Научная статья на тему 'BOBORAHIM MASHRABNING “MABDAYI NUR” ASARLARIDA FORS-TOJIKCHA O‘ZLASHMALAR'

BOBORAHIM MASHRABNING “MABDAYI NUR” ASARLARIDA FORS-TOJIKCHA O‘ZLASHMALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qiyosiy tahlil / tadqiq / g’azal / qo‘lyozma / mustazod / ikki tillilik / ko‘p tilliklik / o‘zlashmaiar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dostonbek Abduraxmonov

Ushbu maqolada Boborahim Mashrab haoyi va uning asarlari. Unda qo‘llanilgan rang – baranglik hamda g‘azallarida uchrovchi tojikcha va arabcha o‘zlashmalar ifoda etilgan. Mashrab asarlarning ko‘p tilliklik, ya’ni butun turkiy tilli xalqlar uchun tushnarli bo‘lish haqida va Mashrab haqidagi manbalar batafsil yoritilgan va bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOBORAHIM MASHRABNING “MABDAYI NUR” ASARLARIDA FORS-TOJIKCHA O‘ZLASHMALAR»

BOBORAHIM MASHRABNING "MABDAYI NUR" ASARLARIDA FORS-

TOJIKCHA O'ZLASHMALAR

Dostonbek Abduraxmonov

Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabasi

dostonbekabduraxmonov@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Boborahim Mashrab haoyi va uning asarlari. Unda qo'llanilgan rang - baranglik hamda g'azallarida uchrovchi tojikcha va arabcha o'zlashmalar ifoda etilgan. Mashrab asarlarning ko'p tilliklik, ya'ni butun turkiy tilli xalqlar uchun tushnarli bo'lish haqida va Mashrab haqidagi manbalar batafsil yoritilgan va bayon etilgan.

Kalit so'zlar: qiyosiy tahlil, tadqiq, g'azal, qo'lyozma, mustazod, ikki tillilik, ko'p tilliklik, o'zlashmaiar.

Azaldin men dili g'amgin xaloyiq haylini sevdim, Shahid qonin sipqormish shahanshohlardin orim bor.

Mashrab

Mashrab tahallasu bilan ijod qilayotgan davrdanoq uning she'rlari xalq qalbidan joy olgan va isyonkorligi bilan ajralib turgan. Shoirning jozibador she'rlari bilan aytiladigan qo'shiqlari tinglovchilarining ko'ngil mulkidan mustahkam o'rin oladi.

Mashrab asarlari o'zining sarguzashtlarga boyligi, qiyin hayot yo'lining murakkab tuzilishi, ma'lum darajada ziddiyatlardan holi bo'lmagan ijodiy faoliyatni u hayotoiylik davridayoq turli tarix va tazkiralardan o'rin olib, kitobxon va tadqiqotchilarni hamon maftun etib kelmoqda. Boborahim Mashrab haqidagi dastlabki manbalar uning zamondoshlari, xususan samarqandlik olim va mudarris Badeho Maleho tomonidan ''Muzakkir ul-ashob'' (''Suhbatdoshlar tazkirasi'') nomli asarda keltirib o'tilgan. Bundan tashqari o'tmishda birin-ketin vujudga kelgan Ziyovutdin Bog'istoniyning ''Tazkirai qalandaron'', Abdulmutallibxo'janing ''Majmuai Fahmiy'', Hakimxonto'raning ''Muntaxab ut-tavorix'', (''Saylanma tarixlar'') , Mirzo

15

Olim Mushrifning ''Ansobus-solotin va tavorixi havoqayin'' (''Sultonlar nasl nasabi va xoqonlar tarixi''), Majzub Namongoniyning ''Tazkiratul avliyo'' kabi qo'lyozma, toshbosma kitoblar orqali bizgacha Mashrab asarlari va uning hayotiy fazilatlari haqida ozmi - ko'pmi ma'lumotlar yetkizib kelishiga sabab bo'lagan. Inqilobgacha va undan keying vaqtlarda N.I.Veselovskiy, Pantusov, X.S.Likoshin, V.L.Vyatkin, I.Ahmedov, I.Sultonov, P.Shamsiyev, Kartsev, G'afur G'ulom, AS.Xayitmetov, A.Abdug'afurov, M.Zokirov, E.Shodiyev, I.Abdullayev, O.Nosirov va boshqa olimlar Mashrab asarlarini topish, ularni o'rganish, nashr etirsh va biografiyani tadqiq qilish borasida ma'lum yutuqlarni qo'lga kiritdilar.

Mashrab hayoti haqida keltirilgan ma'lumot va faktlarning ba'zida noaniqligi haqida ham aytish, joiz ammo, uning noma'lum shaxsiyati haqida ko'plab izlanishlar natijasoida bu noaniqlikka oydinlik kiritilgan. Otashnafas shoir qo'l mehnati ortidan mehnat qilib, bo'z to'quvchi Mulla Vali va Bibi Salimalarning honadonida, 1640-yilda Namangan shahrining Maddohon guzarida tavallud topgan. Keyinchalik o'zining g'azallarida Namanganlik ekanligiga ishora qilib o'tgan:

G'azna, Namangan ichida yurdi Rahimbobo so'rab,

Topmadi bir hodisno, tolibi rahbar o'zim.

