BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY MASALALAR
YECHISH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Gulhayo Temirqul qizi To'rayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematika darslarida mantiqiy masalalar yechishni o'rgatish hamda o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar haqida gap boradi.
Kalit so'zlar: Matematika, dunyoqarash, analiz, analogiya, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tafakkur, qobiliyat, jamoa, jamiyat, loyiha, tadqiqot.
АННОТАЦИЯ
B данной статье говорится о мерах по обучению учащихся младших классов решать логические задачи на уроках математики и развитию логического мышления учащихся.
Ключевые слова: Mатематика, мировоззрение, анализ, аналогия, синтез, сравнение, обобщение, мышление, способность, коллектив, общество, проект, исследование.
ABSTRACT
This article talks about measures to teach elementary school students to solve logical problems in mathematics classes and to develop students' logical thinking.
Keywords: Mathematics, worldview, analysis, analogy, synthesis, comparison, generalization, thinking, ability, team, society, project, research.
Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o'zgarmaydi.
Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev o'z nutqida ta'kidlaganidek, avvalo maktablarda o'quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko'rib chiqish, o'quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarur. Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirdi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri hisoblanib boshlang'ich ta'limga alohida urg'u qaratadi. Shuningdek, boshlang'ich
432
sinf o'quvchilarida matematik savodxonlikni oshirib borish, mantiqiy masalalar yechish va matiqiy fikrlashga o'rgatish asosiy vazifa sanaladi [1].
Maktabga ilk qadam qo'ygan bolajonlar uchun har bir fan o'zga bir olamdek go'yo. Matematika fani ham bolalar tomonidan xuddi shunday kutib olinadi. Bu fanga qiziqtirish va mehr uyg'otish esa o'qituvchining mahoratiga bog'liq. Matematika fanini barcha fanlar bilan o'zaro bog'lagan holda olib borish o'quvchilarda dunyoni kengroq tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda mantiqiy masalalar yechishning ahamiyati katta. Bolalar mantiqiy masalalar yechish orqali o'ylab tahlil qilishni o'rganadi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mantiqiy masalalar yechishga o'rgatish uchun amaliy usullardan ko'proq foydalanish kutilgan samarani beradi. Bu o'quvchilarning mantiqiy ko'nikmalarini rivojlantirish va ularni yechish orqali hayotiy muammolarini mustaqil hal qila olishida yordam beradi. Bundan tashqari, amaliy mashqlar, o'yinlar va qiziqarli misollar o'quvchilarni fanga qiziqishini oshiradi. O'quvchilarning mantiqiy tushunchalarini tashqi dunyo bilan bog'lab chiqish o'qituvchida yuksak mahorat talab qiladi va bu orqali ularning mantiqiy fiklash qobiliyati asta-sekin o'sib boradi. Har qanday masalani yechishdan avval o'quvchilar tasavvurida uni shakllantirish lozim.
Matnli masalalar boshlang'ich sinflar matematika kursi mazmunining asosini tashkil qiladi va ularni yechish jarayonida qo'llaniladigan aqliy faoliyat usullari: analiz, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, abstraktsiyalash va konkretlashtirish o'quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu sababli Davlat ta'lim standarti talablari asosida umumiy o'rta ta'lim maktablarida boshlang'ich ta'lim matematika o'quv dasturida matnli masalalar turlari kengaytirilib, ularning tarkibiga mantiqiy va kombinatorik masalalar kiritildi. Boshlang'ich sinf matematika kursiga mantiqiy masalalarning kiritilishini ikki yo'l orqali ochish mumkin:
a) bu masalalarni yechish o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta'sir o'tkazib, ulardan o'z fikrini mantiqiy izchillik asosida ifodalash ko'nikmalarini tarkib toptirishi bilan izohlanadi;
b) bu masalalarni yechishda hisoblashlarni bajarish umuman kerak bo'lmasligi yoki yordamchi rol o'ynab, faqat arifmetikaga doir ma'lumotlar bilan chegaralanishi orqali izohlanadi[2].
