan yurtdoshlarimizni butun dunyo biladi,ularga ham Vatan ona o'rnida ona, ota o'rnida ota bo'lgan. SHuning uchun ham ona zamin, ona -Vatan, ona yer kabi tushunchalar hayotimizga, ongimizga singib ketgan. Necha yuz yillardan buyon ne -ne ulug' farzandlarni o'z quchog'iga olgan ona Yer, ajdodlarmizga onalik qilgan. Ha, u ota- bobolarmizning onasi bo'lgan. U bizning onamiz va kelajak avlodning onasi bo'lajak.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev"Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e'zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir", - deb xalqimizning necha asrlardan buyon yagona orzu - ona -Vatan sog'inchi bilan yashaganini juda to'g'ri ta'kidlaydilar. Kelajakda buyuk davlat darajasiga ko'tarilish maqsadi yo'lida intilayotgan Ozbekiston Vatani - xalq hayoti, turmush tarzi, urf- odatlari, ma'naviy qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirmoqda. Vatanparvarlik - bu ona zaminga bo'lgan muhabbat, uni sevish, e'zozlash. Uning ravnaqiga har bir fuqaroning o'z hissasini
qo'shishga erishish. Vatanparvarlik - bu ona- Vatan, mustaqil O'zbekiston tushunchalarini o'z ongiga singdirish va unga sodiq bo'lishga erishish. Vatanparvarlik -bu Vatanimiz xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat bilan qarash hamda uni rivojlantirishga o'z xissasini qo'shish, uning haqiqiy jonkuyari bo'lish. Vatanparvarlik - bu o'zbek xalqining qadim- qadimlardan Turon, Turkiston deb atab kelingan ko'xna zaminning tarixini bilishga erishish. Vatanparvarlik - bu o'zbek xalqining madaniy meroslari hisoblangan madaniyat, san'at, me'morchilik yodgorliklarini asrab -avaylash va ularnitng tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyatni bilish. Vatanparvarlik - bu o'z millatiga, ona- yeriga, imoniga sodiqlikdir. Vatanparvarlik - bu sog'lom kuchlar, sog'lom tafakkur egalari, dini, imoni pokizalikdir. Vatanparvarlik - bu Vatan oldidagi mas'uliyat, millat manfaati bilan yashash. Vatan taraqqiyoti, milliy obro'siga hissa qo'shish, foyda keltirish, fidoyilik, halollik bilan mehnat qilish, xalqning shon -shuxrati va manfaatini o'ylash, insonparvar bo'lish demakdir. Vatanparvarlik - bu har bir kishining o'z xalqiga bo'lgan fidoyiliklari va xalq dardini o'z dardlaridek o'ylab yashash, O'zbekistonning buyuk davlat bo'lishiga hissa qo'shishdir. Vatanparvarlik - shaxsni axloqiy shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham bolalarda vatanparvarlik tuyg'usi go'daklikdan boshlab shakllantirilsa, u so'nggi nafasgacha boqiy bo'ladi.
REFERENCES
1. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"1-qism darslik.Toshkent 2021-y.
2. https://lex.uz Toshkent sh. 2017-yil 4-aprel, PQ-2865-son
3. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Barkamol avlod — O'zbrkiston taraqqiyotining poydevori"— Toshkent. Sharq 1997-y.
4. Tursunova.O "Oilada bola tarbiyasi" Toshkent 1995-y