Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PROFESSIONAL-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI METOD VA VOSITALARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PROFESSIONAL-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI METOD VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
252
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘lajak o‘qituvchilar / metod / usul / ta'lim metodlari / an'anaviy / interfaol / sugestopedia / jigsaw reading / socratic seminar / philosophical chair. / future teachers / method / method / teaching methods / traditional / interactive / suggestopedia / jigsaw reading / Socratic seminar / philosophical chair.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Yadgarova

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning bugungi kundagi eng dolzarb va samarali metod va vositalari, ta'lim metodlari va ta'lim usullarining tahlili bayon etilgan. Shuningdek, G‘arb pedagogikasida bo‘lajak o‘qituvchilarni professional-kommunikativ malakalarini shakllantirishga yordam beruvchi zamonaviy metodlar hamda xorijiy tillarni o‘qitishga doir AQSH ta’lim tizimida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar ilova qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE METHODS AND TOOLS OF DEVELOPING PROFESSIONAL-COMMUNICATIVE COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

This article analyzes the most relevant and effective to date methods and means, educational methods and techniques for the development of professional and communicative competence of future teachers. It also included are modern methods to help future teachers develop their professional and communication skills in Western pedagogy and innovative methods used in the US education system for teaching foreign languages.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PROFESSIONAL-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI METOD VA VOSITALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING PROFESSIONAL-KOMMUNIKATIV

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI METOD VA

VOSITALARI O. I. Yadgarova

Samarqand davlat chet tillar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7295402

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning bugungi kundagi eng dolzarb va samarali metod va vositalari, ta'lim metodlari va ta'lim usullarining tahlili bayon etilgan. Shuningdek, G'arb pedagogikasida bo'lajak o'qituvchilarni professional-kommunikativ malakalarini shakllantirishga yordam beruvchi zamonaviy metodlar hamda xorijiy tillarni o'qitishga doir AQSH ta'lim tizimida qo'llaniladigan innovatsion metodlar ilova qilingan.

Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchilar, metod, usul, ta'lim metodlari, an'anaviy, interfaol, sugestopedia, jigsaw reading, socratic seminar, philosophical chair.

ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ И СРЕДСТВА РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация. В данной статье описываются анализ наиболее актуальных и эффективных на сегодняшний день методов и средств, воспитательных методик и приемов развития профессионально-коммуникативной компетентности будущих педагогов. Также прилагаются современные методы, помогающие будущим учителям развивать свои профессиональные и коммуникативные навыки в Западной педагогике и инновационные методы, используемые в системе образования США для обучения иностранным языкам.

Ключевые слова: будущие учителя, метод, метод, методы обучения, традиционный, интерактивный, сугестопедиа, jigsaw reading, socratic seminar, philosophical chair

EFFECTIVE METHODS AND TOOLS OF DEVELOPING PROFESSIONAL-COMMUNICATIVE COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

Abstract. This article analyzes the most relevant and effective to date methods and means, educational methods and techniques for the development of professional and communicative competence of future teachers. It also included are modern methods to help future teachers develop their professional and communication skills in Western pedagogy and innovative methods used in the US education system for teaching foreign languages.

Keywords: future teachers, method, method, teaching methods, traditional, interactive, suggestopedia, jigsaw reading, Socratic seminar, philosophical chair.

KIRISH

Bugungi kunda o'qituvchi, jumladan bo'lajak o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talab juda yuqori. Chunki jamiyat rivoji, uning gullab yashnashi, iqtisodiyotning boyishi, mamlakat qudratining ortishi bevosita shu jamiyatning ta'lim tizimi, uning sifati va kadrlar malakasiga bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimiz ychun eng katta myammo, bu — bugungi zamon talablariga mos kadrlar etishmasligini, barcha sohada innovasion va kreativ fikrlaydigan, ilg'or

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

texnologiyalarni o'zlashtirgan mytaxassislarga ehtiyoj juda yuqori ekanini ta'kidlab keladi. Davlatimiz rahbari 2020 yil 30 sentabrda o'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda so'zlagan nutqida kadrlar masalasiga to'xtalar ekan "Bugun biz yashayotgan jamiyatga yangi fikr, yangi g'oya, eng muhimi, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlari kerak. Har kuni seni nima qiynaydi, deb so'rashsa, hech ikkilanmasdan kadrlar qiynaydi, kadrlar zahirasi qiynaydi, deb javob beraman [17]" deya ta'kidlaydi.