Mantiqiy masalalar o'quvchilarning mantiqiy qarashlarini rivojlantirishda va ularni to'g'ri va oson usulda yechish tajribalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ularning ahamiyatlari quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
433
1. Mantiqiy qarashni rivojlantirish: Mantiqiy masalalar o'quvchilarni muammolarni yechishda mantiqiy qarashlar bilan fikrlashga o'rgatadi. Bu ularning mantiqiy va tushunchaviy ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
2. Muammoni hal qilish va tahlil qilish qobiliyati: Mantiqiy masalalar o'quvchilarga muammolarni tahlil qilish va ularni hal qilish qobiliyatini rivojlantishda yordam beradi. Bu ularni muammolarni tartibga solish va loyihalashga o'rgatadi.
3. Ishbilarmonligi va jamiyatda qatnashish qobiliyati: Mantiqiy masalalar o'quvchilarga jamiyatda ishbilarmonlik qobiliyatini qo'llash va boshqa bolalar bilan birga ishlash qobiliyatini rivojlantirishida yordam beradi. Bunda o'quvchilar bir-biriga qanday yordam bera olishlarini va o'z fikrlarini boshqa o'quvchilarga qanday yetkaza olishlarini ko'rsatishadi. Jamoaviy ishlash qobiliyati o'sib boradi.
4. Jismoniy va mantiqiy koordinatsiyalarni rivojlantirish: Mantiqiy masalalar yechilish orqali o'quvchilar jismoniy va mantiqiy koordinatsiyalarni rivojlantirishadi. Ular darslar jarayonida mantiqiy masalalar yechish amaliyotini o'rganadilar.
5. Ko'p tomonlama fikrlash va yaratish qobiliyati: Mantiqiy masalalar ko'p tomonlama fikrlash va yaratish qobiliyatini rivojlantirishda yordam beradi. O'quvchilarda o'zlarining masala muammolari uchun yechimlar yaratib, ko'proq izlanishga undaydi. Yangicha uslubdagi mantiqiy masalalar yechish o'quvchilarni matematika fanini chuqurroq o'rganish uchun ilhomlantiradi. Yaratuvchanlik qobiliyati o'sgan sayin bir masalani bir necha usullar orqali ya'ni o'ziga qulay qilib olgan holda yechishi mumkin bo'ladi.
O'quvchilar bilan matematika darsini turli o'yin va metodlar bilan olib borish juda samarali hisoblanadi. Ularni matematika darsligidan tashqari turli mantiqiy masalalarni yechishga o'rgatib borish miyaning tez ishlashini ta'minlaydi, aql-idrok va kognitiv qobiliyatni rivojlantiradi hamda o'quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi. O'quvchilar har bir masalaga o'z bilim darajasi va dunyoqarashidan kelib chiqib tashhis qo'ya boshlaydi. O'quvchilarga matematik muammolarni hal qilish orqali quyidagilarni o'rgatish mumkin:
1) fikrlarni umumlashtirish va ular ichidan muhimlarini ajratish;
2) tahlil qilish va tizimlashtirish;
3) qonuniyatlarni aniqlash va sabab munosabatlarini o'rnatish;
4) xulosa va natijalar chiqarish;
5) mantiqiy, strategik va abstrakt o' ylash [3 ].
Boshlang'ich sinflarda matematika dars jarayonida o'qituvchi har bir yangi mavzuni turli metodlar orqali, ko'rgazmali va ko'rsatmali qurollardan foydalangan holda olib borishi va axborot kommunikatsion vositalardan foydalanishi maqsadga
434
muvofiq bo'ladi. O'quvchilar og'zaki nutqini o'stirish uchun ularga jamoaviy topshiriq berib turish kerak. Masalan, masala tuzish va uni yechish topshirig'ini beramiz, bunda o'zi tuzgan masalani boshqa guruhga o'qib beradi va boshqa guruh masalasini jamoa bo'lib yechadi. Bir masalani bir necha usullar bilan yechish mumkinligini o'rganadi va o'zaro axborot almashadi. Mantiqiy masalalar yechishga o'rgatishda amaliy usullardan foydalanish o'zgaruvchan va samarali bo'lishi muhimdir.Mantiqiy masalalar yechishda quyidagi tartibni o'rganish foydali bo' ladi:
a) masalani tushunish: bir mantiqiy masalani o'qib, masalaning tushunarli bo'lishi va mavzusini tushunishga yordam beradi. Masalani tushunish, uni yechish uchun yo'nalishni aniqlashda muhimdir.
