Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARGA FANLARNI O‘QITISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH O‘RNI VA AHAMIYATI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARGA FANLARNI O‘QITISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
225
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron darslik / virtual tarmoq / individual ta'lim / interaktiv aloqa / muammo.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismoilova Dilrabo Sidikjonovna, Toshboltayev Faxriddin O‘Rinboyevich

Ushbu maqola elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo‘nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topishni o'rganishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARGA FANLARNI O‘QITISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH O‘RNI VA AHAMIYATI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARGA FANLARNI O'QITISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH O'RNI VA AHAMIYATI

Ismoilova Dilrabo Sidikjonovna

FarDU axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Toshboltayev Faxriddin O'rinboyevich

FarDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7348623

Annotatsiya: Ushbu maqola elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta'lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo'nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topishni o'rganishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: elektron darslik, virtual tarmoq, individual ta'lim, interaktiv aloqa, muammo.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЭЛЕКТРОННЫХ

УЧЕБНИКОВ В ОБУЧЕНИИ НАУКАМ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Исмоилова Дилрабо Сидикжоновна

преподаватель кафедры информационных технологий ФерГУ Тошболтаев Фахриддин Уринбоевич

докторант ФерГУ

Аннотация: Данная статья направлена на то, чтобы научить студентов самостоятельно пользоваться электронными учебниками или научиться ориентироваться в информационной среде и находить решения некоторых задач.

Ключевые слова: электронный учебник, виртуальная сеть, индивидуальное обучение, интерактивное общение, проблема.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE USE OF ELECTRONIC

TEXTBOOKS IN TEACHING SCIENCES TO FUTURE TEACHERS

Ismoilova Dilrabo Sidikjonovna

Lecturer at the Department of Information Technology of FerSU Toshboltaev Fakhriddin Urinboevich

doctoral student of FerSU

Annotation: This article is aimed at teaching students to use electronic textbooks on their own or learn how to navigate in the information environment and find solutions to some problems.

Key words: electronic textbook, virtual network, individual learning, interactive communication, problem.

Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning V sessiyasida so'zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy ta'lim muassasalariga jadallik bilan olib kirish g'oyasi ilgari surilgan edi. 1-Prezidentimiz tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydadagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002 yil 30 mayda O'zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to'g'risidagi Qarori e'lon qilindi.

Bulardan ko'rinadiki, hozirgi paytda ta'limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy masalaga aylangan.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida informatika va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi ko'ndalang qo'yilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligi alohida uqtirib o'tiladi.

Globallashuv davrida internetning ta'sir ko'lami va doirasi tobora kengayib bormoqda. Virtual tarmoq odamlarning axboriy ehtiyojalarini qondirishda an'anaviy ommaviy axborot vositalarini ham ortda qoldirmoqda. Tabiiyki, axborot texnologiyalarining jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmayapti.Xozirda jahondagi ko'pgina bosma nashrlar kamayib,ularning o'rnini onlayn versiyasi ko'proq o'qilmoqda.dunyoning eng boy kutubxonalarida saqlanayotgan bosma manbalarning aksariyati elektronlashib bo'lindi. Zamonaviy ta'lim yuqori darajada axborotga boyligi bilan ajralib turadi. Oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi aynan shu jihatga asoslangan. Ta'limda yangi o'qitish usullaridan foydalanish zarurati ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi elektron nashrlar yaratilishiga sabab bo'ldi. Elektron darslik o'zida nazariy axborot va amaliy topshiriqlarni, foto va audiomateriallarini jamlaydi. Elektron darslik — bu talabalarda

o'zlashtirishi uchun hamda ko'nikma va malakalar orttirishida zarur bo'lgan bilimlar bayon etilgan o'quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega bo'lgan vositadir. Unda o'quv materiali mantiqiy bayon etilishi, yuqori darajada texnik jihozlanishi hamda badiiy jihatdan bezatilganligi bilan o'ziga xosdir. Ba'zi bir olimlar elektron darslik bilimlarni o'zlashtirish, yangi axbortlar guruhini hosil qilish, olingan bilimlarni tekshirish va shu kabi ishlarni bajarishi kerak deb hisoblaydilar. Umumiy holda esa elektron darsliklarga quyidagicha ta'rif berish mumkin:

Elektron darslik - birinchi navbatda talabalarga yangi ma'lumotlarni taqdim etish, ma'lumotlarni bosmaga chiqarish, mustaqil, yakka tartibda (individual) ta'lim olish, olingan bilimlarni tekshirish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan kompyuterda yaratilgan pedagogik dastur bo'lib, bu dasturni ishlatish jarayonida multimedia vositalaridan unumli foydalaniladi. Darslik nafaqat, matnli va grafikli ma'lumotlarni yana qo'shimcha ravishda, ovozli va video ko'rinishli ma'lumotlarni o'zida jamlar ekan, u ta'lim berish jarayonini mustaqillashtiradi. Elektron darslik orqali dars berishda o'qituvchi-o'quvchi munosabati emas balki, o'quvchi-kompyuter munosabati o'rnatiladi va talaba bilan kompyuter o'rtasida interaktiv aloqa o'rnatiladi.

