Научная статья на тему 'BO‘LG‘USI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

BO‘LG‘USI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo‘lg‘usi pedagog kadrlar / pedagogik mahorat / pedagogik faoliyat / pedagogik faoliyat maqsadi / bo’ekti va vositasi / kasbiy bilim / pedagogik teknika / pedagogik vaziyat / pedagogik topshiriq.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarova M.Kh., Ibrogimova D.A.

Mazkur maqolada bo‘lg‘usi pedagog kadrlarni tayyorlashda kasbiy xususiyatlarni shakllantirish istiqbollari masalalari yoritilgan. Maqolaning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, pedagog jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o’zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo’lgan kelajak yoshlarni topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag’ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o’z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LG‘USI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

BO'LG'USI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Umarova M.Kh.

TDPU named after Nizami Associate Professor of the "Pedagogy" Department, Ph.D.

Ibrogimova D.A.

Matter of the 2nd year.

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo'lg'usipedagog kadrlarni tayyorlashda kasbiy xususiyatlarni shakllantirish ittiqbollari masalalari yoritilgan. Maqolaning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, pedagog jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o'zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo'lgan kelajak yoshlarni topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag'ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o'z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi.

Kalit so'zlar: Bo'lg'usi pedagog kadrlar, pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyat maqsadi, bo'ekti va vositasi, kasbiy bilim, pedagogik teknika, pedagogik vaziyat, pedagogik topshiriq.

Аннотация: В данной статье описаны перспективы формирования профессиональных характеристик при подготовке будущих педагогических кадров. Основное содержание и суть статьи заключается в том, что педагог является доверенным лицом общества, потому что общество доверяет ему будущую молодежь, которая является его самым ценным богатством, надеждой, доверием и будущим. Эта благородная и сложная профессия требует от каждого, кто посвящает ей свою жизнь, постоянного творчества, исследовательской работы, большой щедрости, любви к детям и безграничной преданности своей профессии.

Ключевые слова: Будущие педагогические кадры, педагогическое мастерство, педагогическая деятельность, цель, объект и средства педагогической деятельности, профессиональные знания, педагогическая техника, педагогическая ситуация, педагогическая задача.

Ab&ract: This article describes the prospects for the formation of professional characterittics in the training of future pedagogic personnel. The main content and essence of the article is that the pedagogue is a trutted representative of the society, because the society entrutts him with the future youth who are its mott valuable wealth, hope, trutt and future. This noble and complex profession requires conttant creativity, research, great generosity, love for children, and unlimited devotion to his profession from everyone who devotes his life to it.

Key words: Future pedagogic personnel, pedagogical skills, pedagogical activity, goal, object and means of pedagogical activity, professional knowledge, pedagogical technique, pedagogical situation, pedagogical assignment.

Inson tarbiyasi har qachon ham murakkab vazifalardan biri bo'lib kelgan. Hatto jamiyat me'yordagi &abil rivojlanish bosqichida turgan vaqtda ham o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida turli muammolar paydo bo'ladi. Bugungi kun muammolari esa (ishsizlik, qonunbuzurlik, oilaviy ajrashishlar, noqonuniy dori vositaliri va hatto giyohvand moddalardan foydalanish, shahsiy va profisional maqsadning yo'qligi, diniy ek&remizm, terrorchilik va h.o) ta'lim-tarbiya jarayonini yanada murakkablashtirib yubormoqda.

Ma'lumki, ta'lim-tarbiya deb atalgan murakkab jarayon sub'ektlaridan biri - bu o'qituvchi. Ho'sh, bugungi kun o'qituvchisi qanday bo'lishi kerak? Uning faoliyati maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Uning bilim saviyasi, salohiyati, mahorati va qobiliyatini o'&irish nimalarga bog'liq?

Eng avvalo o'qituvchi shuni chuqur anglashi lozimki, u jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o'zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo'lgan bolalarini topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag'ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o'z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi. Bunday mas'uliyatli vazifani faqatgina dialektik fikrlash qobiliyatiga, yorqin shahsiy sifatlarga ega bo'lgan, o'z-o'zini uzluksiz rivojlantirish va tarbiyalashga tayyor bo'lgan o'qituvchi bajara oladi. Zero, o'qituvchi shahsi pedagogik jarayon muvaffaqiyatining asosiy sharti va vositasidir.