b) masalani tahlil qilish: masalani qanday yechish kerakligini tahlil qilish lozim. Bu masalani o'z ichiga olgan savollarni tushunish, ularni ajratish va ularning hal qilish yo'llarini aniqlashni o'z ichiga oladi.
c) qadriyatli o'zlashtirish: masalani yechish uchun qadriyatli o'zlashtirish va tahlil qilishni bosholash, masaladagi muammolar va ularning bir-biriga qanday bog'liqlikka ega bo'lishi kerakligini tushunish uchun qadriyatli o'zlashtirishning ko'rsatilishi muhimdir.
d) yechimni qidirish: masalani yechish uchun yechimni izlash. Bu qadamda, masalani o'qib, muammolarni tahlil qilish va ularni hal qilish uchun qanday yo' llar borligini tushunish lozim.
e) yechimni sinab ko'rish: topilgan yechimni sinab ko'rish. Bu masalani yechishda qat'iy yechimni aniqlashni va uni sinab ko'rishni o'z ichiga oladi.
f) natijani tekshirish: topilgan yechimni sinab ko'rganimizdan so'ng, natijani tekshirish. Bu to'g'ri javobga ega bo'lishimizni ta'minlash uchun muhimdir. Bu tartibni bolalarga yetkazishda ularning fikrlash qobiliyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda o'rgatish o'qituvchida yuksak mahorat talab qiladi. O'z ishining yetuk mutaxassisi bo'lgan fan o'qituvchisi turli metodlar orqali o'quvchilarga ta'sir o'tkazib o'zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va tez orada kutilgan samaraga erishadi. Mantiqiy masalalar yechishda tartibni saqlash, masalani tushunish, tahlil qilish, yechimni izlash va sinab ko'rish jarayonida o'quvchilarga yordam beradi va ularni masalani o'rganish va hal qilish jarayonidagi kamchilik va yutuqlarini ko'rib chiqadi[4].
O'quvchilar bilan mantiqiy masalalar yechish quyidagi foydali xususiyatlarga
ega:
1. Guruh ishlari: O'quvchilar o'rtasida guruh ishlari tashkil etish va mantiqiy masalalarni jamoaviy yechish. Bu ularga ko'nikma hosil qilish va boshqa o'quvchilar bilan birgalashib o'rganish imkonini beradi.
435
2. Qiziqarli mashqlar: O'quvchilarga mantiqiy masalalarni o'zlarining o'quv uslubiga mos ravishda yechishga yordam berish uchun qiziqarli mashqlar taqdim etish. Bu ularga mantiqiy ravishda fikrlash va turli xil yechimlar topish, eng ma'qul yo'lni tanlash imkonini beradi.
3. Tadqiqot va loyihalar: O'quvchilar bilan birgalikda mantiqiy masalalar o'rganish uchun tadqiqotlar va loyihalar tashkil etish. Bu ularning mantiqiy ravishda muammolarni tahlil qilish va hal qilish qobiliyatlari o' zlashtirish imkonini beradi.
4. Tanlov va intellektual musobaqalar: Mantiqiy masalalar yechishga qiziqish va o'quvchilarning ishtirokini oshirish uchun tanlovlar va intellektual musobaqalar tashkil etish. Bu ularning mantiqiy qarashlarini rivojlantirish va yechim qidirishga yo'nalishni o'rgatishda yordam beradi.
Boshlang'ich sinflarda mantiqiy masalalar yechishga bosqichma bosqich o'tish quyidagi tartibda olib borilishi mumkin:
- asosiy mantiqiy ko'nikmalarni o'rgatish: O'quvchilarga asosiy mantiqiy ko'nikmalar, masalaning muhimligi, og'irlikli va o'zini bajarilishi lozimligi haqida tushuntiriladi.
