Научная статья на тему 'BOLALAR TARBIYASIDA ERTAKNING O’RNI'

BOLALAR TARBIYASIDA ERTAKNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2972
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Ertak / tarbiya / qahramon / ezgulik / insonparvarlik / vatanparvarlik / syujet / obraz / mutolaa / mubolag’a / psixologiya / multfilm / kommunikatsiya / texnologiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulshodaхоn Abdumannob Qizi Tojiboyeva, Ilhomjon Shamsiddin O’G’Li Ismatillayev

Ushbu maqolada bola tarbiyasida va uning ongi shakllanishida ertaklarining o’rni, muhimlik darajasi, ertaklarni yoshga bog’liqligi hamda ertaklarni turli ko’rinishdagi ta’sirlari bolaning xulq-atvorini salbiylikdan ijobiylikka o’girishi va bolani hayotga tayyorlashdagi eng aosiy vosita sifatida belgilanishi. Ertak orqali bolalarni Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usini o’stirish haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR TARBIYASIDA ERTAKNING O’RNI»

BOLALAR TARBIYASIDA ERTAKNING O'RNI

Gulshodaxon Abdumannob qizi Ilhomjon Shamsiddin o'g'li Ismatillayev Tojiboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bola tarbiyasida va uning ongi shakllanishida ertaklarining o'rni, muhimlik darajasi, ertaklarni yoshga bog'liqligi hamda ertaklarni turli ko'rinishdagi ta'sirlari bolaning xulq-atvorini salbiylikdan ijobiylikka o'girishi va bolani hayotga tayyorlashdagi eng aosiy vosita sifatida belgilanishi. Ertak orqali bolalarni Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usini o'stirish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ertak, tarbiya, qahramon, ezgulik, insonparvarlik, vatanparvarlik, syujet, obraz, mutolaa, mubolag'a, psixologiya, multfilm, kommunikatsiya, texnologiya.

Kirish.

"Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi ustozdir". Ertak nima? Ertak-bu xalq og'zaki ijodidan bo'lib, u asosan, xalqni hayotidan so'zlab keladi. Sog'lom bolani shakllantirish nafaqat jismonan sog'lomlik, balki fikran sog'lomlik bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sog'lom fikrlashga chorlash degani, ana shu sog'lom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tadbiq qilish orqali singdirishdir. Biz shundagina har tomonlama sog'lom bolaning shakllanishida to'g'ri yondoshgan bo'lamiz. Asosiy qism.

Ota-bobolarimiz, momolarimiz farzand tarbiyasiga azal-azaldan katta e'tibor qaratib kelganlar. O'g'il-qizlarimiz ezgulikka intilib o'ssin, farzandlarimiz el-u yurt koriga yaraydigan, komil inson bo'lib ulg'aysin, deb ularni kitob o'qishga undaganlar, bir-biridan qiziqarli hikoya, ertak va rivoyatlar so'zlab berishni zinhor kanda qilmaganlar. Negaki, ertaklarda yaxshilik ulug'lanadi, yovuzlik, qoralanadi. Masalan: ''Qosim lofchi" ertagida Qosim yolg'on gapirib, pand yeyishi, yolg'on ortidan ketma-ket tashvishlar kelishini eshitgan bolalar yolg'on-yomon odat ekanligini bilishadi va yolg'on gapirmaslikka harakat qiladi. Shunday ekan, bolalarning tarbiyasida ertakning foydasi kattadir. Bolaning hayotida ertak qanchalik muhim? Bu savolga javob izlar ekanmiz. Multfilimlardan misol qiladigan bo'lsak, ''Zumrad va Qimmat'' multfilimida bola tarbiyasiga ta'sir qilishini tahlil qilamiz. Bolalar ushbu multfilimni tomosha qilar ekan, unda faqat bitta Zumrad va Qimmatni bir xil ko'rinishini biladilar. Bu esa, bolaning fikrlashi, o'ylashi sust bo'lishiga turtki bo'ladi. Ertak eshitayotgan bolaning ongi va fikrlash doirasi keragicha ishlaydi. Yuqorida aytilganidek, multfilimda faqat bir xillik ko'rinsa, ertaklarda esa aksincha, ertaklarni eshitib borayotgan bolalar o'zicha

