Научная статья на тему 'BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING DASTURLASHGA DOIR KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV ILOVALAR VA KREATIV USULLARNI QO’LLASH'

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING DASTURLASHGA DOIR KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV ILOVALAR VA KREATIV USULLARNI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kreativlik / kreativ usullar / kompitensiya / slosson testi / torrens testi / vekslerov shkalasi / kreativ tafakkur / contest dasturlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bektemirova Gulrux Otabek Qizi, Shukurov Erkin Sodiq O’G’Li

Mazkur tadqiqot ishida boʻlajak oʻqituvchilarning dasturlashga doir koʻnikmalarini rivojlantirishda interaktiv ilovalar va kreativ usullarni qo’llash masalasi tadqiq qilingan. Bunda kreativ usullarning mazmun va mohiyati, ta’lim jarayonida kretiv usullarni qo‘llashning tahlili keltirib o‘tilgan. Kreativ usullar asosida talabalarni o‘zlashtirish ko‘tsatkichlarini oshish samaradorligi asoslangan. Dasturlashda kreativlikni oshirish uchun onlayn contest tizimlaridan foydalanishning uslubiy jihatlari taklif qilingan. Kreativ usullar yordamida dasturlash fanini yangi metodik qo‘llanmalar orqali o‘qitish muammosi va bu muammoni yechish bosqichlari qadam va qadam algaritmik ko‘rinishida ishlab chiqilgan [1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING DASTURLASHGA DOIR KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV ILOVALAR VA KREATIV USULLARNI QO’LLASH»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING DASTURLASHGA DOIR KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV ILOVALAR VA KREATIV USULLARNI

QO'LLASH

1Bektemirova Gulrux Otabek qizi, 2Shukurov Erkin Sodiq o'g'li

1Samarqand davlat universiteti 2SamDu Kattaqo'rg'on filiali o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676712

Annotatsiya. Mazkur tadqiqot ishida bo'lajak o'qituvchilarning dasturlashga doir ko'nikmalarini rivojlantirishda interaktiv ilovalar va kreativ usullarni qo'llash masalasi tadqiq qilingan. Bunda kreativ usullarning mazmun va mohiyati, ta'lim jarayonida kretiv usullarni qo'llashning tahlili keltirib o'tilgan. Kreativ usullar asosida talabalarni o'zlashtirish ko'tsatkichlarini oshish samaradorligi asoslangan. Dasturlashda kreativlikni oshirish uchun onlayn contest tizimlaridan foydalanishning uslubiy jihatlari taklif qilingan. Kreativ usullar yordamida dasturlash fanini yangi metodik qo 'llanmalar orqali o'qitish muammosi va bu muammoni yechish bosqichlari qadam va qadam algaritmik ko'rinishida ishlab chiqilgan [1].

Kalitli so'zlar: Kreativlik, kreativ usullar, kompitensiya, slosson testi, torrens testi, vekslerov shkalasi, kreativ tafakkur, contest dasturlar.

Dasturlash asoslarini o'rganishda kreativ usullarning qo'llanilishi

Talabalarda dasturlash asoslari fanini tez va samarali o'rganishdagi bir qancha muammolar o'rganilib shu maummolarni tahlil qilgan holda bo'lajak dasturchilarning kreativ fikirlashini oshirish va ularda dasturlash kompitensiyasini hosil qilish uchun kreativ dars jarayonini tashkil qilish maqsadida quyidagi metod ishlab chiqildi.

Dasturlash asoslarini o'rgatishda talabalar 2 guruhga bo'linadi va talabalarga dars jarayonini quyidagicha tashkil qilinadi:

1-rasm. Darsni tashkil qilish bo'limlari.

1-Nazariy qism:

Dastlab o'tgan darsda o'tilgan mavzu qisqacha savol javob orqali tahlil qilib olinadi.

Mavzu bayoni ochiladi bunda ma'lumotlar interfaol metodlar orqali qisqa savol javob ketma-ketligida tushuntiriladi. Bu jarayon quyidagi qadamlarda amalga oshiriladi.

1) O'tgan dars savol-javob qilinadi, aqliy hujum metodi qo'llaniladi.

2) Darsning asosiy mazmuni tushuntiriladi, interfaol metodlar qo'llaniladi.

3) Vaqtga qarab 1 yoki 2 ta dastur onlayn contest tizimi yordamida tuzib ko'rsatiladi.

4) Talabani bilim-ko'nikmasi kreativ testlar asosida tekshiriladi.

2-Amaliyot:

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

Mashg'ulot davomida o'tgan darsda berilgan misollarning natijasi test dasturlari orqali teshirtiriladi va bugun o'tgan mavzu bo'yicha misollar robocontest.uz, algo.ubtuit.uz va boshqa contest dasturlar bo'yicha misollar ishlanadi. Bu jarayon quyidagi qadamlarda amalga oshiriladi.

1) Nazariy qism savol-javob qilinadi, aqliy hujum metodi qo'llaniladi.

2) Amaliy topshiriqlar to'g'ridan-to'g'ri robocontest.uz, algo.ubtuit.uz, neerch.ifmo.ru onlayn contest tizimlari orqali tuziladi.

3) Talabani amaliyot bo'yicha bilim-ko'nikmasi tekshiriladi, Torrens testi va oddiy test orqali.

3-Nazarot:

Bo'limida testlar 3 xil usulda olinadi:

1) To'g'ridan-to'gri contest dasturlariga murojaat qilish orqali.

2) Torres testi va oddiy test orqali.

3) Yozma ishlar orqali.

4) Og'zaki savol-javob orqali.

Yuqorida taklif etilgan darsni tashkil qilish bo'limlari avval qo'llanilgan kreativ usullar(Torrens testi, Slosson testi) asosida talabalarda dasturlash kompitensiyalarini rivojlantirishning samarali usuli taklif etiladi, natijada talabalar qisqa vaqt davomida dasturlash elementlarini mukammal o'rganib olish imkoni yaratiladi. Dasturlashni o'rganishda kreativ usullarni qo'llash va onlayn contest dasturlaridan foydalanish asosiy vositalar hisoblanadi [2].

Xulosa

Bajarilgan tadqiqot ishida kreativ usullar asosida talabalarda dasturlash kompitensiyasini rivojlantirish usullari va ularning mazmuni batafsil yoritib o'tildi. Ta'lim jarayonida kreativ usullarning mazmun va mohiyati, kretiv usullarni qo'llashning yondashuvlarini tahlili keltirib o'tildi.

REFERENCES

1. B. Heuser "Creativity and Identity Formation in Adolescence: A Developmental Perspective", in The Creative Self, Elsevier, http://dx.doi.org/10.1016/b978-0- 12-809790-8.00005-4 (2017),.

2. Nazarov F. Recommendations for the development of the Olympic program. Scientific-methodical journal of physics, mathematics and computer science. Toshkent.2017 (3).

3. Torrance, E. P. (1966). Thinking creatively with pictures: Figural booklet, Scholastic Testing Service.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.