Hozirgi sharoitda bo'lajak o'qituvchilarning professional-kommunikativ malakalarini shakllantirish jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash ta'limda yuqori natijalarga olib keladi. Ta'lim metodlarini har bir darsning tarbiyaviy va ta'limiy maqsadidan kelib chiqib tanlash muhim ahamiyatga ega.

"An'anaviy ta'lim shaklini zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash talabalar mahorati darajasini oshiradi, o'qituvchi-talaba, talaba-o'qituvchi munosabatlaridagi muloqot qobiliyatlari va interaktiv harakatlarning rivojlanishiga sabab bo'ladi" [18]. Buning uchun dars jarayoni mohirona tashkil qilinishi, pedagog tomonidan talabalarning qiziqishi va faolligi doimiy rag'batlantirilib turilishi, mavzularni kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini tushuntirib berishda innovatsion metodlarni qo'llash va talabalarni berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlar qo'llanilganda o'qituvchi talabani darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Shu o'rinda, metod, ta'lim metodi va usul tushunchalarini tahliliga alohida to'xtalib o'tishimiz lozim.

METOD VA METODOLOGIYA

Metod so'zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo'li, usuli deganidir. Bu so'zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. "Metod - eng umumiy ma'noda - maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyat". faoliyat ko'rinishi, maqsadga erishish usuli ma'nosini anglatadi. Ma'lum yo'nalishdagi ta'limiy maqsadlarga erishish yo'lida o'qituvchi va talabalar orasida kechadigan faol hamkorlik jarayonida metod asosiy didaktik omil sanaladi. Har bir ta'lim metodi tinglovchilarning bilish faoliyatlarini faollashtiradi va ta'limning samarali kechishiga hissa qo'shadi.

Ta'lim metodlari deyilganda, "o'rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo'yicha o'qituvchining o'rgatuvchi ishi va o'quvchilar o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish yo'llari tushuniladi".

Ta'lim usuli - "ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, metodlar bilan usullar munosabati o'zaro bir-biriga bog'langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog'lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o'quv vazifasining bir qismi hal qilinadi". Bir xil metodik dasturlardan turli usullarda foydalanish mumkin. Aksincha, bir xil usulni turli o'qituvchilar har xil tushuntirishlari mumkin.

Umumiy ravishda pedagogika fanida ta'lim metodlari tasnifi quyidagicha keltiriladi :

1. An'anaviy (manbasiga ko'ra) ta'lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)

2. O'quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko'ra ta'lim metodlari (I.YA.Lerner va M.N.Skatkin).

3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko'ra ta'lim metodlari (M.A.Danilov va B.P.Esipov).

4. Ta'limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).

5. Yaxlit yondashuv bo'yicha ta'lim metodlari ( Yu.K.Babanskiy).

6. Ta'limning interfaol metodlari.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Amerikalik psixologlar R.Karnikau va F.Makelrouning [2] tadqiqotlariga ko'ra, shaxsning jismoniy va aqliy imkoniyatlari olingan bilimlarni turli darajalarda saqlab qolish imkonini beradi. Odam manbani o'zi o'qiganda 10 %; axborot tinglaganda 20 %; voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rganda (illyustratsiya) 30 %; voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rganda va ular haqidagi ma'lumotlarni tinglaganda 50 % (namoyish); ma'lumot uzatganda 80 % (gapiradi, bilimini namoyish etadi); olgan bilimlarini (axborot, ma'lumot) o'z ishida qo'llashda 90 % ma'lumotni yod olish qobiliyatiga ega [19].

G'arb pedagogikasida bo'lajak o'qituvchilarni professional-kommunikativ malakalarini shakllantirishga yordam beruvchi zamonaviy metodlar ta'limiy faoliyatni loyihalashning asosi bo'lib hizmat qiladi. Ushbu metodlarni tanlab olishga qator omillar ta'sir ko'rsatadi. Bular: ta'lim oluvchilarning rivojlanganlik darajasi, ta'lim beruvchining maqsadi va kutilmalari, tashqi ijtimoiy muhit (vaqt, jismoniy ustanovka va resurslar).