o'ylaydilar. O'zini Zumradini, Qimmatni ong ostida gavdalantiradi. Bu esa bolaning fikrlash doirasini kengayishiga juda katta samara beradi. Bugungi davrda yosh avlodni axborot -kommunikatsiya texnologiyalariga o'ta berilib ketishdan asrab, mutolaaga o'rgatish o'rniga, o'zimiz bunga sharoit yaratib berayotganimiz oydek ravshan bo'lib, yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Xalqimizda bir gap bor. ''Bolani besh yoshgacha yozilmagan qog'oz''- deydilar, ya'ni nimani yozsang, kelajakda shuni o'qiysan. Tili endigina chiqqan farzandingiz savollar berib, odamni esangkiratib qo'yadi. Aynan shu davr juda ham muhim, negaki, bola bu davrda ko'zi bilan ko'rib turib uni nima ekanligiga aqli yetmaydi. Siz farzandingizni aqli yetmagan narsa, buyum, jonzotlarni erinmasdan tushuntirsangiz maqsadga muvofiqdir. Afsuski, ayrim yosh onalar bu payt farzandini noo'rin jerkib tashlaydi. Albatta, bu noto'g'ri, chunki bola bunday vaziyatda onasidan so'rashga qo'rqib qoladi. Farzandingizni tili chiqib endigina qadam tashlayotgan kichkintoyingiz juda g'ayratli va serharakat bo'ladi. Uning har kuni lug'at boyligi boyib, o'sib boradi. Aynan shu paytda farzandingizga nima o'rgatsangiz ,tez ilib oladi. Unda syujetli o'yinlarga ehtiyoj tug'iladi. Agar shunday vaziyatda farzandingizga aytib bergan ertaklaringizni u bilan obrazga kirib o'ynasangiz, foydadan holi bo'lmaydi. Ertak bolaga hayotni anglash, oqni qoradan farqlash hamda ezgulikni yovuzlikdan ustin qo'yishga undaydi. Unda insonparvarlik, vatanparvarlik, do'stga sadoqat, yorga vafodorlik, shu yo'lda qahramonlik, jasorat ko'rsatish kabi fazilatlar ulug'lanadi, zulm va zo'ravonlik qoralanadi. Barchamizga ma'lum ertaklardan ''Susambil''da hayvonlar, birlashib bo'rilar ustidan g'alaba qozonadilar, bu esa o'z navbatida bolalarga kuch birlikda, ahillikda ekanligini uqtiradi. ''Oltin tanga'' ertagida esa halollik ulug'lanadi. Ertak bolaning xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni ijobiy tomonga o'zgartiradi, masalan: yolg'onchilik, qo'pollik, badjaxillik, o'g'rilik, dangasalik, yig'loqilik, qo'rquv kabilarning to'g'ri so'zlik, muloyimlik, oqko'ngillik, ozodalik, mehnatsevarlik, botirlik va jasurlik tuyg'ulariga o'girishga samarali yordam beradi.

Ertakning muhim xususiyatlaridan biri, uning har doim xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog'langan bo'lishi, bolalarga axloqiy va ma'naviy, jismoniy kuchga ishonch ruhi bilan boydir. U bolaga butun real va tabiatdan tashqari kuchlarning bo'ysungani ifodalaydi. ''Ertaklarda bola tabiati va ijtimoiy hayotda o'ziga dushman bo'lgan qarshi kuchlarga kurashda doim g'olib chiqadi va bolaning hayotga tayyorlashda ko'maklashadi desak, mubolag'a bo'lmaydi".[1]

Har bir ona ertaklarni o'z farzandlariga obrazli va qiziqarli tarzda aytib berishsa, farzandlari hayoti davomida ezgulik, yaxshilik, insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg'usi ostida voyaga yetadi.

XULOSA

O'ziga xos tarbiya vositasi bo'lgan ertaklar bolajonlar uchun juda qiziqarli va qadrlidir. Ertaklar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantiradi. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o'rgatadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib, voyaga yetganidan keyin u ezgu ishlarga odatlanadi.Har bir ona ertaklarni o'z farzandlariga obrazli va qiziqarli tarzda aytib berishsa, farzandlari hayoti davomida ezgulik,yaxshilik, insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg'usida voyaga yetadi.

REFERENCES

1. Xalq og'zaki ijodi.

2. ''Susambil'' ertak kitobi.

3. ''Oltin tanga'' ertak kitobi.

4. Bolalar adabiyoti (Darslik-majmua). ''O'qiyuvchi'' nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.