Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARIDA ART-TERAPIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI'

BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARIDA ART-TERAPIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
art terapiya / musiqa terapiyasi / dramaterapiya / kollaj / izoterapiya / kineziterapiya / mashg‘ulot / musobaqa / maqsad / tafakkur / sifat / qobiliyat / faoliyat / uyg‘un / o‘yin. / арт-терапия / музыкотерапия / драматотерапия / коллаж / изотерапия / кинезитерапия / тренировка / соревнование / цель / мышление / качество / способности / деятельность / гармония / игра.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I.I. Raxmatova

ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, hamda pedagogik-psixologik jihatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE FORMATION OF THE CULTURE OF ART THERAPY IN FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS

в данной статье освещаются актуальные вопросы формирования арт-терапевтической культуры у будущих учителей изобразительного искусства, а также педагогико-психологические аспекты.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARIDA ART-TERAPIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA ART-TERAPIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

© M.Raxmatova1B_

1Termiz davlat pedagogika instituti , Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, hamda pedagogik-psixologik jihatlari yoritib berilgan.

MAQSAD: badiiy va pedagogik faoliyat dinamikasi, individual ehtiyojlarga tayanishda professional pedagogik muloqot, talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlarini, hamda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirish

MATERIALLAR VA METODLAR: tasviriy san'at sohasidagi asosiy prinsiplarni o'rganish, art-terapiya madaniyatini shakllantirish orqali ta'lim sifatini isloh qilish yo'llari, tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy malakasi oshirishda art-terapiya metodologiyasini ishlab chiqish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: art-terapiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligini oshirish, yig'ilgan materiallar o'rganilishi natijasida ta'lim jarayonida foydalanishga ta'siri aniqlandi. Art-terapiyani rivojlantirish bilan bir qatorda uni o'rgatishning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalarga ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi.

XULOSA: hozirgi globallashgan sharoitda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirish masalalarining dolzarb jihatlari, hamda art-terapiyani rivojlantirishdagi san'atning insonning hissiy va shaxsiy-semantik sohalariga, uning munosabatlari tizimiga, birinchi navbatda tasviriy san'atga, shuningdek, tasviriy san'atga oid ijodiy faoliyatga kuchli ta'sir ko'rsatishga asoslangan shakllarini tadqiq etish, hamda o'z-o'zini bilishni san'at orqali shaxsiy rivojlanish bilan uyg'unlashtirish, shuningdek, atrofdagi dunyoning haqiqatini hisobga olgan holda konstruktiv harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish kabi masalalar mazmunini yoritadi.

Kalit so'zlar: art terapiya, musiqa terapiyasi, dramaterapiya, kollaj, izoterapiya, kineziterapiya,mashg'ulot, musobaqa, maqsad, tafakkur, sifat, qobiliyat, faoliyat, uyg'un, o'yin.

Iqtibos uchun: Raxmatova I.I. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 343-348.

ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ АРТ-ТЕРАПЕВТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© И.И.Рахматова1И_

1Термизский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещаются актуальные вопросы формирования арт-терапевтической культуры у будущих учителей изобразительного искусства, а также педагогико-психологические аспекты.

ЦЕЛЬ: динамика художественно-педагогической деятельности, профессионально-педагогическое общение с опорой на индивидуальные потребности, формирование способностей и возможностей учащихся, а также культуры арт-терапии у будущих учителей изобразительного искусства

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: изучение основных принципов в области изобразительного искусства, путей реформирования качества образования через формирование культуры арт-терапии, разработка методики арт-терапии в повышении профессиональной квалификации учителей изобразительного искусства.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: повышение эффективности проводимых исследований в области арт-терапии, в результате изучения собранного материала выявлено влияние на использование в образовательном процессе. Он полагается на больший контингент участников в научных статьях, анализирующих преимущества его обучения наряду с развитием арт-терапии.

ВЫВОД: актуальные аспекты формирования культуры арт-терапии у будущих педагогов изобразительного искусства в нынешних глобализированных условиях, а также исследование форм искусства в развитии арт-терапии, основанных на сильном влиянии на эмоциональную и личностно-смысловую сферы человека, на систему его отношений, в первую очередь к изобразительному искусству, а также к творческой деятельности, связанной с изобразительным искусством, а также на самореализации. гармонизация познания с личностным развитием через искусство, а также, освещает содержание таких вопросов, как развитие умения совершать конструктивные действия с учетом реальности окружающего мира.

Ключевые слова: арт-терапия, музыкотерапия, драматотерапия, коллаж, изотерапия, кинезитерапия,тренировка, соревнование, цель, мышление, качество, способности, деятельность, гармония, игра.

