Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
135
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari / axborot bilan ishlash madaniyati / axborotkommunikatsion vositalari / innovatsion ta’lim muhiti / ijtimoiy talablar / innovatsion yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qaytarova Nargiza Kaxramonovna

Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy jarayonlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash madaniyatini shakllantirishga e’tibor berish haqidagi fikr-mulohazalar maqolaning mazmunini yoritishda xizmat qildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'Z-O'ZINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Qaytarova Nargiza Kaxramonovna

Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8051591

Annotatsiya. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy jarayonlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarida axborot bilan ishlash madaniyatini shakllantirishga e 'tibor berish haqidagi fikr-mulohazalar maqolaning mazmunini yoritishda xizmat qildi.

Kalit so'zlar:Boshlang'ich sinf o'quvchilari, axborot bilan ishlash madaniyati, axborot-kommunikatsion vositalari, innovatsion ta'lim muhiti, ijtimoiy talablar, innovatsion yondashuv.

Rivojlanayotgan jamiyatga zamonaviy bilimli, ma'naviyatli, ishbilarmon, tanlagan vaziyatda mustaqil qaror qabul qila oladigan, ularning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarini bashorat qila oladigan, hamkorlik qilishga qodir, harakatchanligi, dinamikligi, konstruktivligi bilan ajralib turadigan, o'z faoliyati uchun mas'uliyat hissi rivojlangan kadrlar kerak. Bugungi kunda bundan kadrlar mamlakat taqdirida katta rol o'ynaydi. O'zbekiston sharoitida o'zgarishlarga tayyorlik talabi bozor iqtisodiyoti bilan fuqarolik jamiyatiga o'tish sharoitida o'quvchi-yoshlarni hayotga tayyorlash zarurati bilan aniqlangan.

Ta'lim tizimiga, shu jumladan, maktabga, aynan boshlang'ich ta'limga qo'yiladigan ijtimoiy talablarning tabiatiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatadigan yana bir ijtimoiy omil — axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi.dir Axborotdan cheksiz foydalanish sharoitida kerakli ma'lumotlarni tezda topib, undan paydo bo'lgan muammolarni hal qilishda foydalana olganlar g'olib deb topiladi. Shu nuqtai nazardan, ta'lim sifatining ko'rsatkichlaridan biri kompetensiya bo'lib, u nafaqat bilim va ko'nikmalar miqdori bilan belgilanadi, balki, birinchi navbatda, o'quvchining muayyan vaziyatda olgan bilim va tajribasini safarbar etish qobiliyatini tavsiflaydi.

Zamonaviy jamiyat ta'lim oldiga ko'plab maqsadlar qo'yadi, ular orasida o'quvchining shaxsiyatini, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Bugungi zamonaviy ta'lim bozorining yangi talablarini inobatga olgan holda, faqat o'quvchining akademik va qomusiy bilimiga yo 'naltirilgan maktab bugungi kunda o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ta'lim o'quvchining qarorlar qabul qilish va belgilangan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi resurslarini samarali tashkil etishga tayyorligini rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak.

Hozirgi globallashuv jarayonlarida ro'y berayotgan ta'limdagi o'zgarishlar, uni modernizatsiya qilish — bu rivojlanish va doimiy oldinga siljish jarayoni, bular ta'limda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, tahlil qilinishi, olingan natijalarga muvofiq tuzatilishi, maqsadlar, tuzilma, mazmunni sezilarli darajada yangilashni o'z ichiga olgan o'zgarishlardir. Bu esa o'qitish metodlari va vositalari, o'quv jarayonini tashkil etish shakllariga innovatsion yondashish yoki zamonaviy qarashlar asosida tashkiliy jarayonlarga o'zgacha uslublarni tadbiq etish ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Shuningdek, ta'limning ilk bo'g'inlaridan sanalgan boshlang'ich ta'limda bunga chuqurroq ahamiyat berish lozimligini ta'kidlab o'tish kerak. Ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilarida turli o'zgarishlarga nisbatan kelajakka tayyorlovni ildizini ottirish maqsadida ularda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllanishi bilan bir qatorda axborotlashib borayotgan davrda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ham axborot