Na malakman, na farishta, men ham odam naslidin,

Men tavalludi o'shal farzandi Nomongoniyman.2[1,2]

va qator boshqa mislalarni misol keltirish mumkin.

Ilk ta'limni yosh Rahimbobodan, so'ng esa Qashqarga borib o'z davrining nufuzli ulamolaridan biri Ofoqxo'ja eshon dargohida oladi. Qashqardan qattiq tan jazosi olib bu yerdan haydaladi. So'ng u o'z onasining ziyorati so'ng O'sh, Xo'jant, Toshkent, Sayram, Turkiston, Buxoro kabi qator kata - kichik shaharlarda ziyorat qiladi va dunyo kezadi. 1911-yilda O'rta Osiyo arxeologlari ilmiy jamiyatida qilingan ma'ruzada Pantusov Mashrabning shaxsiy va oliviy hayoti haqida ilmiy qarashlarini isbotlab beradi. Natijada Mashrab uylanmagan undan zurriyod qolmagan, ammo uning singlisi

2 file:///C:/Users/uer/Downloads/Boborahim%20Mashrab.%20Mabdayi%20nur.pdf

16

Normuhammadxo'ja va Inog'omxo'ja ismli ikki o'g'il farzand qolganini ma'lum qilgan.

Mashrab ijodini asosan g'azal, muhammas, murabba' kabi she'riy janrlar tashkil qiladi. Adabiyotshunos olim Fitratning yozishicha, o'zbek adabiyoti tarixida Mashrab mustazod janrida eng ko'p ijod qilgan va Imom G'azzoliyning ''Kimyoyi saodat'', Jaloliddin Rumiyning ''Masnaviyi ma'naviy'' va ''Kimyo'' kabi asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilgan tarjimon hisoblanadi.

Shoirning adabiy merosi turli yillarda nashr etilib kelinayotgan bo'lasada, ''Kimyoyi saodat'' va ''Mabdayi nur''(''Nurning kelib chiqish joyi'') nomli yirik hajmli asarlarining muallifi ba'zi bir sabablarga ko'ra Boborahim Mashrab emas deb hisoblanib kelinmoqda. Rus alxeolog-tadqiqotchisi V.Vyatkin Mashrab asariga emas, balki uning tarixiy shaxs ekanligiga ham shubxa bilan qaragan. Professor A.E.Shmidt bu asarlarni Mashrab sharafiga shogirtlar tomidan yozilgan deb hisoblaydi va uning shaxsiyatiga tarixiy shaxs emas balki afsonaviy siymo deb qaragan. Ammo, olim va adabiyotshunos Fitrat bularning barchasiga yechim topgan holda XVII-XVIII asarlarda yozilgan ''Muzakkirul - ashob'', ''Majmuani Fahmiy'', ''Muntahabut-tavorix'' kabi asarlarni dali tariqasida keltiradi, V.Vyatkinning davosini inkor etib, ''Mabdayi nur'' asarini Mashrab Ofoqxo'janing huzurida uning taklifiga binoan turkey-o'zbek tiliga forsiydan tarjima qilgan. Asardagi quyidagi misrani asosiy dalil sifatida ko'rsatadi:

Yetushti Mashrab o'shal kun ''Mabdayi nur'' ga

Valiyi Xo'jayi Ofoq shohni himmatidandur,3[1,3]

va boshqa ko'plab misralarni isbot sifatida ko'rsatish mumkin. O'tgan asrning yigirmanchi yillarida bu kabi fikrlar ilgari surilgan maqolalrdan ko'plab keltirish mumkin: G'afur Gulomning ''Ikki Mashrab'' va V.Abdullayevning ''O'zbek adabiyoti tarixi'' kabi maqolalari misol bo'ladi. Ko'plab munozarili qarashlarga Beruniy mukofoti sovrindosri, mashrabshunos olim, professor I.Abdullayev hamda filologiya fanlar nomzodi Muhsin Zokirov kabi olimlar o'zining kuchli va aniq dalilarga asoslangan maqolalari bilan oydinlik kiritdi va o'z javobini yo'lladi.

Izlanishlar natijasidA ''Mabdayi nur'' va ''Kimyo'' asarlari muallifi shubxasiz Bobotrahim Mashrabdir.

''Mabdayi nur'' asari haqida ilk marotaba mulohaza yuritgan olim va adabiyotshunos M.Zokirov bu asar Jaloliddin Rumiyning ''Masnaviy'' asaridan ilhomlanib yozilgan deb hisoblaydi.

''Mabdayi nur'' asarida 176 ta diniy, afsonaviy, ahloqiy hikoyalardan, 30 ta ta'limiy prcha, 35 ta g'azal , 2 ta o'zbekcha, 1 ta arabcha mustazoddan iborat.

Mazku masnaviy usluda bitilgan ''Mabdayi nur'' o'z harakteri bilan Sa'diyning ''Bo'ston'', ''Alisher Navoiyning ''Hayrat ul-abror'' lardagidek falsafiy-axloqiy yo'nalish mazmunida hisoblanadi.

