Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-611-615
BOLALARGA INGLIZ TILIDA OT (NOUN) SO'Z TURKUMINI O'RGATISHNING PEDAGOGIK VA INNOVATSION USULLARI
Nasiba Xaitaliyeva
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik yoshdagi o'quvchilar hamda bolalar uchun ingliz tilidagi ot so'z turkumi ustida ishlashning samarali usullari haqidagi pedagogik va nazariy malumotlar hamda amaliy qo'llash uchun ishlatiladigan manbalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: otlar, sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar, ish varoqlari, qo'shiqlar, joy nomlari, hayvonlar, narsa nomlari, yosh va individual xususiyatlari, kuylash, mashg'ulotlar, lug'at
ABSTRACT
This article provides pedagogical and theoretical information on effective ways to work on English noun phrases for younger students and children, as well as resources used for practical application.
Keywords: nouns, countable nouns, uncountable nouns, worksheets, song,a person, place , animal, a thing, age and individual characteristics, singing, lessons, dictionary.
KIRISH
Biz bilamizki barcha tillarda lug'atning eng katta qismini ot so'z turkumi tashkil etadi: shu jumladan ingliz tilida ham so'zlarning eng katta sinf ushbu turkum so'zlaridan iboratdir. Ingliz tilida ot so'z turkumi noun (ot) deb yuritiladi
Dastlab misol tariqasida ot so'z turkumini ingliz tilidagi quyidagi so'zlar orqali ifodalashimiz mumkin: a thing - narsa nomlari (book - kitob), a person - shaxslar (Umida - Umida ismi), an animal - hayvonlar, insects - hashorotlar (a dog - it , fly -pashsha), a place - joy nomlari (Tashkent - Toshkent shahri ), fikr yoki harakatga tegishli bo'lgan so'zlar jamlanmasi.
METODOLOGIYA
Ot so'z turkumi kim? nima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladi. Ingliz tilida otlar
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-611-615
2 ta katta guruhga bo'linadi:
°countable nouns (sanaladigan otlar) °uncountable nouns (sanalmaydigan otlar) °Countable nouns (sanaldigan otlar) - sanab bo'ladigan, birlik yoki ko'plik shakllarda kela oladigan otlar kiradi. Bunda ot birlik shaklda kelsa, uning oldidan a/an yoki one so'zlarini qo'yamiz. Agar ko'plik shaklda kelsa, so'z oldidan many yoki few kabi ko'plikni ifodalovchi so'zlar kelishi mumkin.
Misol uchun: a book - kitob , an elephant - fil bu so'zlar countable singular nouns (sanaladigan birlikdagi otlarga kiradi.)
many books - ko'p kitoblar, few apples - bir nechta olmalar countable plural nouns (sanaladigan ko'plikdagi otlarga kiradi.)
° Uncountable nouns (sanalmaydigan otlar) - sanab bo'lmaydigan, faqatgina ma'lum o'lchov birliklari bilan o'lchanadigan otlar kiradi. Ushbu otlar oldidan some, a piece of, a bottle of kabi so'zlar keladi.
Misol uchun: some money - biroz pul,
a piece of cheese - pishloq bo'lagi. (sanalmaydigan otlarga kiradi.) Noun (ot)larning plural (ko'plik) hamda singular (birlik) shakllari turli qo'shimchalar hamda so'zdagi o'zgarishlar bilan farqlanadi.
°Singular nouns (birlik) dagi otlar oldidan a / an artikllari yoki one so'zi kelib ularning bitta ekanligini bildiradi.
Misol uchun: a girl - (bitta) qiz an octopus - (bitta) sakkizoyoq one book - (bitta) kitob
° Plural nouns (ko'plik) dagi otlarni esa quyidagi qo'shimchalar qo'shish bilan yasashimiz mumkin: - s, es, ies.
Ushbu qo'shimchalar so'z oxirida qo'shilib ko'plik ma'nosini anglatadi. Misol uchun: a girl - girls an apple - apples
puppy - puppies (- y bilan tugagan so'zlarga ies qo'shimchasi qo'shiladi, - y harfi esa tushirib qoldiriladi.)
a potato - potatoes (-y bilan tugagan so'zlarga es qo'shimchasi qo'shiladi).
