Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI PREDMETI VA MAQSADI'

BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI PREDMETI VA MAQSADI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2049
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematika / boshlang‘ich matematika metodikasi / metodika predmeti / maqsadi / vazifalari / o‘qitish vositalari / mathematics / methods of elementary mathematics / subject / purpose / tasks / teaching aids.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N. Abdullayeva

Maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining predmeti va maqsadi haqida so‘z boradi. Shuningdek, dars jarayonida o‘qituvchi bajarishi kerak bo‘lgan vazifalar yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article reveals the subject and purpose of the methodology for teaching mathematics in primary school. It also specifies the tasks that the teacher should perform during the lesson.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI PREDMETI VA MAQSADI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-109-112

BOSHLANG'ICH MATEMATIKA O'QITISH METODIKASI PREDMETI

VA MAQSADI

N. Abdullayeva

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining predmeti va maqsadi haqida so'z boradi. Shuningdek, dars jarayonida o'qituvchi bajarishi kerak bo'lgan vazifalar yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: matematika, boshlang'ich matematika metodikasi, metodika predmeti, maqsadi, vazifalari, o'qitish vositalari.

ABSTRACT

The article reveals the subject and purpose of the methodology for teaching mathematics in primary school. It also specifies the tasks that the teacher should perform during the lesson.

Keywords: mathematics, methods of elementary mathematics, subject, purpose, tasks, teaching aids.

KIRISH

1997 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy - matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi.

Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan matematikadan ham yangi o'quv dasturi kiritiladi, o'qitish metodlari takomillashtiriladi. Boshlang'ich sinflar uch yil o'rniga 4 yillik ta'limga otkazildi. Boshlang'ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o'tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-109-112

chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

«Metodika» grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.

Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti qo yidagilardan iborat:

Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o'qitiladi).

Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi).

O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o'qitish kerak, ya'ni oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni qanday o'rganish kerak, jumladan, bu mavzuda qo'shishning o'rin almashtirish xossasini qanday ochib berish kerak?).

O'qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma - qo'llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o'qitish?). kerak!

Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari formalarini qanday o'tkazish?. O'quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o tkazish kerak?. O'quv prosessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).

Shunday qilib, o qitishning maqsadlari, mazmuni metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentalaridir.

Boshqa har qanday o'quv predmeti kabi matematika boshlang'ich kursi matematika O'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:

- Matematikao'qitishning umumta'limiy maqsadi.

- Matematikao' qitishning tarbiyaviy maqsadi.

- Matematikao'qitishning amaliy maqsadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-1G9-112

Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilaro'qish jarayonida olgan bilimlaming ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.

Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida nutq madaniyatini to'g'rishakllantirish, o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak.

Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

Boshlang'ich matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

- o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

- o'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni tarbiyalash.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy

fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.

Matematika darslarida o'rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o'quvchilarni atroflicha fikrlashga o'rgatadi.

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish,

Matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.

O'quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak.

Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan individual yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-109-112

uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan).

Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g'oyasiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.

Matematika o'qitish metodikasida "o'quv materialini o'zlashtiriHsh darajasi" tushunchasining mazmuni to'la ochib berilmagan.O'qituvchilar uchun qo'llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig'i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.

Amaliyotda o'qituvchilar ko'pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san'atkorona tuzilgan bo'lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g'oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o'rgatuvchi mashina O'qituvchining intuisiyasini, ya'ni hissiyotini almashtira olmaydi.

XULOSA

Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.

REFERENCES

1. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o'qitish metodikasi. - T.: Ilm-Ziyo, 2003.

2. Ahmedov M. va boshqalar. 4-5-sinf matematika darsligi. - T.: Ma'naviyat, 2003.

3. Bikboyeva N.U. va boshqalar. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. - T.: O'qituvchi, 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.