Har qanday faoliyatda bo'lgani singari, pedagogik faoliyatning ham bir nechta tarkibiy qismlari mavjud. Bular: maqsad, vosita, ob'ekt, sub'ekt. Avvalo, pedagogik faoliyat maqsadi o'ziga hosligi bilan ajralib turadi. Bular quyidagilar:

1. O'qituvchilik ishi maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni o'qituvchi o'z mehnati yakuniy natijalarini tanlashda erkin emas, uning hatti-harakatlari har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Pedagogik faoliyat avlodlar o'rtasidagi ijtimoiy vorisiylikni amalga oshirish, yoshlarni mavjud ijtimoiy munosabatlar bilan bog'liq insoniyat ijtimoiy tajribasini egalashdagi tabiiy imkoniyatlarini yuzaga chiqari uchun hizmat qiladi.

Ammo maqsaddan kelib chiqadigan muayyan vazifalarni sharoitga mos ravishda o'qituvchining o'zi belgilashi kerak. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadi yakuniy natijasiga ko'ra jamiyat tomonidan belgilanadigan aniq ijtimoiy buyurtma bo'lib, uning vazifalari muayyan pedagogik vaziyatlarda turlicha belgilanadi. Ana shu holatning o'ziyoq o'qituvchidan ijodiy yondoshuvni, maqsadni ko'ra olish, uni muayyan sharoit bilan taqqoslay olishni talab etadi.

2. O'qituvchi faoliyati har doim boshqa faoliyat orqali boshqariladiga faoliyatdir. Bu o'ziga hos meta-faoliyat bo'lib, o'quvchilarning faoliyatiga mos etib quriladi.

Jaloliddin Rumiyning u&oz sifatidagi faoliyati bilan bog'liq yuqorida keltirilgan misol u&oz - murabbiyning jazavaga tushish, baqirish bilan emas, balki o'zini tutish, og'ir - vazmiylik, kamtarlik va samimiyat, qat'iyat bilan bergan javobi, tolibning hatosini darhol tushunib etishi va qilmishidan qattiq hijolat bo'lishiga va majlisni tashlab chiqib kelishgan sabab bo'ladi. Ilm tolibining bu tutgan yo'li uning yuksak darajasidagi ongliligini belgilamasada, shu hatti - harakatning o'ziyoq pedagogik faoliyat maqsadiga tamon birgalikda qo'yilgan qadamdir. Binobarin, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga

hosligi shundaki, u o'qituvchining ham, o'quvchining ham maqsadi bo'lishi kerak. Meta-faoliyatning mohiyati ana shunda.

3. Boshqa kishi faoliyatni boshqarish shuning uchun ham murakkabki, o'qituvchining maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagiga qaratilgan bo'ladi. Bu maqsad o'qituvchi uchun yaqin va tushunarlidir. U "Sen bilishing, bajara olishing va bajarishing kerak", - deya talab qiladi. O'quvchi esa bugungi kunning quvonchiyu tashvishlari bilan yashaydi, kelajak uning uchun juda yiroq. SH.A.Amonashvilli bu ziddiyatga "tarbiya fojiasining asosi" deb baho beradi. O'qituvchi ayni zamonda yashab turib kelajakni barpo etadi. Bu juda murakkab vazifa.

Buni chuqur anglagan u^a-pedagoglar har doim o'z faoliyati logikasi o'quvchi ehtiyojlariga tayanib quradilar. Masalan, SH.A.Amonashvilli o'z faoliyat da^urini bola da^uriga yaqinlashtirishga intilgan. E.N.Ilina esa doimiy matnlardan foydalanib, sinfdagi vaziyatga ta'sir o'tkazishga harakat qiladi.1

O'qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o'z ixtisosligi bo'yicha maxsus ma'lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdir.

O'qituvchi ta'lim jarayonida o'qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Hozirgi kunda o'qituvchining pedagogik mahoratida "Bilish, tushunish, o'ylash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash" kabi didaktik qonuniyatlar ta'lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e'tirof etilgan. Shaxsga ta'lim-tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo'lgan omil ekanligi ta'kidlanadi.

Bugungi kun o'qituvchisiga nisbatan qo'yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Zamonaviy o'qituvchi ta'limni qanday tashkil etishi zarur?2

Avvalo u o'z mutaxassisligi bo'yicha ta'lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashhulotlarini mazmunan yaxlitligini ta'minlashi.

Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o'quvchilar o'quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo'llashi, o'quv mashhulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalarining so'nggi yutuqlarini uyg'unlashtirish malakasiga ega bo'lishi.

Ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi.

Ta'lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish i^iqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi.

Ta'lim-tarbiyaviy faoliyatda jaryonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg'or tajribalarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo'llashi.

1 ^дагош^. (Под рeд. П.И. Пидкасистого).- M.: Пeдагогичeскоe общeство России, 2003.- 608 с.

2 Холи^ов А.Пeдагогик мах,орат. -T.,2010

O'rta Osiyo mutafakkirlarining pedagogik qarashlari va ma'naviy meroslaridan ta'lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalana olishi.

Darsning barcha turlarida, mashg'ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'qitish metodlaridan foydalanishi.

O'qitadigan fan turkumi bo'yicha avtomatlashtirilgan ta'lim tizimi uchun amaliy da^urlar paketini yaratishi lozim.

Bizning nazarimizda, zamonaviy o'qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo'lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo'lishi kerak (so'z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifa, burch va mas'uliyatlarni ifodalaydi):

O'qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o'quvchilarga to'gri, asosli ma'lumotlarni bera olishi lozim.

Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo'lishi talab etiladi.

O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur, puxta bilimga ega bo'lishi, o'z u^ida tinimsiz izlanishi shart.

O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta'lim-tarbiyaviy faoliyatda o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o'z faoliyati tashkil etishi kerak.

O'qituvchi ta'lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim.

O'qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi davr talabidir.

O'qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, yuz, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, je&) chuqur o'zlashtirib olishga erishishi lozim.3

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, o'qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o'zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to'g'ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni o'z iroda kuchi bilan bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O'qituvchi o'quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va tola bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so'zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o'quvchining muvaffaqiyatlarini e'tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o'qituvchining so'zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do'^ona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko'tarinki kayfiyatda bo'lishi zarur.

O'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro'-e'tibor qozonishini ta'minlaydi.

3 Педагогика. (Под ред. П.И. Пидкасистого).- М.: Псдагогичсскос общество России, 2003.- 608 с.

- 253 -

Demak, pedagogik faoliyat maqsadi o'qituvchidanjamiyatning ijtimoiy topshirig'iga nisbatan shahsan qabul qilish; muayyan hatti-haraktlarning maqsad va vazifasiga ijodiy yondoshish; o'quvchi qiziqishlarini hisobga olish va uni o'quv faoliyati maqsadi sifatida takomillashtira olishni talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Najmiddinova G.N. Pedagogik mahorat kursining tehnologiyalashtirilgan ma'ruza matnlari.-T.: TDPU,2019.

2. Холиков А.Пeдагогик майорат. -T.: 2010.

3.ТурFунов С.Т., Максудова Л.А. Пeдагогик жараёнларни ташкил этиш ва бошкариш. - Т.: "Фан", 2009. - 16S б.

4. ^даш^ка. (Под рeд. П.И. Пидкасистого).- М.: Пeдагогичeскоe общeство России, 2003.- 60S с.

ЗНАЧЕНИЕ ПСИХОЛОГИЧЕКИХ ЗНАНИЙ В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ

Хамитова Шохсанам Машрабжоновна

Студентка 1-го курса Магистратуры по специальности «Психология» Бухарского Института психологии и Иностранных языков

Аннотация: В данном тезисе исследуется процесс изучения иностранного языка с помощью существующих в психологии теоретических и практических разработок. Описаны психологические процессы, личностные качества обучающегося обеспечивающие дидактические условия для эффективного усвоения и владения иностранным языком. Изучается проблема трансформации и формировании иноязычного сознания.

Основные фразы: Мотивация. Языковой барьер. Типы восприятия. Аудиал. Визуал. Кинестетик. Языковое сознание. Иноязычное сознание.

В условиях современного мира существует чрезвычайный интерес к процессу изучения иностранного языка. Встает вопрос качественного улучшения системы образования, который непосредственно связан с разработкой более совершенных, научно обоснованных методов обучения иностранному языку. Возрастает необходимость проведения психологического анализа процесса усвоения иностранного языка потому, что сам предмет обучения - иностранный язык - представляет собой явление, теснейшим образом связанное с мыслительной деятельностью человека.

Среди основных психологических аспектов изучения английского языка наиболее важными представляются следующие: мотивация и интерес к изучению языка; способности к изучению языка; соотношение языка и речи при изучении;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.