Научная статья на тему 'BOLANING SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLARNING O‘ZARO UYG‘UNLIGINI TA’MINLASH'

BOLANING SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLARNING O‘ZARO UYG‘UNLIGINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
160
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
psixik o‘sish / rivojlanish / irsiyat / ta’lim va tarbiya / instinkt / ko‘nikma / intellekt / bixeviorizm / stimul / reaksiya / xulq / mustahkamlash / shaxs / faoliyat / rag‘batlantirish / jazolash / konvergensiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.M.Yuldashev

Ushbu maqolada shaxsning kamol topishiga ta’sir ko‘rsatadigan irsiy va ijtimoiy omillarning qisqacha tavsifi, psixologiya fanidagi turli oqim vakillarining mazkur omillarga nisbatan ilmiy-nazariy va amaliy yondashuvi aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLANING SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLARNING O‘ZARO UYG‘UNLIGINI TA’MINLASH»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 6 / December 2023

BOLANING SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPISHIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLARNING O'ZARO

UYG'UNLIGINI TA'MINLASH

D.M.Yuldashev QDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsning kamol topishiga ta'sir ko'rsatadigan irsiy va ijtimoiy omillarning qisqacha tavsifi, psixologiya fanidagi turli oqim vakillarining mazkur omillarga nisbatan ilmiy-nazariy va amaliy yondashuvi aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: psixik o'sish, rivojlanish, irsiyat, ta'lim va tarbiya, instinkt, ko'nikma, intellekt, bixeviorizm, stimul, reaksiya, xulq, mustahkamlash, shaxs, faoliyat, rag'batlantirish, jazolash, konvergensiya

ENSURING THE COMPATIBILITY OF BIOLOGICAL AND SOCIAL FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF THE CHILD AS A

PERSON

D.M.Yuldashev KSPI

Abstract: This article contains a brief description of the genetic and social factors that influence the development of a person, the scientific-theoretical and practical approach of representatives of various trends in the science of psychology to these factors.

Keywords: mental growth, development, heredity, education and upbringing, instinct, skill, intelligence, behaviorism, stimulus, reaction, behavior, reinforcement, personality, activity, stimulation, punishment, convergence

Inson dunyoga kelganidan boshlab, butun hayoti davomida o'sib, rivojlanib, o'zgarib boradi, ayniqsa bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida shaxs sifatida ulg'ayib borishi, jismonan va ruhan kamol topishi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Rivojlanish deganda, shaxsning jismoniy, aqliy, ijtimoiy-huquqiy va ahloqiy-ma'naviy jihatdan balog'atga yetish jarayonini tushunamiz. Hozirgi kundagi zamonaviy psixologiya fani, rivojlanishning barcha sohalarini biologik va ijtimoiy nuqtai-nazardan o'zaro uyg'unlashga yaxlit bir tizim sifatida e'tirof etadi.

Hozirgi zamon psixologiya fani, taraqqiyotning yoshga bog'liq xususiyatla ruhiy taraqqiyot qonuniyatlari, unga ta'sir etuvchi omillarni aniqlaydi. Odam individ sifatida dunyoga keladi, shaxs sifatida ulg'ayib boradi, o'zining murakkab hayot yo'li(ontogeneti taraqqiyot) davomida katta o'zgarishlar, jismoniy o'sish va ruhiy yangilanishlarni boshdan kechiradi, o'zining - Menligini anglaydi.

Ta'lim-tarbiya

Ijtimoiy muhit

Shaxsning shakllaiii shiga ta'sir etuvchi отШаг

k4

Shaxsiy faoliyat

Bola psixik taraqqiyotining umumiy nazariyasini biologik qonuniyatlar asosida ishlab chiqqan, bolalar psixologiyasining yirik vakili, avstriyalaik psixolog Karl Byuler (1879-1963) xisoblanadi.

Tadqiqotchi Vyurtsburg maktabi vakili bo'lib, birinchi jahon urushidan so'ng, bolaning psixik rivojlanishida yuzaga keladigan muammolarini ishlab chiqdi va bolalar rivojlanishining uch bosqichli konsepsiyasini ilgari surdi.

Amerikalik psixolog, bixeviorizm oqimining asoschisi, ushbu oqimning manifesti sifatida Jon Uotsonning - «Bixeviorist nuqtai-nazarida psixologiya» (1913 yil) nomli maqolasi e'tirof etiladi.