Mashrab g'azallaridagi tojikcha o'zlashmalar:4

Adamdin har kishi dunyoga keldi ul musofirdur,

Qadamni rahnomosiz qo'ymagin, bu yo'l havotirdur [1, 6].

***

Qo'lingdin harna ketsa, bo'lmagin zinhor ranjida,

Agarchi munda kor omad emas, mahsharda dastgirdir.[1.6]

***

Yarim arzanda has ko'zinga tushsa, nurini eltar,

Ta'lluq mo'yi bo'lsa sherni poyiga zanjirdur.[1,6]

***

Kishi oluda ro'larhga dilini bermasun hargiz,

Har yo'lda bir nafas g'ofilki, bo'ldi mard dilgirdur. .[1,7]

***

Talabda e'tiqodi tom bo'lsa, banda ul mo'min,

Agar sidqing durust bo'lsa, Xudo har yerda hozirdur. .[1,7]

***

Uluvhimmat azizni hokiga boishingni urmangmi, Alarni domanini gardi ming iymonga iksirdur.[1,7]

4 file:///C:/Users/uer/Downloads/Boborahim%20Mashrab.%20Mabdayi%20nur.pdf

***

Kibirsan Mabdayi nuri haqiqat bahriga Mashrab,

Guhar kelgaymu yo dastingga yo bir sangi taqdirdur.[1,9]

***

Nidoi fazli ''Omonno'' musallam keldi zotingga.

Maqomi ''Quntu kanzan maxfian'' bahrida yaktosan.[1,9]

& & &

Hama mavjud erur sandin ki, zulmatdin hijobing bor,

Vagarna jinsiyatni izlasang monandi Musosan.[1,10]

***

Dilingni uzma hargiz ul Muhammad ismi pokidin,

Bu yo'lni martabasi javhari shar'i payambardur. .[1,10]

***

Shukr deginki, Xudo mo'min ayladi sodiq,

Agarchi g'arki gunohdur, Rasuli ummatidandur. .[1,11]

***

Nasihat aylar erdi, xayli ashobiga payg'ambar,

Badanda toki jon boricha dast o'rgin, yomondin qoch.[1,11]

***

Agar sarmoyai ul Mabdayi nur dildadur, Mashrab,

Talabni pesh tutgin, mardumi nomehribondin qoch.[1,12]

***

Amalsiz xalqni olamda «Kalan'om» dedi Xoliq,

Samarsiz cho'bni me'yori shul, otashda kuydurmog'.[1,12]

***

Tariqi bandalik shoistai iymonga mo'ldur,

Alastni xamrini ichgan kishi bir va'dag'a turmog'.[1.14]

***

Fazilati hama olam dilingga ro'y bersa,

Tariqi bandalik etginu xislatingni tuzat.[1,15]

***

Jahonni ibrat uchun xalq ayladi Xoliq,

Ki behunarni ko'mb, mard agar hunar topsa[1,17]

***

Qachon bo'lg'ayki ko^gayman o'shandog' mohi anqoni,

Ani oldida ochsam daftari «Inno fatahnoni».[1.18]

***

U bir sargashta Majnun Laylini ko'yini ko'гganda,

Ki ma'shuqdin, agarchi, noz tegdi, kimyo tegdi.[1,20]

***

Dilingda diydai dil bor, Xudoni hozir ko'^

Hama shu xavf bila o'ldi jahonni yaxshilari.[1,22]

***

Azizlarga haqorat birla har kimki nazar qilsa,

Bosarlar ro'zi mahshar ko'ziga do'zaxni anburi.[1,23]

***

Talab ahli karamdin qilki, muflisdin xato ermish,

Ki sohibxona muflis bo'lsa, noxushnuddur mehmoni.[1.23]

***

Hamasidap qolursan hirs bozorini kam jo'yi,

Sabo o'lgan so'g'un boshingga ming hangomalar bordur.[1,25]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

***

Na tahsindurki, panjam bog'lasa haftod do'zaxni,

G'ayimatman bu yo'lda, toqi Arshni mehmoniman.[1.28]

***

Ishing ko'paydi sani, zindalikda xo' qilding, Bahoring o'tti, qarib keldi chun zimistoni. [1.33]

Dili sho'rida Mashrab selgohi Mabdayi nuri

~ 20 ~

Sanam gavhar talabsan, hamchu mallohi shu daryo bo'l.[1,36] Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. ''Mabdayi nur'' Saylanma ( g'azallar va mustazodlar). ''Fan''-1994, Toshkent. [1 - Зб]

2. file:///C:/Users/uer/Downloads/Boborahim%20Mashrab.%20Mabdayi% 20nur.pdf [1 - Зб]

3. ''Mabdayi nur'' Boborahim Mashrab.

4. ''Ikki Mashrab'' , ''Qizil O'zbekiston'' gazetasi, 1959-yil 12 - iyul.

5. Jaloliddin Rumiy ''Masnaviyi ma'naviy ''

6. www.ziyouz.com kutubxonasi.

7. Xurshid Davron kutubxonasi.( https:/kh-davron.uz/)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.