INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOBURIY MALIKA MOHIM BEGIM
Umurova Guzal Hotamovna
Samarqand davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori
Annotatsiya. Maqolada Boburiy malika Mohim begim haqida ma'lumot beriladi. Mohim begimning yuksak salohiyati, oilaparvarligi, farzandlarining kamolotidagi o'rni alohida qayd etiladi. Shuning bilan birga, buyukpodshoh Bobur mirzoning engyaqin insoni - maslahatgo'yi ekanligi misollar bilan qayd etiladi.
Kalit so'zlar: ibratli hayot, tarix, milliylik, sadoqat, vafo, ilhom, iste'dod, muhabbat
https://doi.ors/10.5281/zenodo.14060797
Аннотация. В статье представлены сведения о бабурской принцессе Мохим-беке. Особо отмечаются высокий потенциал Мохим-бека, забота о семье, роль в развитии его детей. При этом на примерах отмечается, что ближайшим человеком и советником Мирзы был великий царь Бабур.
Abstract. The article provides information about the Babur princess Mohim Beg. Mohim Beg's high potential, family care, role in the development of his children are specially noted. At the same time, it is noted with examples that the great king Babur was Mirza's closest person and adviser.
Ключевые слова: образцовая жизнь, история, национальность, верность, преданность, вдохновение, талант, любовь.
Key words: exemplary life, history, nationality, loyalty, loyalty, inspiration, talent, love.
Zahiriddin Muhammad Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga marifatparvar shoh va shoir ham bo'lgan. U o'z asarlarida go'zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar egallashga, ilm-fan o'rganishga da'vat etgan. Bobur qoldirgan ilmiy-adabiy meros o'rganilar ekan, Bobur bilim doirasining nihoyatda kengligi, o'zigacha mavjud bo'lgan va o'z zamonasidagi boy ilmiy adabiy merosni naqadar chuqur bilganligi kishini hayratda qoldiradi. Darhaqiqat, Boburning she'riy va nasriy asarlari har jihatdan yetukligi hamda badiiy-ilmiy ijod tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lganligi bilan ajralib turadi [1,279].
Shuningdek, Boburning "Boburnoma" asari Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning hayoti, harbiy yurishlari, mamlakatlar sharoitiga bag'ishlangan memuar asardir. Mazkur kitob umri davomida ko'pdan-ko'p yuksalishlar, tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo'lsa, tanazzullari shunchalik iztiroblidir. Bobur qirq yetti yil umr ko'rgan bo'lsa, "Boburnoma" mana shu umrning o'n sakkiz yilini o'zida jamlagan. Kitob Boburning o'z qo'li bilan turkiy tilda yaratilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta'lim-tarbiya, odob-axloq masalalar o'z ifodasini topgan. Bobur Mirzo tomonidan "Boburnoma"ga kiritilgan nodir ma'lumotlar faqat adabiy hayotga
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tegishli bo'lmay, balki keng qirralidir. Unda shoirlar bilan bir qatorda taniqli xattotlar, musiqa olamining donishmandlari, zamona zukkolari tomonidan e'tirof etilgan mudarrislar, naqqosh-u musavvirlar, tarix sohasining bilimdonlari va hakozalar haqida ham ixcham, aniq va odilona fikrlar o'rtaga tashlanadi [2,480]. Bobur ijodida:
Xulqingni rost qilg'il har sorig'aki borsang,
Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang.
Tarixdan ma'lumki, har bir buyuk inson ortida buyuk ayol turadi. Xususan, hukmdorlarning hayotida, olamshumul zafarlarida, ravnaqi va hatto inqirozida ham malikalar katta o'rin tutgan. Zahiriddin Muhammad Boburning katta ayoli Mohim begim ham temuriylar tarixidagi nihoyatda xushxulq, teran ilm sohibasi bo'lgan malikalardan biri edi.
Tarixiy manbalarda Mohim begimning ota-onasi to'g'risida aniq ma'lumotlar yo'q. Ammo uning XV asrning oxirlarida Xurosonda tug'ilgani taxmin qilinadi.
Bobur ham "Boburnoma"da Mohimni nikohiga olgani haqida yozar ekan, qizning oilasi haqida to'xtalmagan. Ayrim tarixchilar Mohim begim Xost shahri hokimi Xoja Muhammad Alining singlisi bo'lganini aytishadi. Boburning o'zi ham tez-tez bu shaharga borib turar, uning bir qancha farzandlari shu yerda tug'ilgandi.
Mirzo Bobur har sohada Mohim begimga suyanar, fikrlarini tinglab, oilaviy muhitning nazoratini unga topshirgan edi. Unga Boburiylar saltanatidagi eng katta unvonlardan biri -"Podshoh begim" unvoni beriladi.
Mohim begim ham husnu latofatda, ham fahmu farosatda Bobur mirzoning didiga munosib ayol edi. Mohim ko'pgina safarlarida Boburga hamrohlik qilgan. Mohim begim Humoyundan keyin yana ikki o'g'il va ikki qiz - Borbul, Foruq, Mehr-Jahon begim va Eson Davlat begim ismli farzandlarni dunyoga keltirgan bo'lsa-da, ular go'dakligidayoq nobud bo'lishgan.
Bobur hatto boshqa ayoli dunyoga keltirgan farzandlarining tarbiyasini ham Mohim begimga ishonardi. Mohim begim zukko, kamtarin va sabrliligi bilan ajralib turardi. U o'g'li Humoyun Mirzoni nihoyatda zehnli, jasur va mard etib tarbiya qilgan. Shu sababli Boburning hurmatiga, cheksiz e'tiboriga sazovor bo'lgan edi. Bobur kichik ayoli - Dildor og'acha dunyoga keltirgan ikki farzandi - Hindol va Gulbadanbegimni ham Mohim begim tarbiya qilishini istagan.
O'z navbatida, Gulbadanbegim ham o'zining akasiga bag'ishlab yozgan "Humoyunnoma" asarida Mohim begimni alohida hurmat va ehtirom ila tilga oladi.
Bobur mirzo Mohim begimga boshqacha mehr qo'ygan, uning bu muhabbatini hatto payg'ambarimiz (s.a.v.)ning Hazrati Oyisha (r.a.)ga bo'lgan sevgilari bilan qiyoslashardi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Bobur Hindistonning katta qismini egallaganidan so'ng, u Qobuldan Mohim begimni olib kelish uchun bir qancha otliqlar va qorovullarni yuboradi. Malikaning yaqinlashib qolgani eshitgan Bobur mirzo tezda uning istiqboliga oshiqadi. U hatto otini egarlashlarini ham kutmasdan, yarim farsax (taxminan to'rt chaqirim) yo'lni piyoda bosib o'tadi. Nihoyat, olisdan Mohim begimning mahofasi ko'rinadi. Buyuk hukmdor uning istiqboliga piyoda kelayotganini ko'rib, Mohim begim ham mahofadan tushadi va Bobur tomon yuguradi. Uning yuzlarini sog'inch va muhabbat yoshlari yuvardi...
Boburning mana bu o'tli misralari ham Mohim begimga bo'lgan buyuk muhabbati tufayli
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yaralgan bo'lsa, ne ajab:
Sen gulsenu, men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen, ul shu'lag'a men kuldurmen, Nisbat yo'qdur, deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen...
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 304-b.
2. Vohidov R.J., Eshonqulov H.P. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. T.: 2006, 527-
b.
3. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. T.: "Sharq", 2002, 336-b.
4. Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. T.: "Fan", 1994, 48-b.
5. Y36eKHCTOH mh^^HH энцнкпопеAннсн. - TomKeHT. 2000-2006, 424-6