MUHOKAMA
Biz ushbu malumotlari bilib oldik, endi yuqoridagilarni o'quvchilarga qanday tushuntiramiz degan savol tug'ilishi tabiiy. Biz quyidagi usullarni birma - bir ko'rib
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-611-615
chiqamiz hamda dars jarayonidagi vaziyatga qarab foydalanamiz:
Dastlab bolalarning yosh va individual xususiyatlariga e'tibor berishimiz biz berayotgan ma'lumotlarning bolalarga qanchalik samara berishini bilib olishimizga yordam beradi. Yoshi kichik o'quvchilarga rasmlar orqali tushuntirish eng samarali va isbotlangan usul hisoblanadi. Chunki kichik yoshdagi bolalarning fotografik xotirasi juda yaxshi rivojlangan bo'lib, bu esa ular o'zlari ko'rgan ma'lumotlarini tez va uzoq muddat esda saqlab qolishlariga imkon yaratadi. Ushbu mavzu bo'yicha biz bolalarga quyidagi rasmlarni ko'rsatishimiz mumkin:
Biz suratlarni bolalar tanish bo'lgan narsalar rasmi tushirilganlaridan foydalanishimiz kerak. Yuqoridagi rasm aynan shunday. "What things are you looking? " - " Bolalar bu rasmda siz nimalarni ko'ryapsiz?", "What is described?" " Nimalar tasvirlangan?", "How do we ask what is the picture?" "Suratdagi narsalarga qanday so'roq beramiz?" kabi savollar bilan murojaat qilamiz. Bolalarga ushbu rasm juda ham tanish chunki bolalar hayvonot olamini, atrof muhitni, oila a'zolarini yaxshi biladilar shu sababli yuqoridagi savollarimizga bolalar qiziqish bilan qarashadi hamda bemalol javob bera olishadi. Biz dastlab narsalarning o'zbekcha nomlarini so'ngra esa rasm asosida inglizcha nomlarini ayttirishimiz maqsadga muvofiq. Rasmlar juda sodda bo'lishi lozim hamda biz rasmdagi jonzotlar, joylar yoki narsalarni sanab bo'lish yoki bo'lmasligi haqida ham bolalar bilan fikr yuritishimiz kerak.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-611-615
Bolalarga plural nouns (ko'plikdagi sanaladigan otlar) hamda singular nouns (birlikdagi sanalmaydigan otlar ) haqidagi dastlabki tushunchalarni kiritishimiz kerak bo'ladi. Bu borada biz pedagog sifatida korgazmalilikdan unumli foydalanishimiz: turli tarqatma metariallar, kartochkalar hamda yuqorida keltirilgan worksheet lardan foydalanishimiz bir bergan bilimning samaraliroq bo'lishiga oz hissasini qo'shadi. Ana endi ushbu rasmga nazar solsak noun (ot) haqidagi qo'shiqni ko'ramiz. Biz bilamizki, oddiy hamda kulguli qo'shiqlar yaxshi xotira vositalari hisoblanadi. Shunday ekan berayotgan ma'lumotlarimiz bolalarda qiyinchilik tug'dirayotganini sezsak, ushbu usuldan foydalanishimiz mumkin. Kuylash esda saqlab qolishning eng ajoyib usuli.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-611-615
U kayfiyatni ham ko'taradi, bolalarda qiziqish uyg'otadi hamda darsga bo'lgan muhabbatlarini oshiradi.
XULOSA
Noun (ot) ustida turli mashqlar bajarish mavzuni mustahkamlashga yordam beradi. Ayniqsa turli xildagi otlar keltirilgan raskraskalardan foydalanib, bolalarga ularni bo'yash topshirig'ini berishimiz mumkin. Ushbu oddiy mashg'ulot o'quvchilarga har xil turdagi otlarni aniqlash va yozib olishga yordam beradi. Shuningdek oddiy tushunchalarni o'raganishdan misol uchun so'zlarni topish yoki bo'lmasa rasmlarni birlashtirish kabi worksheet lardan samarali foydalansak bolalarni dars mobaynida zerikib qolishlarini hamda mashg'ulotning samarasiz ketmasligini oldini olgan bolamiz.
REFERENCES
1. Raymond Murpyh "ART FLEX" Publishing house 2017
2. Ingliz tili grammatikasi Muhammad G'apporov. Robiya Qosimova "Turon iqbol" Toshkent
3. pinterest.themoffattgirls.com
4. pinterest.madebyteachers.com
5. Facebook.com
https://www.facebook.com/105424551296684/posts/17092668l4l3l37/