Научная статья на тему 'BOʼLAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BOʼLAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
36
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / musiqa / odob / o‘rgatish / maxorat kompetentlik / kasbiy kompetentlik / kompetensiya / bolajak pedagoglar / kompetentli yondoshuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Oygul Sobirova

Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi, kasbiy kompetentlik, kompetentli yondoshuv, kasbiy kompetentli o‘qituvchi, agar bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagogik muammo sifatida qaralsa, amalga oshirilishi zarur bolgan bazi bir ishlar, kasbiy kompetentlikda kompetensiya tushunchasi va boʼlajak pedagoglarning kasbiy kompetentlikni shakllantirishda nazariy tayyorgarlikning shakllariga etibor qaratish zarurligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʼLAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

BO'LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Oygul Sobirova Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi, kasbiy kompetentlik, kompetentli yondoshuv, kasbiy kompetentli o'qituvchi, agar bo'lajak musiqa fani o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish - pedagogik muammo sifatida qaralsa, amalga oshirilishi zarur bolgan bazi bir ishlar, kasbiy kompetentlikda kompetensiya tushunchasi va bo'lajak pedagoglaming kasbiy kompetentlikni shakllantirishda nazariy tayyorgarlikning shakllariga etibor qaratish zarurligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, musiqa, odob, o'rgatish, maxorat kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kompetensiya, bolajak pedagoglar, kompetentli yondoshuv

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF PROFESSIONAL COMPETENCE FORMATION IN FUTURE EDUCATORS

Aigul Sobirova Kokand SPI

Abstract: In this article, the concept of competence, professional competence, competent approach, professionally competent teacher, some work that needs to be done if the formation of professional competence of future teachers is considered as a pedagogical problem, the concept of competence in professional competence and There is a need to pay attention to the forms of theoretical training of future teachers in the formation of professional competence.

Keywords: competence, professional competence, competence, future educators, competent approach

Musiqa bu hayot. Musiqa fani o'qituvchilari kasbiga sadoqatli ijodkor bo'lishi zarur. Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik», «tushunish», «natijalilik», «ega bolish», «sifat», «miqdor» so'zlari yordamida tariflanadi, shu bilan birga kopgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni qayd etgan. L.Spenser va M.Spenserlarning takidlashicha, kompetensiyalarning shakllanishi ularni olchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga suriladi Dj. Raven kompetentlikni biror bir obyekt yoki obyektlar sinfiga ko'ra biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada ma'lum faoliyatning individual

motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil boladi. U shaxs kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan holdagina aniqlanishi manoga ega bo'ladi - deb tushuntiradi. Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon oqituvchisidan yuqori madaniyat, chuqur manaviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, masuliyatlilik, chuqur bilimga ega bo'lishi, o'z o'quvchilarining ijodiy potensialini rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o'z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy masala, yani mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi bugungi kunda ota muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, yani faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash - kompetentli yondoshuv deyiladi. "Kompetentlik" tushunchasi talim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir. Kasbiy kompetentli oqituvchi birinchidan, oquv-tarbiya jarayonida ijodkor talim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy tasir korsatadi, ikkinchidan, o'z kasbiy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy imkoniyatlarini amalga oshira oladi. Agar bolajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - pedagogik muammo sifatida qaralsa, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:

1. O'qituvchining kasbiy-pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish uning mazmuni bilan bevosita bog'liqdir. Pedagogik kadrlar tayyorgarligi sifatini sezilarli darajada oshirish uchun pedagogik va texnik bilimlar sintezini taminlash zarur.

2. Pedagogik kompetentlik pedagogik mahorat tushunchasiga bog'liqligini N.V.Kuxarev shunday tariflaydi: «Pedagogik tayyorgarligidan kelib chiqadigan o'qituvchi shaxsining aniq sifatlarini va pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar to'plami».

3. A.K.Markova o'qituvchini kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan o'qituvchi deb aytadi, qachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni o'qitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishsa. Kompetentli o'qituvchi o'zining kasbiy bilimlarini, qo'llashni bilishi kerak. Hozirgi vaqtda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishda o'qitish texnologiyasiga katta etibor berilmoqda. Oliy talim muassasalarining professoror-o'qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o'qitish texnologiyalari bo'lajak pedagoglar

kasbiy kompetentligining qaror topishi va tarbiyalash talim tizimining tarkibiy qismi bo'lib, kasbni egallashning kasbiyahamiyatli bazasini dastlabki yaratishga, kasbiy faoliyatni yuqori darajada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning va qodirlikning sekin-asta shakllanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlarida kompetensiya tushunchasi muhimdir. Kompetensiya - o'z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o'z amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo'lgan mutaxassis muammolarni yechishda o'zi o'zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo'lgan metodlarni tanlab olib qo'llashi, to'g'ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko'z bilan qarashi kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi. Kompetentlikning asosi qobiliyatlardan iborat bo'lganligi uchun ularning har biri oz kompetentligiga mos kelishi kerak. Qobiliyatlar eng umumiy korinishlari bilan kompetensiyaning jismoniy madaniyatdagi, aqliy sohadagi, umumoquv, amaliy, ijrochilik, ijodiylik, badiiy, texnik, shu bilan birga pedagogik-psixologik, ijtimoiy va boshqa konikmalariga mos keladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o'qituvchining nazariy tayyorgarligining mazmuni ko'p hollarda psixologik-pedagogik va maxsus bilimlar majmuasi sifatida tushuniladi. Ammo, maqsad - faqat bilimlarni shakllantirishdan iborat emas. O'qituvchi tajribasi tuzilmasida ortiqcha yuk bolib hisoblangan va bir tizimga keltirilmagan bilimlar hech kimga kerak bo'lmagan narsa bo'lib qoladi.

Shuning uchun ham bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentlikni shakllantirishda nazariy tayyorgarlikning shakllariga e'tibor qaratish zarur. Bunday nazariy faoliyat o'qituvchida analitik, bashorat qilish, loyihalash va refleksiv ko'nikmalar mavjudligini nazarda tutuvchi pedagogik fikrlashni umumlashgan holda bilishda namoyon bo'luvchi faoliyatdir. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqargan holda shuni aytish mumkinki, bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosan o'qituvchilar o'z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko'rsatish bilan yoshlarning faolligini, his - tuygusini, hatti - harakatini rivojlantirishi va tasir eta olishi, har bir mashgulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini taminlash, pedagogik jarayonni oqituvchilar jamoasi va yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, talimiy-tarbiyaviy vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muslimov N.A. Kasbiy talim oqituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariymetodik asoslari: Ped. fanl. dokt. ... diss. T.: 2007.

2. Dogan, J., and E. Qobilova. "FORMATION OF CREATIVITY IN PRESCHOOL CHILDREN BY MEANS OF FOLK INSTRUMENTS USING ADVANCED FOREIGN EXPERIENCE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.10 (2022): 1195-1199.

3. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.

4. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALLY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132.

5. A3H3X0H0Ba, M., and 3. Ko6nnoBa. "Em.TAPHH MYCH^HH MA^AHH^TH BA MALHABH^THH fflAKn.TAHTHPHffl^A MYCH^HH TAPEHflHHHr AXAMH-flTH." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 51-57.

6. Kabilova, E. B. "FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.10 (2023): 68-74.

7. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALLY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132.

8. QOBILOVA, E'ZOZXON. "Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons." Journal of Positive School Psychology 7.2 (2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.