Для цитирования: Рахматова, И. И. Педагогико-психологические аспекты формирования арт-терапевтической культуры у будущих учителей изобразительного искусства. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 343348.

PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE FORMATION OF THE CULTURE OF ART THERAPY IN FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© Rakhmatova I.Ikhbolxon1^_

1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article covers the current issues of the formation of art therapy culture in future teachers of Fine Arts, as well as pedagogical and psychological aspects.

AIM: dynamics of artistic and pedagogical activity, professional pedagogical communication in relying on individual needs, the formation of students ' abilities and capabilities, as well as a culture of art therapy in future teachers of Fine Arts

MATERIALS AND METHODS: the study of basic principles in the field of Fine Arts, ways to reform the quality of education through the formation of a culture of art therapy, the development of an art therapy methodology in improving the professional competence of teachers of Fine Arts.

DISCUSSION AND RESULTS: increasing the effectiveness of research carried out in the field of Art therapy, as a result of the study of the collected materials, the effect on its use in the educational process was determined. In addition to the development of Art therapy, it relies more on a contingent of involvement in scientific articles analyzed on the benefits of teaching it.

CONCLUSION: topical aspects of the issues of formation of art therapy culture in future teachers of Fine Arts in the current globalized conditions, as well as the study of forms of art in the development of art therapy based on a strong influence on the emotional and personal-semantic spheres of a person, the system of his relations, first of all on the visual, it illuminates the content of such issues as the development of the ability to perform constructive actions, taking into account the reality of the surrounding world.

Key words: art therapy, music therapy, dramatherapy, collage, isotherapy,kinesitherapy, training, competition, goal, thinking, quality, ability, activity, harmony, play.

For citation: Rakhmatova I.Ikhbolxon (2024) 'Pedagogical-psychological aspects of the formation of the culture of art therapy in future teachers of fine arts, Inter education & global study, (4(1)), pp. 343-348. (In Uzbek).

Bugungi kunda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarning ijodiy badiiy va vizual tayyorligini rivojlantirish uch bosqichdan o'tadigan ijodiy badiiy-ma'rifiy faoliyatga tayyorligini shakllantirishdan iborat. Insonparvarlik ta'limi qoidalariga muvofiq, asosiy maqsad kelajakda barkamol yetuk shaxsni shakllantirishdan iborat. O'qituvchilar pedagogik faoliyatga, shu jumladan individual ehtiyojlarga tayanishda professional pedagogik muloqotga, talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga ham bog'liq tushunchalarga ega bo'lmog'i darkor.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ma'lumki, art terapiya hamda tasviriy san'at ko'pincha bir-birini to'ldirib boruvchi jarayondir. Xususan tasviriy san'at pedagog o'qituvchilari ko'pincha tegishli tayyorgarlikdan o'tgan rassom, psixolog yoki psixoterapevt bo'Iadi. Art terapiya vositasida kattalar va bolalar qog'ozda o'zlaridagi ichki muhitlaridagi g'azab, quvonch va qo'rquv, his-tuyg'uiarini ifoda qilish imkonini beradi.Bunda insonning badiiy qobiliyati bor yoki yo'qligi muhim emas. Art terapiya odatda psixokorreksiya usuli hisoblanib, asosan davolash, tuzatish maqsadida ham qo'llaniladi. Bu allaqachon bir necha marta samarali natijalar ko'rsatgan metodlar sarasiga kiradi. Muloqot jarayonida ham san'atning deyarli barcha turlari insonning ruhiy-emotsional holatini yaxshilaydi, bemorning ichki muammolariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, qo'rquvlarini, xohis-istaklarini va maqsadlarini anglashni, hamda ularni mavjud bo'lgati ijodiy yo'llar orqali ifodalashni o'rgatadi. Bu borada badiiy va pedagogik faoliyat dinamikasi uch bosqichini o'z ichiga oladi: 1-bosqich: dunyoning yaxlit rasmini va badiiy tajribani o'zlashtirish; 2-bosqich: individual badiiy tajriba orttirishda ijodkorlik, shu jumladan o'z e'tiqodlari, shaxsiy idrok va shaxsiy tanlov; 3-bosqich: talabalarning shaxsiy manfaatlarini, ularni aniqlash qobiliyati ta'lim va badiiy faoliyatdagi istaklar va afzalliklar.