Bixeviorizm individ(xayvon va odam)niiig tug"ilgauidan to umiiiiiiig oxirigacba XULQINI o"rgaiiishiii taklif etadi.

s ir > R

¡TV

Xulqni tabid qilish biribí sifatida S - stimul va R — reaksiyanuig boglaiiishi nazarda tutiladi.

Berrens Skinner koiisepsivasi

Rag"batlaiitiiish va jazolash - yaiigi xulqniiig sliakllaiiish

poydevori.

20-asrning 70 yillarida bixeviorizm, aniqrog'i neobixeviorizm oqimining taniqli vakillaridan biri Berrens Skinner edi. Uning fíkriga ko'ra, odamning xulqi, tashqi muxit ta'siri ostida yuzaga keladigan vositalar(rag'batlantirish yoki jazolash)ga uzviy ravishda bog'liqdir, shuning uchun bola tarbiyasi muayyan bir stereotip(qolip)lar orqali amalga oshirilad Skinnerning hisoblashicha, odamning xulqi uning ehtiyojlari bilan emas, balki uni o'rab turgan muhit orqali belgilanadi, zero ehtiyojlarning shakllanishi - bu muxitning ta'siri va uning mustahkamlanishidan iboratdir. Odamning tashqi muxit ta'sirini qabul qilishi va o'zida mustahkamlay olish qobiliyati, o'z-o'zini saqlash instinkti negizida amalga oshiriladigan mashqlar orqali shakllanadi.

Ijobiy mustahkamlash vaziyatga nimadir qo'shadi:

- O'z ishini bajargan ishchi, pul oladi;

- Ota-onaning topshirig'ni bajargan bola, rag'bat oladi;

Salbiy mustahkamlash vaziyatdan nimanidir chiqarib tashlaydi:

- Bola, ota-ona noroziligidan qochish uchun joniga tekkan ishni bajaradi;

- Bolaga yon berayotgan ota-ona, uning tajovuzidan qochib shu ishni bajaradi;

Birlamchi vaziyat

- Birlamchi ehtiyojlarni to'g'ridan-to'g'ri qondirishga asoslanadi;

- Oziq-ovqat, suv, kuchli sovuq va issiq havo, og'riqli holatlar mustahkamlash shakllari sanaladi;

Shartli vaziyat

- Daslabki xolis qo'zg'atuvchi, birlamchi mustahkamlash shakllari bilan uyg'unlashib ketadi;

- Shartli mustahkamlash, pul. mehr-muhabbat, boshqalarning diqqat-e'tibori va qo'llab quwatlashi kabi ko'rinishlarda aks etadi;

«Siz menga ijobiy shart-sharoit yaratib bering ... va men sizga kerakli

Nemis psixologi Vilyam Shtern biologik va sotsiologik yo'nalishlardagi bir yoqlamalikni bartaraf etishga urinib ko'radi.

Vilyam Shtern bola psixikasining rivojlanishiga oid o'z qarashlarini - Ilk bolalik psixologiyasill asarida ko'rsatib o'tadi. - Ruhiy taraqqiyot, - deb yozadi u, - tug'ma xislatlarning sodda tarzda aks etishi emas, shu bilan birga tashqi qo'zg'atuvchilarni oddiy idrok etish ham emas, balki rivojlanishning tashqi shart-sharoitlari va ichki imkoniyatlari - konvergensiyasil natijasi xisoblanadil.

Vilyam Shter n o'z qarashlarini umumlashtirib quyidagi fikrni bildiradi:

"Konvergensiya nazariyasi... bizning kelgusidagi qarashlarimiz uchun kalavaning uchi sifatida xizmat qiladi...".

Psixik taraqqiyot - tug'ma xislatlarning oddiy aks etishi va tashqi ta'sirlarni oddiy idrok etish emas. Bu hayotning tashqi shart-sharoitlari bilan, organizmning ichki imkoniyatlari konvergensiyasi natijasidir, bunda irsiy omil yetakchi o'rinda turadi. Muxit, irsiyat orqali belgilangan psixik xususiyatlar va xislatlarning tezlashtiruvchi yoki tormozlovchi ro'yobga chiqishini omil sifatida qayd etiladi.

Konvergensiya nazariyasi psixik taraqqiyotni, irsiyat va muxit ta'siri ostida yuzaga keladigan jarayon sifatidae'tirof etadi. Zamonaviy psixologiyada keng tarqalgan nazariyalardan biri. Barcha zamonaviy nazariyalar psixik taraqqiyot masalasiga, irsiyat va tashqi muxitning o'zaro aloqadorligi nuqtai-nazaridan yondashadilar.