Elektron darslik haqida gapirilganda,ularning psixologik,estetik,gigienik va tibbiy-psixologik tomonlarini ham e'tiborga olish lozim bo'ladi. Shu narsani esdan chiqarmaslik lozimki, bunday vositalarning ko'p miqdorda bo'lishi insonning sog'ligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Elektron darslikni yaratishda yana bir muhim muammo-bu foydalanuvchilarga qancha miqdorda ma'lumot berish mumkinligi bilan bog'liqdir. Odatda, inson organizmi tashqaridan kelayotgan ma'lumotlarga nisbatan moslashishini talab etadi. Shu sababli bu sohadagi izlanishlar shuni ko'rsatadiki, elektron darsliklar bilan ishlashda mashq qilish rejimida yoki ko'proq mustaqil ishlash soatlarida foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ma'lumotlarni ortiq darajada qabul qilinishi o'quvchilarning diqqatini jalb qilmaydi.

Ta'limda elektron darslik kabi innovatsion texnologiyadan foydalanish, elektron darslikning ta'lim jarayonida tutgan o'rni, elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatidagi mavzularda quyidagi olimlar: A. A. Kuznetsov, A. A. Grechixin, T. M. Lepsova, E. S. Polat, V. A. Vul, V. M. Gasov, A. M. Siganenko, V. N. Ageyev, M. M. Subbotin, Yu. M. Sivenkov, E. Yu. Semenov va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Xulosa qilib aytganda, elektron darslik shunchaki yozma materiallar jamlanmasigina emas, balki audio-qo'llanma bo'lib ham hisoblanadi, eshitish va vizual foydalanish uchun taqdim etishga mo'ljallangan axborot majmuasidir. Elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta'lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo'nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi.

Talabalarni zamonaviy ta'lim metodlaridan, aynan — elektron darslikdan foydalanib o'qitish ta'lim sifatini oshiradi, axborot olish jarayonini qisqartiradi hamda ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S.S.G'ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T.-2000.

2. Lutfullayev M.X. Masofadan o'qitish tizimida multimediali elektron darsliklar strukturasi // Masofadan o'qitish texnika va texnologiyasi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi ma'ruzalar to'plami. Toshkent, 2002 yil, 13-14 may.

3. http : //uz.infocom.uz

4. Fakhriddin Urinboevich Toshboltaev. (2021). Improving the methodological system of training teachers on the basis of integration of pedagogical and information technologies. current research journal of pedagogics 2(6): 96-100, June 2021.

5. Fakhriddin Urinboevich Toshboltaev. (2021). The necessity to ensure integration of pedagogical and information technologies in the preparation of future teachers. European Journal of Research Development and Sustainability (EJRDS). Vol. 2 No. 6, June 2021 103-106.

6. Toshboltaev F.U., Toshboltaeva Yu.I. (2020). Solution of ecological and economic problems by modeling. Экономика и социум №11(78), 359.

7. Тошболтаев Фахриддин Уринбоевич. (2022) Булажак укдтувчиларда методик тайёргарликни ривожлантиришнинг ижтимоий-педагогик зарурати. Science and innovation international scientific journal 539-546.

8. Шавкат Мамирович Ибрагимов (2022). Использование LMS системы HEMIS в высших учебных заведениях. Icarhse international conference on advance research in humanities, sciences and education Volum 1., Issue 1.

9. Шерматова, Х.М., & Орифжонова М. (2022). Использование информационных технологий в преподавании естественных наук. Ilm-zakovatimiz - senga, ona-Vatan!, (1), 103-104.

10. Shermatova, G.Y.H. (2022). Aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Scientific progress, 3(1), 372-376.

11. Yuldasheva, G. I., & Shermatova, K. M. (2021). The use of adaptive technologies in the educational process. Экономика и социум, (4-1), 466-468.

12. Komilova, Z. K., & Nazirjonova, F. S. (2021). The role of new information technologyies in education. Экономика и социум, (4-1), 167-170.

13. Aldashev, I. (2020). Modern information technologies in education is a new opportunity. Economy and society, (6 (73)).

14. Mamarajabov, M. E., & Ismoilova, D. S. (2020). Competence-based

education in computer science and information technologies. Academicia an International Multidisciplinaru Research Journal, (10), 699-705.

15. Mamarajabov, M. E., & Ismoilova, D. S. (2020). The concept of development of information technology education in the system of continuous education in the republic of Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (6), 481-487.

16. Исмоилова Д. С. (2021). Таълим тизимида ижтимоий-гуманитар фанлар. Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети, (6), 139-145.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.