Pedagogik ta'lim kasbiy kompetentsiyani o'zlashtirishning eng yuqori jarayonidir. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy malakasi quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: badiiy; ijodiy; kasbiy; pedagogik;

Talabalarning badiiy va ijodiy faoliyatiga rahbarlik qilish o'qituvchining kasbiy va pedagogik kompetentsiyasining asosi hisoblanadi. Badiiy mahoratni amalga oshirish qobiliyati asosan ma'lumotlarning integratsiyalashgan xususiyatlari bilan o'zaro bog'liq jarayondir. Chunonchi san'atning har qanday turi davolash maqsadida ishlatilishi mumkin. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash, origami, applikatsiva va boshqalar. Bundan tashqari raqs musiqa va kino ham.

Shuningdek, inson o'z ichki o'zligini aks ettiruvchi asarlar yaratganda mashg'ulotlarda faol bolishi mumkin. Passiv holda pedagog art-terapevt bilan birgalikda boshqa odamlarning rasmlarini, musiqiy kompozitsiyalarni va raqslarini tahlil qiladi. Mashg'ulotlarning individual yoki guruhli turlari ham mavjud. Guruhlar yopiq va ochiqlar turlarga bolinadi. Odatda yopiq guruhlarda ishtirokchilar umumiy muammo bilan bo'lishadi, masalan fobiyalarni yengib o'tish va hokazo. Shuningdek, ochiq guruhlarda turli yoshdagi odamlar yig'iladi, ishtirokchilar istalgan vaqtda kelib yoki jamoadan ketishi mumkin. San'at orqali siz hissiyotlarga berilib, psixodiagnostika o'tkazishingiz, ijodkorlikni rivojlantirishingiz va o'zo'zini hurmat qilishingiz, fikrlaringiz, kayfiyatingiz va xatti-harakatingizni nazorat qilishni o'rganishingiz mumkin. Bu borada bemorlar ham ularning haqiqiy istaklaridan xabardor bo'ladilar. Ular hayot haqida optimistik dunyoqarashni rivojlantirish, boshqalar bilan munosabatlarni o'rnatishni o'rganishadi.

Shunday qilib, ijodiy badiiy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlik-bu shaxsning integral sifati, gumanistik yo'nalish bilan ajralib turadi. Badiiy va vizual faoliyat uchun motivatsiya, san'at va ijod nazariyasining psixologik va pedagogik bilimlari, amaliy ijodiy ko'nikmalar hamda ijodiy badiiy-ma'rifiy faoliyatga munosabat tizimi rivojlantiriladi. O'qituvchilarning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

professional tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyat jarayonida shakllanadi. Ijodiy badiiy va vizual faoliyatga tayyorlik shuningdek, institutda tasviriy san'at hamda kasb-hunar ta'limi doirasida shakllantiriladi.

Hozirgi globallashgan sharoitda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirish masalalari, hamda art terapiya nima uchun va kimlarga zarur degan savolga javob yoritishga harakat qilamiz. Mazkur turdagi davolanish uchun hech qanday kontrendikatsiyalar yoki cheklovlar belgilanmagan. Shuningdek, art-terapiya har qanday toifadagi insonlar uchun ham o'z ichki tug'yonlarini ifoda qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ruhiy barkamolligi past shaxslar, bolalar, talabalar, kar bemorlar ham badiiy terapiya mashqlarini bajarishlari mumkin.

«Art terapiya» asosan quyidagi hislatlar bor bo'lgan shaxslarga tavsiya etilishi mumkin. Masalan: o'ziga bo'lgan past baho, hurmat; depressiya yoki stress holati; yashirin qo'rquvlar; o zini yolg'iz his qilish; asabiylashish, kayfiyatning tez o'zgarishi; hayotdagi ma'lum davrlar- o'smirlik, homiladorlik, qarilik; rivojlanishning kechikishi; boshqalar bilan munosabatlar o'rnatishda ishonchsizlik.

Art terapiyani biror usulini tanlaganda, mijoz izoterapiya, musiqa, qum va ertak bilan davolash va har qanday boshqa turdagi ijod usulini tanlashi mumkin. Mashg'ulotlar odatda 1-2 soat davom etadi va haftada bir necha marta o'tkaziladi. Pedagog art-terapevt bemor yoki guruh bilan uchrashib, qulay materiallarm tanlab, ish boshlashni taklif etadi. Tinch, do'stona muhitda mutaxassis ishtirokchilarga o'z hissiyotlari yoki taktil histuyg'ulariga e'tibor qaratishga yordam beradi. Ijodiy jarayon tugagach, bemorlar natijalarni psixolog bilan muhokama qiladilar.