Tajribaning xulqqa ta'sir ko'rsatish modellari:

«Bemor koykasi» - subyekt muxit ta'siri ostida yordamga muhtoj patsiyent bo'ladi.

«Luna (Oymoma) park» - subyekt ko'ngil ochar mashg'ulotni tanlaydi, lekin ularni o'zi istagandek o'zgartira olmaydi.

«Suzuvchilar musobaqasi» - sub'yekt deyarli tashqi qo'zg'atuvchilarga qaramasdan o'z yo'lida davom etadi.

«Tennis koptogi» - sub'yekt va tashqi muxit o'rtasida doimo o'zaro birgalikdagi harakat amalga oshiriladi. Yosh davrlari psixologiyasida hal qilinishi muhim ahamiyat kasb etadigan masalalardan biri - subyektning rivojlanish jarayonidagi faolligi muammosi xisoblanadi.

Rivojlanish jarayoniga turli omillarning ta'sir ko'rsatishi, bola rivojlanishining senzitiv davrlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishni yuzaga keltirdi. O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol, komil inson qilib voyaga yetkazish, rivolanib borayotgan fuqarolik jamiyatining eng muhim ijtimoiy-psixologik vazifalaridan biri sanaladi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar o'ta ishonuvchan, tashqi ta'sirotlarga tez beriluvchan bo'ladilar. Yirik olimlar va allomalarimiz ta'kidlaganidek, shaxsning fe'l-

atvori shaxs hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va shu davrda pay do bo'lgan shaxsiy sifatlar mustahkam o'rnashib qoladi.

Endigina shakllanib kelayotgan shaxs ruhiyatida ijobiy hissiy kechinmalarni, shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloqiy me'yorlarini hosil qilish uchun butun mas'uliyat bosh-lang'ich sinf o'qituvchisining zimmasiga tushadi. Mazkur yosh davrida bolalar uchun o'qituvchining har bir gapi, har bir xatti-harakati, ta'sir ko'rsatish uslubi adolat mezoni vazifasini bajaradi.

O'quvchilar o'zlarining birinchi o'qituvchilariga qattiq ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar, uning o'zini tutishi, fe'l-atvori, aql-zakovatidan jiddiy ta'sirlanadilar, qo'ygan talablariga hamisha amal qiladilar, bergan topshiriqlarni bekamu-ko'st bajarishga intiladilar.

Ana shu davrda o'qituvchi uchun:

o'quvchilarning ma'naviyatiga ta'sir ko'rsatish ijobiy his-tuyg'ulari va ezgu niyatlarini qo'llab-quvvatlash;

ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash, to'g'ri mulohaza yuritishga o'rgatish, noma'qul qiliqlardan tiyish, tabiat manzaralarni kuzatishga va musiqa tinglashga odatlantirish;

ularga faoliyatning qaysi turlari bilan shug'ullanish kerakligini, ota-ona, ustoz oldidagi burch hissini tushuntirish;

ular bilan qiziqib o'qigan kitoblari, yoqtirgan mashg'uloti, ko'rgan filmlari, sevimli qahramonlarini tahlil qilish imkoniyati tug'iladi.

O'qituvchining o'quvchilar bilan mazmunli va qiziqarli suhbatlar o'tkazishi, ularni g'aroyibotlar olamiga olib kirishi, faollik sari etaklashi alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta birinchi navbatda, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishdan ko'zlangan maqsadga erishish uchun ularning yoshi va alohida psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish shart.

Mazkur o'zgarishlar bolaning tevarak-atrofga, boshqa kishilarga, o'z oilasi, yaqinlari va tengdoshlariga, jamoaga, nisbatan yangicha munosabatlar tizimini shakllantirishga va mustahkamlashga ijobiy ta'sir qiladi, xarakterni, irodani tarkib toptiradi, qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Курс общей, возрастной и педагогической психологии. Выпуск З.Под ред. М.В.Гамезо. М. «Просвещение». 1982.

2. Д.Б.Эльконин. Избранные психологические труды. М.Педагогика. 1989.

3. M.G.Davletshin,Sh.Do'stmuhamedova,M.Mavlonov,S.To'ychiyeva,

4. M.Djumabayeva.Yosh va pedagogik psixologiya.T.2007.

5. F.Haydarov, N.Halilova.Umumiy psixologiya.T.2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.