Shuningdek, G'arb pedagogikasida bo'lajak o'qituvchilarni professional-kommunikativ malakalarini shakllantirishga yordam beruvchi ta'lim metodlarining to'rt oilasi (guruhi) ajratib ko'rsatiladi (JOYCE & WEIL) [4]:

TADQIQOT NATIJASI

1. Ijtimoiy faoliyat guruhi - individning jamiyat yoki alohida olingan shaxslarga nisbatan munosabatini oydinlashtirishga yordam beradi. Bunda individning jamiyatdagi boshqa shaxslar orasida individuallashuviga katta e'tibor beriladi.

• Sheriklik yoki guruhiy hamkorlik;

• Rolli o'yinlar;

• Huquqiy so'rovnomalar

2. Axborotni qayta ishlash guruhi - talabalarga axborotni qayta ishlashga yordam beradi. Bunda talabalarning tashqi muhit omillarini hisobga olishiga, g'oyalarini amalga oshirishga harakat qilishlariga, ma'lumotlarni tahlil qilishlari va muammolarga echim topishlariga ahamiyat beriladi.

• Induktiv tadqiqot

• Deduktiv tadqiqot

• Memorizatsiya (eslab qolish)

• Sinektik (ijodiy metodlar)

• Loyihalash va muammoli metodlar

3. Individuallashuv guruhi - shaxsni individual rivojlanishi, uning o'z-o'zini va emotsional holatini yuksalishini ta'minlaydi. Bunda o'z-o'zini anglashga e'tibor qaratiladi.

• Noan' anaviy o'qitish

• Bilish mashqlari va qadriyatlarni oydinlashtirish

• Rolli modellashtirish

• O'z-o'zini refleksiyalash

4. Xulq -atvorga ta'sir etish guruhi - bunda asosiy e'tibor va metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad talabaning xulq-atvorini o'zgartirishga qaratilgan bo'ladi.

• An'anaviy ta'lim (demonstarsiya va taqdimot)

• Zo'riqishni bartaraf qilish

• Dasturiy ta'lim

• Rag'bat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• Hamkorlik [7].

Har bir mamlakatda chet tillarini o'qitishning yillar davomida shakllangangan va sinalgan o'ziga xos metodlari mavjud bo'ladi. Bunda mamlakatning geosiyosiy holati, boshqa davlatlar bilan munosabati, konyukturasi, o'qitish sharoitlari, milliy mentaliteti, o'rganilayotgan tillarning davlat tiliga yaqinlik darajasi va amaliy ahamiyati kabi omillar hisobga olinadi. Masalan, AQSHda chet tillarini o'qitishning bir qator metodlari mavjud bo'lib ular hozirgi kunda o'qituvchilar tomonidan uyg'unlashtirilgan holda qo'llaniladi. Shunday metodlardan ayrimlari quyidagilar:

• Tarjima metodi (asosan o'lik tillarni o'rganishda qo'llaniladi, so'zlar va grammatik qoidalar yod olinadi).

• Og'zaki metod(o'qituvchi monologini qayta so'zlash va matn bo'yicha savollarga javob berish tizimiga asoslanadi)

• Psixologik metod (so'z va so'z bildirgan tushuncha o'rtasida assotsiatsiyalarni topishga asolanadi.)

• To'g'ridan-to'g'ri o'rgatish metodi (chet tili, ona tiliga yoki biror boshqa tilga murojaat qilinmasdan, umuman tarjimadan foydalanmagan holda foydalaniladi)

• O'qish metodi (talaba o'rganilayotgan tilda qancha ko'p matn o'qisa, u mazkur tilning hususiyatlari, Grammatik qoidalari, gap qoliplarini shunchalik ko'p o'zlashtiradi va shu tariqa tushunish, gapirish, yozish ko'nikmalari ham rivojlanadi)