Quyida art terapiya mashqlaridan namunalar mavjud:

1. Syujetni chizish. Psixolog ma'lum bir mavzu bo'yicha rasm chizishni taklif qiladi va u ishtirokchining his-tuyg'ularini aks ettirishi kerak. Ishni muhokama qilish pavtida mutaxassis sizning hissiy liolatingizni tushunishga yordam beradi.

2. Kollaj qilish. Guruh a'zolari bir mavzuda kollaj qilishadi. Bu orzu va hayot maqsadlarini aks ettirishi mumkin. Shu tariqa psixolog yordamida siz o'zingizni baxtli qiladigan yo'lni rejalashtira olasiz. Kollaj ilhom manbai bo'ladi.

3. Musiqa yordamida chizish. Sizdan musiqiy kompozitsiyani unglash va hissiyotlaringizni qog'ozga tushirish talab etiladi. Bezovtalik Ketadi, kayfiyat ko'tariladi, kuch-quvvat sezasiz.

Ail terapiya» (art - san'at, theoraphy - davolash) ya'ni san'at bilan davolash degan ma'noni anglatadi. Bu ijodkorlik bilan birlashtirilgan muloqotning terapevtik ta'siriga asoslangan usul hisoblanadi. Art terapiya psixoterapiyaning nisbatan yangi art-pedagogik usullaridan biridir. San'at bilan davolash usullari dastlab natsistlar lagerlarida stress olgan bolalar bilan ishlash uchun ishlatilgan. «Art terapiya» atamasi ilk bor 1938-yilda Adrian Xill tomonidan sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar bilan olib borgan ishlarda qollanilgan va tez orada keng tarqalgan.

Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida art-terapiya madaniyatini shakllantirish masalalari asosan san'atning insonning hissiy va shaxsiy-semantik sohalariga, uning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

munosabatlari tizimiga, birinchi navbatda, tasviriy san'atga, shuningdek, tasviriy san'atga oid ijodiy faoliyatga kuchli ta'sir ko'rsatishga asoslangan shaklidir. Art terapiyaning strategik maqsadi - shaxsning o'z-o'zini ifoda etishi, hamda o'z-o'zini bilishni san'at orqali shaxsiy rivojlanish bilan uyg'unlashtirish, shuningdek, atrofdagi dunyoning haqiqatini hisobga olgan holda konstruktiv harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirishdir. Bu art terapiyaning eng muhim tamoyili - mazmuni, shakli va sifatidan qat'i nazar, ijodiy tasviriy faoliyatning barcha mahsulotlarint tasdiqlash va qabul qilishni nazarda tutadi.

Art terapiya - muayyan san'at shakliga mansub janr bo'yicha ham, psixokorrcktiv terapevtik qo'llanilish yo'nalishi va texnologiyasi bo'yicha ham aniqlanadigan farq va xususiyatlarga ega bo'lgan psixokorrektiv metodlar majmuidir. Art terapiya san'at vositasida ta'minlanganligi sababli, uning tizimliligi, avvalo, san'at shakllarining o'ziga xosligi bilan asoslanadi (tasviriy san'at - izoterapiya; teatr, tasvir - obrazoterapiya; adabiyot, kitob - biblioterapiya, raqs, harakat - kineziterapiya, musiqa - musiqa terapiyasi;). Shu bilan birga o'z navbatida, badiiy terapiyaning har bir turi subspektlarga bolinadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. 1.Inomjonovna, R. I. (2023). TRANSPERSONAL MODEL IN ART THERAPY-AS HUMANITY PRINCIPLES. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(4), 173-181.

2. 2.Inomjonovna, R. I. (2023). ART THERAPY AS AN EFFECTIVE TREATMENT FOR INJURED CHILDREN (During war, violence, natural disasters). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(4), 182-188.

3. 3.Рахматова, И. И. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ АРТ-ТЕРАПИИ ЧЕРЕЗ ИНТЕГРАЦИЮ ИСКУССТВА. Innovative Development in Educational Activities, 2(18), 33-39.

4. Рахматова, И. И. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ АРТ-ТЕРАПИИ ЧЕРЕЗ ИНТЕГРАЦИЮ ИСКУССТВА. Innovative Development in Educational Activities, 2(18), 33-39.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

H [Raxmatova Ikbolxon Inomjonovna], professor-o'qituvchi, [Рахматова Икболхон Иномжоновна] предподаватель, [Rakhmatova Ikbolkhon] associate professor, t.e. Manzil: O'zbekiston, 117036, Farg'ona, Marg'iloniy uy 3 [адрес: Узбекистан, 117036, Фергана, Маргилан дом 3], [address: Uzbekistan, 117036, Fergana, Margilan House 3]; raxmatova@terdpi.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.