Научная статья на тему 'BOʼLАJАK OʼQITUVCHILАRNI MА’NАVIY-MА’RIFIY FАOLIYATLАRINI OSHIRISHNING KREАTIV YONDАSHUVLАRI'

BOʼLАJАK OʼQITUVCHILАRNI MА’NАVIY-MА’RIFIY FАOLIYATLАRINI OSHIRISHNING KREАTIV YONDАSHUVLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
255
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Ijtimoiy tarmoq / ommaviy madaniyat / korruptsiya / madaniyat / maʼrifat / Innovatsiya / kreativlik / Social network / popular culture / corruption / culture / enlightenment / innovation / creativity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulnozaxon Mavlanjanovna Raxmatullayeva

Ushbu maqolada boʼlajak oʼqituvchilarda maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatning kreativ yondashuvlari usullar va tavsiyalardan oʼrinli foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berib oʼtilgan. Shuningdek, boʼlajak oʼqituvchilarda maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat tizimini shakllantirishning samarali usullari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATIVE APPROACHES TO INCREASE THE SPIRITUAL AND EDUCATIONAL ACTIVITIES OF FUTURE TEACHERS

This article provides information on the appropriate approaches to creative approaches to spiritual and educational activities for future teachers. It also reveals effective ways to form a system of spiritual and educational activities for future teachers.

Текст научной работы на тему «BOʼLАJАK OʼQITUVCHILАRNI MА’NАVIY-MА’RIFIY FАOLIYATLАRINI OSHIRISHNING KREАTIV YONDАSHUVLАRI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI MA' NAVIY-MA' RIFIY FAOLIYATLARINI OSHIRISHNING KREATIV YONDASHUVLARI

Gulnozaxon Mavlanjanovna Raxmatullayeva

Andijon davlat universiteti doktaranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning kreativ yondashuvlari usullar va tavsiyalardan o'rinli foydalanish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tilgan. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyat tizimini shakllantirishning samarali usullari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy tarmoq, ommaviy madaniyat, korruptsiya, madaniyat, ma'rifat, Innovatsiya, kreativlik

CREATIVE APPROACHES TO INCREASE THE SPIRITUAL AND EDUCATIONAL ACTIVITIES OF FUTURE TEACHERS

Gulnozaxon Mavlanjanovna Rakhmatullaeva

Doctoral student of Andijan State University

ABSTRACT

This article provides information on the appropriate approaches to creative approaches to spiritual and educational activities for future teachers. It also reveals effective ways to form a system of spiritual and educational activities for future teachers.

Keywords: Social network, popular culture, corruption, culture, enlightenment, innovation, creativity

KIRISH

Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan to'rtinchi sanoat tamaddunining harakatga keltiruvchi kuchi bu kreativlik. Atrofga boqsangiz har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to'rtburchakli tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo bo'ylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, san'at va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy g'oyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga

ba'zan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga yerishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real ko'nikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal yetishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, o'z navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash ta'siri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, ya'ni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega. Bilamizki, qaysi mamlakatda iste'dodli, fidoyi hamda ijodkor yoshlar qanchalik ko'p bo'lsa, o'sha yerda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ko'zga tashlanadi. Kelajagini o'ylagan davlat ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ijodiy faoliyatga keng yo'l ochib beradi.Bu o'rinda, ijodiy faoliyat va ijodiy jarayonni atroflicha tushunib olish uchun bu masalaning psixologik va ma'naviy jihatlarini o'rganib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.

MUHOKAMA

Kreativlik - lotincha so'z bo'lib, creo - yaratmoq, tashkil qilmoq degan ma'nolarni anglatib, individ yoki shaxsning yaratuvchilikka asoslangan favqulodda tug'ma qobiliyatini, hayratomuz yangiliklarning tashabbuskori sifatidagi yuksak darajadagi intellektual salohiyatini anglatadi [2.].

Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Ya'ni berilgan bilimla rni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g'oyaning paydo bo'lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so'zlarni yodlab, grammatik qoidalarni "suv qilib ichib" yuborgan bo'lsangiz ham, insho yarata olmasangiz, barchasi samarasizdir. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rolb o'ynaydi. Albbert Eynshteyn "tasavvur bilimdan muhim" deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko'pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun avvalo inson fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim.

NATIJA

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat o'qituvchidan ko'plab shaxsiy sifatlarni (sabrlilik, tashkilotchilik, insonlar bilan ko'p muloqot qilish, insonlarni o'z g'oyalariga ishontira olish) talab etadi.