kompetentligi yoxud axborot kommunikatsion madaniyatni shakllantirish masalalariga ahamiyat berish, shu asosda o'quvchilarda axborot kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy uslublardan, vositalardan va bugungi ta'lim sohasining ilg'or texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Boshlang'ich sinfda axborot texnologiyalari asosida o'quv jarayonlarini tashkil etish o'quvchilarning kognitiv psixologiya sohasini faollashtirishga, ta'lim materiallarini muvaffaqiyatli o'rganish va aqliy rivojlanishiga hissa qo'shishi kerakligini yodda tutush kerak. Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb atash mumkin. Bola axborot komunikatsiya texnologiyalarining ma'lum bir o'quv funksiyasini bajarishi eslab qolishiga yordam berishi kerak.

Axborot texnologiyalari o'quv jarayonining yordamchi elementi bo'lishi zarurligiga ham ahamkiyat qaratish joiz. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta'lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimi va internet tarmog'i imkoniyatlarining tadbiq etilishi o'zining ta'lim samarasini oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Boshlang'ich sinflarda axborot madaniyatini oshirish ularning ijtimoiy tarmoqlardan, axborot komunikatsiya texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish kerakligini tushuntirish zarur hisoblanadi.

Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni boshlang'ich sinfdanoq uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o'ta muhim o'rin egallaydi. Chunki bola tarbiyaga oid xulq-atvor ko'nikmasi, hayot tamoyillarini, hatto yaxshi yoki yomonni ijtimoiy tarmoq vositalaridan olmoqda. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo'lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo'yicha zaruriy ma'lumotlar o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda yetkazilishi kerak.

7-10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo'lgani bois, unga to'g'ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagilar boshlang'ich sinf o'quvchilari hisoblanib, endigina o'qishni o' rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang-barangligi bilan jalb qiluvchi o'yinlarga qiziqish bo'lgani bois, bolalar ko'p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarining internetdan foydalanishini ota-ona va o'qituvchi yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur.

,,Hayot vaqtlardan iborat" degan edi buyuk allomalardan biri. O'quvchilar vaqtini har xil o'yinlar bilan emas balki kitob mutolaasi, turli xil to'garaklar hamda sport mashg'ulotlari bilan o'tkazishlarini ta'minlash bugungi kunda zarur hisoblanadi. Internet tarmog'ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo'ladi. Internetda juda ko'p foydali, ma'rifiy va qiziqarli axborotlar ham mavjud bo'lib, ulardan to'g'ri va samarali foydalangan o'quvchiga turli sohalar bo'yicha bilimi oshib boradi. Kelajakda o'z kasbini tanlashga qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Bu aytilganlarning barcha-barchasini boshlang'ich sinf o'quvchilariga singdirish, aynan ularda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini takomillashtirish jarayonlarida axborot bilan ishlash madaniyatini ham shakllantirishning dolzarbligini nazardan chetda qoldirmay, dars jarayonlarida

zaruriy amaliy chora-tadbirlarnni amalga oshirish va shuning barobarida, innovatsion ta'lim

jarayonlarida ilg'orlashib borayotgan axborot-kommunikatsion vositalaridan to'g'ri

foydalanishga urg'u berish joiz.

REFERENCES

1. Qaytarova N.K. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi va unda boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli./ «Таълим тизимидаги ислох,отлар: олимлар ва ёшлар нигох,ида» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференция туплами // Тошкент, 2022 йил 29 сентябрь. 203-b.

2. Nargiza K.Q. Boshlang'ich sinflarda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini rivojlantirish haqida. ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR, NAZARIY VA AMALIY STRATEGIYALAR TADQIQI. 1-sonli Respublika ko'p tarmoqli, ilmiy konferensiya. 24-sentyabr, 2022-yil. 100-b.

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)

4. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com).

5. https://t.me/j alilova_dilshoda_2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://cyberleninka.ru

8. https://kpfu.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.