Shimoliy Amerikaning bir qator universitetlarida yoz oylarida turli tillarni intensiv o'rgatuvchi maxsus kurslar tashkil etiladi. Jumladan, Arizona davlat universiteti Kritik tillar institutida 2007-yildan beri o'zbek tili va madaniyatidan dars beriladi. Kurslarda qatnashayotgan talabalarning aksariyati poliglotlardir. Ular uch va unda ortiq tilni egallaganlar va yozgi intensiv kurslarga boshqa bir tilni, madaniyatni o'rganish niyatida keladilar. Xo'sh, yoshi, kasbi, kelib chiqishi turlicha bo'lgan bu amerikaliklarni o'zga tillarni o'rganishga nima majbur qiladi? Avvalo mamlakatda har xil tilda so'zlashuvchi immigrantlarning ko'pligi. Ikkinchidan bir nechta chet tilini bilish kishilarning liberalligidan dalolat beradi. Ular nafaqat o'zining tili va madaniyattini, biladilar, sevadilar, balki o'zga millat vakillariga hurmat bilan qaraydilar. Aynan shu sababli amerikalik o'quvchi talabalar ta'lim bosqichlarida o'z xoxishlariga ko'ra bir yoki bir nechta tilni tanlash va o'rganish huquqiga egalar. Umuman olganda har bir talabaning chet tilini xususan o'zbek tilini o'rganishda o'z maqsadi bor: shaxsiy qiziqish, yani o'zbek tilini yoqtirgani tufayli, xalqaro biznes bilan bog'liq tashkilotga ishga kirish uchun Markaziy Osiyo tillaridan birini bilish kerak bo'lgani uchun "til ta'limiga oid kompyuter resurslari" deb nomlangan labaratoriyadagi faoliyatiga kerak bo'lgani uchun, ilmiy tadqiqot ishi aynan yurtimiz tarixi yoki madaniyatimiz bilan bog'liq bo'lgani sababli, yoki O'zbekistondagi tarixiy obidalarni ko'rishni orzu qilgani va o'zbek xalqining tilini bilish boshqa turkiy xalqlarning tilini va madaniayatini o'rganishga asos bo'la olishi tufayli va hokazo. Bu kabi sabab va maqsadlar esa tilni intensiv ravishda o'rganish uchun kuchli motivatsiya bo'lib hizmat qila oladi.

MUHOKAMA

Intensiv kurslarda biror til va madaniyat bo'yicha olib boriladigan darslarda ko'pincha autentik vositalardan, multimedia resurslaridan integrativ metod asosida yozilgan darslik va o'quv qo'llanmalaridan foydalniladi. Shu bilan birga har bir o'qituvchi mavjud bo'lgan metodlarni o'z guruhini bilim, saviyasi, o'quv vaziyat, mavzularga moslashtirgan holda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'zgartirib qo'llay oladi. Masalan quyida berilgan manbalar, metodlarni istalgan til o'qituvchisi, istalgan auditoriya uchun moslashtirishi va ulardan unumli foydalanishi mumkin.

"Sugestopedia"- bugungi kunda AQSHda boshqa bir qator malakatlarda bo'lgani kabi "sugestopedia" nomi bilan tanilgan metodika keng rivoj topdi. Ta'limni intensifikatsiyalash va gipnoz bilan bog'liq bo'lgan bu metod turlicha baholangan, tanqid ostiga ham olingan, olqishlangan ham. Biroq uning natijalari hayratlanarlidir. Suggestopedia asosida dars o'tadigan pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o'tadi. Bunda ta'lim oluvchilarni yangi tilni tezkorlik bilan o'rganishlari uchun maksimal qulay sharoit yaratiladi. Har bir o'quvchi o'zining g'ayrioddiy lingvistik qobiliyatlari borligiga ishontiriladi, dars harakatda va o'qishlar yordamida o'tkaziladi, shuningdek materialni qabul qilishni engillashtirish maqsadida musiqiy ta'sir ko'rsatiladi, doimiy ravishda multimedia vositalaridan foydalaniladi va hokazo. Mazkur metod qo'llanilganda tilni o'rganish tezligi 40-50 barobar oshadi, chunki kuniga yod olinadigan so'zlar va jumlalar soni odatiy metodikadagi raqamlardan ancha ko'p (qayd etilgan rekord bir kunda mingga yaqin so'z va ibora).