- o'sish darajasiga mos mantiqiy masalalar taqdim etish: Boshlang'ich darajadagi o'quvchilar uchun juda oson mantiqiy masalalar taqdim etish kerak. Bu masalalar quyi darajadagi mantiqiy ko'nikmalar va tushunchalarga muvofiq bo' lishi kerak.
- amaliy mashqlar va o'yinlar bilan ta'minlash: O'quvchilarga masalalarni tahlil qilish va muammolarini hal qilishda yordam berish uchun amaliy mashqlar va o'yinlar orqali mantiqiy ko'nikmalarini rivojlantirish.
- ko'p tomonlama fikrlash va yaratish: O'quvchilarga mantiqiy masalalar yechish uchun ko'p tomonlama fikrlash va yaratishga yo'llanma berish. Bu ularga o'z fikrlarini ifodalash, yangi yechimlar qidirish va mantiqiy muammolarni hal qilishda o'zlarining kreativlik va tushunchaviy ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi.
- rag'batlantirish: o'quvchilarning faoliyati davomiyligi uchun ularni rag'batlantirib borish lozim. Kezi kelsa aytish joizki, o'quvchilar har bir qilgan ishi uchun rag'batlantirilsa unda yanada ishtiyoq kuchayadi va bundan ruhlanib yanada shug'ullanayotgan mashqi yoqa boshlaydi[5].
Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar uchun mantiqiy masalalar o'rgatish oddiydan murakkab tomon berilib boriladi. Masalan, " Ruchka daftardan arzon, lekin qalamdan qimmat . Topingchi eng arzon o'quv quroli qaysi biri?
Bu masalani yechishda quyidagi usullarni ko'rib chiqamiz: 1) dastlab masala uchun diagramma tuzib olamiz:
436
O'quv qurollari
In
daftar ruchka qalam
Bu diagramma orqali ruchka, qalam va daftarni turli ranglar bilan belgilab olib, masala sharti bo'yicha joylashtiramiz. Bunda natijalarning o'zi rasmdagidek namoyon bo'ladi. Bunda masala turli ko'rgazmali qurollar orqali tushuntirilsa yanada qiziqarli va esda qolarli yechim topadi.
2) To'g'ri chiziq "narx chizig'i"ni chizib olamiz. Bu chizgan chizig'imizga o'quv qurollarini to'g'ri chiziqda ularning bosh harflari ko'rsatilgan nuqtalar bilan belgilaymiz : daftar- D , ruchka- R, qalam- Q va arzonroq o'quv qurollarini to'g'ri chiziqdan chaproqda, qimmatroq o'quv qurolini esa o'ngroqda belgilashni o'quvchilar bilan kelishib olamiz. So'ngra tartib bilan har bir shartni to'g'ri chiziqda belgilab olamiz: - ruchka daftardan arzon, demak R nuqta D nuqtadan chapda joylashdi. - ruchka qalamdan qimmat bo' lsa, u holda qalam ruchkadan arzon bo'ladi, ya'ni Q nuqta R nuqtadan chapda joylashadi. Natija esa eng arzon o'quv quroli qalam ekan.
Q._R_D.
REFERENCES
1. " 0'zbekiston-2030" strategiyasi.// www.ziyonet.uz
2. Mamadjanova M. Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar/ O'quv qo'llanma. - Toshkent , 2020
3. Rozikov U. , Mamatova N. Matematika va turmush. -Toshkent , 2020
4. Tojiboyeva G., Shanasirova Z., Xo'jayev A. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi . - Toshkent , 2021
5. Maxmudova D., Siddiqov Z., Yusupova A. Matematika o'qitish metodikasi. -Toshkent , 2022
6. Odeldjanovna, S. S. (2019). IMPROVEMENT OF MECHANISMS OF PREPARATION OF UNIVERSITY STUDENTS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
7. Содиков, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРАККИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. In Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1) (pp. 41-47).
27-mart, 2024
https://nuu.uz/
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
5
0
437