Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIM KONTEKSTIDA FAOLIYAT YURITISHGA TAYYORLASH ASPEKTLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIM KONTEKSTIDA FAOLIYAT YURITISHGA TAYYORLASH ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / qiyinchiliklar / kompetensiyalar / o'quv bazasini loyihalash / moddiy bazasini loyihalash / tabaqalashtirilgan ta’lim / ko'p bosqichli ta’lim dasturi / ta’lim yo’li

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.E.Toxtiyarova

Maqolada muallif bo’lajak o’qituvchilarni inklyuziv ta’lim kontekstida faoliyat yuritishga tayyorlash muammosini ochib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIM KONTEKSTIDA FAOLIYAT YURITISHGA TAYYORLASH ASPEKTLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA'LIM KONTEKSTIDA FAOLIYAT YURITISHGA TAYYORLASH ASPEKTLARI Sh.E.Toxtiyarova

Nizomiy nomidagi TDPU doktoranti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.10676621

Annotatsiya. Maqolada muallif bo'lajak o'qituvchilarni inklyuziv ta'lim kontekstida faoliyat yuritishga tayyorlash muammosini ochib beradi.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, qiyinchiliklar, kompetensiyalar, o'quv bazasini loyihalash, moddiy bazasini loyihalash, tabaqalashtirilgan ta'lim, ko'p bosqichli ta'lim dasturi, ta'limyo'li

Inklyuziv ta'lim amaliyotini amalga oshirish o'qituvchi ishining tabiati, mazmuni va uslubiy modeliga sezilarli o'zgarishlar kiritadi. Inklyuziv ta'lim sharoitida kasbiy-pedagogik faoliyatning subyektiv-funksional tahlili o'qituvchining strategik va joriy maqsadlarga erishishga qaratilgan funksiyalarini aniqlashga imkon beradi. Shuni hisobga olish kerakki, inklyuziv ta'lim shartlari - bu jamoat ongidagi, qadriyatlar tizimidagi o'zgarishlarni va nihoyat, kasbiy pedagogik faoliyatning tashkiliy asoslari va mazmunini o'zgartirishga olib keladigan shartlar. Kasbiy faoliyatdagi o'zgarishlarga tayyorlikning asosi bu o'zgarishlar bilan birga keladigan xavflarni shaxs sifatida idrok etishdir. Xavf odatda tanlov sharoitida amalga oshiriladigan, ko'p qirrali shaklda namoyon bo'ladigan va miqdoriy va sifat jihatidan baholanishi mumkin bo'lgan muayyan harakatlarning potentsial yoki real natijasi sifatida belgilanadi.

Inklyuziv ta'lim sharoitida o'qituvchining kasbiy xavflari yangi kasbiy sharoitlarda ta'limiy faoliyat natijalarining salbiy oqibatlari ehtimoli bo'lib, u inklyuziv ta'lim muhitidagi har bir ishtirokchining shaxsiyatiga yoki ta'lim natijalari ta'sir ko'rsatishi mumkin

Kasbiy-pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlari hal qilinayotgan amaliy muammolar mazmuni bilan belgilanadigan konsentrik funksional munosabatga ega. Har bir funktsiyani amalga oshirish samaradorligi uni bajarishga shakllangan tayyorlik bilan belgilanadi, bu esa, o'z navbatida, akademik (ma'lum bir bilim sohasining metodologiyasi va terminologiyasini egallash, faoliyat yurituvchi tizimli munosabatlarni tushunish, shuningdek, amaliy muammolarni hal qilishda ulardan foydalanish qobiliyati), kasbiy (real pedagogik vaziyat talablariga muvofiq maqsadga muvofiq harakat qilishga tayyorlik va qobiliyat) va ijtimoiy-shaxsiy (shaxsning o'ziga tegishli vakolatlar majmui hamda shaxs sifatida, shaxsning boshqa odamlar, guruh va jamiyat bilan o'zaro munosabati) kompetentsiyalari majmuasi bilan belgilanadi[2, 119b].