Ishonchga

Vegabo'lay desangiz *

O'zingizni urinib ko'rishga majburlang

Tasawur qiling va ishoning

Qo'rquv bilan yuzma-yuz keling

Boshqalarga yordam bering

Ichingizdagi tanqidchi bilan suhbatlashing

O'zingizni asrang O'zingizni munosib ko'ring

Kelajagingiz to'g*risida o'ylang G'oliblar bilan suhbatda bo'ling

Mana bugun jaxonning eng boy kompaniyalariga nazar tashlang. Yetakchi o'nlikda turgan kompaniyalar, asosan, inson aqli evaziga rivojlanmoqda va boyimoqda. Bugun esa hammasi o'zgarib xom ashiyo sarf qilmasdan turib xam rivojlanish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu "Bilimga asoslangan jamiyat" bilan bevosita bog'liqdir.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

Mavzuimiz doirasida ham ta'kidlab o'tish joizki, Bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatlarini oshirishning kreativ yondashuvlari, tomonlari endilikda keng jabxada rivojlanib bormoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatlar sarasiga sport tadbirlari, Madaniy-ma'rifiy tadbirlar, Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar sanaladi. Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo'lga qo'yilmagan.[2].

Bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyat vositasida ezgu axloqiy qadriyatlarni shakllantirib borish zarurdir. Jamiyatda axloqiy yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi, bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlarida foydalanishi, o'z o'zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o'z ichiga oladi.

Bu boradagi faoliyatni Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan ta'lim tashkilotlari, mahalla, qishloq va viloyatlar markazlarida "Yangi O'zbekistonda -erkin va farovon yashaylik!" shiori ostidagi madaniy ma'rifiy tadbirlar, "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" targ'ibot tadbirlari, "Yangi O'zbekiston yangicha dunyo qarash" shiori ostidagi ma'naviy tadbirlar hamda "Yoshlar forumi" festivali qizg'in davom etmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat o'sib kelayotgan yoshlarning hayotiga ta'sir qiladi va bo'lajak o'qituvchidan katta mas'uliyat talab etadi. O'qituvchining o'quvchilar bilan ishlashda huquqiy va axloqiy juhatdan javobgarlik ma'suliyati yuzaga keladi. Shuningdek, bunday munosabatlarni rivojlantirishda hamkorlik ustuvor ahamiyatga ega. Turli yosh, kasb, millat vakillari bilan hamkorlik va muloqotni yo'lga qo'yish dolzarb ahamiyatga egadir. Har bir insonning qadr-qiymati, o'z ishini qoyil qilib bajarishidadir.

XULOSA

Buyuk mutafakkilar Husayn Voiz Koshifiyning "Insonning qadr-qimmati uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma'naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari bilan o'lchanadi", degan ta'kidlari fikrimizga dalil bo'la oladi. Bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyat kreativ yondashuvlari quyidagi usullar va tavsiyalardan o'rinli foydalanish maqsadga muvofiq deya hisoblaymiz:

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

- ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari» g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;

- mavjud badiiy-axloqiy muammolar mohiyatini ochib beruvchi, beruvchi ilmiy-ommabop ma'ruzalardan keng foydalanish;

- ishtirokchilarni faollikka undash, ularda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida yangi adabiyotlar muhokamasini muntazam tarzda tashkil etib borish;

- ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etishda kino-ma'ruzalar va kinoteatrlar faoliyati hamda imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

- oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash.

- yoshlarga ma'naviy-ma'rifiy xabarlar-ni yetkazish va ularni tarbiyalashda zamonaviy axborot va kompbyuter texnologiyalaridan o'rinli foydalanish.

Bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyat sohasida turli yo'nalishdagi ko'rgazmalarni kreativ asosida tashkil etib borish, ushbu ko'rgazmalarni tashkil etishda yangi innovatsion texnologiyalardan keng foydalanib borish zarurdir.

REFERENCES

1. Ахмадалиев А. М., ^осимов А. Х. Инновацион фаолият ва илгор педагогик технологиялар. Укув кулланма.Т.ТАТУ.2006.

2. Инновационная направленность педагогической деятельности. http: //www.plib.ru/pedago gika/slastenin/slastenin 125. html.

3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 26 мартдаги Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини янада ошириш буйича П^-5040-сон карори.

4. Перегудов Л.В.,Саидов М.Х. Олий таълим менежменти ва иктисодиёти. Т. Молия. 2005.

5.Тухтабоев А. Маъмурий менежмент.Т.,Молия, 2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.