Zamonaviy ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning professional-kommunikativ ko'nikmalarini shakllantirishda quyidagi zamonaviy usullar muhim rol o'ynaydi:

"Jigsaw reading" - metodi talabalarning o'qish, muloqot va xulosa chiqarish qobiliyati kabi kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, qisqa hikoyalar, matnlar va maqolalar bilan ishlashda bu usul juda samaralidir. U quyidagicha amalga oshiriladi. Talabalar ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga hikoyaning birinchi qismi, ikkinchi guruhga hikoyaning ikkinchi qismi beriladi. Talabalar o'zlariga berilgan hikoyaning qismini o'qib yaxshilab eslab qolishlari kerak bo'ladi. So'ng har bir talabaga narigi guruhdan juftliklar tanlanadi. Har bir juftlik bir biriga o'qigan hikoyasini so'zlab beradi. Ish yakunida har bir juftlikda to'liq hikoya paydo bo'ladi. Talabalar hikoyani eslab qolishlari uchun ayrim qaydlarni amalga oshirishlari mumkin. O'yin so'ngida mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob qo'llash ham mumkin. Matn ustida ishlashning bu turini boshacha ko'rinishda ham tashkil qilish mumkin. Birinchi guruh talabalariga matn undagi so'z yoki jumlalar o'chirilgan xolda beriladi. Ikkinchi guruh a'zolariga butunlay boshqa so'z va jumlalar o'chirilgan xolda beriladi. Har ikki guruh a'zolari savol berish yo'li bilan o'z matnini to'ldirib olishi kerak [6].

• "Socratic seminar" ushbu metod mashhur faylasuf Suqrotning behisob savollar berish yordamida ta'lim berish usuliga asoslangan. O'qituvchi talabalarga kerakli mavzu yoritilgan matn va tayyorlanish uchun vaqt beradi. O'qituvchi ketma-ket savollar berish natijasida talabalarning mavzuni qay darajada tushunganligini bilib oladi [5].

• "Philosophical chair"1 metodi debatga o'xshaydi. Talabalarga asosiy mavzu va savollar beriladi. Ular bildirilgan fikrga qo'shilishlari, norozi bo'lishlari yoki betaraf qolishlari mumkin. Bu metod talabalarning bir birlari bilan jonli munozara o'tkazishga bir-birlaridan yangi narsalar o'rganishlariga asoslangan. Har bir talaba markazda joylashgan stulda o'tirib navbatma-navbat o'z fikrlarini bildiradi. Keyin bahs - munozara boshlanadi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, bo'lajak o'qituvchilarni professionalkommunikativ malakalarini shakllantirishga yordam beruvchi zamonaviy metodlar muammosining nazariy jihatlarini batafsil o'rganish, bu boradagi harakat muvaffaqiyatini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ta'minlash omillaridan biri mazkur ta'lim muassasalarida interfaol ta'limni tashkil etilganlik holatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/5841063 Узбекистан Республикаси Президентининг 28.01.2022 йилдаги ПФ-60-сонли "2022 — 2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг Тараккиёт стратегияси тугрисида"ги фармони.- ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 й., 06/22/60/0082-сон, 18.03.2022 й., 06/22/89/0227-сон, 21.04.2022 й.

2. Matthew C. H. Philosophical Methodology: The Armchair or the Laboratory? - New York, 2013. - P. 480

3. Models of Teaching (8th Edition) by Joyce, Bruce R., Weil, Marsha (March 14, 2008)

4. Moeller M., Moeller V. Socratic Seminars and Literature Circles. - New York, 2001. -P. 208

5. Aronson E. The Jigsaw Classroom. - California: Sage view Edition, 2008. - P. 197

6. What teachers need to know about teaching methods. Peter WestWood, Camberwell, Vic. : ACER Press, 2008.-p.16-36

7. Педагогика: Учебник / Л. П. Крившенко, М. Е. Вайндорф-Сысоева и др.; Под ред. Л. П. Крившенко.С.278

8. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.

9. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

10. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

11. Sharifjon To'lqino'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. - 2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

12. Саидов А. СОТЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Specialissue. - С. 262266.

13. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. -№. 2. - С. 203-208.

14. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. -С. 628-630.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

15. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. -2020. - T. 4. - №. 1. - C. 313-318.

16. Ismoilovich S. A. SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGY OF A HEALTHY LIFESTYLE OF FAMILIES

17. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-ituv-30-09-2020

18. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=41180719

19. http://yomi.uz/wp-content/uploads/2020/03/Maqolalar-toplami.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.