Aynan o'qituvchi alohida ta'limga muhtoj bo'lgan bolani qo'llab-quvvatlash guruhini (o'qituvchi-defektolog, pedagogik psixolog, ijtimoiy pedagog va boshqalar) boshqaruvchisi hisoblanadi. Kasbiy va pedagogik qarorlar o'qituvchi-defektolog, pedagogik psixolog va ijtimoiy pedagogdan olingan maslahatga tayanilgan holda qabul qilinadi. Alohida ta'limga muhtoj o'quvchilarni polisubyektiv va xilma-xil ta'lim imkoniyatlari va ehtiyojlari pedagogik vazifalar va amallarning tabiati va tarkibini belgilaydi. Shunday qilib, inklyuziv ta'lim sharoitida kognitiv vazifaga aylantirilgan pedagogik amallar ko'p omilli ta'sirlar bilan belgilanadi. Bu, albatta, yuzaga kelayotgan pedagogik tadbirning ko'p vektorli xususiyatini keltirib chiqarib, o'z navbatida mavjud vositalar, shartlar, natijalar va yangi pedagogik vazifani shakllantirish, uning yechimi inklyuziv ta'lim makonining barcha ishtirokchilariga ta'sir o'tkazadi.

O'quv jarayonining o'quv va moddiy bazasini loyihalash samarali ta'lim faoliyati uchun sharoit yaratadigan va har bir bolaning alohida ta'lim ehtiyojlarini qondiradigan keng ko'lamli maxsus o'quv, didaktik vositalar va materiallarni bilish va ulardan foydalanishni nazarda tutadi.

Moddiy-texnik bazani loyihalash bo'yicha ishlar muvofiqlashtirilgan faoliyatni va alohida ta'limga muhtoj bolani qo'llab-quvvatlovchi mutaxassislar guruhining maslahatlarini o'z ichiga oladi.

Muvaffaqiyatli vaziyatni yaratish bilan birgalikda har xil faoliyat turlarida (guruh, jamoaviy, maktabdan tashqari) ishtirok etishda har bir bolaning individual imkoniyatlarini hisobga olish zarur. Bunday ish har bir bolaning ilmiy va ijtimoiy kompetensiyalarini, uning boshqa o'quvchilar bilan o'zaro munosabatda bo'lish va muloqot qilish uchun tayyorligini va qobiliyatini, shuningdek, bolalar faoliyatini tashkil etishda olingan natijalarni hisobga olishni o'z ichiga oladi.

Har qanday farqlar va "o'zgachalik"ga bag'rikenglik, hurmatli munosabatni shakllantirish asosida bolalar jamoasini yaratish bo'yicha ishlarga asos yaratiladi. Bolalar guruhining tashqi ko'rinishdan bir xilligi turli xil xarakteristika va xususiyatlarda, jumladan, jismoniy va / yoki aqliy rivojlanishda namoyon bo'ladigan xilma-xillik bilan almashtiriladi. Bu o'qituvchidan har bir bolaning xususiyatlarini bilishni, uning kuchli tomonlariga tayanishni va imkoniyatlarini qo'llashni avvaldan rajalashtirishni talab qiladi[1, 685b.].

Bolalarning ta'lim imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan belgilanadigan yagona inklyuziv ta'lim makonida ta'lim natijalarini tabaqalashtirilgan ko'p bosqichli tarzda belgilash va shakllantirish joiz. Bunda bolalarning alohida ehtiyojlari va turli darajadagi imkoniyatlarini ta'lim natijalarining mazmuni va talablarini, shuningdek ularni aniqlash va baholashga yondashuvlarni belgilaydi. Har bir aniq holatda akademik va ijtimoiy-shaxsiy kompetensiyalarning hajmi, chuqurligi va o'zlashtirish darajasi o'rtasidagi muvozanat bolaning imkoniyatlari, ehtiyojlari va uning bevosita ijtimoiy muhiti bilan belgilanadi.

Bir tomondan, o'quv jarayonida muqobil aloqa vositalari va usullarini o'zlashtirish va ulardan foydalanishni, boshqa tomondan, muloqot sheriklari doirasini kengaytirishni nazarda tutadigan kommunikativ kompetentsiya chegaralarini kengaytirish. Alohida ehtiyoji bo'lgan barcha bolalar og'zaki nutqni qo'llashda u yoki bu darajadagi qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ko'pincha nutqni rivojlantirish xususiyatlari ta'limdagi muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababidir. Shuning uchun inklyuziv ta'lim sharoitida kasbiy pedagogik faoliyatning kommunikativ komponenti aniq o'ziga xoslikka ega bo'ladi.

Ota-onalar hamjamiyatini ta'lim muammolarini va shu jumladan, bolalar o'rtasidagi o'zaro muloqot va munosabat muammolarini hal qilishda keng jalb qilish usullari va yo'llarini izlash va ishlab chiqish ustida ishlash ham katta ahamiyatga ega.

Kasbiy pedagogik faoliyatning sanab o'tilgan xususiyatlari o'qituvchilarni inklyuziv ta'lim sharoitida ishlashga tayyorligining kompetentsiya mazmunini belgilaydi. Shu bilan birgalikda, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonini mazmuni hamda kasbiy faoliyatining vazifalarida inklyuziv ta'lim muhitini yaratish konsepsiyalari, sinfdagi o'quvchilarning ta'lim ehtiyoj va imkoniyatlarining hilma-hilligini inobatga olgan holda o'quv materialini moslashtirish yo'llari, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni turli toifalarini o'qitish xususiyatlari, mavjud farqlarga nisbatan bag'rikenglik va hurmat asosida o'quvchilarning muloqoti va o'zaro munosabatlarini tashkil etishni aks ettirmaydi. Bunday muhim vazifaga e'tiborning etishmasligi, inklyuziv ta'lim muhitini shakllantirish va qo'llab-quvvatlash o'qituvchining e'tibori va g'amxo'rligi obyektiga aylanmasligiga olib kelishi mumkin[5, 30b].

Mutaxassisning ta'lim natijalariga qo'yiladigan talablar (o'quv, kasbiy va ijtimoiy-shaxsiy kompetensiyalar majmuasi) inklyuziv ta'lim sharoitida kasbiy pedagogik faoliyatning xususiyatlarini aks ettirmaydi va shunga mos ravishda ishlab chiqilgan kompetensiyalar bo'lajak o'qituvchini tayyorlash mazmuni uchun ijtimoiy buyurtma talablariga to'liq javob bermaydi.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha o'quv rejasini tashkil etuvchi o'quv fanlarining taklif etilayotgan umumiy mazmuni inklyuziv ta'lim maydonining ko'p subyektivligini, shuningdek, o'quvchilarning alohida ta'lim ehtiyojlarini hisobga olish va qondirish imkonini beradigan yangi (ba'zan maxsus) didaktik va uslubiy vositalarni o'zlashtirish zarurati inobatga olmaydi va asoslanmaydi.

Yuqorida aytilganlarning barchasi umumta'lim boshlang'ich sinfda faoliyat yurituvchi o'qituvchilarni inklyuziv ta'lim sharoitida muvaffaqiyatli ta'lim berishi uchun zarur kasbiy faoliyatining haqiqiy amaliy shartlariga mos kelmaydi degan xulosaga kelishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Brunsting, N. C., Sreckovic, M. A. & Lane, K. L. (2014) 'Special education teacher burnout: a synthesis of research from 1979 to 2013.' Education and Treatment of Children, 37, pp. 681-712.

2. Na Zhou, Dineke E.H. Tigelaar, Wilfried Admiraal. Vocational teachers' professional learning: A systematic li teraturereview of the past decade. Teaching and Teacher Education Volume 119, November 2022, 103856

3. Ваганова, В. И. Структура и содержание профессиональной деятельности будущего учителя. Вестник Бурятского государственного университета. Философия, (SB), 2012. - 92-97.

4. Пискунова Елена Витальевна Социокультурная обусловленность изменения функций профессионально-педагогической деятельности учителя // Известия РГПУ им. А. И. Герцена. 2005. №12.

5. Хуснутдинова М.Р. РИСКИ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Образование и наука. 2017;(3):26-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.